His perspective
Відкрити в Telegram
Digital mindset. Product vision. Strategy in motion. Raqamli mahsulotlarni yaratish, ularni sun’iy intellekt modellari bilan integratsiya qilish va bozor tamoyillarini tahlil qilish haqida yozaman. Aloqa uchun: @brnchuz
Показати більшеУзбекистан27 527Категорія не вказана
1 754
Підписники
Немає даних24 години
-37 днів
-1230 днів
Завантажуємо дані
Схожі канали
Немає даних
Виникли проблеми? Будь ласка, оновіть сторінку або зверніться до нашого support-менеджера.
Хмара тегів
Немає даних
Виникли проблеми? Будь ласка, оновіть сторінку або зверніться до нашого support-менеджера.
Вхідні та вихідні згадування
---
---
---
---
---
---
Залучення підписників
жовтень '26жовт '26
жовтень '26
+43
в 3 каналах
вересень '26
+367
в 8 каналах
Get PRO
серпень '26
+13
в 1 каналах
Get PRO
липень '26
+84
в 2 каналах
Get PRO
червень '26
+25
в 2 каналах
Get PRO
травень '26
+297
в 4 каналах
Get PRO
квітень '26
+57
в 4 каналах
Get PRO
березень '26
+71
в 2 каналах
Get PRO
лютий '26
+307
в 12 каналах
Get PRO
січень '26
+1 040
в 11 каналах
Get PRO
грудень '25
+295
в 8 каналах
Get PRO
листопад '25
+17
в 6 каналах
| Дата | Залучення підписників | Згадування | Канали | |
| 20 жовтня | 0 | |||
| 19 жовтня | 0 | |||
| 18 жовтня | +1 | |||
| 17 жовтня | +3 | |||
| 16 жовтня | +1 | |||
| 15 жовтня | +3 | |||
| 14 жовтня | +1 | |||
| 13 жовтня | +1 | |||
| 12 жовтня | 0 | |||
| 11 жовтня | +2 | |||
| 10 жовтня | 0 | |||
| 09 жовтня | +5 | |||
| 08 жовтня | +9 | |||
| 07 жовтня | +8 | |||
| 06 жовтня | +1 | |||
| 05 жовтня | +6 | |||
| 04 жовтня | 0 | |||
| 03 жовтня | 0 | |||
| 02 жовтня | +1 | |||
| 01 жовтня | +1 |
Дописи каналу
60-avtobusda bir obunachi oxirgi 10 kunda yozilgan postlarni o‘qib ketayotganiga nogoh ko‘zim tushdi
Qizig‘i, erinmasdan har bir postni diqqat bilan o‘qidi, lekin reaksiya bosmadi. Menimcha qiziq mavzularda yozmaganimga shunaqa qildi. Rosti, obunchaini chetdan kuzatish menga yoqdi. Ajib boʻlarkan kishi.
Surat: Shaxsiy arxiv.
@hisperspective
| 2 | Oʻzbekistonda Google pay endi rasman ishlaydi
Raqamli texnologiyalar vazirligining xabar berishicha Google Cloud’ning Davlat siyosati va davlat tashkilotlari bilan aloqalar yoʻnalishi boʻyicha rahbari Marcin Krasuski tomonidan Google Pay xizmatining O‘zbekistonda ishga tushirilgani e’lon qilinibdi.
Bu juda zoʻr yangilik boʻlib ham Mr Beast tashrifidan soʻng kelishi kutilayotgan bir qancha turistlar oqimiga kerakli xizmatlardan biri ishga tushdi. Avvalroq Apple TV faoliyati yoʻlga qoʻyilgan edi.
Uzun-quloq gaplarga qaraganda yaqin kunlarda Apple Pay faoliyati ham bizning region uchun ochilishi kutilmoqda ekan. YouTube esa hozircha kun tartibida koʻrib chiqilayotgan emish va shu yil soʻngiga qadar quvonchli xushxabarlar boʻlmogʻi mumkin.
Ishqilib, ajib, quvonarli xabarlar ila davom etamiz.
Surat: Illustrativ.
@hisperspective | 725 |
| 3 | Orzular haqida
“Vino ichib ko‘rdingmi, yoqdimi?” — deb so‘radi bir gruzin. “Men ichmayman”, dedim. “E qo‘y, bilaman, hamma o‘zbeklar ichadi-ku”, dedi u ishonmay. “Yo‘q, ishonaver, men boshqacharoq o‘zbekman”, deb jilmaydim.
Shu zaylda boshlangan suhbatimiz hayotdan qanday qilib toʻgʻri lazzat olish mumkinligi haqida davom etdi. Eshitib turib, u mendan: “stressli vaziyatlarda nima qilasan?” deb so‘radi. “Orzularim haqida o‘ylayman, ulardan kuch va motivatsiya olaman”, dedim.
Chindan ham, inson o‘z orzularini amalga oshirish uchun yashasa, uning umr yoqilg‘isi ham o‘sha orzular bo‘ladi. Qanaqadir alkogol yoki tutun emas. Hozir men ham shu gaplarni yozayotib, ko‘chadagi o‘rindiqda o‘tiribman, ikki koʻzim rasmdagi manashu oppoq uyga qadalgan. Shunaqa uyim bo‘lishini butun umr orzu qilganman, qilyapman.
Qachondir ushalishiga esa shunchaki ishonaman va shundan kuch olib yashayman. Hayot shu, umr shu.
@hisperspective | 775 |
| 4 | Yana ham soddaroq tushuntiraman
Tezlashib ketgan dunyoda 10 minut uxlamoqchi bo‘lsangiz 10 minut uxlang 15 minut emas :)
Ishqilib, bugunga ko‘p yangilik va post bo‘ldi. Vikend yaxshi o‘tsin birodarlar.
Video: Ijtimoiy tarmoqlar.
@hisperspective | 886 |
| 5 | Bu xuddi Ilon Muskning Teslasi yaqin yillarda hech kimga istasa ham sota olmaydigan yangi Roadster modelini taqdimot qilishi ortidan tarmoqlarda millionlagan tomoshalar va e‘tibor olishga harakat qilishiga o‘xshaydigan vaziyat.
Sun‘iy intellekt davrida odamlarni nimadir bilan hayratga solish va mahsulot sotish juda qiyinlashib ketdi. Tesla uchar mashina tayyor deb yangi modellarni sotmoqchi bo‘lsa Beshqozon bitta qozonimizni otpuskga chiqardik deb sotishni o‘ylagandir. Lekin bir narsa aniq, hozirgi vaqtda eng qimmat valyuta bu e‘tibor. Sizning, bizning barchaning e‘tibori shu bois bu valyutani o‘ziniki qilishga hamma har xil uslubda harakat qiladi.
Ammo shov-shuv va xaypga to‘la dunyoda bir narsani unutmaslik kerak eng katta e’tiborimiz oilamiz, yaqinlarimiz va suyukli insonlarimizga qaratilgani ma’qul. Kimnidir yoki kimlarningdir biznesiga emas.
Ishqilib, reklama xayplaridan ehtiyot bo‘linglar.
Surat: Tesla.
@hisperspective | 812 |
| 6 | Beshqozondagi bitta qozon qayerga ketib qolgani haqida
Ijtimoiy tarmoqlarda Beshqozon osh markazining filiallaridagi peshlavhalar “To‘rtqozon” nomiga almashtirilayotgani aks etgan video va suratlar keng tarqalmoqda. Bunga sabab nima? Keling, bir taxmin qilib ko‘ramiz.
Beshqozon 1999-yildan buyon Toshkentda faoliyat yuritayotgan, ko‘pchilikka tanish osh markazlaridan biri. Brend nomi yillar davomida shakllanganini hisobga olsak, uni birdaniga o‘zgartirish biroz g‘alati. Ammo “To‘rtqozon” nomi nimaga ishora qilayotgani qiziq.
Chunki barcha filiallar peshlavhasidagi beshni to‘rtga almashtirish, menimcha, yaxshilab hisob-kitob qilingan strategik qaror. Bo‘lmasa, biznesga nima zaril bekorga pul sarflab?
Balki “To‘rtqozon” ayni paytda faoliyat yuritayotgan to‘rtta filialga ishoradir va tez orada beshinchi filial ochilishi e’lon qilinar. Yoki beshinchi qozon sifatida yangi mahsulot taqdim etilar. Xullas, hozircha bularning barchasi taxmin.
Ammo, odamlar bu jarayonni o‘zlari suratga olib, muhokama qilib, boshqalarga ulashyapti. Ya’ni brend atrofida tabiiy ravishda shov-shuv yuzaga kelmoqda. Buni esa tekin tarqalayotgan UGC reklama desak ham bo‘ladi.
Ishqilib, kimdir soqqa qvotti.
Surat: Ijtimoiy tarmoqlar.
@hisperspective | 774 |
| 7 | Internet sizda ham qotib ishlayaptimi? | 888 |
| 8 | MyTaxiʼga karta ulab taksi chaqirsa payme orqali haydovchining kartasiga toʻlovni p2p qilib yuborar ekan-ku
Qiziq yechim, shunda haydovchi oʻzini-oʻzi band qilgan boʻlib MyTaxi bilan shartnoma qilgani uchun daromad soligʻini ham oʻzi toʻlarmikan. Interesting)
Surat: Ekran tasviri.
@hisperspective | 1 035 |
| 9 | Texnologiyalar muammolarga sodda yechim berishi kerakligi haqida
Ukam bir kompaniyaning marketing jamoasida ishlaydi. Yaqinda ularning bo‘limiga yangi boshliq kelibdi. Boshliq rusiyzabon, ukam esa toza Gen Z ingliz tilida bemalol gaplashadi, ammo rus tilini deyarli bilmaydi.
Yangi boshlig‘i esa o‘zbek va ingliz tillarini bilmas ekan. Xullas, ish jarayonida muloqot qilish uchun umumiy tilning o‘zi yo‘q. Bu esa katta muammo. Ukam bu muammoga Claude Code yordamida yechim topibdi.
Shunchaki kichik bot yozgan. Bot Telegram akkauntining sessiyasiga ulanib, boshqa tilda kelgan xabarlarni avtomatik ravishda o‘zbek yoki foydalanuvchiga qulay tilga mazmunan tarjima qilib beradi. Siz yozgan xabarlarni esa suhbatdoshingiz tiliga o‘girib yuboradi.
Natijada ikki kishi bir-birining tilini bilmasa ham, ish yuzasidan bemalol yozishib, vazifalarni muhokama qila oladi.
Eng qizig‘i, buning uchun katta dasturchilar jamoasi yoki murakkab tizim yaratish shart bo‘lmagan. Bor-yo‘g‘i aniq muammo, ozgina tashabbus va Claude Code yetarli bo‘lgan.
Ishqilib, vayb kodlash muammolarni shu qadar oson hal etmoqda.
Surat: Ekran tasviri.
@hisperspective | 974 |
| 10 | Ushbu videolar ham toʻliq Claude Code yordamida bitta promptda qilindi
Oʻsha gap, 100 ta olovcha va qanday qilinishini oʻrgataman. Ketdik🚀 | 996 |
| 11 | Tekin narsalar ichida eng keraksizi? | 965 |
| 12 | O‘zbekistonliklar uchun yaratilgan bepul raqamli ta’lim imkoniyatlari haqida
Anchadan buyon Google Gemini obunasi o‘zbekistonlik talabalar uchun bepul taqdim etilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Ushbu imkoniyatni taqdim etayotgan aileaders.uz platformasini oʻrganib chiqsam o‘zbekistonliklar uchun bir-biridan qiziqarli ta’lim imkoniyatlarini taqdim etarkan.
Masalan, platforma orqali AWS Academy’ning 21 ta, Oracle’ning 45 ta va Huawei’ning 24 ta kursida bepul yoki chegirmali narxlarda tahsil olish mumkin. Kurslar muntazam yangilanib borishi va mehnat bozoridagi real ehtiyojlarga yo‘naltirilganini hisobga olsak, ulardan foydalanish, menimcha, ayni muddao.
Ayniqsa, ingliz tilini biladigan yoshlar soni ortib borayotgan O‘zbekiston jamiyati uchun bunday xalqaro ta’lim resurslari juda foydali, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Agar biror do‘stingiz yoki tanishingiz talabgir sohalardan birini o‘rganishni rejalashtirayotgan bo‘lsa, falon pulga kurslarga qatnamasdan, uyda turib mustaqil bilim olishi uchun ushbu postni unga yuboring.
Ishqilib, o‘qish-o‘rganish uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalaning. Doimo yuksaling.
Surat: Ekran tasviri.
@hisperspective | 1 045 |
| 13 | O‘zbekistondagi yana bir bankning nazorat paketi xorijiy investor qo‘liga o‘tdi
Xullas, Ozarbayjon Xalqaro banki (ABB) Davr Bankning 51 foiz ulushini 140 million dollarga sotib oldi. Shu tariqa, ABB Davr bankning nazorat paketiga egalik qiladigan bo‘ldi. Endilikda Davr Bank nomi ABB Davr deb o‘zgartirilishi kutilmoqda.
Ozarbayjon Xalqaro banki uchun bu bitim mamlakat tashqarisidagi ilk yirik investitsiya bo‘libdi. Davr Bank esa yangi strategik investor orqali keyingi rivojlanishi uchun qo‘shimcha moliyaviy imkoniyatlarga ega bo‘ladi.
Ipoteka bank OTP Group tarkibiga qo‘shilgach, faoliyatida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilib, daromadga chiqqani kabi, Davr Bank ham yangi investor bilan bozordagi yirik o‘yinchilardan biriga aylansa kerak, *menimcha.
Ishqilib, bank-moliya sektorida ajib ishlar boʻlmoqda. Kuzatamiz.
Surat: Gugl.
@hisperspective | 962 |
| 14 | Yandex apokalipsisi fonida muqobil xizmatlardan foydalanish haqida
Xullas, Yandex Go o‘rniga WB Taxi va Uklon juda barqaror ishlayapti. MyTaxi va Millenium’da esa haydovchilar yetishmovchiligi kuzatildi chog‘i har holda, men taksi buyurtma qila olmadim.
Yandex Music o‘rniga jonajon Spotify’imga qaytib oldim. Kinopoisk va Allplay’dan azaldan deyarli foydalanmas edim. Shu bois ularning borligi ham yoʻqligi ham sezilmadi. Uydagi Alisa esa tiriklayin oʻchib qolgan.
Hozircha menda ikkita muammo bor, birinchisi korporativ elektron pochtam Yandex 360’da qolgan. Hozir undagi ma’lumotlarni Outlook’ga ko‘chiryapman.
Ikkinchisi Yandex.Lavkaga juda oʻrganib qolgan ekanman Korzinka Go’ga moslashish qiyin boʻlyapti. Shularni hal qilsam, katta ehtimol bilan, dronlar portlashi-yu boshqa birnima yangiliklar batamom qiziq boʻlmay qoladi.
Ishqilib, bitta tizimga bogʻlanib qolmaslik kerakligiga yana bir bora amin boʻldim.
Surat: Ekran tasviri.
@hisperspective | 1 078 |
| 15 | Fikringiz qiziq. Sun’iy intellekt boʻyicha nobel mukofoti berilsa kim olishi kerak? | 1 101 |
| 16 | VoiceLab.uz da qiziq updatelar boʻlibdi
Yigitlar Sado va Lison modellarini taqdim etishibdi. Endilikda bu modellar yordamida VoiceLab orqali 33 ta tilda hissiyotlar va tabassumlarga boy sunʼiy idrok ovozlarini generatsiya qilib olishimiz mumkin ekan.
Qolaversa, VoiceLab va taps. hamkorlikni yoʻlga qoʻyishi kutilayotgan ekan. Qiziq collab boʻlsa kerak deb oʻylayapman. Shu VoiceLabʼdagilarning PR va dasturchilar jamoasi zoʻr ishlayapti-ye, har kun nimadir yangilik har kun qiziq yechimlar.
Ishqilib, yigitlarga omad, soqqani bosishsin.
Surat: Ijtimoiy tarmoqlar.
@hisperspective | 1 219 |
| 17 | “Bot trafik yo‘qoldi” degani aslida nima?
Ijtimoiy tarmoqlarda, jumladan, Telegram bloglarda Yandex serverlariga berilgan zarbalardan so‘ng Rossiya internet botlari keskin kamaygani, bu esa AQSH saylovlari oldidan yaxshi xabar ekani haqida postlar tarqalmoqda. Xo‘sh, aslida nima bo‘lgan?
Gap Rossiyaning internetda propaganda bilan shug‘ullanadigan botlari haqida emas. Tarqalayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, ketma-ket zarbalar ortidan Yandex tarmog‘idan (AS13238) kelayotgan bot trafik so‘nggi ikki haftadagi eng yuqori ko‘rsatkichining atigi 0,4 foizigacha tushgan.
Bu yerda “bot trafik” deganda, asosan, veb-saytlarga avtomatik HTTP so‘rovlar yuboradigan dasturlar qidiruv tizimi crawler’lari, parserlar va boshqa avtomatlashtirilgan skriptlar nazarda tutiladi. Jumladan, Yandex qidiruv tizimining saytlarni indeksatsiya qiluvchi botlari ham shular jumlasidan.
Ushbu botlar ijtimoiy tarmoqlarda izoh yozib, propaganda tarqatadigan yoki trol akkauntlar bilan bir xil narsa emas. AS13238 esa Yandex’ning internetdagi avtonom tarmoq raqami hisoblanadi.
Ishqilib, hissiyotlarga berilib Rossiya propaganda botlari yo‘qoldi deb bong urish xato.
Surat: Ijtimoiy tarmoqlar.
@hisperspective | 1 246 |
| 18 | O‘rmonga o‘t ketsa, ho‘l-u quruq barobar yonadi
Yandex’ning uchta ma’lumotlar markazi yo‘q qilingani haqidagi xabarlar fonida ushbu infratuzilmadan foydalanayotgan bizneslar ham jiddiy zarar ko‘rishi mumkin. Xullas, aybsizlar ham jabrini tortadigan vaziyat.
Bunday fors-major holatlar yana bir bor shuni ko‘rsatadiki, la’nati Kreml qariyb besh yildan buyon davom etayotgan ahmoqona urushini to‘xtatishi suv va havodek zarur.
Ishqilib, Yandex va u bilan birga zarar ko‘rayotganlarga sabr. Hali yana qaysidir ma’lumotlar markazi yoʻq qilinsa kerak.
Surat: Ekran tasviri.
@hisperspective | 1 209 |
| 19 | Sam Altman в хайране (:
Ba’zida sarlavhalarni juda oshirvoradida shu Kun.uz dagilar.
Surat: Ekran tasviri.
@hisperspective | 1 176 |
| 20 | Omad kelgani bu taqdirdan sadaqa ekanligi haqida
Bugun chiroyli sana 10.10. Shu bois kunni biroz motivatsiya bilan boshlagim keldi. So‘nggi paytlarda ko‘plab startaperlar bilan suhbatlashyapman. Har bir suhbatdan yangi xulosa chiqadi. Ulardan biri startap boshlayotganlarning orasida tez boyib ketish, moliyaviy erkinlikka erishish yoki bir kun kelib umuman ishlamasdan yashash istagi juda kuchli.
Lekin startapning asl mohiyati shumi? Menimcha, yo‘q. Startap bu tez boyish uchun qo‘yilgan stavka emas. Bu bir muammoni ko‘rish, unga yechim topish, kompaniya qurish va shu jarayonda odamlar hamda jamiyat uchun yangi qiymat yaratishdir.
Startap qurish romantik ko‘rinadigan, ammo amalda juda ko‘p noaniqlik, mas’uliyat, xato va qayta urinishlardan iborat yo‘l. Albatta, katta kompaniya qursangiz, katta boylik ham kelishi mumkin. Lekin bu yo‘lning kafolatlangan natijasi emas. Chunki, juda kam startap global miqyosdagi ulkan kompaniyaga aylanadi.
Shuning uchun startapni faqat pul uchun boshlash xavfli. Negaki biz kutgan boylik illuziyasi kechiksa, motivatsiya ham tugaydi. Ammo siz haqiqiy muammoni hal qilayotgan bo‘lsangiz, mahsulotingiz odamlarning hayotini yaxshilayotgan bo‘lsa va shu yo‘lda kompaniya qurayotgan bo‘lsangiz pul maqsad emas, yaratilgan qiymatning natijasiga aylanadi.
Ba’zida esa omad keladi. Lekin omad ham strategiya emas. Omad uzoq mehnat, to‘g‘ri qarorlar va sabr ustiga tushgan taqdirdan bir sadaqa, xolos.
Ishqilib, Tinkoff boʻlishni koʻzlang Usmanov emas. Shunda maqsadga erishasiz.
Surat: Google.
@hisperspective | 3 246 |
