His perspective
رفتن به کانال در Telegram
Digital mindset. Product vision. Strategy in motion. Raqamli mahsulotlarni yaratish, ularni sun’iy intellekt modellari bilan integratsiya qilish va bozor tamoyillarini tahlil qilish haqida yozaman. Aloqa uchun: @brnchuz
نمایش بیشترأوزبكستان30 873دسته بندی مشخص نشده است
1 483
مشترکین
-224 ساعت
-87 روز
-7930 روز
در حال بارگیری داده...
کانالهای مشابه
هیچ دادهای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
ابر برچسبها
هیچ دادهای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
اشارات ورودی و خروجی
---
---
---
---
---
---
جذب مشترکین
ژوئن '26
ژوئن '26
+23
در 2 کانالها
مه '26
+297
در 4 کانالها
Get PRO
آوریل '26
+57
در 3 کانالها
Get PRO
مارس '26
+71
در 1 کانالها
Get PRO
فوریه '26
+307
در 10 کانالها
Get PRO
ژانویه '26
+1 040
در 10 کانالها
Get PRO
دسامبر '25
+295
در 6 کانالها
Get PRO
نوامبر '25
+17
در 4 کانالها
| تاریخ | رشد مشترکین | اشارات | کانالها | |
| 27 ژوئن | +1 | |||
| 26 ژوئن | +1 | |||
| 25 ژوئن | 0 | |||
| 24 ژوئن | +1 | |||
| 23 ژوئن | 0 | |||
| 22 ژوئن | +1 | |||
| 21 ژوئن | +3 | |||
| 20 ژوئن | +3 | |||
| 19 ژوئن | +1 | |||
| 18 ژوئن | +1 | |||
| 17 ژوئن | 0 | |||
| 16 ژوئن | +3 | |||
| 15 ژوئن | 0 | |||
| 14 ژوئن | +1 | |||
| 13 ژوئن | 0 | |||
| 12 ژوئن | +1 | |||
| 11 ژوئن | +1 | |||
| 10 ژوئن | 0 | |||
| 09 ژوئن | 0 | |||
| 08 ژوئن | 0 | |||
| 07 ژوئن | +1 | |||
| 06 ژوئن | +1 | |||
| 05 ژوئن | 0 | |||
| 04 ژوئن | +3 | |||
| 03 ژوئن | 0 | |||
| 02 ژوئن | 0 | |||
| 01 ژوئن | 0 |
پستهای کانال
UzQR yagona toʻlov imkoniyati haqida
Joriy yil 1-iyuldan boshlab doʻkon yoki biror xizmat uchun toʻlovlarni yagona QR-kod orqali qabul qilish majburiy bo‘ladi. Yaʼni doʻkondan mahsulot xarid qilganingizda alohida Payme Go yoki Click Pass orqali emas, aynan shu UzQR orqali toʻlov amalga oshiriladi. Hozir shu haqida.
Ishlash prinsipi jihatidan yagona QR-kod juda qulay. Siz xohlagan savdo yoki xizmat koʻrsatish nuqtasida smartfoningizdagi istalgan bank yoki toʻlov ilovasi orqali pul toʻlay olasiz. Ammo, komissiya masalasida menimcha, isteʼmolchi yutqazadi.
Chunki toʻlov vaqtida xaridordan 1%, sotuvchidan esa tranzaksiya summasining 0,65% miqdorida komissiya undiriladi. Shunday qilib, umumiy komissiya kamida 1,65% ni tashkil etadi. Yaʼni siz xarid qiladigan mahsulot tannarxiga qoʻshimcha 1,65% yuklanadi va yakuniy narx shakllanadi. Sodda aytganda, siz mahsulotni 1,65% qimmatroq xarid qilasiz, menimcha.
Birinchidan, nega bunday ustama haq shakllanishini tushunmadim. Chunki Uzcard’ning TezQR xizmatidan foydalanganimda bunaqa qo‘shimcha foizni sezmaganman. Ikkinchidan, QR-kodli to‘lovlar xususiy sektorda qolgani yaxshi emasmidi? Chunki ular komissiya miqdorini oʻzi belgilab, iste’molchiga ortiqcha yuk tushirmasdan ishlab kelayotgan edi-ku.
Ishqilib, falak hayrondir.
Surat: Spot.
@hisperspective
| 2 | Texnologiyalar kuchidan “marry me” taklifida foydalangan rassom haqida
Xullas, 2008-yilda yaponiyalik rassom Yasan Takahashi yaxshi koʻrgan insonining qoʻlini soʻrashga qaror qiladi. Ammo, u bu ishni oddiy emas balki, esda qoladigan shaklda qilishni oʻylaydi va onlayn xaritada sayohat marshrutini tuzadi.
Takahashi 6 oy davomida Yaponiya boʻylab 7163,7 km masofani bosib o‘tadi va har bir qadamini onlayn xaritada yigʻib boradi. Sayohat yakunida esa xaritada “marry me” yozuvi paydo boʻladi. Ushbu loyiha rassomga tarixdagi eng yirik GPS chizmasi uchun Guinness rekordini ham olib keladi.
Ishqilib, kreativlik uchun texnologiyalar kuchidan foydalaning.
Surat: GPSdrawing.
@hisperspective | 619 |
| 3 | Qiziq, bu sms faqat menga keldimi yoki hammaga yuborildimikan endi?
Kecha bir tanishimni telegram akkauntiga buzib kirishgandi. Vaholanki unda 2-yoqlama parol oʻrnatilgan edi. Tanishimku kirgan devaysni darrov chiqarib tashladi ammo, qolganlar ulgurmasligi mumkin.
Nimalar boʻlyapti? Bilgichlar bormi?
Surat: Ekran tasviri.
@hisperspective | 647 |
| 4 | UzGeeksʼda startap bazmi boʻlarkan
Davrimizning startap yoʻnalishi daholari Akmal Paiziev, Davron Parmonovlar bu galgi mitapga qadam ranjida etgan holda oʻz bilimlari bilan boʻlishar ekan. Ularning nutqlariga jilo va hajv bagʻishlash uchun esa shaxsan Troll.uz ham kelarkan.
Shunaqa ekan, sizlar ham 27-iyun, shanba kuni boringlar, savollar beringlar. Eng yaxshi savol bergan odamga esa sovg‘a beraman. Faqat gapirganda sizlarni tanishim uchun “His perspective kanalidan eshitib keldim va savolim”, deb gapni boshlanglar.
Surat: UzGeeks.
@hisperspective | 727 |
| 5 | Kaspi Turkiyadagi Rabobank’ni sotib olish uchun ruxsat olgani haqida
Bu haqda Kaspi matbuot xizmati xabar bermoqda. Xabarga ko‘ra, Turkiya Banklarni tartibga solish va nazorat qilish agentligi tomonidan Rabobank A.Ş. bankini sotib olish bo‘yicha rasmiy tasdiq berilgan. Oldi-sotdi jarayoni barcha odatiy yakuniy shartlar bajarilgach, 2026-yil iyul oyida yakunlanishi kutilmoqda.
Qizig‘i, Rabobank A.Ş. 2014-yilda tashkil etilgan va Turkiyada faoliyat yuritish uchun litsenziyaga ega bank hisoblanadi. Biroq, hozirda uning na kredit oluvchilari, na omonatchilari mavjud. Shuningdek, bankning filiallari ham yo‘q. Aslida, Kaspi uchun eng qimmat aktiv ham aynan shu bank litsenziyasi hisoblanadi.
Ishqilib, birodarlarimizga omad. Kaspining aktivlari deyarli barcha turkiy davlatlar boʻylab mavjudligi haqida esa keyinroq gaplashamiz.
Surat: Google.
@hisperspective | 672 |
| 6 | Aytini qanday oʻrganish kerakligi haqida
Sizlarga dasturlash, aytini oʻqinglar, qizlaringizni dasturchi qilinglar der ekanman-u, ammo nimadan boshlash kerak? Qanday oʻrganish mumkinligi haqida biror nima demabman.
Xullas, aytini oʻrganishni boshlashdan avval Mohirdev’dagi doʻstlarimizning “Ilk qadam” nomli kursini oʻqib chiqishni tavsiya qilaman. Kursda dasturlashda mavjud boʻlgan eng aktual kasblar haqida maʼlumot berilgan. Kursning yaxshi tomoni shundaki, hammasini sinab koʻrasiz va oʻzingizga mos kasbni tanlaysiz.
Shundan soʻng, boshlangʻich bilimlarni olish uchun ustoz, oʻquv markaz kerak boʻladi. Men oʻzim shaxsan taniydigan yaxshi va kuchli backend dasturchi muhandislar asosan PDP Akademiyasidan chiqishgan.
Frontend va dizayn boʻyicha esa Najot Taʼlimning yaxshi mutaxassis bitiruvchilari bisyor. Sizga kerak kasbga koʻra ikkala markazdan birini tanlashingiz mumkin. Kasbni oʻrgangandan keyin nima qilish haqida esa kelgusi postlarda yozaman.
Ishqilib, oʻqing, oʻrganing.
Surat: Ekran tasviri.
@hisperspective | 719 |
| 7 | Sportda moʻjiza bo‘lmaydi
Khusanov uchun achindim, unga yomon alam qildi. Jumladan menga ham.
Surat: Gettyimages.
@hisperspective | 748 |
| 8 | Sizningcha. Kanalimiz nomi nega bunaqa murakkab tanlangan? | 760 |
| 9 | Uzum birjaga chiqishdan oldin qo‘shimcha investitsiya jalb qilmoqchi ekan
Insayderlarga ko‘ra, Uzum’ning IPO qilishiga oz qolgan. Kompaniya IPO oldidan bozordagi mavqeyi va yuqori samaradorlik ko‘rsatkichlarini ta’minlash maqsadida qo‘shimcha $250–300 mln mablag‘ jalb qilishni rejalashtirayotgan emish.
Yana aytishlariga qaraganda, Uzum’ning IPO’si (aksiyalarini birjada sotishni boshlashi) 2026-yil oxiri yoki 2027-yil boshlariga rejalashtirilmoqda.
Uzum’ning 2025-yilgi moliyaviy natijalari juda zoʻr. Platforma orqali $11 mlrdlik to‘lovlar amalga oshirilgan. Kompaniya daromadi esa taxminan $691 mlnni tashkil etgan.
Ishqilib, hayot sen vino boʻlasan deganda yoʻq men biznes boʻlaman deyishni epladi Uzum. Kuzatamiz.
Surat: Spot.
@hisperspective | 827 |
| 10 | Frilanserlar mijoz izlash uchun Perplexity’dan foydalanishayotgani haqida
Xullas, inglizzabon internet segmentida Perplexity’ning imkoniyatlari yana kun mavzusiga aylanmoqda. Ko‘plab frilanserlar UpWork’dan ko‘ra, Perplexity ularga kerakli buyurtma va ishlarni topishda samaraliroq yordam berayotganini aytishmoqda.
Aytishlaricha, Perplexity’ga kerakli prompt beriladi va u shu asosda qidiruvni boshlaydi. Promptda mutaxassislik, ish e’lonlari qaysi manbalardan qidirilishi hamda qanday turdagi ishlar kerakligi ko‘rsatiladi. Shundan so‘ng Perplexity mos vakansiyalar va buyurtmalarni turli manbalardan yig‘ib bera boshlaydi.
Ishqilib, hali ishlatib koʻrmadim, kimdir test qilsa natijasini aytinglar.
Surat: Mem.
@hisperspective | 936 |
| 11 | “Oqtepa FeedUp’ni tanlaydi” nomli marketing yurishi haqida
Akfa Group tarkibiga qo‘shilganidan so‘ng biroz ko‘zdan yo‘qolib qolgan FeedUp fast-food brendi JCh-2026 bahslari fonida Qozogʻistonda inDrive oʻtkazgan manabu reklama kompaniyasiga oʻxshash qiziqarli marketing yurishini amalga oshirdi.
Xullas, FeedUp brendi Oqtepa futbol klubiga homiylik qilishni boshlaganini e’lon qildi. Ammo bu e’lon odatdagidek berilmadi. Aksincha, bozordagi mashhur fast-food brendi Oqtepa Lavashga ishora qilingan holda kommunikatsiya qurildi.
Ya’ni “Oqtepa FeedUp’ni tanlaydi” kampaniyasi bir qarashda Oqtepa Lavash FeedUp’ni tanlagandek taassurot uyg‘otadi. Aslida esa gap Oqtepa futbol klubi haqida ketmoqda. Futbolga qiziqmaydiganlar esa buni bemalol Oqtepa Lavash bilan bog‘lashi mumkin.
Ishqilib, ajoyib marketing yurishi. Bunga tandir lavashchilar qanday javob berar ekan endi.
Surat: FeedUp.
@hisperspective | 986 |
| 12 | Oʻzbekning bilimi ortidan millioner boʻlgan qizlari haqida
Joriy yil 12–18-may kunlari Italiyada EGOI-2026 olimpiadasi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta kumush (Oysha Mirzatillayeva va Rayxona Sanakulova) hamda 1 ta bronza (Malika Xoʻjamuratova) medalni qoʻlga kiritdi. Bu 241 nafar ishtirokchi orasida qayd etilgan eng yaxshi natijalardan biri hisoblanadi.
Adashmasam, Yevropa qizlar informatika olimpiadasi (EGOI) nufuzli xalqaro olimpiadalar turkumiga kiradi va ayni damdagi qonunchilikka koʻra, kumush medalni qoʻlga kiritgan qizlar 618 mln soʻmdan, bronza medali sohibasi esa 412 mln soʻm pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.
Shunchaki bilimi, harakati hamda tinimsiz oʻz ustida ishlashi ortidan bu qizlar hali maktabni bitirar-bitirmas millionerlarga aylanishdi. Buning uchun faqatgina oʻqishdi, oʻrganishdi. Ota-onalari esa ularning aynan dasturlash sohasida taʼlim olishiga imkoniyat yaratishdi.
Xullas, qizlaringizni dasturchi qiling.
Surat: Google.
@hisperspective | 1 104 |
| 13 | Katta sport tadbirlari avvalo, insoniylik va o‘zaro hurmat bayramidir
Shunday ekan, bugungi mag‘lubiyatdan aslo tushkunlikka tushmaslik kerak. Milliy jamoamizning har bir a’zosi munosib o‘yin ko‘rsatdi. Uyda, yo‘lda, ishda, ko‘chada hamma yerda o‘zbekistonliklar jamoamiz bilan birga bo‘lishdi, ularga muxlislik qilishdi.
Ayniqsa, gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin kolumbiyalik muxlislarning o‘zbek bolakayni tinchlantirish maqsadida “Uzbekistan! Uzbekistan!” deb qo‘llab-quvvatlagani, qolaversa, stadion bo‘ylab Sevara Nazarxonning “Ulug‘imsan, Vatanim” qo‘shig‘i yangragani insonga o‘zgacha hissiyot va kayfiyat bag‘ishlaydi. Inson xotirasida esa aynan shu hissiyotlar saqlanib qoladi.
Demakki, bugungi oʻyindan olgan hissiyotlaringizni xotirangizda saqlab qoling. Hisobni va magʻlubiyatni unuting va jamoamizga oxirigacha muxlis boʻling!
Video: Casia, Farhod Fayzullayev.
@hisperspective | 1 202 |
| 14 | “Startup World Cup Uzbekistan 2026” uchun arizalar qabuli boshlanibdi
Joriy yilning 24-sentyabr kuni “ICT Week 2026” haftaligi doirasida “Startup World Cup Uzbekistan 2026” tanlovi o‘tkaziladi. Tanlovda startap asoschilari San-Fransiskoda bo‘lib o‘tadigan grand final yo‘llanmasi hamda $1 mln miqdoridagi investitsiya mukofoti uchun bahs olib boradilar.
Loyiha 60 dan ortiq mamlakatda o‘tkaziladigan 100 dan ziyod mintaqaviy bosqichlarni hamda dunyo bo‘ylab 2500 dan ortiq investorlarni birlashtiradi. Eng muhimi, istalgan yo‘nalishdagi startaplar tanlovda ishtirok etishi mumkin. Faqat asoschi ingliz tilida pitch qila olsa bas.
Xullas, arizalar quyidagi havola orqali 31-avgustgacha qabul qilinadi. Ishtirok eting, gʻolib boʻling.
Surat: Ekran tasviri.
@hisperspective | 1 548 |
| 15 | Va soʻngisi. Qaysi telegram kanal eng zoʻri? | 983 |
| 16 | Bugungi kunda OAVʼda qaysi muammo koʻproq uchraydi? | 1 071 |
| 17 | Siz uchun qaysi manba ishonchliroq? | 1 051 |
| 18 | Yangiliklarni qaysi formatda qabul qilish sizga qulayroq? | 1 044 |
| 19 | Sizningcha qaysi axborot tarqatuvchida negativ koʻproq? | 911 |
| 20 | Menga fikringiz qiziq edi. Axborotni koʻproq qayerdan olasiz? | 890 |
اکنون در دسترس! پژوهش تلگرام ۲۰۲۵ — مهمترین بینشهای سال 
