ar
Feedback
His perspective

His perspective

الذهاب إلى القناة على Telegram

Digital mindset. Product vision. Strategy in motion. Raqamli mahsulotlarni yaratish, ularni sun’iy intellekt modellari bilan integratsiya qilish va bozor tamoyillarini tahlil qilish haqida yozaman. Aloqa uchun: @brnchuz

إظهار المزيد
Uzbekistan30 302الفئة غير محددة
1 498
المشتركون
-324 ساعات
+387 أيام
+1930 أيام

جاري تحميل البيانات...

القنوات المماثلة
لا توجد بيانات
هل تواجه مشاكل؟ يرجى تحديث الصفحة أو الاتصال بمدير الدعم الخاص بنا.
سحابة العلامات
لا توجد بيانات
هل تواجه مشاكل؟ يرجى تحديث الصفحة أو الاتصال بمدير الدعم الخاص بنا.
الإشارات الواردة والصادرة
---
---
---
---
---
---
جذب المشتركين
يوليو '26
يوليو '26
+81
في 1 قنوات
يونيو '26
+25
في 2 قنوات
Get PRO
مايو '26
+297
في 4 قنوات
Get PRO
أبريل '26
+57
في 3 قنوات
Get PRO
مارس '26
+71
في 1 قنوات
Get PRO
فبراير '26
+307
في 10 قنوات
Get PRO
يناير '26
+1 040
في 10 قنوات
Get PRO
ديسمبر '25
+295
في 6 قنوات
Get PRO
نوفمبر '25
+17
في 4 قنوات
التاريخ
نمو المشتركين
الإشارات
القنوات
27 يوليو+1
26 يوليو+2
25 يوليو+1
24 يوليو+13
23 يوليو+2
22 يوليو+3
21 يوليو+27
20 يوليو+4
19 يوليو0
18 يوليو0
17 يوليو+1
16 يوليو+3
15 يوليو0
14 يوليو+5
13 يوليو+1
12 يوليو+1
11 يوليو0
10 يوليو+1
09 يوليو+1
08 يوليو+3
07 يوليو+8
06 يوليو+1
05 يوليو+1
04 يوليو0
03 يوليو0
02 يوليو+2
01 يوليو0
منشورات القناة
Firma ochish sarguzashtlari haqida Xo‘sh, biznes yoki startapingizni huquqiy jihatdan to‘g‘ri yuritish uchun uni yuridik shax
Firma ochish sarguzashtlari haqida Xo‘sh, biznes yoki startapingizni huquqiy jihatdan to‘g‘ri yuritish uchun uni yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishingiz kerak. O‘zbekistonda buning eng ommabop shakli MChJ (mas’uliyati cheklangan jamiyat). Jarayon qanday kechishini qisqacha ko‘rib chiqamiz. Avvalo, birdarcha.uz saytiga kirib biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish xizmatini tanlaysiz. Buning uchun elektron imzo kerak bo‘ladi. Agar sizda bo‘lmasa, uni e-imzo.soliq.uz orqali olishingiz mumkin. Shundan so‘ng ro‘yxatdan o‘tish jarayonini davom ettirasiz. Ro‘yxatdan o‘tkazish ancha sodda. Korxona nomini tanlaysiz, ta’sischilarni kiritasiz, ustavni shakllantirasiz, davlat bojini to‘laysiz va arizani yuborasiz. Ko‘p o‘tmay guvohnoma, ustav va direktor haqidagi hujjatlar tayyor bo‘ladi. Keyingi bosqich bank hisob raqamini ochish. Biz Kapitalbankda hisob raqamini ochdik va bu xizmat 500 ming so‘mga tushdi. Hisob raqamini ochish uchun muhr ham kerak bo‘ladi. Muhrni esa 250 ming so‘mdan boshlab tayyorlatish mumkin. Muhr tayyorlatish uchun firma guvohnomasi talab qilinadi. Ishqilib, hammasi oddiy va biroz yugur-yugur bor. Surat: Illustrativ. @hisperspective

2
Dushanba motivatsiyasi Hayotda depressiyaga tushib hech narsaga erisha olmadim deb siqilishni boshlamoqchi boʻlib turganingla
Dushanba motivatsiyasi Hayotda depressiyaga tushib hech narsaga erisha olmadim deb siqilishni boshlamoqchi boʻlib turganinglarda, shu postga qaytib kelinglar va 400 ta odam ichidan tanlab olingan obunachi ekaninglarni eslanglar (: Surat: Ekran tasviri. @hisperspective
546
3
Hindistondagi Z avlod vakillari isyoni haqida Iyun-iyul oylari Hindiston hukumati uchun ancha tashvishli kechmoqda. Ayniqsa,
Hindistondagi Z avlod vakillari isyoni haqida Iyun-iyul oylari Hindiston hukumati uchun ancha tashvishli kechmoqda. Ayniqsa, Dehlida minglab yoshlar o‘zlarini “Suvarak” (Cockroach Janta Party) deb atayotgan partiya nomidan mitinglarga chiqmoqda. Bunga tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlaridagi nohaqliklar sabab bo‘lgan. Hindistonda NEET imtihonini har yili qariyb 2 million abituriyent topshiradi, ammo ular atigi 130 mingta o‘rin uchun raqobatlashadi. Bu yil savollar sizib chiqqani ortidan imtihon natijalari bekor qilindi. Shundan so‘ng noroziliklar avj oldi. Z avlod vakillari ta’lim vazirining iste’fosini talab qilmoqda. Shuningdek, dunyodagi eng katta yoshlar populyatsiyasiga ega bo‘la turib, ular uchun yetarli ta’lim imkoniyatlarini yarata olmayotgani sabab Modi hukumati keskin tanqid ostiga olinmoqda. Bu holat Hindiston ta’lim bozorida ulkan talab mavjudligini yana bir bor ko‘rsatadi. Demak, Hindistonga yo‘naltirilgan ta’lim mahsulotlari va servislarini yaratish, hatto ta’lim turizmi yo‘nalishidagi startaplarni rivojlantirish uchun ham kerakli ishchi kuchini yollash uchun ham katta imkoniyatlar bor. Ishqilib, “kimningdir azasi kimgadir to‘y” deganlaridek, bu siyosiy voqelikka biznes nuqtayi nazaridan qarash hamda xulosa qilish kerak. Surat: Financial Times. @hisperspective
617
4
Shaxsiy orol sotib olish haqida Faraz qiling, startapingiz yoki biznesingiz muvaffaqiyat qozondi. Samolyot oldingiz, qimmat m
Shaxsiy orol sotib olish haqida Faraz qiling, startapingiz yoki biznesingiz muvaffaqiyat qozondi. Samolyot oldingiz, qimmat mashinalar ham garajda turibdi. Endi esa, “shaxsiy orol sotib olsam-chi?” degan fikr keldi. Xo‘sh, buning uchun nima qilish kerak? Avvalo, bilib oling orollar odatda freehold yoki leasehold shaklida sotiladi. Freehold orolga to‘liq mulk huquqini anglatadi. Leasehold esa uni maʼlum muddatga ijaraga olishni bildiradi. Shimoliy Amerika, Karib havzasi va Yevropaning ayrim hududlarida freehold ko‘proq uchrasa, Osiyo va Tinch okeani mintaqasining ayrim mamlakatlarida chet elliklar uchun ko‘pincha faqat leasehold shakli mavjud. Narxlar ham juda keng diapazonda. Bozorda $100 mingdan $100 mlngacha bo‘lgan orollarni uchratish mumkin. Eng arzon variantlar odatda Kanada ko‘llaridagi kichik orollar bo‘lib, ayrimlari $100 mingdan ham arzon narxda sotiladi. Orolni tanlaganingizdan so‘ng huquqiy tekshiruvlar boshlanadi. Advokat mulk hujjatlari, egalik huquqi va mahalliy qonunchilikni o‘rganadi, zarur kelishuvlarni rasmiylashtiradi. Barcha jarayonlar odatda 3-4 oy davom etadi. Shundan keyin o‘zingizga tegishli orolda dengiz manzarasidan bahramand bo‘lishingiz mumkin. Ammo bir narsani unutmang, orol sizniki bo‘lsa ham, u joylashgan davlatning qonunlariga amal qilishingiz shart. Mulk huquqi qonundan ustun boʻlmaydi. Ishqilib, hammasi oson. Shunchaki muvaffaqiyatli biznesmen boʻlsangiz bas. Surat: Google. @hisperspective
913
5
Uzum dunyoning yetakchi fintex kompaniyalari ro‘yxatiga kiribdi Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda. Ushbu roʻy
Uzum dunyoning yetakchi fintex kompaniyalari ro‘yxatiga kiribdi Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda. Ushbu roʻyxat CNBC va Statista tomonidan har yili tuziladi. Roʻyxatda Uzum onlayn tarzda bank servislarini taqdim etuvchi “Neobanking” toifasida qayd etilibdi. Qiziq jihati bugungi kunda O‘zbekistonda 6 mlndan ortiq aholi Uzum Bank kartalaridan foydalanmoqda ekan. Ishqilib, ajoyib. Jonajon mevamizga koʻp va xoʻp hosildorlik tilab qolamiz. Surat: Uzum. @hisperspective
1 082
6
Demokratik saylov. Kanalga izohlar boʻlimi kerakmi?
1 053
7
Y Combinatorʼga ariza topshirishga roppa-rosa bir hafta qoldi Bu haqda yozmoqchi emasdim, ammo mabodo bexabarlar bo‘lsa, Y Co
Y Combinatorʼga ariza topshirishga roppa-rosa bir hafta qoldi Bu haqda yozmoqchi emasdim, ammo mabodo bexabarlar bo‘lsa, Y Combinatorʼning 2026-yil kuzgi dasturi uchun arizalar qabuli hali ham davom etmoqda. Dastur joriy yilning oktyabridan dekabrigacha San-Fransiskoda bo‘lib o‘tadi. Agar startapingiz bo‘lsa yoki uni endi rivojlantirayotgan bo‘lsangiz, bu tajriba orttirish, dunyoning kuchli founderlari bilan tanishish va netvorking qilish uchun juda yaxshi imkoniyat. Qolaversa, hozirdanoq 2026-yil qishki hamda 2027-yil bahor va yozgi dasturlari uchun ham ariza topshirishingiz mumkin. Batafsil maʼlumot manabu yerda. Ishqilib, topshiringlar. Minimalida sayohat qilib kelasizlar. Surat: Linkedin. @hisperspective
1 349
8
Bir tonna kitob tarqatilishi haqida Bu tashabbus boshlanganida juda xursand bo‘lgandim. Rostini aytsam, kiberxavfsizlik yo‘na
Bir tonna kitob tarqatilishi haqida Bu tashabbus boshlanganida juda xursand bo‘lgandim. Rostini aytsam, kiberxavfsizlik yo‘nalishida ilmni keng yoyish uchun jiddiy harakat qilinyapti, deb o‘ylagandim. Afsuski, keyin fikrim o‘zgardi. Xullas, tarqatilayotgan kitoblardan biri qo‘limga tushdi. Uni tayyorlagan mutaxassislarga shu qadar ishonganim uchun kitobni o‘zim varaqlamay, ayni shu mavzuda ishonchli manba izlayotgan bir tanishimga berdim. Mashinada ketayotganimizda u kitobni varaqlab, ikki-uch sahifadan keyin, “Buni ChatGPT tarjima qilganmi?” deb so‘radi. Men, “Yo‘q, menimcha buni mutaxassislarning o‘zi tarjima qilgan”, dedim. Ammo u ko‘rsatgan sahifalarda emojilar, giperhavolalar, hatto AI matnlarida tez-tez uchraydigan uzun ajratgich chiziqlari ham qolib ketgan edi. Eng achinarlisi, matn umuman tahrir qilinmagani yaqqol bilinib turardi. Ichidagi kontentni biroz fakt chek qilsak bu varaqlar ketma-ketligini kitob deyish xatoligini tushundik. Shu payt tanishim oldida o‘zimni masʼuliyatsizdek his qildim. Axir kitobni tekshirmasdan tavsiya qilgan edim. Mana, necha kundir shu haqida o‘ylayapman. Men ko‘rganim bitta kitob, xolos. Ammo shunday kitoblardan yana qanchasi minglab qorako‘zlar qo‘liga yetib boryapti? Tahrir qilinmagan matnlar va tekshirilmagan faktlarning kitob ko‘rinishida ilm deb tarqatilayotgani odamni chuqur o‘ylantiradi. Iltimos, qilayotgan ishinglarni masʼuliyat bilan qilinglar. Xayp, mashhurlik oʻtadi-ketadi bizdan amallarimiz qoladi. Shu sabab, ogʻiz koʻpirtirib odamlarni, jamiyatni aladamanglar. Surat: Shaxsiy arxiv. @hisperspective
1 503
9
Bugun kimga muxlislik qilamiz?
1 216
10
Meta serverlarida juda katta uzilishlar kuzatilmoqda Ayni damda Facebook va Instagram faoliyatida keskin nosozliklar yuzaga k
Meta serverlarida juda katta uzilishlar kuzatilmoqda Ayni damda Facebook va Instagram faoliyatida keskin nosozliklar yuzaga kelmoqda. Dunyo boʻylab foydalanuvchilar ushbu ikki ijtimoiy tarmoqdan foydalana olmayotganlari haqida shikoyatlar qilishmoqda. Umid qilamizki barchasi Mark Zuckerberning nazoratida. Xuddi rasmdagidek. Surat: Mem. @hisperspective
1 259
11
Hayot sifati bo‘yicha mamlakatlar reytingi e’lon qilinibdi Bekorga tushlikka qancha pul sarflashingiz haqida so‘rovnoma o‘tka
Hayot sifati bo‘yicha mamlakatlar reytingi e’lon qilinibdi Bekorga tushlikka qancha pul sarflashingiz haqida so‘rovnoma o‘tkazmadim. Shu orqali progressiv o‘zbekistonlik yoshlarning (sizlarni shunday deb bilaman) xarid odatlari va taxminiy daromad darajasi haqida tasavvur hosil qilmoqchi edim. Endi esa nega bunday qilganimni aytaman. Xullas, Visual Capitalist 2026-yil uchun “Hayot sifati bo‘yicha mamlakatlar” reytingini e’lon qilibdi. Reyting 33 mamlakatdan 15 131 nafar voyaga yetgan respondentning fikrlari asosida tuzilgan. Natijalarga ko‘ra, Shvetsiya 100 ball bilan birinchi o‘rinni egallagan. O‘zbekiston 7,3 ball, Qozog‘iston esa 4,3 ball olgan. Keyingi o‘rinlarda Eron, Livan, Kamerun va Ozarbayjon qayd etilgan. Albatta, bu reyting subyektiv baholarga asoslangan va mutlaq haqiqat sifatida qabul qilib bo‘lmaydi. Shunga qaramay, brain drain yoshlar uchun davlatlardagi hayot sifati haqida qiziqarli manba bo‘la oladi. Surat: Visual Capitalist. @hisperspective
1 579
12
Tushlikka qancha sarflaysiz?
1 398
13
Meta’ga $14,3 mlrdga tushgan vunderkindning keyingi taqdiri haqida Xullas, 2025-yil iyun oyida Meta “Scale AI”ning 49 foiz ul
Meta’ga $14,3 mlrdga tushgan vunderkindning keyingi taqdiri haqida Xullas, 2025-yil iyun oyida Meta “Scale AI”ning 49 foiz ulushi uchun $14,3 mlrd investitsiya kiritdi. Bitimning asosiy sharti kompaniya asoschisi Aleksandr Vangning Metaʼga o‘tib, “Superintelligence Labs” bo‘limiga rahbarlik qilishi edi. Bitim amalga oshdi va Vang Meta safiga qo‘shildi. Kontekst uchun aytadigan bo‘lsak, “Scale AI” “OpenAI” va “Google” kabi kompaniyalarga sun’iy intellekt modellarini o‘qitish uchun ma’lumotlar yetkazib beruvchi muhim infratuzilma kompaniyasi hisoblanardi. Shu sabab Vangning transferi texnologiya olamidagi eng shov-shuvli kelishuvlardan biri sifatida baholandi. Ammo oradan qariyb bir yil o‘tib, Vangning faoliyati va bu transfer uchun sarflangan ulkan mablag‘ yuzasidan savollar paydo bo‘la boshladi. Xususan, Meta taqdim etgan “Muse Image” modeli kutilgan natijani bermadi. Qizig‘i, buni Mark Zuckerberg ham, Aleksandr Vangning o‘zi ham tan oldi. Bu voqealar fonida texnologiya sohasi vakillari va Meta’ning ayrim xodimlari Vangni jalb qilish kompaniyaning eng katta xatolaridan biri bo‘lganini aytmoqda. Ishqilib, sun’iy intellekt poygasida juda qiziq voqealar bo‘lyapti. Surat: Google. @hisperspective
1 439
14
Bugun kimga muxlislik qilamiz?
1 083
15
Telegram’ning t.me domeni butun dunyo bo‘ylab ishlamay qolibdi Bu haqda Telegram’ning rasmiy manbalari xabar bermoqda. Xabarg
Telegram’ning t.me domeni butun dunyo bo‘ylab ishlamay qolibdi Bu haqda Telegram’ning rasmiy manbalari xabar bermoqda. Xabarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab foydalanuvchilar uzilishlarga duch kelgan, ya’ni t.me qisqa havolalari odatiy brauzerlarda ochilmay qolgan. Telegram’ga ko‘ra, bunga t.me domenining .me domen registratori tomonidan DNS zonasidan olib tashlangani sabab bo‘lgan. Qizig‘i, .me domen zonasini boshqaruvchi Chernogoriyaning “doMEn d.o.o.” kompaniyasi hozircha bu holat yuzasidan rasmiy izoh bermagan. Ishqilib, tashqi havolalarda t.me qisqa domenini ishlatgan boʻlsangiz uni telegram.me domeniga oʻzgartiring. Surat: Politico. @hisperspective
1 591
16
Mantiqli nimadir bahona o‘ylab topmaganga yarasha shunchaki “do‘stlar keshbek berish tizimi o‘z samaradorligini belgilangan m
Mantiqli nimadir bahona o‘ylab topmaganga yarasha shunchaki “do‘stlar keshbek berish tizimi o‘z samaradorligini belgilangan muddatda ko‘rsatdi va endi to‘xtatamiz”, deyishsa nima bo‘lardi? Rosti tushunmayapman-e. Surat: Subyektiv. @hisperspective
117
17
Soliq keshbeklari bekor qilinishi haqida Anchadan buyon soliq keshbeklarining turli mexanizmlar orqali noqonuniy olingani va
Soliq keshbeklari bekor qilinishi haqida Anchadan buyon soliq keshbeklarining turli mexanizmlar orqali noqonuniy olingani va natijada budjetdan katta mablag‘lar talon-toroj qilingani haqidagi xabarlar oldimdan tez-tez chiqyapti. Bu xabarlar ortidan esa keshbek tizimi o‘rniga lotereya mexanizmini joriy etish taklifi ham paydo bo‘ldi. Lekin, rostini aytsam, bu talon-toroj sxemasi qanday ishlaganini umuman tushunmadim. Chunki, soliq keshbeki avtomatik tarzda hisoblanadigan tizim-ku. Agar jarayon avtomatik bo‘lsa, talon-toroj mexanizmi qanday ishlagan? Deylik, mavjud bo‘lmagan tovar uchun 1 foizlik keshbek qanday hisoblangan? Shu joylari negadir menga gʻalati tuyulyapti. Ishqilib, studioga Zakovat sandiqchasini olib chiqish kerak. Surat: Google. @hisperspective
1 251
18
“Sino AI” startapi Ozarbayjon bozoriga kirishni boshlabdi Ozarbayjonning Baku Med kompaniyasi va Sino AI o‘rtasida bemorlarni
“Sino AI” startapi Ozarbayjon bozoriga kirishni boshlabdi Ozarbayjonning Baku Med kompaniyasi va Sino AI o‘rtasida bemorlarni onlayn ro‘yxatga olish hamda murojaatlarni boshqarishga mo‘ljallangan dasturiy ta’minotni joriy etish bo‘yicha shartnoma imzolanibdi. Xabarga ko‘ra, “Sino AI” Ozarbayjondagi tibbiyot muassasalarida bemorlarni qabul qilish jarayonini avtomatlashtirish, murojaatlarni tezkor qayta ishlash va xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish uchun qo‘llaniladi. Aytgancha, startap bundan bir yil avval 250 mln so‘m investitsiya jalb qilgan edi. Qiziq jihati, startapga egalik qiluvchi “Sino AI Technologies” MChJʼning 90% ulushi “NavAi” startapiga ham egalik qiluvchi bir odamga tegishli ekan. Bilgichlar bu ikki loyiha bir odamnikimi? Ishqilib, Oʻzbek migrantlari emas bizneslari xorijni zabt etishi bu zoʻr. Surat: Spot. @hisperspective
1 213
19
لا يوجد نص...
1 254
20
BMW x5 sovgʻa qilmoqchi boʻlganlar bor va koʻp ekan Mabodoga qaysi rangidan olsak ekan deb oʻylab siqilmasliklaring uchun yub
BMW x5 sovgʻa qilmoqchi boʻlganlar bor va koʻp ekan Mabodoga qaysi rangidan olsak ekan deb oʻylab siqilmasliklaring uchun yuborib qoʻyyapman. Oddiygina shu koʻk rangi boʻvuradi 😂 Surat: BMW. @hisperspective
1 784