Tarjima va Tanqid
Відкрити в Telegram
Tarjima va Tanqid - bu ijtimoiy-gumanitar sohaga taalluqli ilmiy matnlar tarjimasiga va ularning kelgusida tanqidiy o‘zlashtirishga bag‘ishlangan jamoaviy va ixtiyoriy tashabbus. Aloqa uchun: tarjimavatanqid@protonmail.com
Показати більшеУзбекистан59 096Категорія не вказана
307
Підписники
+224 години
+177 днів
+3830 день
Архів дописів
Telegramda audio muhokama: Tommazo Trevisani - “O‘zbekistondagi zamonaviy to‘ylar: marosimlarning “yuqoridan” va “pastdan” o‘zgarishi”
🗓 12.07.2026 (yakshanba), 21:00
📍 Telegram (https://t.me/tarjimavatanqid)
Tarjimani o'qib keling va muhokamaga qo'shiling!
Tarjima: https://syg.ma/@TarjimavaTanqid/o-zbekistondagi-zamonaviy-to-ylar-marosimlarning-yuqoridan-va-pastdan-o-zgarishi
Telegram | Syg.ma | Facebook | X | Instagram | Youtube | Academia.edu | Spotify | Substack
O‘zbekistondagi zamonaviy to‘ylar: marosimlarning “yuqoridan” va “pastdan” o‘zgarishi
Ushbu tarjima Tommazo Trevisanining O‘zbekistondagi zamonaviy to‘y marosimlari va ularning jamiyatdagi o‘rni haqidagi chuqur tadqiqotini o‘zbek kitobxonlariga yetkazish maqsadida tayyorlandi. Matnda mustaqillik yillarida to‘ylarning nafaqat quvonchli tadbir, balki ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlar va siyosiy nazorat to‘qnashadigan murakkab maydonga aylangani atroflicha yoritilgan. Muallif marosimlarning "yuqoridan" — davlatning cheklovchi qarorlari va "pastdan" — bozor iqtisodiyoti hamda mehnat migratsiyasi ta’sirida o‘zgarishini tahlil qiladi. Ayniqsa, an’anaviy mahalla tushunchasining davlat nazoratidagi bo‘g‘inga aylanishi va bu holatning to‘y o‘tkazish tartibiga ta’siri matnning markaziy mavzularidan biridir. Tadqiqotda dabdaba va isrofgarchilikka qarshi kurash shunchaki iqtisodiy tejamkorlik emas, balki avtoritar boshqaruvning jamiyatning eng nozik qatlamlariga kirib borish usuli sifatida talqin etiladi. Farg‘ona vodiysida o‘tkazilgan dala kuzatuvlari orqali oddiy odamlarning or-nomus va "zamonaviy" bo‘lish istagi yo‘lidagi ichki kechinmalari hamda ziddiyatlari mahorat bilan ochib berilgan. To‘ylarning "yosharishi" va undagi jamoaviy ruhning zaiflashib borayotgani haqidagi fikrlar kitobxonni bugungi ijtimoiy o‘zgarishlar haqida jiddiy mushohada yuritishga chorlaydi.
Yillik mavzuyimiz — farq uchun bu matn o‘ziga xos empirik keys sifatida qiziq. Unda to‘y shunday nuqta sifatida ko‘rinadiki, bu yerda moddiy farqlar — daromaddagi, resurslarga egalikdagi, mehnat muhojirligi, davlat nazoratiga nisbatan mavqedagi tafovutlar — iqtisodiy bo‘lib qolmaydi, balki boshqa registrga o‘tkazilib, «madaniylik», «zamonaviylik» yoki «oqillik»dagi farq oʻlaroq o‘qila boshlaydi. Trevizani boy va kambag‘al to‘ylar o‘rtasidagi jarlik axloq va did tilida — «zamonaviy» bilan «qoloq», «oqil» bilan «isrofgar» qarshi qo‘yilishi orqali — qanday gapirilishini, bu tarjimada esa davlat ham, bozor ham, jamoaning o‘zi ham ishtirok etishini ko‘rsatadi. Shu tariqa matn kengroq savolni ko‘rib chiqishga imkon beradi: mulkiy tengsizlik qanday qilib ramziy o‘lchovlar kasb etadi va qaysi sharoitlarda u iqtisodiy sifatida idrok etilmay, madaniy yoki axloqiy tartibdagi farq bo‘lib ko‘rina boshlaydi. Tarjimon sifatida ushbu ilmiy ish o‘zbek to‘ylari atrofidagi bahslarga yangicha, antropologik nigoh bilan qarashga yordam berishiga ishonaman.
Tarjimon: Muhammad Dovud
Tahrirchi: Maxfiratbegim Azizi
Asl manba: Tommaso Trevisani (2016) Modern weddings in Uzbekistan: ritual change from ‘above’ and from ‘below’, Central Asian Survey, 35:1, 61-75.
Tarjima: https://syg.ma/@TarjimavaTanqid/o-zbekistondagi-zamonaviy-to-ylar-marosimlarning-yuqoridan-va-pastdan-o-zgarishi
Telegram | Syg.ma | Facebook | X | Instagram | Youtube | Academia.edu | Spotify | Substack
+6
Bourdyening «Ijtimoiy makon va ramziy hokimiyat»i: asosiy g'oyalar kartochkalarda
Oldinroq biz fransuz sotsiologi Pyer Bourdyening «Ijtimoiy makon va ramziy hokimiyat» matnini e'lon qilgan, so'ng uni jamoa bo'lib muhokama qildik. Bizga qo'shila olmaganlar va matn haqida biroz ko'proq bilishni istaganlar uchun uning asosiy g'oyalarini kartochkalarga jamladik: nega tengsizlik zamonaviy jamiyatda ham avloddan-avlodga o'tib boradi, kapital nega faqat pul emas, habitus nima va nega eng kuchli hokimiyat turini biz umuman sezmaymiz — barchasi kartochkalarda.
Telegram | Syg.ma | Facebook | X | Instagram | Youtube | Academia.edu | Spotify | Substack
Bourdye. «Ijtimoiy makon va ramziy hokimiyat» — muhokama audiosi
Pyer Bourdyening matni bo'yicha onlayn suhbatimizning audio yozuvi tayyor. Jonli muhokamaga qo'shila olmaganlar endi uni to'liq tinglashi mumkin.
▶️ YouTube: https://youtu.be/950Br8C1_nc?si=X7anhwVZPdPPiRqE
🎧 Substack: https://substack.com/home/post/p-204902732
Tinglang va mulohazalaringiz bilan o'rtoqlashing. Keyingi matn va muhokama haqida tez orada xabar beramiz.
Telegram | Syg.ma | Facebook | X | Instagram | Youtube | Academia.edu | Spotify | Substack
Telegramda audio muhokama: Pierre Bourdieu - “Ijtimoiy makon va ramziy hokimiyat”
Jamiyatdagi bo‘linishlar haqidagi muayyan tasavvurni shakllantirish va uni odamlar ongiga singdirish, ya'ni yashirin ijtimoiy tafovutlarni ko‘rinadigan va oshkora farqlarga aylantirish qudrati siyosiy hokimiyatning eng oliy ko'rinishidir.🗓 28.06.2026 (yakshanba), 21:00 📍 Telegram (https://t.me/tarjimavatanqid) Tarjimani o'qib keling va muhokamaga qo'shiling! Tarjima: https://syg.ma/@TarjimavaTanqid/ijtimoiy-makon-va-ramziy-hokimiyat Telegram | Syg.ma | Facebook | X | Instagram | Youtube | Academia.edu | Spotify | Substack
Matnlar yuzasidan muhokama va suhbatlarni qaysi platformada olib borgan ma’qul, deb o‘ylaysiz? Fikr almashish, savol-javob va muhokamalar uchun qaysi platforma sizga qulayroq?
Ijtimoiy makon va ramziy hokimiyat
Pyer Bourdye (1930–2002) XX asr ikkinchi yarmining eng nufuzli sotsiologlaridan biridir. Uning ilmiy faoliyati asosan bitta savol atrofida qurilgan: nega ijtimoiy tengsizlik shu qadar barqaror? Nega har bir yangi avlod uni go‘yo o‘z xohishi bilan qayta ishlab chiqarayotgandek ko‘rinadi? Nima uchun ijtimoiy farqlar avlodlar osha saqlanib qoladi?
Quyida e’lon qilayotgan matnimiz — "Ijtimoiy makon va ramziy hokimiyat" — Bourdyening 1986-yilda San-Diyegoda o‘qigan ma’ruzasidir. Bu ma’ruza uning eng mashhur asari — Tafovut (Distinction, 1979) ortida yotgan nazariy qarashlarning ixcham va lo‘nda bayonidir. Unda Bourdyening asosiy tushunchalari bir joyga jamlangan: ijtimoiy makon, habitus, kapitalning turli shakllari (iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy va ramziy) hamda ramziy hokimiyat.
Bourdyening markaziy g‘oyasi uni bevosita Freire bilan, shuningdek, bu yilgi mavzumiz — farq masalasi bilan bog‘laydi. Jamiyatdagi farqlar tabiiy emas. Biz "elita" va "oddiy xalq", "intellektual" va "ishchi", "savodli" va "savodsiz" kabi kategoriyalar haqida gapirganda, tayyor va tabiiy holatlarni tasvirlamaymiz; aksincha, tarixan shakllangan va ijtimoiy jihatdan ishlab chiqarilgan farqlarning belgilarini o‘qiymiz. Insonning qanday gapirishi, qanday kiyinishi, qayerda dam olishi yoki qanday musiqa tinglashi — bularning barchasi uni ijtimoiy makonning muayyan nuqtasida ko‘rsatadi va ayni paytda boshqalardan ajratib turadi. Muhimi shundaki, bu farqlar shunchaki tabiiy mavjud emas; ular maktab, til, davlat, bilim va unvon beruvchi institutlar orqali yaratiladi, so‘ng esa tabiiy holat sifatida taqdim etiladi.
Aynan shu nuqtada Bourdye Freirening tahlilini davom ettiradi. Agar Freire maktabning "biluvchi" va "bilmaydigan" o‘rtasidagi tafovutni qanday ishlab chiqarishini ko‘rsatgan bo‘lsa, Bourdye ushbu mexanizmni butun jamiyat miqyosida tahlil qiladi. Maktab va universitet devorlari ichida ishlaydigan mantiq ulardan tashqarida ham amal qiladi. Odamlar bir-birini muntazam ravishda tasniflaydi, baholaydi, ijtimoiy mavqe beradi va bu farqlarni tabiiy deb qabul qiladi. Bu farqlarning eng ta’sirlilaridan biri esa kimning gapirishga haqqi borligi, kimning so‘zi esa e’tiborga loyiq deb topilmasligidir. Diplom, unvon, "ekspert" maqomi — Bourdye nazarida bularning barchasi ramziy kapital shakllaridir. Kimning ovozi eshitiladi, kimning ovozi esa shunchaki shovqin sifatida qabul qilinadi — buni ko‘p jihatdan aynan shu kapitalning taqsimoti belgilaydi.
Bourdyeni o‘qish oson emas. Uning matnlari uzun jumlalar va murakkab tushunchalarga boy. Tarjima jarayonida matnni imkon qadar ravon va tushunarli qilishga harakat qildim, biroq uning asosiy tushunchalarini — habitus, maydon (field), ramziy kapital, ramziy zo‘ravonlik va nazariya effekti kabi atamalarni soddalashtirmadim. Chunki ular Bourdyening fikriy loyihasining markazida turadi; ularsiz matn o‘zining nazariy aniqligi va o‘tkirligini yo‘qotadi. Zarur joylarda qavs ichida asl atamalarni ham keltirdim. O‘qish oson bo‘lmasligi mumkin, ammo umid qilamanki, bu matn voqelikka boshqacha nigoh bilan qarashga undaydi.
Tarjimon: Javohir Nematov
Asl manba: Bourdieu, P. (1989). Social space and symbolic power. Sociological theory, 7(1), 14-25.
Tarjima: https://syg.ma/@TarjimavaTanqid/ijtimoiy-makon-va-ramziy-hokimiyat
Telegram | Syg.ma | Facebook | X | Instagram | Youtube | Academia.edu | Spotify | Substack
+7
Freyrening «Mazlumlar pedagogikasi»: asosiy g'oyalar kartochkalarda
Ikki hafta oldin biz Paulu Freyrening «Mazlumlar pedagogikasi» kitobidan bir bobni e'lon qilgan, so'ng uni jamoa bo'lib muhokama qilgan edik. Bizga qo'shila olmaganlar va kitob haqida biroz ko'proq bilishni istaganlar uchun uning asosiy g'oyalarini kartochkalarga jamladik: an'anaviy ta'limda nima noto'g'ri, nega Freyre ozodlikni o'zaro ish deb biladi va bularning bari muloqot bilan qanday bog'liq - barchasi quyida.
«Hech kim hech kimni ozod qilmaydi, hech kim o'zini o'zi yolg'iz ozod qila olmaydi: insonlar bir-birini birgalikda, dunyo vositachiligida ozod qiladi».
Telegram | Syg.ma | Facebook | X | Instagram | Youtube | Academia.edu | Spotify | Substack
🎙 Audio muhokama: Paulo Freire — "Mazlumlar pedagogikasi"
"Odamlarni mustaqil qaror qabul qilishdan mahrum etish ularni obyektga aylantirishdir."
🗓 14.06.2026 (yakshanba), 21:00
📍 X (x.com/tarjimavatanqid)
Tarjimani o'qib keling va muhokamaga qo'shiling!
Telegram | Syg.ma | Facebook | X | Instagram | Youtube | Academia.edu | Spotify | Substack
Paulu Freire "Mazlumlar pedagogikasi"
Najod — ta’limda. So’nggi yillarda bu shiorni jamoatchilik maydonida tobora ko’proq eshita boshlagandaymiz. Ammo bu ibora qanchalik nafis bo’lsa, shunchalik mavhum ham. Nega najot va nimadan najot? Nega aynan ta’lim najot bo’lishi kerak, eng muhimi — qanaqa ta’lim? "Ta’lim" va "najot" deganda biz nimani nazarda tutamiz? Albatta, umumiy, intuitiv darajada hammamiz nimaga ishora qilinayotganini tushunamiz: ma’lum bilim va ko’nikmalarni egallash — va bu insonni, hatto butun jamiyatni sifat jihatidan boshqa darajaga olib chiqishi kerak. Ma’lum bir taraqqiyot yo’li, o’z ustida ishlash — keyinchalik martaba, muvaffaqiyat va farovonlikka aylanashi kerak.
Ammo bularning barchasi yolg’on bo’lsa-chi? Biz ta’limni noto’g'ri tushunayotgan bo’lsak va u aslida najot bo’lmasa-chi? Shunchaki yaxshi o’qish, chet tillarini bilish va dasturlash tillarini egallash yetarli bo’lmasa-chi? "Najot" aslida ma’lum ierarxiyalardan ozod bo’lish emas, balki ularga "moslashish", ular ichiga "joylashish" bo’lsa-chi?
Klassikaga aylangan "Mazlumlar pedagogikasi" kitobini braziliyalik pedagog Pauluda Freire 1968-yilda yozgan. Kitob uning Braziliyadagi savodsiz dehqonlar bilan ishlash tajribasidan tug’ilgan — Freire kattalarni o’qish va yozishga o’rgatadi, ammo gap faqat harflarda emasligini tezda anglaydi. Odatda ta’lim ko’pincha insonni ozod qilmaydi, balki uni jim turishga va bo’ysunishga o’rgatadi, degan xulosa keladi u. Kitob tanqidiy pedagogika sohasidagi eng asosiy asarlardan biriga aylandi; u o’nlab tillarga tarjima qilingan, ba’zi mamlakatlarda esa bir vaqtlar hatto taqiqlangan ham.
E’tiboringizga kitobning ikkinchi — eng muhim — bobi tarjimasi havola etilmoqda. Unda Freire o’zi "banking" deb atagan ta’lim modelini tasvirlaydi. Uning mohiyati quyidagicha: o’qituvchi o’quvchiga bilim "qo’yiladigan" bo’sh hisob raqamidek munosabatda bo’ladi. O’quvchi faqat qabul qilishi, yodlashi va takrorlashi kerak — fikrlamasligi, bahslashmasligi, "nega?" deb so’ramasligi lozim. Bunday ta’lim, deydi Freire, bilim emas, balki itoatkorlik ishlab chiqaradi. Va u boshqa yo’lni taklif qiladi — teng muloqot sifatidagi ta’lim, unda o’qituvchi va o’quvchi birgalikda dunyoni anglaydi va birgalikda uni o’zgartiradi.
Bu yilgi turkumimizni aynan shu matndan boshlar ekanmiz, biz bolalikdan, maktab partasidan boshlab bizda shakllanadigan farq haqida suhbat ochmoqchimiz — o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi farq haqida. Biluvchi bilan bilmaydigan; gapiruvchi bilan jim tinglovchi; yuqoridagi bilan quyidagi o’rtasidagi farq haqida. Bu farq biz uni maktab yoki universitet devorlari doirasida o’ylaganimizda juda tabiiy ko’rinadi. Ammo kamida shu darajada ko’zga tashlanmas bo’lib qoladi, qachonki ta’limdan so’ng u bizning ijtimoiy va siyosiy hayotimizga ko’cha boshlasa va o’sha yerda hukmronlik bilan bo’ysunish o’rtasidagi farqni yuzaga keltirsa.
Tarjimon: Javohir Nematov
Asl manba: Freire, P. (2000). Pedagogy of the oppressed (M. B. Ramos, Trans.; 30th anniversary ed.). Continuum. (Original work published 1968)
https://syg.ma/@TarjimavaTanqid/paulu-freire-mazlumlar-pedagogikasi
Telegram | Syg.ma | Facebook | X | Instagram| Youtube| Academia.edu | Spotify | Substack
Biz qaytdik!
Biz bilan qolganingiz uchun rahmat!
Bizda yangiliklar bor:
Birinchidan, biz o‘z resurslarimizni kengaytirdik. Bizning materiallar endi faqat odatiy resurslarda (Telegram, Facebook, syg.ma) va faqat matn ko‘rinishida emas, balki X (asosan suhbatlar va anonslar ko‘rinishida), Instagram (matnlar qisqa va lo‘nda turli ko‘rinishda), YouTube (video va audio), Academia.edu (matn pdf formatda), Substack (audio va matn), Spotify-da (audio) ham paydo bo‘ladi va turli formatlarda. Barcha tarmoqlarga ilovalar quyida.
Ikkinchidan, biz faqat tarjima emas, nihoyat tanqid bilan ham shug‘ullanmoqchimiz. Shu sabab tarjimalarni muhokama qilishni boshlaymiz. Bir hafta - matnni chuqur o‘qish uchun, keyin esa sizni X-da suhbatga taklif qilamiz. Keyingi yakshanba soat 21.00da. Ilova va tafsilotlar yana alohida beriladi. Muhokamaning audiosi yozib olinib, qatnasha olmaganlarga havola etiladi.
Va nihoyat - biz dizayn qildik va matnlarni iloji boricha ko‘proq odamlarga turli formatlarda yetkazish ustida ishlayapmiz.
Bizning post va sahifalarimizni yoyishda sizdan yordam so‘rab qolamiz. Tez orada ko‘rishguncha!
Telegram | Syg.ma | Facebook | X | Instagram| Youtube| Academia.edu | Spotify | Substack
Farq haqidagi suhbatga kirish
Bizning ijtimoiy va siyosiy tasavvurimizda hanuzgacha juda ko‘p narsalar birlik, yaxlitlik va bir xillik tili orqali tasvirlanadi. Jamiyat ichki jihatdan yaxlit, umumiy manfaatlar, qadriyatlar va taqdirga ega bo‘lgan yagona makon sifatida ko‘riladi. „Millat“, „xalq“, etnik birliklar, „milliy zehniyat“ va „mentalitet“ tushunchalari shular qatorida. Bunday qarash tabiiydek tuyuladi, lekin aynan shu qarash ko‘pincha ijtimoiy hayotni tashkil etuvchi haqiqiy farqlarni, ziddiyatlarni va iyerarxiyalarni ko‘rishga xalaqit beradi. Birlik haqidagi gaplar ortida sinfiy pozitsiyalar farqi, gender rollari farqi, bilimga ega bo‘lish va gapirish va „eshitilish“ huquqidagi tengsizliklar, markaz va periferiya o‘rtasidagi tafovutlar, ijtimoiy mobillik va qotib qolganlik o‘rtasidagi farqlar, ovozi me’yor deb qabul qilinadiganlar bilan mavjudligi ikkinchi darajali yoki umuman sezilmaydiganlar o‘rtasidagi tafovutlar yo‘qolib ketadi.
Gomogenlashtiruvchi nigoh voqelikni shunchaki soddalashtirib qo‘ymaydi. U bo‘ysundirish va chetlashtirish shakllarini ko‘rinmas qiladi. U jamiyat yagona tana emasligini, balki farqlar, noteng imkoniyatlar, to‘qnashuvchi manfaatlar va farqli yashash sharoitlari maydoni ekanini yashiradi. Farqlar til darajasida o‘chirilganda, ular hokimiyat darajasida yanada osonroq mustahkamlanadi. Shunda sinfiy tabaqalanish tabiiy tartib sifatida, gender iyerarxiyalari an’ana sifatida, epistemik chetlatish sog‘lom aql sifatida, ijtimoiy va geografik notekislik esa me’yordan og‘ish sifatida ko‘rsatiladi. Natijada farq asosan tahdid, parchalanish, beqarorlik yoki xavf manbai sifatida qabul qilina boshlaydi. Erkinlik, tanqid va jamiyatning o‘zini anglashining zarur sharti sifatida emas.
Bizning bu yilgi tarjimalar ro‘yxati boshqa pozitsiyadan kelib chiqadi. Uning vazifasi farqlarni ko‘rinadigan, o‘ylab bo‘ladigan va muhokama qilinadigan holga keltirishdir. Gap farqni farq uchun ulug‘lash haqida ham, begona nazariy tilni mexanik ravishda ko‘chirib olish haqida ham emas. Gap jamoat maydonida “xalq”, “umumiylik”, “me’yor”, “an’ana” yoki “barqarorlik” degan so‘zlar ortida ko‘pincha yashirinib qoladigan ijtimoiy tabaqalanish, bo‘ysundirish, chetlashtirish va tengsizlik shakllari haqida suhbat uchun makon ochishga urinish haqida. Biz farqlar va iyerarxiyalar qanday qurilishini savol ostiga qo‘ymoqchimiz: kim me’yorni belgilash huquqiga ega, kim umumiylik nomidan gapiradi, kim periferiya tomon suriladi, kimning yashash tarzi muhim va to‘gri deb tan olinadi, kimnikilari esa siqib chiqariladi, qadrsizlantiriladi yoki umuman ma’noli tilga ega bo‘lmay qoladi.
Biz farqning turli o‘lchamlariga bag‘ishlangan matnlarni tarjima qilamiz: ijtimoiy, sinfiy, gender, makoniy, epistemik, mafkuraviy va siyosiy. Tarjima va jamoaviy muhokamalar orqali biz o‘quvchilarni faqat ayrim g‘oyalar bilan tanishtirishni emas, balki jamiyatning notekisligi, pozitsiyalar ko‘pligi va farq faqat muammo sifatida qabul qilinadigan joyda erkinlik nega imkonsiz ekanligi haqidagi kengroq suhbatga taklif qilishni istaymiz. Bu loyiha gomogenlik hukmronligiga qarshi chiqish, noqulay savollarni qo‘yish va farq faqat salbiy kategoriya bo‘lib qolmay, jiddiy ijtimoiy tafakkur mavzusiga aylanishi uchun yangi lisoniy va diskursiv sharoitini yaratishga urinishdir. Ro’yxat, suhbat formatlari va keyingi qadamlar haqidagi batafsil ma’lumot berib boriladi. Biz bilan qoling.
Navro‘z ruhi chindan ham yengilmas bo‘lsa-da, xalqning sovetlar ustidan qozongan bu g‘alabasi an’ananing zamonaviylik ustidan g‘alabasi degan ma’noni anglatmasdi, chunki Navro‘zning nishonlanish ruhi sovet tushunchalariga moslashtirilgan holda tubdan o‘zgartirilgandi. Navro‘z azaldan bozorlarda, shahar maydonlarida va markaziy ko‘chalarda nishonlanib, hozirgi sayillarga o‘xshash bo‘lgan. O‘yin-kulgi masxarabozlar, sozandalar, qissaxonlar va ko‘pkari kabi o‘yinlardan iborat edi. Postsovet davrida butun mamlakat bo‘ylab o‘tkazilgan ko‘plab bayramlarda masxarabozlar, sozandalar va qissaxonlar baland sahnadan puxta rejalashtirilgan va mashq qilingan dasturlarni namoyish etishgan, o‘zbeklar esa ko‘pkarini o‘ynashdan ko‘ra ko‘proq tomosha qilishgan. Navro‘z g‘oyasining tantanasi odamlarga go‘yoki an’analariga mos haqiqiy tajribada qatnashayotgandek tuyg‘u berardi. Biroq aslida davlat va uning madaniy elitalari bayramning asl mohiyati va an’anaviy mazmunini jamoatchilik ongida shakllantirishni o‘z qo‘llariga olgandilar.Navro‘z bayrami nishonlanishi munosabati bilan sizlar bilan o‘tgan yili chop etilgan tarjima bilan bo‘lishmoqdamiz. Unda shu jumladan Navro‘z haqida so‘z boradi. Bayram barchamizga muborak bo'lsin! Maftunkor davlat: O‘zbekistonda madaniyat va milliy o‘zlik Tarjimon: Ma’suma Ahmad Tahrirchi: Javohir Nematov Asl Manba: Adams, Laura L. “Where Are We Going? Cultural Change and Institutional Inertia 1988–2003.” In The Spectacular State: Culture and National Identity in Uzbekistan, –. Durham and London: Duke University Press, 2010. https://syg.ma/@TarjimavaTanqid/maftunkor-davlat-o-zbekistonda-madaniyat-va-milliy-o-zlik Telegram | Syg.ma | Facebook
Bugun voqeylik – bo‘sh, kelajak esa – yopiqdek tuyulsa, o‘tmish yangi siyosiy ma’no kasb eta boshlaydi. Monarxiya shunchaki siyosiy muqobil emas, balki vaqt ichidagi boshpana kabi ko‘rina boshlaydi: uzilib qolgan tarixiy davomiylikni tiklash va yana tarixiy jarayonga qaytish va’dasi sifatida.
Uzoq kelajakdagi qutqarilish umidi bilan qayta tasavvur qilingan o‘tmishdan olinadigan hissiy tasalli o‘rtasida ko‘plab yoshlar hozirgi zamonni harakat qilish mumkin bo‘lgan makon sifatida his etishni yo‘qotib qo‘yayotganday.
Tarixdan chiqib ketish faqat voqealardan chetda qolish degani emas. Bu inson o‘z harakatlari umumiy kelajakni shakllantira oladi degan tuyg‘uni yo‘qotishini anglatadi. Bunday sharoitda siyosat qisqaradi, nostalgiyaga bo‘lgan intilish kuchayadi, hatto urush ham tarixiy jarayonga qaytishning zo‘ravon shaklidek ko‘rina boshlaydi.
Boshqa mamlakatlarda kuzatilgan neoliberal o‘zgarishlar kabi, Eronda ham qashshoqlik tobora individual masala sifatida talqin qilina boshladi. Tizimli tengsizliklar shaxsiy muvaffaqiyatsizlik sifatida ko‘rsatila boshladi. Fuqarolardan tizimdagi to‘siqlarni chidamlilik, tavakkal qilish, o‘zini intizomga solish va tadbirkorlik tashabbusi orqali yengib o‘tish kutilardi. Shu jarayonda yangi erkaklik ideali paydo bo‘ldi.
So‘nggi yigirma yil ichida Eron shaharlarida hashamatli savdo markazlari tez ko‘paydi va shahar manzarasini sezilarli darajada o‘zgartirdi. Iste’mol madaniyati kundalik hayotni tengsizlikning ko‘zga tashlanadigan sahnasiga aylantirdi. Boylik namoyishi keng tarqalgan iqtisodiy qiyinchiliklar bilan keskin kontrast hosil qilardi.
Postapokaliptik davr
Eronlik antropolog Shahram Xosraviy o‘zining qisqa essida AQSh va Isroilning Eronga qarshi urushi allaqachon tarixiy uzilish holatida yashab kelayotgan jamiyatda sodir bo‘layotganini yozadi. Uning fikricha, o‘nlab yillar davom etgan siyosiy repressiya, iqtisodiy inqiroz va xalqaro sanksiyalar ko‘plab eronliklarda kelajak haqidagi tasavvurni va asta-sekin o‘zgarish mumkinligiga bo‘lgan ishonchni yemirib yuborgan. Shu sababli bugungi urush ko‘pchilik tomonidan nafaqat qo‘rquv bilan, balki chuqur charchoq va umidsizlik hissi bilan ham qarshi olinmoqda. Xosraviy bu holatni vaqtni boshqacha his qilish bilan tushuntiradi: bugun bo‘sh va chidab bo‘lmasdek tuyuladi, kelajak yopiqdek ko‘rinadi, o‘tmish esa yoki nostalgiyaga, yoki yagona tayanch nuqtaga aylangan. Shunday sharoitda, deydi u, hatto urush kabi halokatli voqealar ham ba’zan faqat vayronagarchilik sifatida emas, balki jamiyatning yana “tarixga qaytishi” mumkin bo‘lgan keskin va qo‘rqinchli lahza sifatida qabul qilinadi.
Hamid ham namoyishlarga qo‘shildi. Uni politsiya kaltakladi. Qo‘lida o‘zining sun’iy oyog‘ini ushlab turgan holida uni politsiya mikroavtobusiga tiqib soldi, hibsxonaga olib ketdi va bir necha kun tergov markazida saqladi. U protezini ko‘tarib: «Men bu inqilob uchun qurbonlik qilganman», deganida, yosh, 1979-yildan keyin tug‘ilgan ofitser unga yuzlanib «bizga farqi yo‘q», dedi.Nashr: Verso Books Muallif: Shahram Xosraviy Sana: 6-mart, 2026 https://syg.ma/@TarjimavaTanqid/postapokaliptik-davr Telegram | Syg.ma | Facebook
Texnik sabablarga ko'ra maqola ochilmay qolgan edi. Uzr so'raymiz. Muammo bartaraf etildi - ochib o'qishingiz mumkin.
