Tarjima va Tanqid
الذهاب إلى القناة على Telegram
Tarjima va Tanqid - bu ijtimoiy-gumanitar sohaga taalluqli ilmiy matnlar tarjimasiga va ularning kelgusida tanqidiy o‘zlashtirishga bag‘ishlangan jamoaviy va ixtiyoriy tashabbus. Aloqa uchun: tarjimavatanqid@protonmail.com
إظهار المزيدUzbekistan57 484الفئة غير محددة
319
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
+3130 أيام
أرشيف المشاركات
Do‘stlar, bugungi muhokamamiz ayrim sabablarga ko‘ra ertaga, xuddi shu vaqtga ko‘chirildi 🙂
Ertaga ko‘rishamiz!
Telegramda audio muhokama: Devid Harvi - ““Yangi” imperializm: mulkdan mahrum etish orqali jamg‘arish”
🗓 26.07.2026 (yakshanba), 21:00
📍 Telegram (https://t.me/tarjimavatanqid)
Tarjimani o'qib keling va muhokamaga qo'shiling!
Tarjima: https://syg.ma/@TarjimavaTanqid/yangi-imperializm-mulkdan-mahrum-etish-orqali-jamg-arish
Telegram | Syg.ma | Facebook | X | Instagram | Youtube | Academia.edu | Spotify | Substack
Repost from N/a
Quyida magistrlik tezisim bilan bo'lishyapman.
Mavjud tadqiqotlar to'y marosimlarining odamlar uchun nega muhimligi, funksiyasi va ko'zlangan maqsadini yaxshi ochib bergan bo'lsa-da, bitta savol ochiq qolgan, nega odamlar aynan to'y kabi marosimlarga bunchalik ko'p resurs sarflaydi, qanday shart-sharoitlar bunga majbur qiladi? Men shu bo'shliqni to'ldirishga harakat qildim.
Diplom ishim nomi: : The Wedding as Ersatz Power: Producing Status, Recognition, and Debt in Contemporary Uzbekistan
Asosiy tezislardan biri quyidagicha nodemokratik muhitda, ijtimoiy liftlar ishlamagan va o'z statusini oshirishning boshqa yo'llari yopiq bo'lgan sharoitda, to'y statusni namoyish etishning, status yig'ishning kam sonli ochiq maydonlardan biri. Bu tezisni Tanzaniya, Efiopiya va Bangladeshdan bo'lgan talabalar bilan suhbatlarda sinab ko'rdim, ularda ham biz bilan o'xshash holat. Efiopiyalik yigit bilan suhbatda marosimlarimiz naqadar o'xshashligidan hayratlangandim ham, sovchilik, to'y kunidan avval kuyov tarafning kelin tarafga guruch, sabzi-piyoz, go'sht uchun hayvonlar yuborishi, kuyovning do'stlari bilan mashinalarda kortej qilishi. Xitoyda ham manzara qisman shunday, faqat u yerda xarajatning asosiy qismi marosimning o'ziga emas, kelin tarafga beriladigan qalinga ketishi bilan biroz farqli.
Yaponiya va Janubiy Koreya esa teskari misol bo'lib xizmat qiladi va aynan shu meni tezisda mustahkam qoldirdi. U yerda qurbi yetmagan qatlam marosim xarajatlarini qisqartiradi yoki umuman to'ysiz nikohga o'tadi. Nega ular voz kecha oladi-yu, biz yo'q? Chunki u jamiyatlarda status oshirishning boshqa kanallari ochiq, marosim esa ixtiyoriy tanlovga aylangan. Bizda esa voz kechish varianti ijtimoiy jihatdan deyarli imkonsiz.
Afsuski yoki yaxshilikka bu ish tugallangan javob emas, ochiq loyiha sifatida qoldi. Tezisga berilgan asosiy tanqid — kichik miqyosli dala ishi umumlashtirish uchun yetarli emasligi — meni tadqiqotni davom ettirishga undayapti. Kelgusi bir necha oy qo'shimcha tadqiqotlar bilan bu ishni oxiriga yetkazmoqchiman.
Ishonchim komil, sizda bu ishga tanqidiy qarash uchun o'z tajribangiz va qarashlaringiz bor — ularni mendan ayamang. Zero, menda borgan sari bir guruhni yolg'iz o'rganib, keyin masofadan tahlil qilishdan ko'ra, hamkorlikda yozish va yakuniy xulosalarni birgalikda chiqarishga intilish kuchayib bormoqda.
Tezis ingliz tilida yozilgan, tili murakkab emas; xohlaganlar sun'iy intellekt yordamida o'zbekchada ham o'qishi mumkin. Fikr-mulohazalaringizni kutaman.
Jamoamizning eng faol a’zolaridan biri Bilolxoʻja oʻz kanalida magistrlik tezisini boʻlishdi.
Avvalo, Bilolxoʻjani magistrlik darajasi bilan tabriklaymiz! Sizlarga esa ushbu Oʻzbek toʻylari matnimizga davom sifatida tezis matni bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.
Yangi tarjima!
“Yangi” imperializm: mulkdan mahrum etish orqali jamg‘arish
Ushbu maqola zamonaviy tanqidiy siyosiy iqtisodning eng nufuzli vakillaridan biri bo‘lgan Devid Harvining maqolasidir. Maqola Harvining "The New Imperialism" ("Yangi imperializm", 2003) nomli kitobi bilan deyarli bir vaqtda chop etilgan va uning markaziy tushunchasi — "mulkdan mahrum qilish orqali jamg‘arilish" (accumulation by dispossession) g'oyasining jamlangan bayonidir. Maqola XXI asr boshidagi global iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlarni tushuntirishga qaratilgan bo‘lsa-da, unda ilgari surilgan ko‘plab g‘oyalar bugungi dunyoni anglash uchun ham dolzarbligini saqlab qolmoqda. Ayniqsa, so‘nggi yillarda kuchaygan geosiyosiy raqobat, iqtisodiy sanksiyalar, savdo urushlari, energiya resurslari uchun kurash va xalqaro moliyaviy tizim atrofidagi bahslar fonida ushbu maqola yangi mazmun kasb etadi.
Harvi imperializmni faqat kuchli davlatlarning harbiy bosqinchiligi yoki hududlarni egallashi sifatida talqin qilmaydi. Uning fikricha, imperializm kapitalizmning ichki rivojlanish mantig‘idan kelib chiqadigan jarayon bo‘lib, u ortiqcha kapital va ortiqcha mehnat resurslarini doimiy ravishda yangi hududlarga, yangi bozorlarga va yangi investitsiya imkoniyatlariga yo‘naltirish zaruratidan tug‘iladi. Shu ma'noda, imperializm iqtisodiy va siyosiy jarayonlarning uzviy birlashgan shakli sifatida namoyon bo‘ladi.
Maqolaning asosiy nazariy tayanchini ikki muhim tushuncha tashkil etadi. Birinchisi - "makon-vaqt yechimi" (spatio-temporal fix). Bu tushuncha kapitalizm ichida yuzaga keladigan ortiqcha jamg‘arilish muammosini yangi hududlarga investitsiya qilish, yangi bozorlarni ochish yoki uzoq muddatli infratuzilma loyihalariga mablag‘ yo‘naltirish orqali vaqtincha yumshatish usulini anglatadi. Ikkinchi muhim tushuncha - "mulkdan mahrum qilish orqali jamg‘arilish" (accumulation by dispossession). Bu jarayon davlat mulkini xususiylashtirish, tabiiy resurslarni nazorat qilish, umumiy resurslarni xususiy mulkka aylantirish, qarz mexanizmlari yoki moliyaviy bosim orqali mavjud boyliklarni qayta taqsimlashni o‘z ichiga oladi.
Aynan shu yerda maqola bizning yillik mavzuimiz — farq bilan uchrashadi. Harvi ko'rsatadiki, kapital faqat ishlab chiqarish orqali emas, balki allaqachon mavjud bo'lgan narsani o'zlashtirish orqali ham daromad keltiradi: xususiylashtirish, qarz, garovga olingan uy, loyiha uchun buzilgan turar joy. Neft, imperiyalar va jahon banklari haqida o'qir ekanmiz, bularning barchasi begona ishlar, biz esa chetdan kuzatuvchimiz deb o'ylash oson. Ammo xususiylashtirish, qarz va buzish Londonda emas — bizning ko'chamizda sodir bo'lmoqda. Sezmasligimiz sababi – bu yerda o'sha voqealar boshqacha nom oladi: buzish obodonlashtirish deb ataladi, yerni tortib olish investitsiya jalb qilish, ortda qolish esa “o'tish davri”. Nomlash biz uchun hal qiladi: bu ish rivojlanishga tegishlimi yoki tortib olishga. Shu tariqa nomlashdagi farq "u yer" bilan "bu yer" o'rtasidagi farqni yaratadi: biz o'zimizni global kapitalizmdan ajralgan deb his qilamiz — undan uzoq bo'lganimiz uchun emas, balki bizda kerakli lug’at bo’lmagani uchun.
Ushbu tarjimaning maqsadi Harvining nazariy qarashlarini o‘zbek tilidagi kitobxonga imkon qadar aniq va tushunarli shaklda yetkazishdir. Tarjima davomida ayrim murakkab iqtisodiy va falsafiy atamalar uchun o‘zbek tilida izchil terminologiya qo‘llashga harakat qilindi. Matn oxirida berilgan lug‘at aynan shu maqsadda tuzilgan bo‘lib, o‘quvchiga maqolada uchraydigan asosiy tushunchalarni yaxshiroq anglashda yordam beradi. Tarjima jarayonida SIdan foydalanildi.
Tarjimon: Feckro Felix
Tahrirchi: Maxfiratbegim Azizi
Asl manba: Harvey, D. (2004). The 'New' Imperialism: Accumulation by Dispossession. Socialist Register, 40.
Tarjima: https://syg.ma/@TarjimavaTanqid/yangi-imperializm-mulkdan-mahrum-etish-orqali-jamg-arish
Telegram | Syg.ma | Facebook | X | Instagram | Youtube | Academia.edu | Spotify | Substack
Trevizanining «O'zbekistonda zamonaviy to'ylar» maqolasi: muhokama audiosi va asosiy g'oyalar kartochkalarda
Avvalroq biz italyan antropologi Tommazo Trevizanining o'zbek to'y marosimlari haqidagi matnini e'lon qilib, uni jamoamiz bilan muhokama ham qilgandik. Ishtirok etolmaganlar, matn haqida kengroq tushunishni istaganlar uchun quyida muhokama audiosini boʻlishmoqdamiz.
Shu bilan birga, uning asosiy g'oyalarini kartochkalarga jamladik: to'y nega shunchaki dabdaba emas, balki «jamoa e'tirofi uchun to'lanadigan a'zolik badali»; «isrofgarchilikka qarshi kurash» nega yangilik emas; davlat nega bir vaqtning o'zida «zamonaviy bo'l» deb, shu zamonaviylik talab qilgan xarajat uchun jazolaydi; bir xil qoida nega boyni aylanib o'tib, kambag'alni o'z doirasida ushlab qoladi va bir lampochka atrofida o'tgan «yuz vattlik to'y» biz uchun nimani anglatadi — barchasi kartochkalarda.
Substack: https://tarjimavatanqid.substack.com/p/trevizanining-ozbekistonda-zamonaviy
Youtube: https://youtu.be/i_hd16qiFJs?si=UMIHajkCseKV4oGt
Telegram | Syg.ma | Facebook | X | Instagram | Youtube | Academia.edu | Spotify | Substack
Telegramda audio muhokama: Tommazo Trevisani - “O‘zbekistondagi zamonaviy to‘ylar: marosimlarning “yuqoridan” va “pastdan” o‘zgarishi”
🗓 12.07.2026 (yakshanba), 21:00
📍 Telegram (https://t.me/tarjimavatanqid)
Tarjimani o'qib keling va muhokamaga qo'shiling!
Tarjima: https://syg.ma/@TarjimavaTanqid/o-zbekistondagi-zamonaviy-to-ylar-marosimlarning-yuqoridan-va-pastdan-o-zgarishi
Telegram | Syg.ma | Facebook | X | Instagram | Youtube | Academia.edu | Spotify | Substack
O‘zbekistondagi zamonaviy to‘ylar: marosimlarning “yuqoridan” va “pastdan” o‘zgarishi
Ushbu tarjima Tommazo Trevisanining O‘zbekistondagi zamonaviy to‘y marosimlari va ularning jamiyatdagi o‘rni haqidagi chuqur tadqiqotini o‘zbek kitobxonlariga yetkazish maqsadida tayyorlandi. Matnda mustaqillik yillarida to‘ylarning nafaqat quvonchli tadbir, balki ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlar va siyosiy nazorat to‘qnashadigan murakkab maydonga aylangani atroflicha yoritilgan. Muallif marosimlarning "yuqoridan" — davlatning cheklovchi qarorlari va "pastdan" — bozor iqtisodiyoti hamda mehnat migratsiyasi ta’sirida o‘zgarishini tahlil qiladi. Ayniqsa, an’anaviy mahalla tushunchasining davlat nazoratidagi bo‘g‘inga aylanishi va bu holatning to‘y o‘tkazish tartibiga ta’siri matnning markaziy mavzularidan biridir. Tadqiqotda dabdaba va isrofgarchilikka qarshi kurash shunchaki iqtisodiy tejamkorlik emas, balki avtoritar boshqaruvning jamiyatning eng nozik qatlamlariga kirib borish usuli sifatida talqin etiladi. Farg‘ona vodiysida o‘tkazilgan dala kuzatuvlari orqali oddiy odamlarning or-nomus va "zamonaviy" bo‘lish istagi yo‘lidagi ichki kechinmalari hamda ziddiyatlari mahorat bilan ochib berilgan. To‘ylarning "yosharishi" va undagi jamoaviy ruhning zaiflashib borayotgani haqidagi fikrlar kitobxonni bugungi ijtimoiy o‘zgarishlar haqida jiddiy mushohada yuritishga chorlaydi.
Yillik mavzuyimiz — farq uchun bu matn o‘ziga xos empirik keys sifatida qiziq. Unda to‘y shunday nuqta sifatida ko‘rinadiki, bu yerda moddiy farqlar — daromaddagi, resurslarga egalikdagi, mehnat muhojirligi, davlat nazoratiga nisbatan mavqedagi tafovutlar — iqtisodiy bo‘lib qolmaydi, balki boshqa registrga o‘tkazilib, «madaniylik», «zamonaviylik» yoki «oqillik»dagi farq oʻlaroq o‘qila boshlaydi. Trevizani boy va kambag‘al to‘ylar o‘rtasidagi jarlik axloq va did tilida — «zamonaviy» bilan «qoloq», «oqil» bilan «isrofgar» qarshi qo‘yilishi orqali — qanday gapirilishini, bu tarjimada esa davlat ham, bozor ham, jamoaning o‘zi ham ishtirok etishini ko‘rsatadi. Shu tariqa matn kengroq savolni ko‘rib chiqishga imkon beradi: mulkiy tengsizlik qanday qilib ramziy o‘lchovlar kasb etadi va qaysi sharoitlarda u iqtisodiy sifatida idrok etilmay, madaniy yoki axloqiy tartibdagi farq bo‘lib ko‘rina boshlaydi. Tarjimon sifatida ushbu ilmiy ish o‘zbek to‘ylari atrofidagi bahslarga yangicha, antropologik nigoh bilan qarashga yordam berishiga ishonaman.
Tarjimon: Muhammad Dovud
Tahrirchi: Maxfiratbegim Azizi
Asl manba: Tommaso Trevisani (2016) Modern weddings in Uzbekistan: ritual change from ‘above’ and from ‘below’, Central Asian Survey, 35:1, 61-75.
Tarjima: https://syg.ma/@TarjimavaTanqid/o-zbekistondagi-zamonaviy-to-ylar-marosimlarning-yuqoridan-va-pastdan-o-zgarishi
Telegram | Syg.ma | Facebook | X | Instagram | Youtube | Academia.edu | Spotify | Substack
+6
Bourdyening «Ijtimoiy makon va ramziy hokimiyat»i: asosiy g'oyalar kartochkalarda
Oldinroq biz fransuz sotsiologi Pyer Bourdyening «Ijtimoiy makon va ramziy hokimiyat» matnini e'lon qilgan, so'ng uni jamoa bo'lib muhokama qildik. Bizga qo'shila olmaganlar va matn haqida biroz ko'proq bilishni istaganlar uchun uning asosiy g'oyalarini kartochkalarga jamladik: nega tengsizlik zamonaviy jamiyatda ham avloddan-avlodga o'tib boradi, kapital nega faqat pul emas, habitus nima va nega eng kuchli hokimiyat turini biz umuman sezmaymiz — barchasi kartochkalarda.
Telegram | Syg.ma | Facebook | X | Instagram | Youtube | Academia.edu | Spotify | Substack
Bourdye. «Ijtimoiy makon va ramziy hokimiyat» — muhokama audiosi
Pyer Bourdyening matni bo'yicha onlayn suhbatimizning audio yozuvi tayyor. Jonli muhokamaga qo'shila olmaganlar endi uni to'liq tinglashi mumkin.
▶️ YouTube: https://youtu.be/950Br8C1_nc?si=X7anhwVZPdPPiRqE
🎧 Substack: https://substack.com/home/post/p-204902732
Tinglang va mulohazalaringiz bilan o'rtoqlashing. Keyingi matn va muhokama haqida tez orada xabar beramiz.
Telegram | Syg.ma | Facebook | X | Instagram | Youtube | Academia.edu | Spotify | Substack
Telegramda audio muhokama: Pierre Bourdieu - “Ijtimoiy makon va ramziy hokimiyat”
Jamiyatdagi bo‘linishlar haqidagi muayyan tasavvurni shakllantirish va uni odamlar ongiga singdirish, ya'ni yashirin ijtimoiy tafovutlarni ko‘rinadigan va oshkora farqlarga aylantirish qudrati siyosiy hokimiyatning eng oliy ko'rinishidir.🗓 28.06.2026 (yakshanba), 21:00 📍 Telegram (https://t.me/tarjimavatanqid) Tarjimani o'qib keling va muhokamaga qo'shiling! Tarjima: https://syg.ma/@TarjimavaTanqid/ijtimoiy-makon-va-ramziy-hokimiyat Telegram | Syg.ma | Facebook | X | Instagram | Youtube | Academia.edu | Spotify | Substack
Matnlar yuzasidan muhokama va suhbatlarni qaysi platformada olib borgan ma’qul, deb o‘ylaysiz? Fikr almashish, savol-javob va muhokamalar uchun qaysi platforma sizga qulayroq?
Ijtimoiy makon va ramziy hokimiyat
Pyer Bourdye (1930–2002) XX asr ikkinchi yarmining eng nufuzli sotsiologlaridan biridir. Uning ilmiy faoliyati asosan bitta savol atrofida qurilgan: nega ijtimoiy tengsizlik shu qadar barqaror? Nega har bir yangi avlod uni go‘yo o‘z xohishi bilan qayta ishlab chiqarayotgandek ko‘rinadi? Nima uchun ijtimoiy farqlar avlodlar osha saqlanib qoladi?
Quyida e’lon qilayotgan matnimiz — "Ijtimoiy makon va ramziy hokimiyat" — Bourdyening 1986-yilda San-Diyegoda o‘qigan ma’ruzasidir. Bu ma’ruza uning eng mashhur asari — Tafovut (Distinction, 1979) ortida yotgan nazariy qarashlarning ixcham va lo‘nda bayonidir. Unda Bourdyening asosiy tushunchalari bir joyga jamlangan: ijtimoiy makon, habitus, kapitalning turli shakllari (iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy va ramziy) hamda ramziy hokimiyat.
Bourdyening markaziy g‘oyasi uni bevosita Freire bilan, shuningdek, bu yilgi mavzumiz — farq masalasi bilan bog‘laydi. Jamiyatdagi farqlar tabiiy emas. Biz "elita" va "oddiy xalq", "intellektual" va "ishchi", "savodli" va "savodsiz" kabi kategoriyalar haqida gapirganda, tayyor va tabiiy holatlarni tasvirlamaymiz; aksincha, tarixan shakllangan va ijtimoiy jihatdan ishlab chiqarilgan farqlarning belgilarini o‘qiymiz. Insonning qanday gapirishi, qanday kiyinishi, qayerda dam olishi yoki qanday musiqa tinglashi — bularning barchasi uni ijtimoiy makonning muayyan nuqtasida ko‘rsatadi va ayni paytda boshqalardan ajratib turadi. Muhimi shundaki, bu farqlar shunchaki tabiiy mavjud emas; ular maktab, til, davlat, bilim va unvon beruvchi institutlar orqali yaratiladi, so‘ng esa tabiiy holat sifatida taqdim etiladi.
Aynan shu nuqtada Bourdye Freirening tahlilini davom ettiradi. Agar Freire maktabning "biluvchi" va "bilmaydigan" o‘rtasidagi tafovutni qanday ishlab chiqarishini ko‘rsatgan bo‘lsa, Bourdye ushbu mexanizmni butun jamiyat miqyosida tahlil qiladi. Maktab va universitet devorlari ichida ishlaydigan mantiq ulardan tashqarida ham amal qiladi. Odamlar bir-birini muntazam ravishda tasniflaydi, baholaydi, ijtimoiy mavqe beradi va bu farqlarni tabiiy deb qabul qiladi. Bu farqlarning eng ta’sirlilaridan biri esa kimning gapirishga haqqi borligi, kimning so‘zi esa e’tiborga loyiq deb topilmasligidir. Diplom, unvon, "ekspert" maqomi — Bourdye nazarida bularning barchasi ramziy kapital shakllaridir. Kimning ovozi eshitiladi, kimning ovozi esa shunchaki shovqin sifatida qabul qilinadi — buni ko‘p jihatdan aynan shu kapitalning taqsimoti belgilaydi.
Bourdyeni o‘qish oson emas. Uning matnlari uzun jumlalar va murakkab tushunchalarga boy. Tarjima jarayonida matnni imkon qadar ravon va tushunarli qilishga harakat qildim, biroq uning asosiy tushunchalarini — habitus, maydon (field), ramziy kapital, ramziy zo‘ravonlik va nazariya effekti kabi atamalarni soddalashtirmadim. Chunki ular Bourdyening fikriy loyihasining markazida turadi; ularsiz matn o‘zining nazariy aniqligi va o‘tkirligini yo‘qotadi. Zarur joylarda qavs ichida asl atamalarni ham keltirdim. O‘qish oson bo‘lmasligi mumkin, ammo umid qilamanki, bu matn voqelikka boshqacha nigoh bilan qarashga undaydi.
Tarjimon: Javohir Nematov
Asl manba: Bourdieu, P. (1989). Social space and symbolic power. Sociological theory, 7(1), 14-25.
Tarjima: https://syg.ma/@TarjimavaTanqid/ijtimoiy-makon-va-ramziy-hokimiyat
Telegram | Syg.ma | Facebook | X | Instagram | Youtube | Academia.edu | Spotify | Substack
+7
Freyrening «Mazlumlar pedagogikasi»: asosiy g'oyalar kartochkalarda
Ikki hafta oldin biz Paulu Freyrening «Mazlumlar pedagogikasi» kitobidan bir bobni e'lon qilgan, so'ng uni jamoa bo'lib muhokama qilgan edik. Bizga qo'shila olmaganlar va kitob haqida biroz ko'proq bilishni istaganlar uchun uning asosiy g'oyalarini kartochkalarga jamladik: an'anaviy ta'limda nima noto'g'ri, nega Freyre ozodlikni o'zaro ish deb biladi va bularning bari muloqot bilan qanday bog'liq - barchasi quyida.
«Hech kim hech kimni ozod qilmaydi, hech kim o'zini o'zi yolg'iz ozod qila olmaydi: insonlar bir-birini birgalikda, dunyo vositachiligida ozod qiladi».
Telegram | Syg.ma | Facebook | X | Instagram | Youtube | Academia.edu | Spotify | Substack
