cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Samarqand I Samarqand tuman IM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Samarqand tuman ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyatini ushbu telegram kanalimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin! Maktab direktoriga online murojaat https://t.me/PIMA1_bot

Більше
Рекламні дописи
300
Підписники
Немає даних24 години
-47 днів
-1030 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Фото недоступне
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida"gi qarori #YoshlarKuni #YouthDay Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Показати все...
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
Samarqandda Jizzax, Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlaridan kelgan 140 nafarga yaqin yoshlar ishtirokida Mintaqaviy inklyuziv IT-oromgoh yakunlandi. Ular dasturlash, 3D-modellashtirish, sxemotexnika va elektrotexnika asoslarini o‘rgandilar. Besh kun davomida maktab o‘quvchilari tajribali mentorlar rahbarligida nafaqat yangi bilimlarga ega bo‘lishdi, balki hamfikrlar bilan tanishish va tajriba almashish imkoniyatiga ham ega bo‘ldilar. IT-oromgohning yopilish marosimida "Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi ishtirok etdi. Tadbirda yoshlar egallagan ko‘nikmalarini faxr bilan namoyish etdilar hamda Ziroat Mirziyoyeva bilan IT sohasidagi bo‘lajak kasbini tanlash rejalari bilan o‘rtoqlashdilar. — В Самарканде завершился Региональный инклюзивный IT-лагерь, в котором около 140 ребят из Джизакской, Самаркандской, Навоийской и Бухарской областей изучали программирование, 3D-моделирование, основы схемотехники и электричества. В течение пяти дней школьники под руководством опытных менторов получили не только новые знания, но и возможность познакомиться с единомышленниками и обменяться опытом. В церемонии закрытия IT-лагеря приняла участие Председатель Попечительского совета Фонда Zamin, где ребята с гордостью продемонстрировали приобретённые навыки и поделились с Зироат Мирзиёевой своими планами по выбору будущей профессии в области IT. Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
Показати все...
Repost from Hilola Umarova
Фото недоступне
Hurmatli jurnalistlar, qadrli ustoz ijodkorlar! Avvalo, sizlarni “27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Kuni kecha Davlatimiz rahbari tomonidan yurtimiz jurnalistlari va ijod ahliga yoʻllangan bayram tabrigi, aytish mumkinki, siz ijodkorlarning mashaqqatli mehnatlaringizga berilgan yuksak mukofotdir. Prezidentimiz oʻz tabrigida aytganidek, bugungi kunda matbuot ishi, jurnalistlar faoliyati nafaqat “toʻrtinchi hokimiyat”, balki mudofaa, xavfsizlik kabi hal qiluvchi sohaga aylanib bormoqda. Aziz jurnalistlar! Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida amalga oshirilayotgan yangiliklar va oʻzgarishlarni xalqimizga sodda va xalqchil tilda tushuntirishdagi ijodiy hamkorligingizdan mamnunmiz. Sizlarni yana bir bor kasb bayramingiz bilan samimiy qutlayman hamda ijodingizga ulkan muvaffaqiyat, shaxsiy hayotingizda baxt va omad tilab qolaman. Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
Показати все...
#Test_namunalari #Ixtisoslashtirilgan_maktablar 🧮 Matematika 25 ta savol 📝 Ingliz tili 15 ta savol 👨‍🏫 5-sinf 📝 Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari 📆 2022-yil 🕊Telegram |🕊X
Показати все...
5800001.pdf1.91 KB
Фото недоступне
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrik Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показати все...
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
Assalomu alaykum! Hurmatli ota-onalar! Aziz oʻgʻil-qizlarimiz! Sizlar bilan yana bir muhim xabarni boʻlishmoqchiman.
Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida boks va gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.
Mazkur farmonga koʻra tizimimizda Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi hamda Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi tashkil etildi. Hech shubhasiz, Davlatimiz rahbarining ushbu farmoni Agentligimizga boʻlgan yuksak ishonchni ifodalaydi. Shu bilan bir qatorda, bunday ulkan ishonchni oqlash, ixtisoslashtirilgan sport maktablarini zamon bilan hamnafas, eng soʻnggi ta’lim va sport metodlari hamohangligida ham bilimda ham bilakda baquvvat boʻlgan yoshlarni kamolga yetkazishdek zalvorli mas’uliyatni anglatadi. Qolaversa, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarimiz safiga ixtisoslashtirilgan sport maktablarining qoʻshilgani zimmamizga har tomonlama salohiyatli, xalqaro talablarga mos yosh sportchilarni jahon arenalarida Vatanimiz bayrogʻini yuqori koʻtaradigan, millatimiz faxri boʻlajak yigit-qizlarimizni kashf etishdek jiddiy vazifani yuklaydi. Albatta, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan birgalikda ushbu farmonda koʻrsatib oʻtilgan, oldimizda turgan oʻta mas’uliyatli va shu bilan birga sharafli boʻlgan vazifalarning ijrosini oʻz vaqtida, sifatli bajarish uchun bor kuch-gʻayratimizni sarflaymiz. Endilikda bilimli, iqtidorli, ulkan yutuqlarga erishayotgan oʻgʻil-qizlarimizdan iborat “Oltin fond”imiz Alpomishdek zabardast hamda Toʻmarisdek yovqur sportchi yoshlarimiz bilan ham yanada boyishi shubhasiz. Alisher Ubbiyev, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показати все...
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
#Bitiruvchilar_qurultoyi ⚡️ BITIRUVCHILAR QURULTOYI BO'LIB O'TDIBugun Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilari uchun ilk marotaba “III Renessans bunyodkorlari” shiori ostida Bitiruvchilar qurultoyi bo’lib o’tdi. 📍Agentlik tizimidagi maktablar bitiruvchilarini hаr tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ulаr bilan doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, bitiruvchilarning takliflari asosida taʼlim jarayonini takomillashtirish, maktab taʼlimidan keyingi faoliyatidagi tajribalarini oʻquvchilarga yetkazish maqsadida tashkil etilgan ushbu yirik maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda mingdan ziyod bitiruvchi yoshlar ishtirok etdi. ➖ Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova kirish so’zi bilan ochib, Davlatimiz rahbari tomonidan barcha jabhalarda bo’lgani kabi ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng islohotlar, qurultoyning ahamiyati haqida to’xtalib, bitiruvchilarga oq yo’l tiladi. ✔️Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda Agentlik tizimida 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi hamda 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 📆 Joriy o‘quv yilida Prezident maktablarini 319 nafar, ijod maktablarini 260 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarni 5 856 nafar o‘quvchi tamomlayotgan boʻlsa, oʻtgan oʻquv yilida Prezident maktablarini 326 nafar, ijod maktablarini 233 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarni 3 927 nafar o‘quvchi tamomlagan. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показати все...
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • 00:24
    Відео недоступне
#Samarqand_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktab 🔰Samarqand tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yozgi ta'tilda ham to'garaklar rejali faoliyat olib borilmoqda. Bizni kuzatishda davom eting👇👇👇 https://t.me/+sQ5NwA8ZJ-kxY2Y6
Показати все...
3.mp42.82 MB
Repost from Jo‘rabek Jangirov
01:10
Відео недоступне
#test_namunalari #6_dars 🔔 5-SINFLAR UCHUN MANTIQIY FIKRLASH DARSI ❗️Prezident maktablariga kirish imtihonlarining namunaviy savollari asosida misollar ishlashni oʻrgatamiz. Telegram | X
Показати все...
mantiqiy_6_tg.mp410.61 MB
01:18
Відео недоступне
Inklyuziv IT-oromgoh 💬 Nocomment 📍Samarqand ʘ⁠‿⁠ʘ #Raqamli_avlod #Zamin_education ___ Digital Generation Uzbekistan
Показати все...
20.76 MB
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.