cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Samarqand | Ixtisoslashtirilgan maktablar

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Samarqand viloyati hududidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyati, yangiliklari! Murojaat uchun: @SamIXM_bot

Більше
Рекламні дописи
1 592
Підписники
-724 години
-87 днів
+11530 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

⚡️Birinchi kun natijalari e’lon qilindi 2024-yil 14-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi. ✅ Abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin: 1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉 @e_dtm_mandatbot 👉 @e_dtm_mandat1bot 👉 @e_dtm_mandat2bot 👉 @e_dtm_mandat3bot 👉 @e_dtm_mandat4bot
Показати все...
👍 1
❗️Ertadan barcha davlat oliy ta'lim muassasalariga kirish test sinovlari boshlanadi #abituriyent Bir necha yuz ming abituriyent orziqib kutgan kun keldi. Ertaga, 14-iyulda test sinovlariga start beriladi. Joriy yilda ham test sinovlari 2 smenada o’tkaziladi. 1-smena: soat 08:00 da; 2-smena: soat 15:00 da boshlanadi. 🏃‍➡️Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi. Demak, 1-smena soat 06:30 da, 2-smena soat 13:30 da test o’tadigan joyga kelishi kerak. 📋 Abituriyentlar test sinoviga 2 ta hujjat olib borishlari lozim: 1️⃣ pasport yoki ID-karta; 2️⃣ abituriyent ruxsatnomasi. Boshqa hech qanaqa hujjat shart emas. Shuningdek, 🖊ruchka va 🥤suvni ichkarida o’zlari berishadi. Hisob-kitob talab qilinadigan fanlarda esa qoralama uchun savollar kitobining o’zida ochiq hududlar tashlab ketilgan bo’ladi (alohida bo’sh qog’oz berishmas ekan). ❗️Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! Barchaga omad tilaymiz!
Показати все...
👍 13🎉 1
Repost from Hilola Umarova
Фото недоступнеДивитись в Telegram
O‘z ustida tinimsiz ishlayotgan, yuqori natijalarni qo‘lga kiritayotgan ustozlarimiz soni kundan-kunga oshib bormoqda va bu juda quvonarli holat. Xususan, joriy yilda xalqaro sertifikatga ega ustozlar soni o‘tgan yilgiga nisbatan 8178 nafarga oshgani bunga yaqqol dalildir. Bu — shunchaki raqamlar emas, ular ortida jonkuyar ustozlarimizning ulkan mehnati yotibdi. Ishonamanki, ushbu statistika bundan keyin ham faqat yuqorilaydi, keyingi yilda bundan ham balandroq natijalar qayd etamiz.
Показати все...
👍 4
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#imtihon_2024 ❓PREZIDENT, IJOD, IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI NATIJALARI QACHON EʼLON QILINADI? ❗️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi “Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga o‘quvchilarni saralab olish hamda qabul qilish tartibiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 214-son qaroriga koʻra: ➖Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalari birinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida, ikkinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida; ➖Ijod maktablariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari 3-bosqich kirish imtihonlari o‘tkazilgan kundan keyin 20 kun ichida; ➖Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar, Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGINING RASMIY SAHIFALARIDA E’LON QILINADI. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показати все...
👍 7🙏 2🏆 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#OAV_biz_haqimizda ⚡️Agentligimiz tizimidagi maktablarga 2024/2025-o‘quv yili uchun tashkil etilgan kirish imtihonlari ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi: Oʻzbekiston 24 | Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi Oʻzbekiston 24 | Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi jarayonlari – Namangan viloyati Oʻzbekiston 24 | Tayanch ixtisoslashgan maktablarga kirish imtihonlariOʻzbekiston 24 | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga kirish imtihonlariO‘zbekiston 24 | Prezident maktablariga kirish imtihonlariO‘zbekiston 24 | Вступительные экзамены в Президентские школыO‘zbekiston 24 | Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari yakunlandi UzA | Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ilk bosqichi bo‘lib o‘tdi UzA | Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi boʻlib oʻtdi – Surxondaryo viloyati UzA | Imtihonlar adolatli va shaffof tashkil etildi – Buxoro viloyati UzA | Eng iqtidorli o‘quvchilar keyingi bosqichga yo‘llanma oladi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi ⏺ UzA | Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari o‘tkazilmoqdaUzA | Ijod maktablariga kirish imtihonlari o‘tkazildiQaraqalpaqstan MTRK | Prezident mekteplerine kiriw imtixanlardıń 1-basqıshı bolıp óttiSamarqand MTRK | Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari o‘tkazilmoqda Xorazm MTRK | Prezident maktabi uchun test sinovlari Jizzax MTRK | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari uchun test sinovlari yakuniga yetdi Toshkent | Вступительные экзамены в спецшколы Toshkent | Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari Toshkent | Prezident maktablariga kirish imtihonlari o‘tkazildi Toshkent | Первый этап экзаменов пройден Sevimli | Ijod maktablariga kirish imtihonlari Mening yurtim | Ixtisoslashtirilgan maktablarda imtihonlar davom etmoqda – Fargʻona viloyati Daryo.uz | Prezident maktablariga yangi o‘quv yili uchun qancha ariza kelib tushgani ochiqlandi Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показати все...
👍 5
❗️Oliy ta'lim muassasalariga kirish test sinovlari 14-25-iyul kunlari bo’lib o’tadi #abituriyent Avvalroq, test sinovlari 28-iyulga qadar (15 kun) o’tkazilishi aytilgan edi. Ammo kutilganidan kamroq abituriyentlar hujjat topshirgani uchun test sinovlari 12 kunda tugaydigan bo’ldi. Oxirgi test sinovi 25-iyulda o’tkaziladi. Demak, mandat ham vaqtliroq chiqadi. Joriy yilda ham test sinovlari 2 smenada o’tkaziladi. 1-smena: soat 08:00 da; 2-smena: soat 15:00 da boshlanadi. 🏃‍➡️Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi. Demak, 1-smena soat 06:30 da, 2-smena soat 13:30 da test o’tadigan joyga kelishi kerak. 📋 Abituriyentlar test sinoviga 2 ta hujjat olib borishlari lozim: 1️⃣ pasport yoki ID-karta; 2️⃣ abituriyent ruxsatnomasi. Boshqa hech qanaqa hujjat shart emas. Shuningdek, 🖊ruchka va 🥤suvni ichkarida o’zlari berishadi. Hisob-kitob talab qilinadigan fanlarda esa qoralama uchun savollar kitobining o’zida ochiq hududlar tashlab ketilgan bo’ladi (alohida bo’sh qog’oz berishmas ekan). ❗️Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!
Показати все...
👍 4
Фото недоступнеДивитись в Telegram
⭕️⭕️⭕️ ⭕️⭕️⭕️⭕️ Birozdan so’ng Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan jonli muloqot boshlanadi! Unda: ➖ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalariga qabul imtihonlari yakuniy natijalari; ➖ 2024-2025-oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari haqida so’z yuritiladi. ✔️ Savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob beriladi. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показати все...
👍 1
Repost from Hilola Umarova
Hurmatli ota-onalar, aziz oʻgʻil-qizlar! Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarimizda oʻqish istagida boʻlgan yoshlarimizning safi yil sayin ortib borayotganligi bizni behad quvontiradi. Bu yil mazkur maktablarda oʻqish istagini bildirgan oʻquvchilar soni 244 378 nafarni tashkil etdi. Bunda Respublika miqyosida Prezident maktablariga bir o‘quvchi oʻrniga oʻrtacha 185 nafar, ijod maktablariga 15 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarga 20 nafar, tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarimizga 80 nafar, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy maktabiga esa 145 nafar talabgor toʻgʻri keldi. Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli va imtihon jarayonlarini tashkil etish amaliyoti yildan yilga soddalashtirilib, takomillashtirilib borilmoqda. Xususan, tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirgan talabgorlar uchun imtihonlar o‘z hududlari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri)da o‘tkazildi. Bu orqali yurtdoshlarimizning vaqt va mablagʻlari tejaldi. Hurmatli ota-onalar! Farzandingizni ilm olishga boʻlgan ishtiyoqini qoʻllab-quvvatlayotganingiz tahsinga loyiq. Uchinchi Renessans vakillari aynan sizning oʻgʻil-qizlaringiz boʻlishi shubhasiz. Ilmga chanqoq, zukko, bilimdon o‘g‘il-qizlarimiz! Sizlar hayotingizdagi ilk masʼuliyatli va ayni damda juda hayajonli imtihonlarda oʻz bilimlaringizni sinovdan oʻtkazdingiz. Har biringizni kelajakda dunyoning nufuzli universitetlari imtihonlarida ishtirok etib, muvaffaqiyat qozonishingizga tilakdoshman. Hurmatli Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, Siz ozod va farovon yangi Oʻzbekiston, yangi Renessans bunyodkorisizlar. Hech qachon izlanishdan, intilishdan to‘xtamang! Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Показати все...
👍 9
#imtihon_2024 #tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar #Samarqand_shahar #2_kun ⚡️Ayni damda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga ikkinchi kun kirish imtihonlari boʻlib oʻtmoqda. Imtihon jarayonlarini test2024.uz platformasi orqali onlayn kuzatishingiz mumkin. Kanalga ulanish 👇👇👇 https://t.me/SamarqandPM ➤ Telegram | Instagram | Facebook
Показати все...
👍 7
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.