cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Hilola Umarova

👩‍💼Umarova Xilola Uktamovna 🇺🇿Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi tadqiqotchisi

Більше
Рекламні дописи
13 246
Підписники
-1324 години
+137 днів
-23730 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Фото недоступнеДивитись в Telegram
Qadrli yoshlar, ertamiz egalari! Barchangizni bugungi katta bayram — 30 iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan samimiy tabriklayman. Katta faxr va iftixor bilan ta’kidlashim o‘rinliki, so‘nggi yillarda mamlakatimiz yoshlari jonajon O‘zbekistonimiz kelajagini bunyod etishda faol ishtirok etib kelmoqda. Ayniqsa, maktabgacha va maktab ta’limi sohasida olib borilayotgan islohotlar, yangi g‘oya va kreativ ta’lim dasturlarini amaliyotga joriy etishda tizimda faoliyat olib borayotgan minglab yosh pedagog va mutaxassislarning o‘rni katta. Aziz yoshlar! Bugungi kunda oldimizga qo‘yilgan sohadagi ulkan maqsadlarga erishishda g‘ayrat-shijoatli, intellektual salohiyati yuksak, har qanday vaziyatda ham hech ikkilanmay mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga o‘zida kuch va bilim topa oladigan sizlardek yosh yigit-qizlarga doimo suyanamiz hamda sizlarga to‘la ishonamiz. Sizlarni yana bir bor bugungi katta shodiyona bilan qutlagan holda, barchangizga ulkan zafarlar, oldingizga qo‘ygan maqsadlarga yetishishingizda omad tilab qolaman. Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Показати все...
👏 66👍 32🎉 14🤗 5🕊 2🤝 2👌 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Oʻtgan vaqt davomida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida salmoqli ishlar amalga oshirildi, rejalarimiz qamrovi esa kundan-kun oʻsib bormoqda. Mazkur jarayonlarni xalqimizga yetkazish, OAV va keng jamoatchilik vakillarining sohaga doir soʻrovlariga doimo “labbay” deb javob berib kelayotgan vazirlik va tizim tashkilotlari Axborot xizmatlari xodimlarining fidokorona mehnati biz uchun doimo qadrli. Bayramingiz muborak boʻlsin, vazirligimiz Axborot xizmati jamoasi! Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
Показати все...
👍 96🤝 6🤔 4💯 4🎉 3🕊 3🤗 2👏 1👌 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Hurmatli jurnalistlar, qadrli ustoz ijodkorlar! Avvalo, sizlarni “27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Kuni kecha Davlatimiz rahbari tomonidan yurtimiz jurnalistlari va ijod ahliga yoʻllangan bayram tabrigi, aytish mumkinki, siz ijodkorlarning mashaqqatli mehnatlaringizga berilgan yuksak mukofotdir. Prezidentimiz oʻz tabrigida aytganidek, bugungi kunda matbuot ishi, jurnalistlar faoliyati nafaqat “toʻrtinchi hokimiyat”, balki mudofaa, xavfsizlik kabi hal qiluvchi sohaga aylanib bormoqda. Aziz jurnalistlar! Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida amalga oshirilayotgan yangiliklar va oʻzgarishlarni xalqimizga sodda va xalqchil tilda tushuntirishdagi ijodiy hamkorligingizdan mamnunmiz. Sizlarni yana bir bor kasb bayramingiz bilan samimiy qutlayman hamda ijodingizga ulkan muvaffaqiyat, shaxsiy hayotingizda baxt va omad tilab qolaman. Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
Показати все...
👍 64🤔 2
01:06
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#Эълон 📣 Diqqat, tanlov! ✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan yuqori malakali davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodist-tarbiyachilari va tarbiyachilarni aniqlash hamda rag‘batlantirish maqsadida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2024” tashkil etilmoqda. ❕Tanlovning tuman (shahar) bosqichi shu yilning 24-28-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi, unda eng yuqori natijalarni qayd etgan tarbiyachilarimiz keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi. Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi: ➖ “Eng yaxshi metodist”; ➖ “Yilning eng fidokor tarbiyachisi”; ➖ “Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi”; ➖ “Innovatsion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi”; ➖ “Eng yaxshi eko-targ‘ibotchi tarbiyachi”; ➖ “Yangi O‘zbekistonda yangi avlod bolalarini ma’naviy kamolotga yetaklovchi eng yaxshi tarbiyachi”. 👉 Tanlov Nizomi va shartlari haqida batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1641 Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показати все...
Tarbiyachilar Tanlovi 2024.mp429.35 MB
👍 45👨‍💻 3👏 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Qadrli hamkasblar, hurmatli pedagoglar! Avvalo barchangizni chinakam insoniylik, ezgu qadriyatlar, o‘zaro hurmat, mehr-saxovat ayyomi — Qurbon hayiti bayrami bilan samimiy tabriklayman hamda o‘zimning eng ezgu tilaklarimni bildirib qolaman. Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimizda Uchinchi Renesans davrining poydevori aynan ta’lim islohotlari asosida qurilayotganligi va bu jarayonda siz aziz hamkasblarimiz sidqidildan ishtirok etayotganingiz tizim yetakchisi sifatida meni juda xursand qiladi. Bu jarayonlarda sizlar bilan bir safda yelkama-yelka turib xizmat qilish men uchun ham faxr, ham ulkan mas’uliyatdir. Shuni unutmasligimiz kerakki, ta’lim sohasi millatimiz yuksalishi hamda uning kelajak rivojida muhim rol o‘ynaydi. Bu haqiqatni barchangiz teran anglagansiz. Shu boisdan sizlarni hech ikkilanmay ana shu savobli ishlarning mohir muhandislari, deb atasam, mubolag‘a bo‘lmaydi. Aziz do‘stlar, muhtaram ustozlar! Barchangizni muqaddas Qurbon hayiti bayrami bilan yana bir bor muborakbod etaman. Oilangizga xotirjamlik, baxt va omad hamisha hamroh bo‘lishini tilayman. Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Показати все...
👍 132🙏 19🤝 9🤗 9👌 5🕊 4👏 2💯 2👨‍💻 2
Dunyoni bilimlilar boshqaradi, kelajakni iste’dodlilar yaratadi. Bu haqiqatni Buxoro viloyatida bo‘lib o‘tgan Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi jarayonlarini kuzata turib yana bir bor teranroq his qildim. Yevropa va Osiyo qit’asidagi 18 ta davlat o‘quvchi-yoshlari ishtirok etgan ushbu bahs jarayonlari o‘tgan vaqt davomida chinakam ma’nodagi katta bilimlar bellashuviga aylanib ketdi. 120 nafarga yaqin dunyo yoshlarini bir nuqtaga jamlagan ushbu olimpiada bahslarining qizg‘in va murosasiz kechganligini ishtirokchi o‘quvchilarning taassurotlaridan ham anglash qiyin emas. Albatta, O‘rta asr sharq ilm-fani va madaniyatiga katta hissa qo‘shgan bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino ilmiy me’rosi va katta hayot yo‘li dunyoning deyarli barcha davlatlarida hozirga qadar chuqur o‘rganib kelinadi. Va uning tabobatga doir asarlari va tavsiyalari dunyo tibbiyotida keng qo‘llaniladi. Buxoro ana shu buyuk vatandoshimiz nomi bilan ataluvchi katta bir tadbirga mezbonlik qildi. Bunda bilimlar bahs olib borsada, o‘zaro hurmat va do‘stlik yetakchilik qildi. Bu do‘stona kayfiyat ayniqsa yoshlarning Buxorodagi turli tarixiy va madaniy maskanlarga qilgan sayohatlarida yaqqol namoyon bo‘ldi, deyishimiz mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, bugun yakunlangan ushbu xalqaro olimpiada bahslari O‘zbekiston yoshlari uchun ham bir maktab bo‘lishi qatorida, kelgusidagi muhim musobaqalar oldidan katta tayyorlov vazifasini o‘tagani aniq. Men mazkur olimpiadaning barcha ishtirokchilariga kelajakda bundanda katta omadlar tilayman. Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Показати все...
👍 89👏 6🏆 5👌 2💯 2🎉 1🙏 1
Repost from Saida Mirziyoyeva
01:02
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Kechagi konferensiyada taʼlimga oid masalalar bo‘yicha tajriba almashdik, xalqaro hamkorlar bilan muloqot jarayonida sohadagi ilgʻor usullar bilan tanishdik. Umid qilamanki, bu gʻoyalar metodikalarimizni yaxshilashga, oʻqituvchilarni taʼlim tizimidagi yangiliklarga tayyorlashga yordam beradi. - Вчера на конференции мы обменялись опытом в области  образования, узнали о передовых методах от международных партнёров. Надеюсь, что эти идеи помогут нам улучшить наши собственные методики и подготовить педагогов к обновлениям в сфере образования.
Показати все...
IMG_1850.MP412.09 MB
👍 66👏 16🤗 8🎉 7🕊 1🏆 1🤝 1
#Xalqaro_konferensiya ✅ Bugun poytaxtimizda Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi. ➖ Unda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva ham ishtirok etdi. Tadbir davomida “Marshall Cavendish Education” tashkiloti Prezidenti Siew Peng Yim, Singapur Taʼlim vazirligi masʼul xodimi Khairi Sallehudin Otman va xorijiy ekspertlar taqdimotlarda o’z tajribalari bilan bo’lishishdi. Unda xususan ta'limni raqamlashtirish, o'qituvchilar salohiyatini oshirish hamda kelgusidagi hamkorlik loyihalari haqida so'z yuritildi. Konferensiyaning mantiqiy va uzviy davomi sifatida singapurlik ekspertlar tomonidan joriy yil 10-14-iyun kunlari maktab direktorlari hamda 8-12-iyul kunlari matematik va tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojlantirish yoʻnalishlari boʻyicha treninglar olib boriladi. 👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1631 Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показати все...
👍 46👏 8🏆 3🕊 2🤝 2🤗 2🤔 1
01:32
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiy teatrni ibratxonaga mengzaganda juda to‘g‘ri ta’rifni tilga olib o‘tgan edi. Buni kecha Buxoroda bo‘lib o‘tgan “Turon” maktab teatri tanlovi Respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimida yana bir bor his qildim. Belgilangan tartibga ko‘ra, 1-o‘rinni egallagan Navoiy viloyatining “Ibrat” jamoasi chet elga ta’lim sayohatiga borish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi. Men ushbu ma’rifat tanlovida qatnashgan yoshlarni chin qalbimdan qutlagan holda, “ilm egallashdan, kitob o‘qish va tafakkuringizni boyitishdan to‘xtamang”, deb qolaman.
Показати все...
Turon teatrii.mp428.40 MB
👍 95💯 9👏 8🎉 4🤗 3🤔 1🏆 1
00:32
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Qadrli bolajonlar, aziz o‘quvchilar! Barchangizni bugun keng miqyosda nishonlanayotgan “1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bilan qizg‘in tabriklayman. Shubhasiz, ushbu bayram butun dunyo bolalari uchun eng beg‘ubor va quvonchli bayram hisoblanadi. Shu aziz bolajonlar borki, kattalarning ko‘ngli quvonchga, faxrga to‘lib yashaydi. Farzandlar borki, ota-onalar kelgusi hayotiy maqsadlarini shu qorako‘zlar bilan bog‘laydi. Ularni umrining gultoji, ma’nosi sanaydi. Bu samimiy e’tiroflar bejizga emas. Bolalar kulgusi xonadonlarga fayz olib kelishi bilan birga uni baxt va shodliklarga to‘ldiradi. Kattalarning kundalik tashvishlari bolajonlarning shirin tabassumi va qiyqiriqlari ortida yengillashadi. Men istardimki, dunyodagi barcha bolalar o‘z oilasi va ota-onalari bilan shodumon hayot kechirsin. Har bir bolaning bolalik yillari o‘zi uchun eng baxtli va beg‘ubor davrlarga aylansin. Bayramingiz yana bir muborak bo‘lsin, qadrli bolajonlar! Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
Показати все...
Vazirlik 1-Iyun Bolalar Kuni.mp412.64 MB
👍 96🎉 11🕊 10🤗 6🙏 5💯 2
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.