uk
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Відкрити в Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Показати більше

📈 Аналітичний огляд Telegram-каналу AI | DigiTech

Канал AI | DigiTech (@digitechai) у мовному сегменті Узбецька є активним учасником. На даний момент спільнота об'єднує 55 578 підписників, посідаючи 2 287 місце в категорії Технології та додатки та 1 299 місце у регіоні Узбекистан.

📊 Показники аудиторії та динаміка

З моменту свого створення невідомо, проект продемонстрував стрімке зростання, зібравши аудиторію у 55 578 підписників.

За останніми даними від 17 вересня, 2026, канал демонструє стабільну активність. Хоча за останні 30 днів спостерігається зміна кількості учасників на 4 381, а за останні 24 години на -517, загальне охоплення залишається високим.

  • Статус верифікації: Не верифікований
  • Рівень залученості (ER): Середній показник залученості аудиторії становить 24.56%. Протягом перших 24 годин після публікації контент зазвичай збирає 17.60% реакцій від загальної кількості підписників.
  • Охоплення публікацій: В середньому кожен допис отримує 13 758 переглядів. Протягом першої доби публікація в середньому набирає 9 859 переглядів.
  • Реакції та взаємодія: Аудиторія активно підтримує контент: середня кількість реакцій на один пост – 121.

📝 Опис та контентна політика

Автор описує ресурс як майданчик для висловлення суб'єктивної думки:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Завдяки високій частоті оновлень (останні дані отримано 18 вересня, 2026), канал підтримує актуальність та високий рівень охоплення публікацій. Аналітика показує, що аудиторія активно взаємодіє з контентом, що робить його важливою точкою впливу в категорії Технології та додатки.

55 578
Підписники
-51724 години
+2 5407 днів
+4 38130 днів
Архів дописів
+3
📱Apple'ning tungi taqdimotini o’tkazib yuborganlar uchun, asosiy yangiliklarni to’pladik:iPhone 18 Pro va 18 Pro Max — “Dynamic Island” kichraytirildi, kamera o‘zgaruvchan diafragma bilan jihozlandi va protsessor yangilandi. Pro modeli narxi — 1199 dollardan, Pro Max esa — 1299 dollardan boshlanadi. • AirPods 5 — shovqinni pasaytirish tizimi yana 50 foizga samaradorroq qilindi va yangi “Apple Intelligence” funksiyalari qo‘shildi. Ilg‘or versiyasi o‘tgan yilgi modeldan arzonroq turadi. Narxi — 129 dollardan boshlanadi. • Apple Watch Series 12 va Ultra 4 — dizaynida o‘zgarishlar yo‘q, biroq salomatlik ko‘rsatkichlarini kuzatish uchun datchiklari takomillashtirilgan. Soat atrofdagi tovushlarni tinglash va yozib olishni o‘rgandi. Keramik modellar qaytdi. • iPhone Duo — Apple'dan uzoq kutilgan “buklamafon”. Ichki displey diagonali — 7,6 dyuym. Qurilma keng formatda ishlangan bo‘lib, flagman A20 Pro chipining maxsus versiyasida ishlaydi. FaceID yo’q, lekin yon tugmachasida TouchID mavjud. Narxi — 1999 dollardan boshlanadi. • iOS 27 va kompaniyaning boshqa yangi operatsion tizimlari 14-sentyabrda chiqadi. Taqdimotdan so‘ng Apple darhol amaldagi iPhone 17, shuningdek, bazaviy iPhone 16 modellarining narxini 100 dollarga oshirdi. 📟 DigiTech

🧮 OpenAI'ning hali chiqmagan eng ilg’or modeli “mingyillik masalalar”dan biri — Navye-Stoks tenglamasini yechdi. Ushbu masal
🧮 OpenAI'ning hali chiqmagan eng ilg’or modeli “mingyillik masalalar”dan biri — Navye-Stoks tenglamasini yechdi. Ushbu masalani 10 mingta agent qariyb 88 soat davomida yechgan. Yana 17 soat rasmiylashtirishga sarflangan, umumiy hisobda ~130 mlrd token “yoqilgan”. Bunday masalalar jami 7 ta bo‘lib, har birining yechimi uchun 1 mln dollar mukofot belgilangan. OpenAI bu borada ikkinchi bo‘ldi — bungacha faqat Grigoriy Perelmangina yechim topishga muvaffaq bo‘lgan edi. 📟 DigiTech

O‘zbekistonda AI va ML sohasida karyerani qanday boshlash mumkin? Ko‘pchilik Machine Learning sohasida ishlash uchun yillar d
O‘zbekistonda AI va ML sohasida karyerani qanday boshlash mumkin? Ko‘pchilik Machine Learning sohasida ishlash uchun yillar davomida matematika o‘rganish va darhol ML-muhandis lavozimiga ishga kirish kerak, deb o‘ylaydi. Amalda esa bu yo‘l butunlay boshqacha bo‘lishi mumkin. Shavkat Sadulloyev bir yillik Yandex ML School dasturini tamomlagach, Ucell’da ML-muhandis bo‘ldi. Abbos Ibragimov esa ML sohasiga backend dasturlashdan kirib keldi va hozir Avo Bank’da tahlilchi-muhandis bo‘lib ishlamoqda. Ular intervyuda o‘qish jarayonida nimalar eng qiyin bo‘lgani, AI sohasidagi lavozimlar uchun suhbatlar qanday o‘tishi va nima uchun faqat bitta vakansiyaga bog‘lanib qolmaslik kerakligi haqida so‘zlab berishdi. Asosiy xulosa: ML mutaxassislariga ma’lumotlar mavjud bo‘lgan barcha sohalarda ehtiyoj bor - bank va telekommunikatsiyadan tortib tibbiyot va qishloq xo‘jaligigacha.

📱Bugun Apple’ning an’anaviy yillik taqdimoti bo‘lib o‘tadi: suratlarda namoyish etilishi kutilayotgan asosiy yangiliklar jam
+1
📱Bugun Apple’ning an’anaviy yillik taqdimoti bo‘lib o‘tadi: suratlarda namoyish etilishi kutilayotgan asosiy yangiliklar jamlangan. Birinchi buklama ayfon, 18 Pro seriyasi, shuningdek, iPad mini, Apple Watch, AirPods va boshqa gadjetlar yangilanishi kutilmoqda. Bazaviy versiyadagi iPhone 18 esa ilk bor alohida, katta ehtimol bilan bahorda chiqariladi. Taqdimot Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi. 📟 DigiTech

Yandex Uzbekistan backend dasturlash AI bo‘yicha bepul o‘qitadi Yandex Uzbekistan Toshkentda 10–31 oktyabr kunlari bo‘lib o‘t
+1
Yandex Uzbekistan backend dasturlash AI bo‘yicha bepul o‘qitadi Yandex Uzbekistan Toshkentda 10–31 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan uch haftalik Dev Camp dasturiga qabul boshladi. Dastur doirasida ishtirokchilar bir vaqtning o‘zida bir nechta yo‘nalish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantiradi: 🔹 backend dasturlash; 🔹 algoritmlar; 🔹 sun’iy intellekt. O‘qishdan tashqari, ishtirokchilar Yandex dasturchilari va jamoa rahbarlari bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi. Biroq dasturning eng qiziqarli jihati faqat ta’lim bilan cheklanmaydi. 👍 Eng yaxshi ishtirokchilar Yandex Uzbekistan'da amaliyot o‘tash uchun qisqartirilgan saralov jarayonidan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ishtirok etish bepul. Dastur, avvalo, IT yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar va yaqinda oliy ta’lim muassasasini tamomlagan bitiruvchilar uchun mo‘ljallangan. Shu bilan birga, ishtirokchilar uchun yosh va ish tajribasiga nisbatan cheklovlar yo‘q. Ta’lim tillari: rus va ingliz tillari. Toshkentda yashamaysizmi? Bu ham muammo emas. Boshqa hududlardan saralovdan muvaffaqiyatli o‘tgan eng yaxshi ishtirokchilarning Toshkentga borib-kelish xarajatlari va dastur davridagi yashashi Yandex tomonidan qoplanadi. ❗️Arizalar 30 sentyabrga qadar qabul qilinadi. 👉 Dev Camp'da ishtirok etish uchun ariza to‘ldirish va kirish topshirig‘ini bajarish kerak.

⚡️Maktab o‘quvchilarining savodxonlik darajasi tarixiy minimumga tushib ketdi. Tadqiqot davomida ular o‘qish, matematika va t
⚡️Maktab o‘quvchilarining savodxonlik darajasi tarixiy minimumga tushib ketdi. Tadqiqot davomida ular o‘qish, matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha eng past o‘rtacha natijalarni ko‘rsatdi. 15 yoshli o‘smirlarning 20 foizi bu fanlardan hatto boshlang‘ich darajani ham to‘play olmayapti. 2022-yilda bu ko‘rsatkich 16 foizni tashkil etgan edi. Testda 91 mamlakatdan 760 ming nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Buning ehtimoliy sababi qisqa kontentning ommalashgani bo‘lishi mumkin: ijtimoiy tarmoqlardagi postlar, chat-botlar javoblari, matnni chuqur tahlil qilmasdan yuzaki o‘qish. Maktab topshiriqlarini sun’iy intellekt yordamisiz bajargan o‘quvchilarning natijalari o‘rtacha hisobda yaxshiroq chiqqan. Kelajak ushbu postni oxirigacha o‘qiganlar qo‘lida) 📟 DigiTech

⚡️GPT-6 Astra “I’m Not a Robot” o‘yinidagi barcha 48 turdagi kapchani yechdi. Uni sinayotgan Sharif Shamim video bilan ulashdi. OpenAI'ning yangi sun’iy intellekt modeli oddiy boshlang‘ich bosqichlardan tortib shaxmat va IKEA mebelini yig‘ish kabi murakkab vazifalargacha — barcha sinovlardan ketma-ket va xatosiz o‘tdi. Yakunda neyrotarmoq “inson” ekanligi haqidagi sertifikatni qo‘lga kiritdi. Lekin o‘yin reCAPTCHA'ga parodiya bo‘lib, masalan, sichqoncha harakatini kuzatmaydi, shu sababli uni chetlab o‘tish osonroq. 📟 DigiTech

📺 LG televizorlari sizni yashirincha tinglashi mumkin: tadqiqotchilar LG OLED G5'ning ekran o‘chiq holatda mikrofondan foyda
📺 LG televizorlari sizni yashirincha tinglashi mumkin: tadqiqotchilar LG OLED G5'ning ekran o‘chiq holatda mikrofondan foydalanayotganini aniqlashdi. Qurilma hatto internetsiz ham mikrofon yozuvlarini o‘zida to‘playdi va tarmoqqa qayta ulanganda ularni serverga yuklaydi. Tadqiqotchilar log-fayllardan o‘z suhbatlarini topishgan. Shuningdek, u uydagi Wi-Fi tarmog‘ini skanerlab, telefonlar, aqlli soatlar, IP-manzillar va qo‘shni routerlarning xaritasini tuzadi. Bularning barchasi LG serverlariga yuboriladi. Endi biz televizorni emas, u bizni kuzatmoqda. 📟 DigiTech

📱Xitoyda keng yoyiladigan Xiaomi 18 Fold smartfoni taqdim etildi — xuddi shunday qurilmani ikki kundan so‘ng Apple ham namoy
+2
📱Xitoyda keng yoyiladigan Xiaomi 18 Fold smartfoni taqdim etildi — xuddi shunday qurilmani ikki kundan so‘ng Apple ham namoyish etishi kutilmoqda. Smartfon displeyida deyarli ko‘rinmaydigan buklanish chizig‘i va Antutu’da rekord darajadagi 5,22 million ball to‘plagan Xring O3 chipiga ega. Shuningdek, u 6000 mA/soat sig‘imli batareya, 200 megapikselli kamera hamda 16 GB + 1 TB gacha xotira bilan jihozlangan. Bazaviy versiyasi 1600 dollar, keramik korpusli top versiyasi esa 2400 dollar turadi. 📟 DigiTech

⚡️Xitoyda keshbek va bepul Wi-Fi o‘rniga hamma joyda sun’iy intellekt tokenlari tarqatila boshlandi. Xitoyda sun’iy intellekt
⚡️Xitoyda keshbek va bepul Wi-Fi o‘rniga hamma joyda sun’iy intellekt tokenlari tarqatila boshlandi. Xitoyda sun’iy intellekt tokenlari kundalik hayotning odatiy qismiga aylanib bormoqda — ularni banklar, aloqa operatorlari, kafelar va marketpleyslar tarqatmoqda. Kredit kartalari bo‘yicha keshbek o‘rnini ham tokenlar egallayapti, mobil tariflarga esa endi sun’iy intellekt modellari bilan ishlash uchun paketlar qo’shilmoqda. Kafelarda ularni Wi-Fi va ichimliklar bilan birga taklif qilishyapti. Marketpleyslarda obunalar, kunlik tokenlar va birovlarning akkauntlariga kirish huquqi sotilmoqda. 📟 DigiTech

🗺️ Dunyo xaritasi 500 yil ichida ilk bor yangilandi — BMT mashhur Merkator proyeksiyasidan voz kechishga qaror qildi. Ushbu
🗺️ Dunyo xaritasi 500 yil ichida ilk bor yangilandi — BMT mashhur Merkator proyeksiyasidan voz kechishga qaror qildi. Ushbu proyeksiya XVI asrda tuzilgan bo‘lib, hozirgacha darslik va turli xizmatlarda qo‘llanib kelinadi. Uning asosiy muammosi shundaki, mamlakat ekvatordan qanchalik uzoqda joylashgan bo‘lsa, u haqiqiy o‘lchamidan shunchalik kattaroq ko‘rinadi. Masalan, odatiy xaritada Grenlandiya deyarli Afrika bilan tengday ko‘rinadi. Lekin, Afrika undan taxminan 14 barobar katta. Bu o‘zgarish tashabbuskorlari aynan Afrika mamlakatlari bo‘ldi — ularning fikricha, eski xarita qit’a hajmi haqidagi tasavvurni jiddiy buzib ko‘rsatadi. Yangi xaritalar yaqin yillar ichida paydo bo‘la boshlaydi. 📟 DigiTech

⚡️“Xotira inqirozi” nimalarga olib keldi: Apple'ning ekranni tozalovchi matosi avvalgisidan yomonroq bo‘lib chiqdi. SnazzyLab
+1
⚡️“Xotira inqirozi” nimalarga olib keldi: Apple'ning ekranni tozalovchi matosi avvalgisidan yomonroq bo‘lib chiqdi. SnazzyLabs blogeri Apple’ning yangi avlod tozalovchi matosini sinovdan o‘tkazdi. U ikki baravar arzonlashgan — 19 dollardan 9 dollarga. Ma’lum bo‘lishicha, narx bilan birga uning xususiyatlari ham yomonlashgan: yangi lattada gidrofob xususiyatlar yo‘qolgan, shu sababli u endi namlikni qaytarmayapti, aksincha, o‘ziga shimib olyapti. Bundan tashqari, bloger yangi mato bilan displeyni tozalash uchun ancha ko‘p kuch sarflash kerakligini aniqladi. Avvalgi modelda ekran yarqirashi uchun bir-ikki artish kifoya edi. Buni ham Pro Max versiyasini tayyorlashyapti shekilli :) 📟 DigiTech

📲 Amerikaning Lexar kompaniyasi eng yupqa portativ SSD’ni chiqardi — uning qalinligi bor-yo‘g‘i 3,8 mm, xuddi bir nechta ban
+2
📲 Amerikaning Lexar kompaniyasi eng yupqa portativ SSD’ni chiqardi — uning qalinligi bor-yo‘g‘i 3,8 mm, xuddi bir nechta bank kartasidek. Lekin bunday ixcham o‘lcham sababli USB-C'dan voz kechishga to‘g‘ri kelgan, uning o‘rnini esa maxsus konnektor egallagan. Shuningdek, to‘plamda smartfonga mahkamlash uchun magnitli g‘ilof ham bor. Xotira hajmi 512 GB yoki 1 TB’ni tashkil etadi, narxi esa keyinroq e’lon qilinadi. 📟 DigiTech

🚘 "Volkswagen"da inqiroz davom etmoqda: nemis avtogiganti Germaniyadagi yana to‘rtta zavodini yopadi, 100 ming xodimini ishd
🚘 "Volkswagen"da inqiroz davom etmoqda: nemis avtogiganti Germaniyadagi yana to‘rtta zavodini yopadi, 100 ming xodimini ishdan bo‘shatadi va modellar qatorini ikki baravarga qisqartiradi. "Optimallashtirish" 2034-yilgacha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Kompaniya xitoyliklar bilan raqobat kuchayib borayotgani, AQSh bojlari va sohadagi boshqa o‘zgarishlar tufayli o‘z biznesini "iqtisodiy voqelikka muvofiqlashtirishi" kerak. Avvalroq konsern Drezdendagi VW va Bryusseldagi Audi elektromobil zavodlarini yopgan edi. 📟 DigiTech

⛰️ Kaliforniyalik uch nafar sayyoh tog‘larda qolib ketdi, chunki ular uchun marshrutni sun’iy intellekt tuzib bergan. Ular ad
⛰️ Kaliforniyalik uch nafar sayyoh tog‘larda qolib ketdi, chunki ular uchun marshrutni sun’iy intellekt tuzib bergan. Ular adashib, jarohatlanib, yo‘lni so‘rash uchun sherif idorasiga qo‘ng‘iroq qilishga majbur bo’lishgan. Tog‘ sayohatini endi boshlagan bu havaskorlar cho‘qqiga chiqishning eng oson yo‘li — Shasta tog‘idagi Klir-Krik yo‘nalishini tanlashdi. Ular Google Gemini’dan marshrut rejasini tuzib berishni so‘rashgan. Chat-bot ularga aslida kerak bo‘ladiganidan ancha kam oziq-ovqat va suv olishni maslahat bergan. Shuningdek, bir necha kunga cho‘zilgan “8 soatlik” yo’lni rejalashtirib bergan. Natijada sayyohlarni qutqaruvchilar olib tushishlariga to’g’ri keldi. 📟 DigiTech

⚡️OpenAI GPT-6 Astra’ni chiqardi — kompaniya uni “umumiy sun’iy intellekt davrining birinchi modeli (AGI)” deb atamoqda. Astr
⚡️OpenAI GPT-6 Astra’ni chiqardi — kompaniya uni “umumiy sun’iy intellekt davrining birinchi modeli (AGI)” deb atamoqda. Astra so‘rov bo‘yicha KiCad’da bosma plata sxemasini loyihalash va Unity'da haqiqatga yaqin virtual shahar yaratish kabi murakkab vazifalarni bajara oladi.
Zaifliklarni qidirishga mo‘ljallangan ExploitBench benchmarkida u 100% natija ko‘rsatdi. Shu sabab, model foydalanuvchilarni zaifliklarni qidirish bilan bog‘liq so’rovlarini bajarmaydi. ARC-AGI-3 testida esa model 98,6% natija ko‘rsatdi, odamlar bu benchmarkda 100% natija qayd etadi, oldingi GPT versiyasi esa taxminan 8% natija ko‘rsatgan edi. Astra inson natijasiga juda yaqinlashdi.
Yaqin kunlarda GPT-6 Astra’ni Plus, Pro, Business va Enterprise tarif rejasi obunachilari sinab ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. 📟 DigiTech

⚡️iPhone Ultra narxlari sizib chiqdi Avstraliyadagi Vodafone operatori tasodifan oldindan buyurtma sahifasini ochib yubordi.
⚡️iPhone Ultra narxlari sizib chiqdi Avstraliyadagi Vodafone operatori tasodifan oldindan buyurtma sahifasini ochib yubordi. Internetda Avstraliyadagi iPhone narxlari AQSh'dagidan 30 foizga yuqori ekanligini hisobga olgan holda, mahalliy narxlarni dollarga o‘girib chiqishdi. Shunday qilib, 256 GBlik boshlang‘ich iPhone Ultra taxminan 2499 dollar bo‘ladi. Bir terabaytlik eng top versiyasi esa taxminan 3199 dollar turadi. Vodafone sahifasidagi ma’lumotlarga ko‘ra, oldindan buyurtma sanasi — 12-sentyabr. 📟 DigiTech

📲 Bitta eSIM’dan bir vaqtning o‘zida ikkita iPhone’da foydalanish mumkin bo‘ladi — iOS 27’da iPhone Handoff funksiyasi topildi. Asosiy smartfonda qo‘shimchasini tanlash mumkin bo‘ladi, shunda ikkinchida eSIM nusxasi paydo bo‘ladi. Qo‘ng‘iroqlar va internetni esa ikkita smartfon o‘rtasida almashtirib turish mumkin bo’ladi. 📟 DigiTech

➡️▶️◀️🆗⬅️ 💚 Buxoro, Roadshow’ni kutib ol! 19-sentyabr kuni IT Community Roadshow shahringizga keladi — bu AI va IT sohasida
➡️▶️◀️🆗⬅️ 💚 Buxoro, Roadshow’ni kutib ol! 19-sentyabr kuni IT Community Roadshow shahringizga keladi — bu AI va IT sohasida karyera qurishga bag‘ishlangan keng ko‘lamli tadbirlar seriyasi. Spikerlar va volontyorlar bilan birgalikda IT sohasida yo‘nalish tanlashni, orzudagi ishini topishni yoki o‘z startapini yaratishni istagan yigit-qizlar uchun master-klasslar va chiqishlar o‘tkazamiz. 🎤 Buxorodagi Roadshow’da sizni quyidagi mavzulardagi chiqishlar kutadi: – IT sohasida karyera qurishda AI-ning roli, – muvaffaqiyatli startaplarni ishga tushirish, – LinkedInda shaxsiy brendni rivojlantirish va frilans bo’yicha foydali maslahatlar, shuningdek netvorking, sovrinli interaktiv o’yinlar va yana ko‘plab qiziqarli mashg‘ulotlar. Kogondan keladigan ishtirokchilarimizga Buxorodagi IT Community Roadshow-ga kelish uchun bepul avtobuslar tashkil etamiz. Avtobusdagi o‘rinlar cheklangan, shuning uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tishni unutmang. 🔥 Roadshow-ga bizning bot orqali ro‘yxatdan o‘ting – https://t.me/itcomuzbot va yirik tadbirning bir qismiga aylanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. ❗️Ishtirok etish bepul. 💚 Homiylarimiz: Uzum, Huawei, UZCARD, EPAM, shuningdek hamkorlarimiz: School 21, Women in Tech, OLX, Free.uz va Asman universitetiga minnatdorchilik bildiramiz. 🗓 2026-yil 19-sentyabr (shanba) ⏱️ 10:00–17:00 (tushlik va kofe-breyklar kiritilgan) 📍 Asman universiteti (Buxoro shahri, Alpomish ko‘chasi, 1-uy) 🗣 Til: o'zbek tilida 💚 LinkedIn | Instagram | Telegram | YouTube Reklama

⚡️PwC hisob-kitoblariga ko‘ra, neyrotarmoqlar temiryo‘llar, elektr energiyasi va internetning umumiy qiymatidan ham qimmatga
⚡️PwC hisob-kitoblariga ko‘ra, neyrotarmoqlar temiryo‘llar, elektr energiyasi va internetning umumiy qiymatidan ham qimmatga tushadi — 2050-yilgacha ma’lumotlar markazlariga 32 trillion dollar sarflanadi. Pulning asosiy qismi uskunalar uchun sarflanadi: chiplar va serverlarni har 4–6 yilda yangilab turish kerak bo‘ladi. Agar neyrotarmoqlar yanada tezroq rivojlansa, bu summa 50 trillion dollarga yetishi mumkin. 📟 DigiTech