ar
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

الذهاب إلى القناة على Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

إظهار المزيد

📈 نظرة تحليلية على قناة تيليجرام AI | DigiTech

تُعد قناة AI | DigiTech (@digitechai) في القطاع اللغوي Uzbek لاعباً نشطاً. يضم المجتمع حالياً 56 463 مشتركاً، محتلاً المرتبة 2 269 في فئة التكنولوجيات والتطبيقات والمرتبة 1 292 في منطقة Uzbekistan.

📊 مؤشرات الجمهور والحراك

منذ تأسيسه في невідомо، حقق المشروع نمواً سريعاً وجمع 56 463 مشتركاً.

بحسب آخر البيانات بتاريخ 02 سبتمبر, 2026، تحافظ القناة على نشاط مستقر. خلال آخر 30 يوماً تغيّر عدد الأعضاء بمقدار 4 567، وفي آخر 24 ساعة بمقدار -1 016، مع بقاء الوصول العام مرتفعاً.

  • حالة التحقق: غير موثّقة
  • معدل التفاعل (ER): يبلغ متوسط تفاعل الجمهور 26.45‎%. وخلال أول 24 ساعة من النشر يحصد المحتوى عادةً 17.94‎% من ردود الفعل نسبةً إلى إجمالي المشتركين.
  • وصول المنشورات: يحصل كل منشور على متوسط 14 987 مشاهدة. وخلال اليوم الأول يجمع عادةً 10 168 مشاهدة.
  • التفاعلات والاستجابة: يتفاعل الجمهور بانتظام؛ متوسط التفاعلات لكل منشور يبلغ 129.

📝 الوصف وسياسة المحتوى

يصف المؤلف القناة بأنها مساحة للتعبير عن الآراء الذاتية:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

بفضل وتيرة التحديث المرتفعة (أحدث البيانات بتاريخ 03 سبتمبر, 2026) تحافظ القناة على حداثتها ومستوى وصول مرتفع. وتُظهر التحليلات تفاعلاً نشطاً من الجمهور، ما يجعلها نقطة تأثير مهمة ضمن فئة التكنولوجيات والتطبيقات.

56 463
المشتركون
-1 01624 ساعات
+1 9687 أيام
+4 56730 أيام
أرشيف المشاركات
🤖 Pekinda “Robotlar olimpiadasi” bo‘lib o‘tmoqda. Odamsimon robotlar yugurish va balandlikka sakrash bo‘yicha Useyn Bolt hamda Xaver Sotomayorning rekordlarini yangiladi. Lekin ular hali ham to‘xtashni o‘rganmagan. Musobaqalar, shuningdek, futbol, tennis, boks va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ham o‘tkazilmoqda. 📟 DigiTech

⚡️Singapurda insonning 16 million tirik neyronlaridan iborat server ishga tushirildi. Korporatsiyalar murakkab sun’iy intelle
⚡️Singapurda insonning 16 million tirik neyronlaridan iborat server ishga tushirildi. Korporatsiyalar murakkab sun’iy intellekt modellarini ishlatish uchun vagonlab kremniy chiplarini xarid qilayotgan bir paytda, olimlar butunlay boshqa yo‘ldan ketishdi. Ushbu bio-protsessor inson qon hujayralaridan o‘stirilgan bo‘lib, ular qayta dasturlash orqali 16 millionta ishlovchi neyronga aylantirilgan. Unda hech qanday odatiy tranzistorlar yo‘q.
Biologik serverning asosiy afzalligi, u juda kam energiya sarflaydi. Oddiy ma’lumotlar markazlari megavattlab elektr energiyasi sarflasa, bu tirik hujayralar massivi atigi bitta Nvidia videokartasi iste’mol qiladigan quvvatni sarflaydi.
Ushbu organik serverni eng murakkab hisob-kitoblarga: yangi dori-darmonlar yaratish, ilg‘or robototexnikani o‘qitish va kiberxavfsizlik sohasidagi sinovlarga yo‘naltirish rejalashtirilgan. 📟 DigiTech

Yandex ML School Uzbekistan 2026 yil uchun qabulni boshladi Machine Learning va sun’iy intellekt sohasida fundamental bilim o
Yandex ML School Uzbekistan 2026 yil uchun qabulni boshladi Machine Learning va sun’iy intellekt sohasida fundamental bilim olishni istagan IT, matematika va texnik yo‘nalishlar mutaxassislari hamda talabalari uchun bepul bir yillik dastur. 😉 Ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarni o‘rganadi: — ML uchun zarur matematik baza; — Machine Learning; — Deep Learning; — Computer Vision; — NLP; — LLM; — Reinforcement Learning. Amaliy qism doirasida real mahsulotlar bilan bog‘liq loyihalar ustida ishlash hamda texnologik kompaniyalar ishtirokidagi workshoplarda qatnashish imkoniyati beriladi. Dasturda qatnashish uchun onlayn va oflayn imtihonlarni topshirish hamda suhbatdan o‘tish talab etiladi. 👍 Arizalar 2026 yil 9 sentyabrgacha qabul qilinadi. 35 ta o‘rin | Toshkent | kechki format | ingliz tili | bepul

🚘 Xitoyda yashirin eshik tutqichlari sababli mamlakat tarixidagi eng yirik avtomobillarni chaqirib olish kampaniyasi e’lon q
🚘 Xitoyda yashirin eshik tutqichlari sababli mamlakat tarixidagi eng yirik avtomobillarni chaqirib olish kampaniyasi e’lon qilindi. U 3 million dona Tesla, 390 ming dona Xiaomi, 370 ming dona Leapmotor, 90 ming dona Geely va boshqa avtomobillarni qamrab oladi. Kompaniyalar salon ichidagi eshiklarni favqulodda ochish mexanizmlarini ko‘rsatuvchi yanada yaqqol stiker-ko‘rsatkichlarni yopishtirishlari, shuningdek, ayrim hollarda avariya paytida oynalar avtomatik ravishda tushishi uchun dasturiy ta’minotni yangilashlari kerak bo‘ladi. Avvalroq Xitoy o‘limga olib kelgan yo‘l-transport hodisalari tufayli 2027-yildan boshlab barcha yangi avtomobillar uchun yashirin tutqichlarni butunlay taqiqlagan edi. 📟 DigiTech

+1
🐎 Soatiga 40 km/soatgacha tezlanuvchi kiberot — xitoyliklar minish uchun mo‘ljallangan robotni namoyish etishdi. Shuningdek, unda 1 tonnagacha yuk tashish ham mumkin. Robot shag‘al, loy va tepaliklar bo‘ylab bemalol harakatlanadi, bir marta quvvatlanganda esa 40 km masofani bosib o‘tadi. Narxi 41 500 dollardan boshlanadi. 📟 DigiTech

📱Samsung‘ning «afsonaviy» dizaynerlari yana ishga qaytdi. Mashhur insayder Ice Universe Galaxy S27 Ultra'ning CAD-chizmasini
📱Samsung‘ning «afsonaviy» dizaynerlari yana ishga qaytdi. Mashhur insayder Ice Universe Galaxy S27 Ultra'ning CAD-chizmasini ko’rsatdi va neyrotarmoq yordamida «iPhone'ga umuman o‘xshamaydigan» qurilma dizaynining taxminiy renderini yaratdi. Insayderning ta’kidlashicha, bu yakuniy dizayn bo‘lib, haqiqiy smartfon ham taxminan shunday ko‘rinishda bo‘ladi. 📟 DigiTech

⚡️Markaziy razvedka boshqarmasi Stiv Jobsga faoliyatidagi eng og‘ir davrlardan birini yengib o‘tishda yordam bergan. 1986-yil
⚡️Markaziy razvedka boshqarmasi Stiv Jobsga faoliyatidagi eng og‘ir davrlardan birini yengib o‘tishda yordam bergan. 1986-yillarda uning NeXT kompaniyasining mijozlari yo‘q edi, kompaniya inqiroz yoqasida bo’lgan. O’sha vaqtda MRB ularga minglab kompyuter buyurtma qilgan. MRB yiliga 20 000 ta qurilmaga buyurtma bergan, lekin NeXT oyiga atigi 100 ta kompyuter ishlab chiqara olgan. Natijada ishlab chiqarish hajmini 5 mingtaga yetkazishga to‘g‘ri kelgan. Keyinchalik Apple NeXT'ni sotib olgan, uning texnologiyalari esa macOS va iOS uchun asos bo‘lib xizmat qilgan. Jobs ham NeXT bilan birga kompaniyaga qaytgan. 📟 DigiTech

⚡️Take-Two “ov”ga chiqdi: kompaniya sud orqali Microsoft va Discord'dan GTA VI o‘yin videolarini tarqatib yuborayotgan xakerl
⚡️Take-Two “ov”ga chiqdi: kompaniya sud orqali Microsoft va Discord'dan GTA VI o‘yin videolarini tarqatib yuborayotgan xakerlarni topishni talab qildi. Gap o‘yinning to‘liq ishlaydigan versiyasiga ega bo‘lgan Cyberleek guruhi haqida ketmoqda. Microsoft va Discord'ga xakerlar haqidagi barcha ma’lumotlarni taqdim etish uchun 4-sentyabrgacha muhlat berildi. Shu yo‘l bilan Take-Two xakerlarning shaxsini aniqlashga umid qilmoqda. Eslatib o‘tamiz, o’yin haqidagi maxfiy ma'lumotlarni ochiqlagan avvalgi xaker 2023-yilda noma’lum muddatga ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgandi. 📟 DigiTech

⚡️Sun’iy intellekt xavfli “o‘y-fikrlarini” tekshiruvlardan yashira olishi aniqlandi: Gemma-2-9B modeli xavfsizlik tizimlarini
⚡️Sun’iy intellekt xavfli “o‘y-fikrlarini” tekshiruvlardan yashira olishi aniqlandi: Gemma-2-9B modeli xavfsizlik tizimlarini chetlab o‘tishga o‘rgatildi. Model “seni tekshirishyapti” degan signalni olgach, detektorlardan qochish uchun o‘z fikrlash jarayonini o‘zgartirgan. Javob avvalgidek qolgan, ammo tekshiruvda yolg‘on yoki zararli belgilar aniqlanmagan. Bu mexanizm hatto modelga notanish bo‘lgan sinovlarda ham ish bergan. 📟 DigiTech

Repost from texnomart
🔥 Atigi 4 kun qoldi, ulgurib qoling! texnomart’da 25-avgustgacha texnika xarid qiling va lototron o‘yinida ishtirok etib, ka
+5
🔥 Atigi 4 kun qoldi, ulgurib qoling! texnomart’da 25-avgustgacha texnika xarid qiling va lototron o‘yinida ishtirok etib, katta sovg‘alar hamda 99% gacha chegirmalarni yutib oling! 24-avgustgacha esa o‘qish uchun kerakli texnikalarni 1+1 aksiyasi doirasida xarid qiling. Ya’ni, bitta texnika xarid qilsangiz, ikkinchisini sovg‘aga oling! 🚀 Yaqinlaringizga ham yuboring! — 🔥 Осталось всего 4 дня, успейте! До 25 августа покупайте технику в texnomart, участвуйте в игре лототрон и выигрывайте большие подарки и скидки до 99%! А до 24 августа покупайте необходимую технику для учёбы по акции 1+1. То есть при покупке одной техники вторую получаете в подарок! 🚀 Отправьте своим близким!
📞71-209-99-44 📍 Manzillar | 😎 Onlayn chat | 🕸 Sayt

⚡️Goldman Sachs tadqiqotiga ko’ra: har oy sun’iy intellekt sababli 16 000 ta ish o‘rni yo‘qolmoqda. Bu, ayniqsa, yosh mutaxas
⚡️Goldman Sachs tadqiqotiga ko’ra: har oy sun’iy intellekt sababli 16 000 ta ish o‘rni yo‘qolmoqda. Bu, ayniqsa, yosh mutaxassislar va boshlang’ich (junior) xodimlarga qattiq zarba bermoqda. Moliya, texnologiyalar va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohalari eng zaif nuqta hisoblanadi. Eng yomoni esa, yaqin orada umumiy ish vaqtining qariyb 25 foizi robotlar tomonidan avtomatlashtirilishi mumkin. 📟 DigiTech

⚡️GTA VI'ning to‘liq ishlaydigan versiyasi xakerlar qo‘liga tushib qoldi: allaqachon geympleyning butun bo‘laklari internetda
⚡️GTA VI'ning to‘liq ishlaydigan versiyasi xakerlar qo‘liga tushib qoldi: allaqachon geympleyning butun bo‘laklari internetda yuribdi. Rockstar bu videolarni juda faol o‘chirayotganiga qaraganda, kadrlar soxta emasga o‘xshaydi. Cyberleek laqabli xaker o‘yindagi haydash, otishma va politsiya tizimini ko‘rsatdi. Oxirgi rolikda o‘yinchi devorga “LEEK” deb yozish uchun o‘q uzadi — ya’ni u nafaqat Rockstar'ning o‘z yozuvlariga, balki o’yinning ishlaydigan versiyasiga ham kira olgan. Lekin, uning qo‘lidagi o‘yin versiyasiga 2-3 yil bo‘lgan. Hozir bu bola sayyoradagi eng qidirilayotgan odam bo’lsa kerak :) 📟 DigiTech

📲 Google 24 soatlik kutish muddatini joriy etib, Android-smartfonlarga APK-fayllarni o‘rnatishni murakkablashtirdi. Endi o‘r
📲 Google 24 soatlik kutish muddatini joriy etib, Android-smartfonlarga APK-fayllarni o‘rnatishni murakkablashtirdi. Endi o‘rnatish uchun sozlamalardan ruxsat berish, “o‘z ixtiyoringiz bilan” harakat qilayotganingizni tasdiqlash va bir kun kutish kerak bo‘ladi, shundan so‘ng yana ruxsat berish lozim — bir haftaga yoki butunlay. Ushbu chora firibgarlarga qarshi kurash zarurati bilan izohlanmoqda: u allaqachon bir qator mamlakatlarda ishga tushirilgan va 2027-yilga borib barcha uchun joriy etilishi rejalashtirilgan. 📟 DigiTech

⚡️Amazon sun’iy intellektni o‘rgatgach, noyob kitoblarni yo‘q qilmoqda. Amazon o‘zining sun’iy intellekt modellarini o‘rgatis
⚡️Amazon sun’iy intellektni o‘rgatgach, noyob kitoblarni yo‘q qilmoqda. Amazon o‘zining sun’iy intellekt modellarini o‘rgatish uchun noyob qog‘ozli nashrlarni shunchaki yo‘q qilmoqda. Neyron tarmoqlar uchun yangi matnli ma’lumotlarga bo‘lgan talab hozir shu qadar yuqoriki, kompaniyalar har bir soniyani tejashga urinmoqda. Sahifalarni «avaylab varaqlash» esa juda uzoq va qimmatga tushadi. Shu sababli SI kompaniyalar eng vahshiyona usulni qo‘llashga qaror qilishdi. Nodir kitobning muqovasini shunchaki yulib olib, tubini butunlay kesib tashlashadi, bir dasta varaqlarni yuqori tezlikdagi sanoat skanerlariga solishadi, matn raqamlashtirilgach esa, kitobning qoldiqlari to‘g‘ri axlatga tashlanadi. 📟 DigiTech

🤖 Odamsimon robot yugurish tezligi bo‘yicha inson rekordini yangiladi — Unitree kompaniyasining roboti 12,66 m/s gacha maksimal tezlikka erishdi, Useyn Bolt'ning eng yaxshi ko‘rsatkichi esa 12,42 m/s ni tashkil qiladi. Lekin unga hali tormozlanish funksiyasi qo’shilmagan shekilli :) 📟 DigiTech

⚡️Tayvan hukumati sun’iy intellekt sohasi sabab iqtisodiy o‘sishdan “dividend” sifatida har bir fuqarosiga 314 dollardan to‘l
⚡️Tayvan hukumati sun’iy intellekt sohasi sabab iqtisodiy o‘sishdan “dividend” sifatida har bir fuqarosiga 314 dollardan to‘lab beradi — bu mablag‘ni 23 milliondan ortiq kishi oladi. Bunday holat 2025-yilda ham kuzatilgan, ammo o‘shanda bu “Tramp tariflari”ga qarshi qo‘llab-quvvatlash chorasi bo‘lgan edi — vaholanki, mamlakat iqtisodiyoti o‘shanda ham 8,8 foizga o‘sgan. Bu yil esa orolda so‘nggi 40 yillikdagi rekord — 11 foizlik o‘sish kutilmoqda. Tayvan “dunyoning chiplar poytaxti” deb ataladi: bu yerda Apple, Nvidia va AMD kabi yirik IT-kompaniyalarning aksariyati uchun yarimo‘tkazgichlar va chiplar chiqariladi. 📟 DigiTech

✈️ Dunyodagi eng katta elektr samolyot ilk bor parvoz qildi — 27 daqiqalik parvoz bir finjon qahvadan ham arzonroqqa tushdi.
✈️ Dunyodagi eng katta elektr samolyot ilk bor parvoz qildi — 27 daqiqalik parvoz bir finjon qahvadan ham arzonroqqa tushdi. Shvetsiyaning Heart Aerospace startapi X1 to‘liq elektr samolyotini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. U to‘liq elektr quvvatida harakatlanadigan dunyodagi eng yirik uchish apparatiga aylandi.
X1 samolyoti Nyu-York shtatidagi Plattsburg xalqaro aeroportidan havoga ko‘tarilib, 27 daqiqa parvoz qilgan va taxminan 335 metr balandlikka chiqqan. Samolyot butun parvoz, jumladan, uchish va qo‘nish vaqtida faqat akkumulyator quvvatidan foydalangan. Muhandislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu sinov parvozi uchun sarflangan elektr energiyasi qiymati 5 dollardan kam bo‘lgan.
Sinovlar batareyalarning mintaqaviy yo‘nalishlarda yoqilg‘iga tejamkor muqobil bo‘la olishini ko‘rsatdi. Loyiha bilan United Airlines va Air Canada aviakompaniyalari allaqachon qiziqib qolgan. 📟 DigiTech

☁️ Cisco Catalyst tarmog‘ini bulut orqali oson va markazlashgan holda boshqarishni xohlaysizmi? Sizni «Cisco Meraki – Catalyst bulutli boshqarish» mavzusidagi bepul vebinarga taklif qilamiz! 📅 26-avgust 202615:00–16:00 (Toshkent vaqti) 💻 Cisco Webex Vebinarda quyidagi mavzular ko‘rib chiqiladi: • Cisco Meraki platformasi va uning afzalliklari; • Meraki platformasi orqali boshqariladigan Cisco Catalyst mahsulotlari; • Meraki Dashboard bulutli kontrollerining imkoniyatlari; • yechimdan foydalanish ssenariylari va uni joriy etish namunalari. 🎙 Spiker: Nodirbek Ikromov — MUK kompaniyasining Cisco bo‘yicha Presales Engineer mutaxassisi. Vebinar AKT direktorlari, tarmoq arxitektorlari, muhandislar, tizim administratorlari hamda Cisco hamkorlarining savdo mutaxassislari uchun foydali bo‘ladi. 🎁 Vebinar davomida faol tinglovchilar o‘rtasida viktorina o‘tkaziladi. Eng e’tiborli ishtirokchi MUK va Cisco kompaniyalarining firmali ryukzagiga ega bo‘ladi! 🔗 Bepul ro‘yxatdan o‘tish: https://bit.ly/4zmwdXm

🚆 5,3 soniyada 800 km/soat tezlik — magnit yostiqli poyezd prototipi yangi tezlik rekordini o‘rnatdi. Sinovlar Xitoydagi bir kilometrlik trassada bo‘lib o‘tdi: vazni 1,1 tonna bo‘lgan maglev modeli 800 metr masofada maksimal tezlikka erishib, 200 metrda tormozlandi. Uning seriyali ishlab chiqarilishi qachon yo‘lga qo‘yilishi noma’lum. Hozirda dunyodagi eng tezkor magnit yostiqli poyezd Yaponiyaga tegishli. U soatiga 603 km gacha tezlasha oladi. 📟 DigiTech

📱Hindistonlik fuqaroning cho‘ntagida Galaxy S26 portlab ketdi. Jabrlanuvchining aytishicha, telefon shunchaki cho‘ntagida tu
+1
📱Hindistonlik fuqaroning cho‘ntagida Galaxy S26 portlab ketdi. Jabrlanuvchining aytishicha, telefon shunchaki cho‘ntagida turgan, so‘ng birdan qizib, tutay boshlagan. U harakat qilishga ulgurmasidan, smartfon qattiq portlab, egasining ikki qo‘li va tanasining pastki qismini kuydirgan. Hozir u shifoxonada, uning aytishicha, smartfon bir oy avval mahalliy savdo markazidan xarid qilingan va shu vaqtgacha uning ishlashida hech qanday muammo kuzatilmagan edi. Samsung hozircha nima sodir bo‘lgani yuzasidan izoh bermadi. 📟 DigiTech