fa
Feedback

فریب کلاهبرداران را نخورید! تل‌متریو این کانال‌ها را شناسایی و برچسب‌گذاری می‌کند 👉 برای مشاهده برچسب، اشتراک تهیه کنید

AI | DigiTech

AI | DigiTech

رفتن به کانال در Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

نمایش بیشتر

📈 تحلیل کانال تلگرام AI | DigiTech

کانال AI | DigiTech (@digitechai) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 51 646 مشترک است و جایگاه 2 557 را در دسته فناوری و برنامه‌ها و رتبه 1 438 را در منطقه أوزبكستان دارد.

📊 شاخص‌های مخاطب و پویایی

از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 51 646 مشترک جذب کرده است.

بر اساس آخرین داده‌ها در تاریخ 19 اکتبر, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -3 432 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -237 بوده و همچنان دسترسی گسترده‌ای حفظ شده است.

  • وضعیت تأیید: تأیید نشده
  • نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 31.32% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 22.36% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب می‌کند.
  • دسترسی پست‌ها: هر پست به طور میانگین 16 226 بازدید دریافت می‌کند. در اولین روز معمولاً 11 583 بازدید جمع‌آوری می‌شود.
  • واکنش‌ها و تعامل: مخاطبان به‌طور فعال حمایت می‌کنند؛ میانگین واکنش به هر پست 135 است.

📝 توضیح و سیاست محتوایی

نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاه‌های شخصی توصیف می‌کند:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads”

به لطف به‌روزرسانی‌های پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 20 اکتبر, 2026)، کانال همواره به‌روز و دارای دسترسی بالاست. تحلیل‌ها نشان می‌دهد مخاطبان به‌طور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته فناوری و برنامه‌ها تبدیل کرده‌اند.

51 646
مشترکین
-23724 ساعت
-1 7607 روز
-3 43230 روز
آرشیو پست ها
⚡️Xitoyda ilk bor neyrotarmoqqa rasmiy pasport berildi Pekin hukumati byurokratiyaning yangi bosqichiga o‘tdi — ular ilk bor
⚡️Xitoyda ilk bor neyrotarmoqqa rasmiy pasport berildi Pekin hukumati byurokratiyaning yangi bosqichiga o‘tdi — ular ilk bor to‘liq sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan Yuri ismli SI qo’shiqchiga haqiqiy shaxsni tasdiqlovchi hujjat rasmiylashtirishdi. Hammasi xuddi tirik fuqaronikidek rasmiylashtirilgan. Kartochkada ism, tug‘ilgan sana, doimiy ro‘yxatdan o‘tgan yuridik manzil ko‘rsatilgan va hatto biometrik ma’lumotlar ham yozilgan. Endi Yuri qonuniy subyekt hisoblanadi. Rasmiy ID mavjudligi uning dasturchilar jamoasiga neyrotarmoq nomiga raqamli hamyon ochish va moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beradi. Ya'ni endi ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijoriy shartnomalar tuza olishadi. 📟 DigiTech

⚡️OpenAI tomonidan taqdim etilgan Navye–Stoks masalasi yechimida kamida ikkita noaniqlik topildi. Matematiklar matnli isbot y
⚡️OpenAI tomonidan taqdim etilgan Navye–Stoks masalasi yechimida kamida ikkita noaniqlik topildi. Matematiklar matnli isbot yechimning to‘g‘riligini tekshirishga mo‘ljallangan kod versiyasidan farq qilishini aniqladilar. Bu hozircha yechim noto‘g‘ri degani emas. Biroq, aftidan, ichki model ba’zi joylarda gallyutsinatsiyaga uchraganga o‘xshaydi. Olimlar o’zi sun’iy intellektdan unchalik mamnun emas: Inson matematikasi assotsiatsiyasi OpenAI bilan hamkorlikni to‘xtatishga chaqirmoqda. Ular kompaniya yutuqlarini ilmiy ish emas, balki shunchaki kuch namoyishi deb atashyapti. 📟 DigiTech

⚡️Anthropic va OpenAI yirik «SI-falokat»ga tayyorgarlik ko‘rmoqda: neyrotarmoq ishlab chiquvchilari jamiyat va hukumat ularga
⚡️Anthropic va OpenAI yirik «SI-falokat»ga tayyorgarlik ko‘rmoqda: neyrotarmoq ishlab chiquvchilari jamiyat va hukumat ularga qarshi chiqishi mumkin bo‘lgan ssenariylar ustida ishlamoqda. Axios insayderlari eng ehtimoliy xavf sifatida global kiberhujumni keltirmoqda — u banklar, internet va hatto kommunal xizmatlar faoliyatini to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Bunday inqiroz yaqin 6–12 oy ichida yuz berishi prognoz qilinmoqda. Shundan so‘ng sun’iy intellektni taqiqlash yoki uning rivojlanishini muzlatib qo‘yishga urinishlar boshlanishi mumkin. Shu sababli kompaniyalar bo‘lajak qonunlarga ta’sir o‘tkazish uchun allaqachon siyosatchilar bilan ish olib borishyapti. 📟 DigiTech

⚡️Jeff Bezos sun’iy intellekt ish haftasini 3 kungacha qisqartirishga va ko‘proq daromad topishga yordam berishini aytdi va….
⚡️Jeff Bezos sun’iy intellekt ish haftasini 3 kungacha qisqartirishga va ko‘proq daromad topishga yordam berishini aytdi va….. xuddi shu kuni Amazon 1000 kishini ishdan bo‘shatdi. Bezosning fikricha, sun’iy intellekt taraqqiyoti ishsizlikka emas, balki ishchi kuchi taqchilligiga olib keladi. Kompaniyalarda kadrlar yetishmovchiligi yuzaga keladi va odamlar kamroq ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ma’lumot uchun: so‘nggi ikki yil ichida Amazon 30 000 kishini bo’shatgan :) 📟 DigiTech

📱Samsung smartfonlar ishlab chiqarishni 30 foizga qisqartirmoqda — kompaniya sotuvdan foyda ko‘rmay qo‘ydi MoneyToday ma’lum
📱Samsung smartfonlar ishlab chiqarishni 30 foizga qisqartirmoqda — kompaniya sotuvdan foyda ko‘rmay qo‘ydi MoneyToday ma’lumotlariga ko‘ra, 12 GB hajmli bitta xotira modulining narxi 145 dollargacha ko‘tarilgan, bu Samsung smartfonlarining ayrim modellarini ishlab chiqarishni o‘zini oqlamaydigan qilib qo‘ymoqda. Tahlilchilarning fikricha, yil yakunlariga ko‘ra Samsung'ning mobil bo‘linmasi yana 14 milliard dollar zarar ko‘rishi mumkin. 📟 DigiTech

🚀 SpaceX investorlarga shunchaki koinot suratlarini ko‘rsatib, chiplar va ma’lumotlar markazlari uchun ulardan milliardlab d
🚀 SpaceX investorlarga shunchaki koinot suratlarini ko‘rsatib, chiplar va ma’lumotlar markazlari uchun ulardan milliardlab dollar so‘radi. Kompaniya kreditorlar uchun mo‘ljallangan maktubga matn o‘rniga ochiq koinot suratlarini qo’ydi. Suratdagi ko‘rsatkich serverlar «koinotning qayeridadir» joylashtirilishiga ishora qilardi. Ayrim fondlar suratlar o‘rniga moliyaviy hisobotlarni ko‘rishni kutgani sababli Maskka pul berishdan bosh tortdi. 📟 DigiTech

⚡️Google YouTube'ning ulkan izohlar maydoniga ega yangi dizaynini sinovdan o‘tkazmoqda. Videoning o‘zi qariyb 20 foizga kichr
⚡️Google YouTube'ning ulkan izohlar maydoniga ega yangi dizaynini sinovdan o‘tkazmoqda. Videoning o‘zi qariyb 20 foizga kichraygan, tavsiya etilayotgan videolar esa pastga ko‘chirilgan. Odatdagidek, yangi interfeys hozircha faqat ayrim foydalanuvchilar uchungina yoqildi va ko‘pchilik allaqachon bundan juda norozi. Uning rasman joriy etilishi foydalanuvchilarning fikr-mulohazalariga bog‘liq bo‘ladi. 📟 DigiTech

🎮 O‘yinlardagi SI raqiblar o‘yinchilarning harakatlari asosida o‘qitila boshlaydi: Sony NPC xatti-harakatlarini o‘yin davomi
🎮 O‘yinlardagi SI raqiblar o‘yinchilarning harakatlari asosida o‘qitila boshlaydi: Sony NPC xatti-harakatlarini o‘yin davomida o‘zgartirish imkonini beruvchi texnologiyani patentladi. Maxsus neyrotarmoq qahramonlarning tashqi ko‘rinishidan tortib xulq-atvorlarigacha bo‘lgan barcha jihatlarini o‘zgartira oladi. Ular xuddi haqiqiy o‘yinchilardek harakat qiladi yoki ularning xatti-harakatlariga mos javob qaytaradi. 📟 DigiTech

⚡️Albaniya poytaxti meri shaharni qamoqxonadan turib sun’iy intellekt avatari orqali boshqarmoqda — yangi videoda uning SI-av
⚡️Albaniya poytaxti meri shaharni qamoqxonadan turib sun’iy intellekt avatari orqali boshqarmoqda — yangi videoda uning SI-avatari maktab o‘quvchilariga bepul tushlik va’da qildi. Merning o‘zi esa korrupsiya sabab bir yildan oshiqroq vaqtdan beri hibsda o‘tiribdi. Qolaversa, Albaniyada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha sun’iy intellekt vaziri ham bor bo‘lib, u ham... korrupsiyada ayblanmoqda. Bunaqa syujetni hatto neyrotarmoq ham o‘ylab topolmaydi :) 📟 DigiTech

⚡️Apple shu oyda yana 4 ta qurilmani namoyish etishi mumkin. Ular orasida MacBook Ultra, OLED ekranli iPad mini hamda yangi M
⚡️Apple shu oyda yana 4 ta qurilmani namoyish etishi mumkin. Ular orasida MacBook Ultra, OLED ekranli iPad mini hamda yangi MacBook Pro va iMac bor. Yangi eng qimmat noutbuk sensorli OLED-ekran va Dynamic Island'ga ega bo‘ladi — bu haqidagi eslatmalarni macOS 27.2 beta-versiyasi kodida payqab qolishdi. 📟 DigiTech

+1
🔊 AQShda ovozli yordamchiga ega Amazon kolonkalari ommaviy ravishda «aqldan ozib», vahimali tarzda «la-la-la-la-la-la» deb kuylashni boshladi. Bunga duch kelgan foydalanuvchilar hech qanday ketma-ketlik yo‘qligini aytmoqda: ba’zida kolonkalarga umuman murojaat qilinmasa ham qo‘shiq aytishga tushib, ketma-ket 10 daqiqalab «la-la-la»ni takrorlayapti. Bu nosozlik nima bilan bog‘liqligi noma’lum, Amazon uni yaqinda tuzatishga va’da berdi. 📟 DigiTech

⚡️Germaniyada geymerlar uchun maxsus kommunal xizmat ishga tushirildi: kuchli kompyuter egalariga elektr energiyasi uchun alo
⚡️Germaniyada geymerlar uchun maxsus kommunal xizmat ishga tushirildi: kuchli kompyuter egalariga elektr energiyasi uchun alohida tarif bo‘yicha haq to‘lash taklif qilinmoqda. Elektr doimiy ravishda ko‘p sarflanganda, bu oddiy tariflarga qaraganda arzonroqqa tushadi. Qolaversa, strimerlarga ular jalb qilgan har bir mijoz uchun 75 yevrodan to‘lashadi. 📟 DigiTech

⚡️Anthropic Claude foydalanuvchisini politsiyaga topshirdi: qiz botdan shaxsiy kundalik sifatida foydalanib, qonunbuzarlik re
⚡️Anthropic Claude foydalanuvchisini politsiyaga topshirdi: qiz botdan shaxsiy kundalik sifatida foydalanib, qonunbuzarlik rejalarini oshkor qilib qo‘ygan. Karli Xeller bot bilan yozishmalarida qurol sotib olgani va sherif idorasiga hujum qilish niyati borligini aytgan. Claude ushbu yozishmani xavf tug‘diruvchi deb belgilab, ko‘rib chiqish uchun Anthropic'ga yuborgan. Endi u zo‘ravonlik qilish tahdidi bo‘yicha ayblanishi mumkin — Florida shtatida bu og‘ir jinoyat hisoblanadi. 📟 DigiTech

⚡️OpenAI o‘z SI-agentlari nimalar qilganini o‘rganish uchun kuniga 500 ming dollardan ortiq mablag‘ sarflamoqda. Kompaniya Me
⚡️OpenAI o‘z SI-agentlari nimalar qilganini o‘rganish uchun kuniga 500 ming dollardan ortiq mablag‘ sarflamoqda. Kompaniya Medicare, Hugging Face va boshqa saytlar bilan bog’liq hodisalardan so‘ng qariyb 50 petabayt loglarni tekshirmoqda. Qizig‘i, bu ulkan ma’lumotlarni ham sun’iy intellektning o‘zi qayta ishlamoqda — agar bu oddiy matn ko‘rinishida bo‘lganida, uni to‘xtovsiz o‘qib chiqish uchun odamga taxminan 66 million yil kerak bo‘lardi. Bunday urinishlarning sababi: so‘nggi bir hafta ichida OpenAI ustidan xakerlik hujumlari tufayli deyarli har kuni sud ishlari qo‘zg‘atilgan. 📟 DigiTech

AI auditoriyaga kirib keldi. Universitet faoliyatida undan qanday foydalanish mumkin? 3-oktabr kuni Click hammuassisi va rivojlanish bo‘yicha direktor o‘rinbosari Rustam Fayziyev TIFT universitetida shu mavzuda amaliy seminar o‘tkazdi. Unda universitet rektorati va ta’lim yo‘nalishining barcha rahbarlari ishtirok etdi. Ishtirokchilar sun’iy intellektni o‘quv jarayoniga qanday tatbiq etish, boshqaruvda qo‘llash va kundalik ishlarni yengillashtirish uchun undan foydalanish yo‘llarini muhokama qildilar. Click o‘z bilim va tajribasini ulashishga e’tibor beradi. Bunday uchrashuvlar yangi texnologiyalarni tushunish va ularni kundalik ishda qo‘llashga yordam beradi. Reklama

⚡️Tramp o‘z harakatlarini sun’iy intellekt bilan maslahatlashib qilmoqda — jurnalistlar AQSh prezidenti qaror qabul qilishdan
⚡️Tramp o‘z harakatlarini sun’iy intellekt bilan maslahatlashib qilmoqda — jurnalistlar AQSh prezidenti qaror qabul qilishdan oldin ko‘pincha Ilon Maskning Grok neyrotarmog‘i bilan maslahatlashishini aniqlashdi. Masalan, Tramp Maduroni qo‘lga olishdan oldin venesuelaliklar prezidentning o‘g‘irlanishiga qanday munosabat bildirishini Grok bilan maslahatlashgan. Grok ular bundan xursand bo‘lishini aytgan. Keyingi oyda esa Tramp qo’lga olish buyrug’ini bergan. 📟 DigiTech

⚡️Benzinli avtomobillar ilk bor jahon bo‘ylab yangi avtomobillar savdosining yarmidan kamrog‘ini egalladi: 2026-yilning yanva
⚡️Benzinli avtomobillar ilk bor jahon bo‘ylab yangi avtomobillar savdosining yarmidan kamrog‘ini egalladi: 2026-yilning yanvar–iyun oylarida ularning ulushi 49 foizni tashkil etdi. Shu davr mobaynida ichki yonuv dvigatelli avtomobillar savdosi 10 foizga kamaydi. Elektromobillarniki esa, aksincha, 12 foizga o‘sdi. Bunga butun dunyo bo‘ylab benzin narxining oshishi sabab bo‘ldi. Agar bu tendensiya davom etsa, 2030-yilga borib elektromobillar eng ommaviy avtomobil turiga aylanishi mumkin. 📟 DigiTech

🖼️ Sun’iy intellekt endi miyaga "mo‘ralashni" biladi: yangi modelga MRT tasviriga qarab inson ko‘rayotgan rasmni tiklash o‘r
🖼️ Sun’iy intellekt endi miyaga "mo‘ralashni" biladi: yangi modelga MRT tasviriga qarab inson ko‘rayotgan rasmni tiklash o‘rgatildi. U kompozitsiya, buyumlarning joylashuvi va ranglarni saqlab qolib tiklaydi. Model xatoliklarga yo‘l qo‘ysa-da, tasvirlar yetarlicha aniq chiqmoqda. Neyrotarmoq ishlab chiquvchilari hayollarni bunday o‘qish orqali fantaziyalar va tushlarni tiklashni maqsad qilishgan. 📟 DigiTech

⚡️London politsiyasiga 320,000 funt sterlingiga tushgan yuzni aniqlash tizimi yarim yillik sinovlar davomida… hech kimni topo
⚡️London politsiyasiga 320,000 funt sterlingiga tushgan yuzni aniqlash tizimi yarim yillik sinovlar davomida… hech kimni topolmadi. U 500 mingdan ortiq yuzni skanerlab chiqdi va signal faqat bir marta ishladi, u ham bo‘lsa xato bo‘lib chiqdi. Ammo tajribani to‘xtatishmadi: uni noyabrgacha uzaytirishdi va London metrosigacha kengaytirishdi. “Juda zo’r” natija yoqqan shekilli :) 📟 DigiTech

⚡️GPT-6 Astra Napoleonning 217 yil davomida hech kim o‘qiy olmagan maktubini shifrdan chiqara oldi — 1809-yilgi xat raqamlar,
⚡️GPT-6 Astra Napoleonning 217 yil davomida hech kim o‘qiy olmagan maktubini shifrdan chiqara oldi — 1809-yilgi xat raqamlar, harflar va shartli belgilar aralashmasi bilan shifrlangan edi. Neyrotarmoq shifrni atigi olti soatda yechishga muvaffaq bo‘ldi. Uning ichida fransuz va avstriya qo‘shinlarining joylashuvi va soni haqidagi ma’lumotlar, shuningdek, yurishga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risidagi buyruq bor edi. 📟 DigiTech