uk
Feedback

Не попадись на ботовода! Telemetrio знаходить і позначає такі канали мітками 👉 Хочеш бачити мітку, оформляй підписку 👈

Daryo | Dunyo

Daryo | Dunyo

Відкрити в Telegram

“Daryo” nashrining jahon yangiliklarini yoritib boruvchi Telegram kanali. Rasmiy – @daryo Rasmiy kirill – @daryo_kirill Lifestyle – @daryo_lotin Tezkor xabarlar – @daryo_live Sport – @daryo_sport24

Показати більше
572
Підписники
+1124 години
+117 днів
+1130 днів
Архів дописів
Netanyaxu Isroildagi saylovlar oldidan Eronga hujum qilinmasligini aytdi Isroil bosh vaziri 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan
Netanyaxu Isroildagi saylovlar oldidan Eronga hujum qilinmasligini aytdi Isroil bosh vaziri 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarigacha Eronga qarshi harakat qilish tarafdori emasligini bildirdi. Shuningdek, u Tehron va uning ittifoqchilarini mamlakatiga nisbatan har qanday tajovuzdan tiyilishi haqida ogohlantirdi. Batafsil — https://daryo.uz/p/717813/ 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world

Eron AQSH bilan urush ehtimoli sabab yadroviy obyektlari atrofida mudofaa inshootlari qurmoqda — WSJ Sun’iy yo‘ldosh tasvirla
Eron AQSH bilan urush ehtimoli sabab yadroviy obyektlari atrofida mudofaa inshootlari qurmoqda — WSJ Sun’iy yo‘ldosh tasvirlarida Eronning yadroviy obyektlari yaqinida yangi mudofaa inshootlari aniqlangan. Xabarlarga ko‘ra, AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy kuchlari ham ko‘paytirilmoqda. Batafsil — https://daryo.uz/p/717808/ 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world

Tramp Grenlandiyada neft, gaz va foydali qazilmalar qidirishga tushdi Hududda yirik va oson qazib olinadigan neft hamda nodir
Tramp Grenlandiyada neft, gaz va foydali qazilmalar qidirishga tushdi Hududda yirik va oson qazib olinadigan neft hamda nodir yer elementlari mavjud. Orol o‘zining geografik joylashuvi sababli AQSH mudofaasi uchun juda muhim hisoblanadi. Batafsil — https://daryo.uz/p/717806/ 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world

Bolgariyada niqobli shaxslar Starlink antennalariga o‘t qo‘ydi (video) Sofiya yaqinidagi aloqa obyektida 17 ta antennadan 11
Bolgariyada niqobli shaxslar Starlink antennalariga o‘t qo‘ydi (video) Sofiya yaqinidagi aloqa obyektida 17 ta antennadan 11 tasiga o‘t qo‘yilgan. Hodisa haqida xabar bergan deputat sentyabr oyida Polshada ham shunga o‘xshash voqea yuz berganini eslatdi. Batafsil — https://daryo.uz/p/717798/ 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world

Yamanda urush kuchayishi fonida vaboga gumon qilinganlar soni uch baravar oshdi — JSST Mamlakatda isyonchi husiylar va hukuma
Yamanda urush kuchayishi fonida vaboga gumon qilinganlar soni uch baravar oshdi — JSST Mamlakatda isyonchi husiylar va hukumat o‘rtasidagi urush 200 mingdan ortiq kishini o‘z uyini tashlab ketishga majbur qildi. Ular lagerlarda antisanitariya sharoitida yashamoqda, shu sababli kasallanish holatlari ko‘paymoqda. Batafsil — https://daryo.uz/p/717796/ 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world

OpenAI ofisida yashirin tinglash qurilmasi topildi, saudiyalik xodim hibsga olindi Qurilma rahbarlarning yig‘ilish xonasidagi
OpenAI ofisida yashirin tinglash qurilmasi topildi, saudiyalik xodim hibsga olindi Qurilma rahbarlarning yig‘ilish xonasidagi televizor ortidan topilgan. Hodisada Saudiya Arabistonidan kelgan xodim gumonlanmoqda. Uning aybi isbotlansa, besh yilgacha qamalishi mumkin. Batafsil — https://daryo.uz/p/717795/ 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world

Xitoy va Shimoliy Koreya o‘rtasida uzoq kutilgan ko‘prik ochiladi Inshoot ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-sotiq uchun eng yir
Xitoy va Shimoliy Koreya o‘rtasida uzoq kutilgan ko‘prik ochiladi Inshoot ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-sotiq uchun eng yirik va muhim o‘tish joyiga aylanadi. Ochilish marosimi 15-oktyabr kuni rasmiylar ishtirokida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Batafsil — https://daryo.uz/p/717790/ 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world

Turkiyada muxolifat telekanali faoliyati to‘xtatildi Politsiya Halk TV kanalining Istanbuldagi ofislariga reyd uyushtirdi. Bu
Turkiyada muxolifat telekanali faoliyati to‘xtatildi Politsiya Halk TV kanalining Istanbuldagi ofislariga reyd uyushtirdi. Bunga telekanal egasiga nisbatan moliyaviy jinoyatlar bo‘yicha tergov boshlangani sabab bo‘ldi. Batafsil — https://daryo.uz/p/717780/ 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world

Eronda 23 yoshli qiz ijtimoiy tarmoqdagi posti uchun o‘limga hukm qilindi Najmeh Amini internetdagi posti bilan paygʻambarni
Eronda 23 yoshli qiz ijtimoiy tarmoqdagi posti uchun o‘limga hukm qilindi Najmeh Amini internetdagi posti bilan paygʻambarni haqorat qilishda ayblangan. Qamoqxonadan yuborgan audioyozuvida u xalqaro tashkilotlar va huquq himoyachilaridan yordam so‘ragan. Batafsil — https://daryo.uz/p/717776/ 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world

Xitoyda “yo‘qolgan avlod” shakllanmoqda: yoshlar nega kelajakka ishonmayapti? Xitoyliklarga yoshligidanoq ta’lim va ishchanli
Xitoyda “yo‘qolgan avlod” shakllanmoqda: yoshlar nega kelajakka ishonmayapti? Xitoyliklarga yoshligidanoq ta’lim va ishchanlik porloq kelajakni kafolatlashi uqtirilgan. Ammo muvaffaqiyatning bu formulasi hozirda o‘zini oqlamayapti. Batafsil — https://daryo.uz/p/717772/ 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world

Indoneziyada oʻrmon yongʻinlari: shaharlarni quyuq tutun qopladi (video) Indoneziyada o‘rmon yong‘inlari oqibatida ayrim shah
Indoneziyada oʻrmon yongʻinlari: shaharlarni quyuq tutun qopladi (video) Indoneziyada o‘rmon yong‘inlari oqibatida ayrim shaharlar osmoni toʻq sariq tusga kirdi. Yetti provinsiyada 277 mingdan ortiq odamda nafas yo‘llari infeksiyasi qayd etilgan. Batafsil — https://daryo.uz/p/717768/ 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world

“Hamma o‘z o‘rnini bilsin”. Turkiya va Ozarbayjon munosabatlariga darz ketdimi? “Bir millat, ikki davlat”, Ozarbayjonning sob
“Hamma o‘z o‘rnini bilsin”. Turkiya va Ozarbayjon munosabatlariga darz ketdimi? “Bir millat, ikki davlat”, Ozarbayjonning sobiq prezidenti Haydar Aliyev tomonidan ilgari surilgan mazkur tamoyil yillar davomida Anqara hamda Boku munosabatlarini belgilab berdi. Bu ikkisi iqtisoddan tortib harbiy sohaga qadar chuqur hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishdi. Ammo kutilmaganda munosabatlarga darz ketdi. Bunga Ozarbayjon maktablarida hijob o‘rashga qo‘yilgan taqiq va Bokuning Isroil bilan munosabatlari sabab bo‘ldi. Hatto Aliyev Turkiyani bilvosita tanqid qilib, uning mamlakati tashqi yordamga muhtoj emasligini ta’kidladi. Batafsil — https://daryo.uz/p/717759/ 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world

Trampning yangi matbuot kotibi birinchi chiqishidayoq Oq uydagilar tanqidiga uchradi Keti Zaxariyaning ilk brifingi 15 daqiqa
Trampning yangi matbuot kotibi birinchi chiqishidayoq Oq uydagilar tanqidiga uchradi Keti Zaxariyaning ilk brifingi 15 daqiqadan sal ko‘proq davom etgan va bu vaqtning asosiy qismi Tramp erishgan yutuqlarni sanashga sarflangan. Oq uy vakillari uning chiqishini tanqid qilgan bo‘lsa-da, Tramp yangi matbuot kotibini maqtadi. Batafsil — https://daryo.uz/p/717753/ 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world

“Rus tanklarini sogʻinganim yoʻq”: Meloni Ukrainani nima uchun qoʻllab-quvvatlash kerakligini tushuntirdi Italiya bosh vaziri
“Rus tanklarini sogʻinganim yoʻq”: Meloni Ukrainani nima uchun qoʻllab-quvvatlash kerakligini tushuntirdi Italiya bosh vaziri Ukrainaning taslim bo‘lishi tinchlikka olib kelmasligini ta’kidladi. U Yevropada sovet davridagi imperializmning qaytishiga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini aytdi. Batafsil — https://daryo.uz/p/717750/ 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world

Pashinyan Ozarbayjonga yer almashishni taklif qildi Armaniston bosh vaziri ikki davlat o‘rtasidagi anklav va eksklavlar muamm
Pashinyan Ozarbayjonga yer almashishni taklif qildi Armaniston bosh vaziri ikki davlat o‘rtasidagi anklav va eksklavlar muammosini hal qilish uchun maydoni teng hududlarni almashishni taklif qildi. U transport yo‘llarini ochish va o‘zaro hududiy da’volardan voz kechishga ham chaqirdi. Batafsil — https://daryo.uz/p/717744/ 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world

AQSHda erkak parkdagi attraksiondan tushib ketib halok bo‘ldi 42 yoshli fuqaro roller-koster harakatlanayotgan vaqtida o‘rind
AQSHda erkak parkdagi attraksiondan tushib ketib halok bo‘ldi 42 yoshli fuqaro roller-koster harakatlanayotgan vaqtida o‘rindig‘idan otilib ketib, yerga yiqildi. Xavfsizlik sifatini tekshirish uchun Shimoliy Amerikadagi 9 ta attraksion faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Batafsil — https://daryo.uz/p/717738/ 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world

Saudiyada payg‘ambarni haqorat qilgani uchun o‘limga hukm qilingan shri lankalikning jazosi bekor qilindi Saudiya Oliy sudi F
Saudiyada payg‘ambarni haqorat qilgani uchun o‘limga hukm qilingan shri lankalikning jazosi bekor qilindi Saudiya Oliy sudi Facebook’da qoldirilgan izoh sabab 27 yoshli muhojir ishchiga chiqarilgan hukmni bekor qildi. Bu qaror Shri Lanka hukumati va diplomatlarining faol sa’y-harakatlaridan so‘ng qabul qilindi. Batafsil — https://daryo.uz/p/717731/ 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world

Saudi Aramco neft kompaniyasining bosh qarorgohiga hujum qilindi Saudiya Arabistoni hukumati hujum haqidagi xabarlarni tasdiq
Saudi Aramco neft kompaniyasining bosh qarorgohiga hujum qilindi Saudiya Arabistoni hukumati hujum haqidagi xabarlarni tasdiqladi. Reuters manbasiga ko‘ra, kompaniya binolaridan biriga ballistik raketa kelib teggan va uning yuqori uch qavatiga zarar yetkazgan. Batafsil — https://daryo.uz/p/717713/ 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world

Qozog‘istonga kirish uchun xorijliklar iyuldan boshlab elektron ruxsatnoma olishi shart bo‘ladi Yangi tizim 2026-yil oktyabr
Qozog‘istonga kirish uchun xorijliklar iyuldan boshlab elektron ruxsatnoma olishi shart bo‘ladi Yangi tizim 2026-yil oktyabr oyidan e’tiboran sinov tariqasida yo‘lga qo‘yiladi. Dastlabki bosqichda ruxsatnomaning yo‘qligi mamlakatga kirishni rad etishga asos bo‘lmaydi. Batafsil — https://daryo.uz/p/717708/ 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world

Marko Rubio 200 nafar biznes vakillari bilan Samarqandga keladi AQSH Davlat kotibining O‘zbekistonga tashrifi bo‘yicha qo‘shi
Marko Rubio 200 nafar biznes vakillari bilan Samarqandga keladi AQSH Davlat kotibining O‘zbekistonga tashrifi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi. Rubio Samarqanddan keyin Hindistonga yo‘l oladi. Batafsil — https://daryo.uz/p/717696/ 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world