Daryo | Dunyo
Ir al canal en Telegram
“Daryo” nashrining jahon yangiliklarini yoritib boruvchi Telegram kanali. Rasmiy – @daryo Rasmiy kirill – @daryo_kirill Lifestyle – @daryo_lotin Tezkor xabarlar – @daryo_live Sport – @daryo_sport24
Mostrar más572
Suscriptores
+1124 horas
+117 días
+1130 días
Archivo de publicaciones
Netanyaxu Isroildagi saylovlar oldidan Eronga hujum qilinmasligini aytdi
Isroil bosh vaziri 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarigacha Eronga qarshi harakat qilish tarafdori emasligini bildirdi. Shuningdek, u Tehron va uning ittifoqchilarini mamlakatiga nisbatan har qanday tajovuzdan tiyilishi haqida ogohlantirdi.
Batafsil — https://daryo.uz/p/717813/
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world
Eron AQSH bilan urush ehtimoli sabab yadroviy obyektlari atrofida mudofaa inshootlari qurmoqda — WSJ
Sun’iy yo‘ldosh tasvirlarida Eronning yadroviy obyektlari yaqinida yangi mudofaa inshootlari aniqlangan. Xabarlarga ko‘ra, AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy kuchlari ham ko‘paytirilmoqda.
Batafsil — https://daryo.uz/p/717808/
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world
Tramp Grenlandiyada neft, gaz va foydali qazilmalar qidirishga tushdi
Hududda yirik va oson qazib olinadigan neft hamda nodir yer elementlari mavjud. Orol o‘zining geografik joylashuvi sababli AQSH mudofaasi uchun juda muhim hisoblanadi.
Batafsil — https://daryo.uz/p/717806/
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world
Bolgariyada niqobli shaxslar Starlink antennalariga o‘t qo‘ydi (video)
Sofiya yaqinidagi aloqa obyektida 17 ta antennadan 11 tasiga o‘t qo‘yilgan. Hodisa haqida xabar bergan deputat sentyabr oyida Polshada ham shunga o‘xshash voqea yuz berganini eslatdi.
Batafsil — https://daryo.uz/p/717798/
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world
Yamanda urush kuchayishi fonida vaboga gumon qilinganlar soni uch baravar oshdi — JSST
Mamlakatda isyonchi husiylar va hukumat o‘rtasidagi urush 200 mingdan ortiq kishini o‘z uyini tashlab ketishga majbur qildi. Ular lagerlarda antisanitariya sharoitida yashamoqda, shu sababli kasallanish holatlari ko‘paymoqda.
Batafsil — https://daryo.uz/p/717796/
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world
OpenAI ofisida yashirin tinglash qurilmasi topildi, saudiyalik xodim hibsga olindi
Qurilma rahbarlarning yig‘ilish xonasidagi televizor ortidan topilgan. Hodisada Saudiya Arabistonidan kelgan xodim gumonlanmoqda. Uning aybi isbotlansa, besh yilgacha qamalishi mumkin.
Batafsil — https://daryo.uz/p/717795/
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world
Xitoy va Shimoliy Koreya o‘rtasida uzoq kutilgan ko‘prik ochiladi
Inshoot ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-sotiq uchun eng yirik va muhim o‘tish joyiga aylanadi. Ochilish marosimi 15-oktyabr kuni rasmiylar ishtirokida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Batafsil — https://daryo.uz/p/717790/
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world
Turkiyada muxolifat telekanali faoliyati to‘xtatildi
Politsiya Halk TV kanalining Istanbuldagi ofislariga reyd uyushtirdi. Bunga telekanal egasiga nisbatan moliyaviy jinoyatlar bo‘yicha tergov boshlangani sabab bo‘ldi.
Batafsil — https://daryo.uz/p/717780/
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world
Eronda 23 yoshli qiz ijtimoiy tarmoqdagi posti uchun o‘limga hukm qilindi
Najmeh Amini internetdagi posti bilan paygʻambarni haqorat qilishda ayblangan. Qamoqxonadan yuborgan audioyozuvida u xalqaro tashkilotlar va huquq himoyachilaridan yordam so‘ragan.
Batafsil — https://daryo.uz/p/717776/
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world
Xitoyda “yo‘qolgan avlod” shakllanmoqda: yoshlar nega kelajakka ishonmayapti?
Xitoyliklarga yoshligidanoq ta’lim va ishchanlik porloq kelajakni kafolatlashi uqtirilgan. Ammo muvaffaqiyatning bu formulasi hozirda o‘zini oqlamayapti.
Batafsil — https://daryo.uz/p/717772/
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world
Indoneziyada oʻrmon yongʻinlari: shaharlarni quyuq tutun qopladi (video)
Indoneziyada o‘rmon yong‘inlari oqibatida ayrim shaharlar osmoni toʻq sariq tusga kirdi. Yetti provinsiyada 277 mingdan ortiq odamda nafas yo‘llari infeksiyasi qayd etilgan.
Batafsil — https://daryo.uz/p/717768/
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world
“Hamma o‘z o‘rnini bilsin”. Turkiya va Ozarbayjon munosabatlariga darz ketdimi?
“Bir millat, ikki davlat”, Ozarbayjonning sobiq prezidenti Haydar Aliyev tomonidan ilgari surilgan mazkur tamoyil yillar davomida Anqara hamda Boku munosabatlarini belgilab berdi. Bu ikkisi iqtisoddan tortib harbiy sohaga qadar chuqur hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishdi. Ammo kutilmaganda munosabatlarga darz ketdi. Bunga Ozarbayjon maktablarida hijob o‘rashga qo‘yilgan taqiq va Bokuning Isroil bilan munosabatlari sabab bo‘ldi. Hatto Aliyev Turkiyani bilvosita tanqid qilib, uning mamlakati tashqi yordamga muhtoj emasligini ta’kidladi.
Batafsil — https://daryo.uz/p/717759/
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world
Trampning yangi matbuot kotibi birinchi chiqishidayoq Oq uydagilar tanqidiga uchradi
Keti Zaxariyaning ilk brifingi 15 daqiqadan sal ko‘proq davom etgan va bu vaqtning asosiy qismi Tramp erishgan yutuqlarni sanashga sarflangan. Oq uy vakillari uning chiqishini tanqid qilgan bo‘lsa-da, Tramp yangi matbuot kotibini maqtadi.
Batafsil — https://daryo.uz/p/717753/
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world
“Rus tanklarini sogʻinganim yoʻq”: Meloni Ukrainani nima uchun qoʻllab-quvvatlash kerakligini tushuntirdi
Italiya bosh vaziri Ukrainaning taslim bo‘lishi tinchlikka olib kelmasligini ta’kidladi. U Yevropada sovet davridagi imperializmning qaytishiga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini aytdi.
Batafsil — https://daryo.uz/p/717750/
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world
Pashinyan Ozarbayjonga yer almashishni taklif qildi
Armaniston bosh vaziri ikki davlat o‘rtasidagi anklav va eksklavlar muammosini hal qilish uchun maydoni teng hududlarni almashishni taklif qildi. U transport yo‘llarini ochish va o‘zaro hududiy da’volardan voz kechishga ham chaqirdi.
Batafsil — https://daryo.uz/p/717744/
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world
AQSHda erkak parkdagi attraksiondan tushib ketib halok bo‘ldi
42 yoshli fuqaro roller-koster harakatlanayotgan vaqtida o‘rindig‘idan otilib ketib, yerga yiqildi. Xavfsizlik sifatini tekshirish uchun Shimoliy Amerikadagi 9 ta attraksion faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
Batafsil — https://daryo.uz/p/717738/
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world
Saudiyada payg‘ambarni haqorat qilgani uchun o‘limga hukm qilingan shri lankalikning jazosi bekor qilindi
Saudiya Oliy sudi Facebook’da qoldirilgan izoh sabab 27 yoshli muhojir ishchiga chiqarilgan hukmni bekor qildi. Bu qaror Shri Lanka hukumati va diplomatlarining faol sa’y-harakatlaridan so‘ng qabul qilindi.
Batafsil — https://daryo.uz/p/717731/
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world
Saudi Aramco neft kompaniyasining bosh qarorgohiga hujum qilindi
Saudiya Arabistoni hukumati hujum haqidagi xabarlarni tasdiqladi. Reuters manbasiga ko‘ra, kompaniya binolaridan biriga ballistik raketa kelib teggan va uning yuqori uch qavatiga zarar yetkazgan.
Batafsil — https://daryo.uz/p/717713/
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world
Qozog‘istonga kirish uchun xorijliklar iyuldan boshlab elektron ruxsatnoma olishi shart bo‘ladi
Yangi tizim 2026-yil oktyabr oyidan e’tiboran sinov tariqasida yo‘lga qo‘yiladi. Dastlabki bosqichda ruxsatnomaning yo‘qligi mamlakatga kirishni rad etishga asos bo‘lmaydi.
Batafsil — https://daryo.uz/p/717708/
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world
Marko Rubio 200 nafar biznes vakillari bilan Samarqandga keladi
AQSH Davlat kotibining O‘zbekistonga tashrifi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi. Rubio Samarqanddan keyin Hindistonga yo‘l oladi.
Batafsil — https://daryo.uz/p/717696/
👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world
