fa
Feedback

فریب کلاهبرداران را نخورید! تل‌متریو این کانال‌ها را شناسایی و برچسب‌گذاری می‌کند 👉 برای مشاهده برچسب، اشتراک تهیه کنید

Daryo | Dunyo

Daryo | Dunyo

رفتن به کانال در Telegram

“Daryo” nashrining jahon yangiliklarini yoritib boruvchi Telegram kanali. Rasmiy – @daryo Rasmiy kirill – @daryo_kirill Lifestyle – @daryo_lotin Tezkor xabarlar – @daryo_live Sport – @daryo_sport24

نمایش بیشتر
572
مشترکین
+1124 ساعت
+117 روز
+1130 روز
آرشیو پست ها
Dog‘istonga yangi rahbar saylandi Dog‘iston Oliy sudi sobiq raisi Fyodor Shchukin respublikaga rahbar etib saylandi. U may oy
Dog‘istonga yangi rahbar saylandi Dog‘iston Oliy sudi sobiq raisi Fyodor Shchukin respublikaga rahbar etib saylandi. U may oyida iste’foga chiqqan Sergey Melikovning o‘rnini rasman egalladi. Batafsil — https://daryo.uz/p/717988/ 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world

AQSHda momaqaldiroq payti samolyot o‘rmonga qulab, bortdagilarning barchasi halok bo‘ldi Qurbonlar orasida bir nafar bola ham
AQSHda momaqaldiroq payti samolyot o‘rmonga qulab, bortdagilarning barchasi halok bo‘ldi Qurbonlar orasida bir nafar bola ham bor. Samolyot qulashidan oldin uchuvchi qanotlarni muz qoplagani haqida xabar bergan. Batafsil — https://daryo.uz/p/717960/ 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world

AQSHda saylovlarga 3 hafta qolganida kongressmen ayolning uyida tintuv o‘tkazilib, telefoni musodara qilindi Somalida tug‘ilg
AQSHda saylovlarga 3 hafta qolganida kongressmen ayolning uyida tintuv o‘tkazilib, telefoni musodara qilindi Somalida tug‘ilgan kongressmen ayol Ilhan Omar immigratsiya hujjatlari bilan bog‘liq firibgarlikda gumonlanmoqda. U o‘ziga nisbatan tergovni siyosiy ta’qib deb baholab, AQSH prezidenti Donald Trampni aybladi. Batafsil — https://daryo.uz/p/717956/ 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world

Ukraina armiyasi uchun Starlink faoliyati to‘liq tiklandi 14-oktyabr kuni Ukraina harbiylari foydalanadigan Starlink faoliyat
Ukraina armiyasi uchun Starlink faoliyati to‘liq tiklandi 14-oktyabr kuni Ukraina harbiylari foydalanadigan Starlink faoliyatida cheklovlar yuzaga kelgandi. Hozir tizim ishi to‘liq tiklangan, biroq cheklovlarga nima sabab bo‘lgani noma’lum. Batafsil — https://daryo.uz/p/717945/ 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world

“Bunday holat bo‘lmagan”: Yaponiya bosh vaziri josuslik ayblovlarini rad etdi Rossiyada yaponiyalik jurnalist josuslikda gumo
“Bunday holat bo‘lmagan”: Yaponiya bosh vaziri josuslik ayblovlarini rad etdi Rossiyada yaponiyalik jurnalist josuslikda gumonlanib hibsga olingandi. Rossiya maxsus xizmatlari uni Yaponiya razvedkasi uchun ma’lumot to‘plashda ayblamoqda. Tokio esa bu ayblovlarni rad etmoqda. Batafsil — https://daryo.uz/p/717931/ 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world

Pokistonda maktab tomi qulab, o‘nlab bolalar halok bo‘ldi Peshavar shahridagi xususiy maktabda dars vaqtida tom qulab tushgan
Pokistonda maktab tomi qulab, o‘nlab bolalar halok bo‘ldi Peshavar shahridagi xususiy maktabda dars vaqtida tom qulab tushgan. Hodisa oqibatida kamida 34 nafar bola va bir o‘qituvchi halok bo‘lgan, ko‘plab o‘quvchilar jarohatlangan. Batafsil — https://daryo.uz/p/717927/ 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world

“Qaysi sayyoradan o‘zi?”: Tramp tayinlagan yangi elchining tashqi ko‘rinishi internetda bahsga sabab bo‘ldi Barbera Tornhill
“Qaysi sayyoradan o‘zi?”: Tramp tayinlagan yangi elchining tashqi ko‘rinishi internetda bahsga sabab bo‘ldi Barbera Tornhill AQSH Davlat departamentining Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus elchisi etib tayinlandi. Rasmiy e’lon qilingan fotosurat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining e’tiroz va istehzo aralash izohlariga sabab bo‘ldi. Batafsil — https://daryo.uz/p/717912/ 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world

Turkiyada dunyodagi eng qadimiy cho‘kib ketgan kema qoldiqlari topildi. Uning yoshi 4700 da Antaliyada o‘tkazilgan suvosti iz
Turkiyada dunyodagi eng qadimiy cho‘kib ketgan kema qoldiqlari topildi. Uning yoshi 4700 da Antaliyada o‘tkazilgan suvosti izlanishlari chog‘ida Ilk bronza davriga oid savdo kemasi aniqlandi. Misr piramidalari bilan bir davrda qurilgan kema qoldiqlaridan topilgan sopol buyumlar va tosh langarlar uning yoshini belgilashga yordam berdi. Batafsil — https://daryo.uz/p/717910/ 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world

Federal sudya Tramp ma’muriyatiga grin-karta dasturini davom ettirishni buyurdi Bu qaror arizachilarga lotoreyada qatnashish
Federal sudya Tramp ma’muriyatiga grin-karta dasturini davom ettirishni buyurdi Bu qaror arizachilarga lotoreyada qatnashish imkoniyatini beradi. Davlat departamenti ajratilgan 55 000 ta viza berilgunga yoki 2027-moliya yili yakunlangunga qadar arizalarni ko‘rib chiqishga majbur bo‘ladi. Batafsil — https://daryo.uz/p/717908/ 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world

Zelenskiy Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga zarbalar qayta tiklanishini aytdi Ukraina prezidenti Trampning Moskvaga xa
Zelenskiy Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga zarbalar qayta tiklanishini aytdi Ukraina prezidenti Trampning Moskvaga xayrixohligini ochiq tanqid qildi. U AQSH tomonidan Patriot raketalari yetkazib berilsagina, energetika obyektlariga hujum qilinmasligini bildirdi. Batafsil — https://daryo.uz/p/717899/ 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world

AQSH Eron yadro obyektlariga “bombalarning onasi”ni tashlamoqchi Ehtimoliy nishon sifatida Pikaks tog‘i tilga olindi. Ammo 9,
AQSH Eron yadro obyektlariga “bombalarning onasi”ni tashlamoqchi Ehtimoliy nishon sifatida Pikaks tog‘i tilga olindi. Ammo 9,5 tonna bo‘lgan bu bomba tog‘dagi chuqur joylashgan yadroviy obyektni yo‘q qila oladimi-yo‘qmi noma’lum. Batafsil — https://daryo.uz/p/717888/ 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world

“Markaziy Osiyo—Markaz” gaz quvurida portlash yuz berdi Penza viloyatida sodir bo‘lgan hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Bu quvur O‘zbekiston va Turkmanistondan gazni Qozog‘iston orqali Rossiyaga hamda keyinchalik Yevropaga tashuvchi tizimdir. Batafsil — https://daryo.uz/p/717891/ 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world

Istanbulni kuchli toshqin qamrab oldi. Maktablar yopildi, transport deyarli to‘xtab qoldi (video) Turkiya megapolisida yog‘in
Istanbulni kuchli toshqin qamrab oldi. Maktablar yopildi, transport deyarli to‘xtab qoldi (video) Turkiya megapolisida yog‘ingarchilik tufayli 14 yoshli o‘smir vafot etdi. Hokimiyat aholini uydan chiqmaslikka chaqirib, davlat idoralarining ba’zi xodimlariga mehnat ta’tili berdi. Shaharda motosikllar harakati vaqtincha taqiqlandi. Batafsil — https://daryo.uz/p/717873/ 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world

Vengriya deputatlari alkogol va narkotik bo‘yicha tekshirilishi mumkin Bosh vazir Peter Madyar parlament reglamentiga o‘zgart
Vengriya deputatlari alkogol va narkotik bo‘yicha tekshirilishi mumkin Bosh vazir Peter Madyar parlament reglamentiga o‘zgartirish kiritib, deputatlar uchun oldindan ogohlantirilmaydigan tekshiruvlar joriy etishni taklif qildi. Hukumat rahbarining bu tashabbusi majlisda uning ashaddiy raqibi bilan navbatdagi dahanaki jangiga sabab bo‘ldi. Batafsil — https://daryo.uz/p/717867/ 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world

Shimoliy Koreya suvosti kemalaridan uchirishga mo‘ljallangan qanotli raketalarni sinovdan o‘tkazdi Sinovlar Koreya yarimoroli
Shimoliy Koreya suvosti kemalaridan uchirishga mo‘ljallangan qanotli raketalarni sinovdan o‘tkazdi Sinovlar Koreya yarimorolining sharqiy qismida suvosti jangovar tizimlarining shayligini sinash uchun amalga oshirildi. Raketalar haqiqiy suvosti kemasidan uchirilgani yoki sinov platformasidan otilgani xususida aniqlik kiritilmadi. Batafsil — https://daryo.uz/p/717835/ 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world

Rossiyaliklar ommaviy ravishda Germaniya fuqaroligini olmoqda Ukrainadagi urush ortidan Yevropaga boshpana izlab kelgan rossi
Rossiyaliklar ommaviy ravishda Germaniya fuqaroligini olmoqda Ukrainadagi urush ortidan Yevropaga boshpana izlab kelgan rossiyaliklar bu mamlakatning fuqarolariga aylanmoqda. Nemis qonunchiligidagi yengilliklar sabab so‘nggi ikki yilda Germaniya pasportini olgan Rossiya fuqarolari soni keskin ko‘paydi. Batafsil — https://daryo.uz/p/717826/ 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world

Zelenskiy AQSH Ukrainaga xiyonat qilganini aytdi Ukraina rahbari mamlakat Qo‘shma Shtatlardek qudratli hamkorini yo‘qotayotga
Zelenskiy AQSH Ukrainaga xiyonat qilganini aytdi Ukraina rahbari mamlakat Qo‘shma Shtatlardek qudratli hamkorini yo‘qotayotganini ta’kidladi. U prezidentlikdan ketish niyati yo‘qligini qo‘shimcha qildi. Batafsil — https://daryo.uz/p/717815/ 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world

Netanyaxu Isroildagi saylovlar oldidan Eronga hujum qilinmasligini aytdi Isroil bosh vaziri 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan
Netanyaxu Isroildagi saylovlar oldidan Eronga hujum qilinmasligini aytdi Isroil bosh vaziri 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarigacha Eronga qarshi harakat qilish tarafdori emasligini bildirdi. Shuningdek, u Tehron va uning ittifoqchilarini mamlakatiga nisbatan har qanday tajovuzdan tiyilishi haqida ogohlantirdi. Batafsil — https://daryo.uz/p/717813/ 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world

Eron AQSH bilan urush ehtimoli sabab yadroviy obyektlari atrofida mudofaa inshootlari qurmoqda — WSJ Sun’iy yo‘ldosh tasvirla
Eron AQSH bilan urush ehtimoli sabab yadroviy obyektlari atrofida mudofaa inshootlari qurmoqda — WSJ Sun’iy yo‘ldosh tasvirlarida Eronning yadroviy obyektlari yaqinida yangi mudofaa inshootlari aniqlangan. Xabarlarga ko‘ra, AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy kuchlari ham ko‘paytirilmoqda. Batafsil — https://daryo.uz/p/717808/ 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world

Tramp Grenlandiyada neft, gaz va foydali qazilmalar qidirishga tushdi Hududda yirik va oson qazib olinadigan neft hamda nodir
Tramp Grenlandiyada neft, gaz va foydali qazilmalar qidirishga tushdi Hududda yirik va oson qazib olinadigan neft hamda nodir yer elementlari mavjud. Orol o‘zining geografik joylashuvi sababli AQSH mudofaasi uchun juda muhim hisoblanadi. Batafsil — https://daryo.uz/p/717806/ 👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world