uk
Feedback
I got a bad idea🚬

I got a bad idea🚬

Відкрити в Telegram

Kayfiyatga qarab yozaman (18+) Bog'lanish uchun: @vasilbro_bot Geek madaniyat: @geekxona

Показати більше
3 665
Підписники
Немає даних24 години
-327 днів
-2030 днів
Архів дописів
Tun. Uxlab-uxlamay, o‘sha loyqa holatda yotgandim, yostiq yonidagi telefonim bir g‘ingilladi-yu, jim bo‘ldi. …ekranning yorug
Tun. Uxlab-uxlamay, o‘sha loyqa holatda yotgandim, yostiq yonidagi telefonim bir g‘ingilladi-yu, jim bo‘ldi. …ekranning yorug‘ligi ko‘zimni achishtirdi. Telegram. Ovozli xabar. Saved messagesdan. O‘zimdan o‘zimga. Beixtiyor eshita boshladim. Dastlab hech narsa. So‘ng nafas. Keyin ovoz. Sekin, shoshmasdan, xuddi qulog‘imning ichida gapirayotgandek: “Uyg‘ondi” Uyqum o‘chdi. Ovoz meniki edi. Lekin golosovoyda eshitiladigan ingichka, begonaroq tovushim emas. Boshqasi. Ichimdagisi. Kitob o‘qiyotganimda so‘zlarni ichimda ichimda aytadigan ovoz. O‘tirvoldim. Yuragim tomog‘imga kelib urayapti. Xabar 03:27 da kelgan. Men uxlab yotuvdim-ku. Uyqusirab yozvorgandirman, dedim o‘zimga. Lekin bu ovoz uyqusiragan og‘izniki emasdi. Chiroqni yoqdim. Sozlamalar, qurilmalar. Hech narsa yo‘q. Baribir hamma seanslarni qaytadan yopdim, parolni almashtirdim, ikki bosqichli himoyani yoqdim. Barmoqlarim qaltirab, kodni ikki marta xato terdim. Hozir sun’iy intellekt bilan birovning ovozini qalbaki qilish ish emas. Kimdir hazillashyapti, dedim. Faqat bitta narsa tinchlik bermasdi: tashqi ovozimni yozib olsa bo‘ladi. Ichki ovozimni esa hech kim eshitmagan. Telefonni polet rejimiga qo‘ydim, chiroqni o‘chirmay yotdim. …ertalab internetni yoqishim bilan yana bittasi tushdi. 03:52 da yuborilgan. Ammo, jin urgur matah internetsiz edi. “Parolni o‘zgartirdi. Endi xotirjam bo‘ldim, deyapti’” Ishga borib, yonimdagi hamkasbimga eshit deb yubordim. yubordim. Yarim soatdan keyin yozdi: - Nima bu ? Nafasdan boshqa hech narsa yo‘q ! Quloqchinni taqib, qaytadan qo‘ydim. Ovoz joyida edi. Kun bo‘yi o‘zimga-o‘zim bahona topib yurdim. Charchoq. Uyqusizlik. Balki do‘xtirga borish kerakdir. Qaysiga ? Nima deyman ? Telefonim o‘zimga, o‘z xayolimni o‘qib beryapti, deymanmi ? Kechasi uxlamadim. Chiroqni yoqib, telefon ekrani tepaga qaratib stolga qo‘ydim va kutdim. 03:27. G‘ingilladi. “Kutib o‘tiribdi. Bu safar tayyorman, deb o‘ylayapti” Hech narsani o‘ylamaslikka harakat qildim. Oq devor. Oq devor. Oq devor. G‘ingilladi. “Oq devor” Keyin navbat almashdi. G‘ingilladi. “Onasini esladi” Bir soniyadan keyingina ko‘z oldimga onam keladi. G‘ingilladi. “Deraza tomonga qaraydi” Boshim o‘zidan-o‘zi derazaga burildi. Endi o‘ylamayotgandim. Eshtib, ergashayotgandim. Telefonni butunlay o‘chirvordim. Ekran qorayib qoldi. Tortmaga tiqib, yopib qo‘ydim. Xona sassiz. Oshxonadan muzlatkichning g‘uvillashi kelyapti, xolos. Birinchi marta yengil tortdim. Shunda lablarim qimirlayotganini sezib qoldim. “Telefonni o‘chirdi. Tortmaga tiqdi. Endi yengil tortdi”

Smartfon klassik horrorni o‘ldirib borayotgandek tuyulaveradi. Misol uchun qahramon o‘rmonda adashsa, xaritani ochishi, uyda g‘alati tovush eshitsa, milisaga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin. Tomoshabin qo‘rquvni his qilishi uchun esa odam yolg‘iz va yordamsiz qolishi kerak. Shuning uchun deyarli har bir zamonaviy horrorga signal yo‘q yoki quvvati tugadi qabilidagi majburiy sahnani qo‘shib ketishadi. Staranger things yoki It franshizalaridagi kadrlarning jonliroq chiqishining sababi ham shu bo‘lsa kerak, chunki u yerda telefon yo‘q, tashqaridan yordam chaqirish imkoni kam. Inogda ssenaristlarga achinaman, ular filmning yarimini zamonaviy odamni yolg‘iz qoldirishga urunish bilan o‘tkazvorishyapti.

Afinada Shoh Edipni tomosha qilgani kelgan har bir odam yakunini bilardi. Edip otasini o‘ldiradi, onasiga uylanadi, oxirida o‘zini ko‘r qiladi. Bu afsona hammaga bolalikdan tanish bo‘lgan. Baribir teatrlarda anshlag kuzatilavergan. Biz esa bir jumlalik spoyler uchun filmni ko‘rmay qo‘yaveramiz. Kimdir serialning oxirini yozib yuborsa, tosh bo‘ron, xiyonat, och biqiniga sola-sol. Treylerdan qochamiz, izohlarni o‘qimaymiz, Geekxonani ko‘rmaymiz ) 2011-yilda San-Diegodagi psixologlar qiziq tajriba o‘tkazishgan: odamlarga hikoyalarni oxirini oldindan aytib va aytmay o‘qitishgan. Oxirini bilganlar hikoyadan ko‘proq zavq olgan. Spoyler ham juda bir xoram narsa emas. Shunchaki “nima bo‘ladi” degan savol o‘ldiradi. Greklarga esa “qanday bo‘ladi” qiziqroq bo‘lgan. Biz ko‘pincha hikoyani emas, yangilikni iste‘mol qilamiz. Martin Idenni boshlashimdan avvaloq yakun nima bilan tugashini bilardim. Menga jarayon qiziqroq edi. Xususan AOT va Death Note bilan ham shunday bo‘lgan. Ro‘yhatni ettalabgacha davom ettirishim mumkin. Spoylerdan qo‘xmanglar )

Repost from Geekxona
800🖥 Rahmat oq ko‘ngil insonlar )
800🖥 Rahmat oq ko‘ngil insonlar )

Postni tushunganlar 💊 shu reaksiyani bosib ketsin )

O‘tgan hafta bir filmni ko‘rgandim. Yoqdi. Titrlar tugaguncha o‘tirdim, keyin IMDbni ochdim - 5.6. Nu-da boshi biroz cho‘zilgan, yakun ham unchalik mantiqli emasdi, bosh qahramon ham g‘alati qarorlar qilgandi. Xullas o‘rtacharoq film. Axir didli shaxsman )

Qirol Sherni birinchi marta ko‘rganimda, Mufasaning vafoti o‘lim nimaligini yaxshi tushuntirib qo‘ygan. Keyin Leslini yo‘qotdim va o‘lim qanchalik og‘ir bo‘lishini angladim. Yaxshi tomoni o‘sha paytlar hikoyalar tugal yakun topardi. Qahramon yo o‘lardi, yo murod-maqsadiga yetardi, oxirida esa tamom degan yozuv chiqardi. Loganni 2017-yilda ko‘mishdi, hamma yig‘ladi. Yetti yildan keyin u Dedpul bilan qaytib keldi. Toni Stark qahramonlarcha halok bo‘ldi, uni o‘ynagan aktyor esa endi yovuz rolida qaytyapti. Oldindan aytib qo‘yay, agar kanonga sodiq qolishsa, Dum mag’lubyatdan so‘ng Qasoskorlarga qo‘shilib, Toni Starklik qilishi kerak ) Hikoyalar odamga o‘limni tushuntirishning eng qadimiy usullaridan biri edi. Qahramon o‘ladi, sen esa yo‘qotish nimaligini ekranda, xavfsiz joyda o‘rganasan. Hikoya tugagani uchun ham uning ma’nosi bor. Oxiri yo‘q narsaga baho berish esa qiyin, chunki u hali davom etyapti. Birgina Lokini misol qilsak bo‘ladi. Shu sabab ham Marvelni jiddiy qabul qilishmaydi.

Bo’ladi - ikki haftaga yetadigan postlar yozdim. Ertadan yutub kanalimga a‘zo bo‘lishinglar kerak, qabilidagi postlar chiqadi )

#binnarsa Yutubda biror eski qo‘shiqni ochsangiz, izohlarda albatta bitta gap bo‘ladi: falonchi yilda kim eshityapti ? Tagidan o‘nlab javoblar: Man, Man ham, Buxorodan salom… bu holat kontinenet tanlamaydi. Ni*uya tushunmasdim. Kim qachon eshitayotganining nima farqi bor ? Qo‘shiq o‘sha qo‘shiq-ku. Keyin bir narsaga ko‘zim tushib qoldi: Pompeydagi devorlarga ham ikki ming yil oldin odamlar shunaqa narsalarni tirnab yozib ketishgan. Kimdir o‘z ismini, kimdir sevgan odamining ismini, kimdir falonchi shu yerda bo‘lgan, deb yozgan. Vulqon shaharni ko‘mib yuborgan, qazib ochishganda esa o‘sha oddiy yozuvlar ham saqlanib qolgan. Endi o‘xshashlikni qarang: Maktabdagi partamni eslayman. Ustida o‘n yillik ismlar bo‘lardi. O‘zim ham ismimni yozib qo‘yganman. Nega ? Bilmayman. Shunchaki kerakdek tuyulgan. Nima demoqchiman ? Makon va zamon o‘zgarsa ham, odamdagi o‘sha qadimiy ehtiyoj o‘zgarmayapti, ya’ni vaqtning qaysidir nuqtasida men ham bor edim, deb belgi qo‘yish. Qasr qurolmaganlar - devorga yozgan bo‘lsa, biz izoh va partalarga yozyapmiz )))

Yetti yildan beri o‘zimcha bir roman yozaman. Aniqrog‘i, yozmayapman. Uning nomi bor, birinchi jumlasi bor, oxirida nima bo‘lishi ham bor. O‘rtasi yo‘q. Tanishlar so‘rab qolsa, “qimirlatib turibman” deyman. Bu yolg‘on emas. U haqda deyarli har kuni o‘ylayman: yo‘lda, navbatda, uxlashdan oldin. Bosh qahramon men bilan birga ulg‘aydi, ikki marta ismini o‘zgartirdi, bir marta o‘lib, qayta tirildi. O‘ylab qarasam, aslida uni yozishdan qo‘rqarkanman. U xayolimda ekan, mukammal. Qog‘ozga tushgan zahoti kamchiliklari chiqadi va minglab oddiy kitoblardan biriga aylanadi. Yozilmagan romanni esa hech kim tanqid qila olmaydi. Hatto o‘zim ham. Kecha kechqurun yana birinchi jumlani o‘qib chiqdim. Hali ham yaxshi.

Bizni Lestat bilan suhbatimiz: - Ichamizmi ? - Ichamiz. O‘ta samimiy )

Protokol Dasturchilarda handshake degan tushuncha bor. Ikki kompyuter ma’lumot almashishdan oldin bir-biriga signal yuborib, aloqa borligini tekshiradi. Bunda mazmuni yo‘q, shunchaki: - Eshityapsanmi ? - Eshityapman. O‘zbekcha salomlashish ham shunga o‘xshaydi. - Assalomu alaykum, yaxshimisiz, charchamayapsizmi, oilalar tinchmi, bolalar katta bo‘lib qoldimi ? - Va alaykum assalom, shukur, o‘zingiz yaxshimisiz, uydagilar tinchmi ? Qizig‘i, ikkala tomon ham savol beradi, lekin hech kim javob kutmaydi. Agar kimdir shu yerda to‘xtab: - Aslida bolalarim kasal, muammo bor… desa, odam nima deyishini bilmay qoladi. Chunki protokol bunday vaziyatni ko‘zda tutmagan. Bir paytlar buni ikkiyuzlamachilik deb o‘ylardim. Hozir unday emas. Chunki bu savollar ma’lumot olish uchun berilmaydi. Ularning boshqa vazifasi bor. “Men seni ko‘rdim. Sen ham meni ko‘rding. Hammasi joyida” Qolgan gap keyin. Shuning uchun eng shoshayotgan odam ham salomlashishni shunchaki “salom” bilan boshlamaydi. Avval aloqa o‘rnatiladi.

Davomi yutipda.

Ertalabdan kushli depressiya ! Kuni kecha 700 dan oshiq obunachi bor edi, bir kun ichida 200 taga kamayib - 511 ta tushib qol
Ertalabdan kushli depressiya ! Kuni kecha 700 dan oshiq obunachi bor edi, bir kun ichida 200 taga kamayib - 511 ta tushib qolibdi. Bu yerda bir fitna birga o‘xshayotir ) Kanalda 3000 mingdan ziyod odam bor - 1000 ga chiqarib qo‘yishga qodirmiz deb o‘ylayman. Qarindosh, sinfdosh, ulpatlarni guruhlariga ulashib yaxshilab isiriq tutatvorsak, bu qorong‘u kunlar ortda qolsa kerak, vallahi )) Obuna bo‘lish - qo‘llab-quvvatlash.

Anboksing

Repost from N/a
Anboksing

Repost from Geekxona
#anons Temirni issig‘ida bosmoqlik joiz )))
#anons Temirni issig‘ida bosmoqlik joiz )))

Repost from Geekxona
Istalgan katta masshtabli madaniy hodisa u MCU bo'ladimi, DC koinotimi, video o'yinlar yoki adabiyot insonga va uning psixologiyasiga xuddi shunday chuqur ta'sir ko'rsata oladi. Chunki gap konkret bitta janrda emas, balki koinotning ko'lami, uning ichidagi falsafa va inson o'sha dunyodan o'zi uchun qanchalik kuchli ruhiy suyanchiq topa olishida. Odam o'ziga yaqin deb bilgan va miqyosi keng bo'lgan har qanday muhitga sho'ng'ishi mantiqiy. Shuning uchun buni qandaydir anime kasalligi deb baholamasdan, shunchaki yirik ommaviy madaniyatning inson psixologiyasidagi tabiiy aks-sadosi deb qarash kerak. Biroq bu yerda nozik bir chegara bor. Agar bunday qiziqish insonning dunyoqarashini boyitadigan, unga intellektual va estetik zavq beradigan sevimli mashg‘ulot bo‘lsa, u shaxsiy rivojlanishga xizmat qilishi mumkin. Ammo bu qiziqish real hayot bilan aloqani uzish, kundalik mas’uliyatlardan qochish yoki haqiqiy dunyoni inkor etish vositasiga aylansa, masala boshqa tus oladi. Bunday holatda gap shunchaki hobbi haqida emas, balki insonning real hayotdagi ehtiyojlarini xayoliy olam orqali kompensatsiya qilishga urinishi haqida ketadi.

Masalanda )