I got a bad idea🚬
Открыть в Telegram
Kayfiyatga qarab yozaman (18+) Bog'lanish uchun: @vasilbro_bot Kitoblar haqida: @shisha_bino Shaxsiy sahifa: @vasilota
Больше3 624
Подписчики
+824 часа
+157 дней
+4430 день
Архив постов
3 623
Bundan rosa 11 yil muqaddam Nolan bizga o‘zining zamonaviy Odisseyasini taqdim qilgandi. Yangisini ishlashning hojati yo‘q edi, lekin bratim ham yo'q dedi va 2026-yilga kelib zamon va makonni yagona nuqtada birlashtira olgan navbatdagi asarini taqdim etdi. Epik miqyos, inson ruhiyati, amaliy effektlar haybati va xarakterlar fojiasi...
Ko‘ringlar, zavqlaninglar. 8.5/10
3 623
Bu opamizning ismi-sharifi Devyn Dalton. Nolanning Odisseyasida Met Detmonning dublyori bo‘lgan. Murakkab va xavfi sahnalarni ayni shu opa o‘ynagan )
3 623
Odamning moliyaviy va ruhiy erkinligini yoz payti ichayotgan ichimligidan bilsa bo‘ladi:
Har kuni kola ichyaptimi - o‘rtahol qatlam.
Ays latte ichyaptimi - demak barqaror daromad egasi.
Yozning o‘zida qishga deb yopilgan kompotni ichyaptimi - bu qatlamning nomi yo‘q, ular haqida statistika yuritilmaydi.
3 623
Kristofer Nolan Obsessiya haqida to‘lqinlanib gapirib, aynan shu film unda bir kun kelib horror janrida ishlash istagini uygʻotganini aytdi:
Men har doim horror janriga konseptual jihatdan juda ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak, deb oʻylaganman. Bunday film ishlashi uchun, avvalo, favqulodda kuchli gʻoya kerak. Odisseyada muayyan sahnalar orqali bu borada o‘zimni sinab koʻrdim. Obsessiya kabi filmni tomosha qilganingizda uning gʻoyasi naqadar dohiyona ekanini his qilasiz. Film shunchaki dahshatli darajada zoʻr ishlaydi. Gap texnik tomonda emas, balki hikoyada. Aynan shunday konseptni topish men uchun eng muhim masala. Agar hammasi koʻngildagidek boʻlsa, men ham horror film suratga olaman.Nolan va horror. Bu xuddi 40 daraja chirillagan jaziramadan keyin muzdek konditsionerli xonaga kirgandagi rohatdek gap. Yoki yaxshilab muzlatilgan pivo bilan qurtning bir-biriga tushib ketishi kabi mantiqan ham, hissiyotan ham ideal kombinatsiya. O‘qiboq ashnaqa narsani tuydim.
3 623
Din xalq uchun afyundir
Qadimgi hukmdorlar va imperatorlar xalqni boshqarish hamda jamiyatda paydo boʻlishi mumkin boʻlgan isyonlarning oldini olish uchun oddiy, ammo oʻta samarali formulaga tayanishgan: kamtarin va itoatkor bo'lish evaziga osmondan abadiy farovonlik va'da qilish.
Bu qoidaga muvofiq, agar xalqqa ilohiy jazo qoʻrquvi, muqaddas marosimlar va oxirat haqidagi umid berilsa, u bu dunyodagi hukumatdan siyosiy huquq yoki iqtisodiy farovonlik talab qilmaydi. Real hayotdagi tengsizlik hamda adolatsizliklar esa shunchaki “vaqtinchalik sinov” va “taqdir” sifatida qabul qilinadi.
Bugungi kunga kelib, qadimiy ibodatxonalar va qurbongohlar xarobaga aylangan bo'lsa-da, ularning ijtimoiy funksiyasi va ahamiyati yo'qolmagan. Ularning o'rnini o'n minglab odamlarni o'z bagʻriga sigʻdiradigan muhtasham majmualar va ibodatxonalar, o'tmishdagi kohinlarning o'rnini esa televideniye va ijtimoiy tarmoqlardan tushmaydigan, siyosiy va iqtisodiy elita bilan hamkorlik qiladigan diniy peshvolar egallagan.
Aslida, din allaqachon shunchaki shaxsiy e'tiqod yoki ma'naviy boshpana bo'lishdan to'xtagan. Hozir u siyosat, iqtisodiyot va ijtimoiy jarayonlarni o'zida mujassamlashtirgan, ommaviy ongni boshqarish va jamiyatni bir qolipda tutishga xizmat qiladigan gigant mexanizmidir…Tushunganingizdek futbol o‘rniga istalgan narsani qo‘ysa bo‘ladi. Tezis chiroyli, ammo sayoz, chunki u xalqni doim passiv, aldanadigan massa sifatida ko’rsatyapti, holbuki tarix buning aksini ko’p bor isbotlagan. Birinchidan, postda katta mantiqiy nuqson bor: agar futbol chindan ham ommani uxlatuvchi vosita bo’lganida, rivojlangan, siyosiy erkin jamiyatlar Germaniya, Angliya, Ispaniya aynan futbolga eng ko’p mukkasidan ketgan davlatlar bo’lmasligi kerak edi. Amalda esa aksincha erkin fuqarolik jamiyati bilan futbol ishtiyoqi yonma-yon rivojlangan. Demak, bu ikkovi bir-birini istisno qilmaydi. Ikkinchidan, “Panem et circenses” formulasi stadionni faqat hukumat qo’lidagi qurol deb ko’rsatadi, lekin tarixda futbol aksincha qarshilik maydoniga aylangan holatlar ko‘p bo‘lgan. Barselona “Més que un club” shiori ostida Franko diktaturasiga qarshi kataloncha o’ziga xoslikni saqlab qoldi. Janubiy Afrikada irqiy ajratish siyosatiga qarshi kurashda stadionlar mahbuslar uchun ozodlik ramziga aylandi. Angliyada shaxta ishchilari o’z klublari atrofida sinfiy birdamlik qurishdi. Bular chalg’itish emas, aksincha uyushish shakllari edi. Uchinchidan, shu mantiqni oxirigacha olib boradigan bo’lsak, kino, adabiyot, teatr ham xalqni chalg’ituvchi vositaga aylanib qoladi. Bunday yondashuv esa har qanday ommaviy madaniyatni bir xil siyosiy funksiyaga keltirib qo’yadi va murakkab ijtimoiy jarayonlarni haddan tashqari soddalashtiradi. O’qirmanlarga maslahatim o‘zingizni matritsadan chiqqan avliyo sifatida ko‘rsatavermasdan. Kuchning tabiatini yaxshiroq o‘rganinglar.
3 623
Repost from An Ordinary Man
+6
Agar "Taxtlar oʻyini" seriali bukblogerlar ishtirokida olinganida)
Kimlarni tanidingiz?
3 623
Kasparovning Angliya va Argentina o’rtasidagi bahsdan keyingi fikrlari.
Shaxmatga bog’liq ortiqcha o’xshatishlarni unchalik xush ko’rmayman-u, lekin Angliyaning bitta gol urib oldinga o’tib olgach, hujum qilishda davom etish o’rniga Messiga qarshi orqaga chekingani - xuddi bitta piyoda yutib olib, keyin Mixail Talga qarshi passiv himoyada o’ynashga urinishdek gap bo'ldi.
P.s: Talni e’zozlashlari odamga xush yoqadida )
