uk
Feedback
Asarcha📖 |

Asarcha📖 |

Відкрити в Telegram

Adabiyot, kitoblar, sheʼrlar va fikrlar Shunchaki oʻqing! Reklom: @reklom_asarcha

Показати більше
3 077
Підписники
-924 години
+627 днів
-7930 день
Архів дописів
Uni avgustda iyulning issiq kunlaridek qaynoq muhabbat bilan seving)

Hayotingizdagi eng esda qolarli kun haqida aytib bering (yaxshi yomon farqi yoʻq): Anonim

Sevgi desam, faqat sen desam, Sening bilan yashasa qalbim; Sen desam-u, butun dunyoning Sho‘rishiga quloq solsam jim... Quyun
Sevgi desam, faqat sen desam, Sening bilan yashasa qalbim; Sen desam-u, butun dunyoning Sho‘rishiga quloq solsam jim... Quyun kabi aylanar boshim, Qarayman-u, ko‘zim tinadi Va jilvangdan ko‘ngil ko‘zgusi Parcha-parcha bo‘lib sinadi. Shu qarashga bormi nihoya, Bo‘larmanmi maqsadga vosil? Toparmanmi bir yangi g‘oya, Bo‘larmikan bir murod hosil? Topilarmi unda bir chora, Agar meni qurshasa junun: Bo‘lib qolsa sirim oshkora, Atasalar nomimni Majnun... Hamid Olimjon | @asarcha

O'sha qalbga yaqin, qadrdon sahifalarning hammasini bir yerga jamladik:✨ Qoʻshilib olishga ulguring: https://t.me/addlist/qvHKnfXbmYM0ZDM6

O'sha qalbga yaqin, qadrdon sahifalarning hammasini bir yerga jamladik:✨ Qoʻshilib olishga ulguring: https://t.me/addlist/qvHKnfXbmYM0ZDM6

Kanalgayam post joylamay qo'yibman...

Hamma uzrlar yolgʻon, ey doʻstim. Izlagan imkon topar. Ayman Yogʻiy | @asarcha
Hamma uzrlar yolgʻon, ey doʻstim. Izlagan imkon topar. Ayman Yogʻiy | @asarcha

Merkuriy bilan Yerni oʻrni almashib qoldimi? 11 yarimdan shunaqa issiq...

https://youtu.be/wYr2Vf4xHWM?si=wLLtaYrCFRWGamKA Dachachilarga shu “Farz” filmini qo’yib beringlar. Haqiqiy film qanaqa bo’lishini bilib olishsin. Kadrlar go’zalligi, aktyorlar samimiyligi, dialoglarsa uzviy bog’liqlik hammasi ajoyib. Ayniqsa filmdagi oilaviy munosabatlar, otaning oiladagi o’rni haqidagi sahnalar juda yoqdi menga. Oilaviy ham ko’rish uchun zo’r tanlov.

Siz o'z sevgan insoningizgni yomon ko'rib qolmaguningizcha kechiraverasiz. Arab maqoli | @asarcha

Yolgʻiz oʻtirishniyam gashti boshqacha... Baʼzida oʻzing bilan boʻladigan suhbat, minglab suhbatlardan yaxshiroq...
Yolgʻiz oʻtirishniyam gashti boshqacha... Baʼzida oʻzing bilan boʻladigan suhbat, minglab suhbatlardan yaxshiroq...

Martin Iden haqida judayam ko'p spoyler bilganim uchun avval o'qimagandim. Lekin o'zbek kitobxonlari orasida yaxshigina obro'ga va vaznga ega asar bo'lgani uchun mutolaa qilib qo'yishga qaror qildim. Audio holatda tugatdim asarni. Ochig'i, hozircha man uchun asar eng TOP darajadagi asarlardan bo'lib tuyilmadi. Darrovda toshbo'ron qilib yubormanglar, yomon asar demadim, judayam yaxshi lekin men uchun eng zo'rlardan emas. Balki bu asar voqealarini ko'p qismi bilgan holatda mutolaa qilganim uchundir. Yaxshilab tahlil qilib, xulosalar qilib olay taqriz yozaman...

Oy uyqusirar osmonda, Uxlaganida oftob. Shundayin ajib onda O'qib beraymi kitob...?) | @asarcha
Oy uyqusirar osmonda, Uxlaganida oftob. Shundayin ajib onda O'qib beraymi kitob...?) | @asarcha

Erkin Vohidov Umring oʻtadir, sen na xayollar suradirsan, Begʻam yuradirsan? Maqsad ne, farogʻat koʻyiga yoʻl buradirsan, Kimga joʻradirsan? Ochilgali koʻz shartmi ekan toshga bosh urmak, Soʻng koʻzni yashurmak, Ne oʻy bila nodon toshiga bosh uradirsan, Ne naf koʻradirsan? Yillar koʻpi ketdi, ozi qoldi, ne qilolding, Kim boʻla olding? Qum ustiga sen buyla imorat quradirsan, Ham aysh suradirsan. Haddingni bilib chek qoʻy oʻyin, bazm, oʻtirishga, Koʻz och, oʻtir ishga. Koʻrsatmagay ul kunniki, sen oh uradirsan, Hayron turadirsan. Yigʻlab keladir ushbu jahonga aziz inson, Kulgay u ketar on. Shoyadki, hayot qarzin uzib ulguradirsan, Qah-qah uradirsan.

Рус тилида гапиришни бошлаш жуда қийин деб ўйлайсизми? ❌ ​Грамматика, мураккаб қоидалар ва зерикарли китоблар билан вақтингизни йўқотманг! ​🚀 30 кунлик «Жонли мулоқот» марафонига марҳамат! ​Бу ерда биз: ✅ Қоидаларни эмас, ҳаётий вазиятларни (дўкон, такси, иш) ўрганамиз. ✅ Кунига бор-йўғи 5 та энг керакли жумлани ёдлаймиз. ✅ Аудио ёрдамида тўғри талаффуз қиламиз. ​Бор-йўғи 30 кундан кейин сиз рус тилида бемалол мулоқот қила оласиз! ​🔗 Марафонга қўшилиш учун ҳавола: https://t.me/sabrina_rustili

Postga kimlargadir yoqmagani aniq. Comment yozolmay qiynalayotgan boʻlishi mumkin. Ular uchun: 👉Anonim

Siz shunday otaning qizi boʻlishni istarmidingiz....? Hozirgi zamonaviy dunyoda yigitlar yigitlik hislatini yoʻqotib borayotgani bor gap ( hammasi ham emas). Gʻarbda va Sharqda odatiy holga aylangan bu narsa bizga ham asta sekin kirib kelyapti. Taqinchoqlar taqib yurishlar, har xil uzuk bir nimalar taqib yurish, sochlarini tuli xil ranglarga boʻyash, qizlarga hos kiyinish uslubi, qizlarga hos "aksent" bilan gapirish , yuzga make up qilish bu yigitlika va erkaklikka toʻgʻri kelmaydigan hislatlar. Bizda asosan buni bir ikkita blogerlarda yaqqol koʻrish mumkin. Ming afsuslanarli jihati bunday "yigitlar"ni juda koʻp Oʻzbek muhlisalari bor. Nega? Nima siz shunday yigitni hurmat qilasizmi? Sizni turmush oʻtogʻingiz ham shunday hezalak boʻlishini istaysizmi? Erkakni oʻzini haybati boʻlmaydimi? Sizga bir jiddiy savol: "Siz shunday otaning qizi boʻlishni istaysizmi?" Albatta yoʻq-a? Unda nega shunaqa erkaklarni tarafdorisiz, ular ham ertaga "dada" boʻladi, siznikidek qizi boʻladi... Jamiyatning ahvolini tasavvur qilyapsizmi? Iltimos, xurmatli qizlar bunday yigitlarni "support" qilishdan toʻxtang. Xar hil Koreys guruhlaridagi yigitlarni yonini olishni bas qiling, ularga taqlid qilgan yigitlarni ham. Qanday qilib siz bunday yigit bilan ertaga Buxoriylarni, Salohiddinlarni, Umarlarni, ahli ayolini ximoya qiluvchi mard yigitlarni tabiyalaysiz??? Ayol turmush oʻtogʻini birinchi navbatda oʻz himoyachisi deb biladi. Moliyaviymi, moddiymi qanday muammo boʻlsa ham oʻsha vaqtda erining soyasiga oʻtadi. Bunaqa erni qanday qilib himoyachi qilasiz? Bunday yigitlarga faqatgina "Erkak boʻl-e" deb javob bering! 2023-yil yozgan ekanman.

Yashasangchi oʻtmishdan arib! Yoʻl ochiq-ku, nega jilmaysan? Baxt kelmaydi seni axtarib, Boriladi baxtga – bilmaysan. Sevgi –
Yashasangchi oʻtmishdan arib! Yoʻl ochiq-ku, nega jilmaysan? Baxt kelmaydi seni axtarib, Boriladi baxtga – bilmaysan. Sevgi – mardlar umriga ziynat, Qay yoʻsinda hayotin tarzi... Soʻng bor aytay: «Faqat muhabbat Topshirmoqqa taqdirni arzir». Qalb falagin toqidan zim-zim Betoqat nur sochgan oʻsha – baxt. Beyuraklar ne desa desin, Baxt degani asli – muhabbat. Usmon Azim | @asarcha