Asarcha📖 |
Ir al canal en Telegram
Adabiyot, kitoblar, sheʼrlar va fikrlar Shunchaki oʻqing! Reklom: @reklom_asarcha
Mostrar más3 289
Suscriptores
-824 horas
-457 días
+4830 días
Archivo de publicaciones
3 289
Ko'ngil qushim senda, jon qushim senda,
Sham kabi mo'ltirab yonishim senda.
Essizgina, essiz deb kulmagin faqat,
Menda es ne qilsin, es-hushim senda...
Iqbol Mirzo
| @asarcha
3 289
"Dacha" filmini ko'rdim.
To'g'ri qandaydir yangi maxsulotni ommaga taqdim qilishdan avval ommani unga qizqitirish kerak. Yaxshigina "hype" qilish kerak, shunda maxsulotni odamlar kutadi, qiziqadi va sotuv ham yuqori bo'ladi. Lekin kutilmalarni haddan tashqari oshirib, bo'rttirib yuborish keyin esa maxsulotni darajasi kutilmaga mos kelmay qolishi juda katta xato.
Shuning uchun haddan tashqari baqir-chaqir qilishdan ehtiyot bo'lish kerak yoki maxsulotni rostdan ham juda ideal qilish kerak. Ya'ni, Dosteyvskiyning "Jinoyat va Jazosi" dek asar yozayapman deb turib "Ba'zilar olisdan sevarlar" degan kitoblarga o'xshash kitob yozmaslik.
Film haqida xulosam shu!
"Yaxshi film yaratish uchun uchta narsa kerak: ssenariy, ssenariy va yana bir bor ssenariy". ©️Alfred Xitkok
3 289
Repost from ⁿᵒ ᶠᵃᵒˡ
Agar maktab yo oliygohda sevgi degan fan o'tilsa, men bu fanga 1-sinf 1-soat va 1-daqiqalaridan qadam qo'yganman. Bu fandan oraliq, yakuniy imtihon baholarim 2 yo 3, balki 0 dir. Bunga sabab uyda yaxshi tayyorlanib o'yinda omadim kelmagan. Gap shundaki bu fandan o'zlashtirgan ko'nikmalarim qayg'u va a'zob. Baxt va muhabbat ko'chalaridan yolg'iz o'tganman. Aytgancha bunga sabab Sevgi shartnomasida "Sevgan" rolidaman. "Sevilgan" taraf sifatida hali qatnashmadim. Chunki bu shartnoma bir tomonlama bo'lib, aksincha 2 tomonlama bo'lsa "Muhabbat shartnomasi"ga aylanadi. Ishq daftarchamda "Sevilganlar" nomli royxat to'lib ketgan. Bu royxatda ba'zi ismlar takror va takror qatorlarni band qilgan. Balki qalbim yangisini sevishga erinar. "Ctrl+C" va "Ctrl+V" tamom! "Ko'ngil ishi"ni 2-3 marta tugatib topshirgandim, keyingi etapga o'tmadi. Qabul qilib oluvchining "Talablari"ga javob bermas emish. Bu ketishda o'quvchilarimga nima deb dars o'taman bilmayman. Vaqt degan poygachi - harakatlarni quvib o'tyabdi. Ishonish qiyin lekin sal avval 17 edi bugun esa 20 ga chiqibdi.) Marra yaqin "Yugurgannikimas buyurganniki" qabilida ish tutaman chog'i ;) Ha mayli, ilk farmon - Buyuraman: "Meni sev"! Buyruq so'zsiz bajarilishi shart! E'tirozga o'rin yo'q!(c) Sherzodbek Mamadaliyev
3 289
Kecha kerak bo‘lding,
Bolalik chog‘im!
Senga qo‘l uzatdim,
Yo‘q,
Yetolmadim.
Oshkora g‘irromlik qildi
O‘rtog‘im,
Men: bor, o‘ynamayman,
Deb ketolmadim…
© Erkin Vohidov
| @asarcha
3 289
Tilla uzuk
Ey qaldirg‘och qoshligim,
Kel, ahdimiz bir bo‘lsin.
Uchta odam bilgan gap Qanday qilib sir bo‘lsin?
Tilla uzukka tilla
Ko‘z bo‘lmaydi hech qachon. Qiz bolaga qiz bola
Do‘st bo‘lmaydi hech qachon.
Bordir saroy qurganlar,
Bordir davron surganlar.
Bormi bizdek bir tushni Birgalashib ko‘rganlar?
Bitta qizga bir yigit
Tilla uzuk taqibdi.
Bitta dushman yigitga,
Qizga qirqta raqibdir.
Tilla uzukka tilla
Ko‘z bo‘lmaydi hech qachon. Qiz bolaga qiz bola
Do‘st bo‘lmaydi hech qachon.
Xayolingni dugonang Buzganini bilmaysan. Yonginangdan menga ko‘z Suzganini bilmaysan.
Iqbol Mirzo
| @asarcha
3 289
Judayam koʻp taksilarda Sunʼiy intellekt tomonidan aytilgan qoʻshiqlar. Sheʼriniyam sunʼiy intellekt yozgan. Sheʼri maʼnosiz, ovoz hissiz...
Eng yomoni odamlar maza qilib shuni eshitib ketyapti. Naushniksiz uzoq yoʻlga chiqmanglar))
3 289
"Otamdan qolgan dalalar"
Dam olish kunlarida nima qilishni bilmayotganlar uchun!
👉 @asarcha
3 289
Sharros jalalarni kuylayman
Dabdabasiz, g‘arib she’rlarda
Aqlim yetmas – qanday sevarlar
Yomg‘ir yog‘maydigan yerlarda?
© Matnazar Abdulhakim
| @asarcha
3 289
Qachonlardir Turk tilini kim ham o'qirdi deb, vaqti kelib 2,5 oyda B2 sertifikati olib , hozirda C1 darajali ustozni kanali 😍
Turk tiliga qiziqadiganlar va noldan o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun eng kerakli kanal!
https://t.me/+AKRJnkg0KGM3MDMy
¡Ya disponible! Investigación de Telegram 2025 — los principales insights del año 
