Asarcha📖 |
前往频道在 Telegram
Adabiyot, kitoblar, sheʼrlar va fikrlar Shunchaki oʻqing! Reklom: @reklom_asarcha
显示更多3 104
订阅者
-724 小时
-517 天
-18430 天
帖子存档
3 102
Martin Iden haqida judayam ko'p spoyler bilganim uchun avval o'qimagandim. Lekin o'zbek kitobxonlari orasida yaxshigina obro'ga va vaznga ega asar bo'lgani uchun mutolaa qilib qo'yishga qaror qildim.
Audio holatda tugatdim asarni. Ochig'i, hozircha man uchun asar eng TOP darajadagi asarlardan bo'lib tuyilmadi. Darrovda toshbo'ron qilib yubormanglar, yomon asar demadim, judayam yaxshi lekin men uchun eng zo'rlardan emas. Balki bu asar voqealarini ko'p qismi bilgan holatda mutolaa qilganim uchundir.
Yaxshilab tahlil qilib, xulosalar qilib olay taqriz yozaman...
3 102
Oy uyqusirar osmonda,
Uxlaganida oftob.
Shundayin ajib onda
O'qib beraymi kitob...?)
| @asarcha
3 102
Erkin Vohidov
Umring oʻtadir, sen na xayollar suradirsan,
Begʻam yuradirsan?
Maqsad ne, farogʻat koʻyiga yoʻl buradirsan,
Kimga joʻradirsan?
Ochilgali koʻz shartmi ekan toshga bosh urmak,
Soʻng koʻzni yashurmak,
Ne oʻy bila nodon toshiga bosh uradirsan,
Ne naf koʻradirsan?
Yillar koʻpi ketdi, ozi qoldi, ne qilolding,
Kim boʻla olding?
Qum ustiga sen buyla imorat quradirsan,
Ham aysh suradirsan.
Haddingni bilib chek qoʻy oʻyin, bazm, oʻtirishga,
Koʻz och, oʻtir ishga.
Koʻrsatmagay ul kunniki, sen oh uradirsan,
Hayron turadirsan.
Yigʻlab keladir ushbu jahonga aziz inson,
Kulgay u ketar on.
Shoyadki, hayot qarzin uzib ulguradirsan,
Qah-qah uradirsan.
3 102
Рус тилида гапиришни бошлаш жуда қийин деб ўйлайсизми? ❌
Грамматика, мураккаб қоидалар ва зерикарли китоблар билан вақтингизни йўқотманг!
🚀 30 кунлик «Жонли мулоқот» марафонига марҳамат!
Бу ерда биз:
✅ Қоидаларни эмас, ҳаётий вазиятларни (дўкон, такси, иш) ўрганамиз.
✅ Кунига бор-йўғи 5 та энг керакли жумлани ёдлаймиз.
✅ Аудио ёрдамида тўғри талаффуз қиламиз.
Бор-йўғи 30 кундан кейин сиз рус тилида бемалол мулоқот қила оласиз!
🔗 Марафонга қўшилиш учун ҳавола: https://t.me/sabrina_rustili
3 102
Postga kimlargadir yoqmagani aniq. Comment yozolmay qiynalayotgan boʻlishi mumkin.
Ular uchun:
👉Anonim
3 102
Siz shunday otaning qizi boʻlishni istarmidingiz....?
Hozirgi zamonaviy dunyoda yigitlar yigitlik hislatini yoʻqotib borayotgani bor gap ( hammasi ham emas). Gʻarbda va Sharqda odatiy holga aylangan bu narsa bizga ham asta sekin kirib kelyapti.
Taqinchoqlar taqib yurishlar, har xil uzuk bir nimalar taqib yurish, sochlarini tuli xil ranglarga boʻyash, qizlarga hos kiyinish uslubi, qizlarga hos "aksent" bilan gapirish , yuzga make up qilish bu yigitlika va erkaklikka toʻgʻri kelmaydigan hislatlar.
Bizda asosan buni bir ikkita blogerlarda yaqqol koʻrish mumkin. Ming afsuslanarli jihati bunday "yigitlar"ni juda koʻp Oʻzbek muhlisalari bor.
Nega? Nima siz shunday yigitni hurmat qilasizmi? Sizni turmush oʻtogʻingiz ham shunday hezalak boʻlishini istaysizmi? Erkakni oʻzini haybati boʻlmaydimi? Sizga bir jiddiy savol: "Siz shunday otaning qizi boʻlishni istaysizmi?" Albatta yoʻq-a? Unda nega shunaqa erkaklarni tarafdorisiz, ular ham ertaga "dada" boʻladi, siznikidek qizi boʻladi... Jamiyatning ahvolini tasavvur qilyapsizmi?
Iltimos, xurmatli qizlar bunday yigitlarni "support" qilishdan toʻxtang. Xar hil Koreys guruhlaridagi yigitlarni yonini olishni bas qiling, ularga taqlid qilgan yigitlarni ham. Qanday qilib siz bunday yigit bilan ertaga Buxoriylarni, Salohiddinlarni, Umarlarni, ahli ayolini ximoya qiluvchi mard yigitlarni tabiyalaysiz???
Ayol turmush oʻtogʻini birinchi navbatda oʻz himoyachisi deb biladi. Moliyaviymi, moddiymi qanday muammo boʻlsa ham oʻsha vaqtda erining soyasiga oʻtadi. Bunaqa erni qanday qilib himoyachi qilasiz?
Bunday yigitlarga faqatgina "Erkak boʻl-e" deb javob bering!
2023-yil yozgan ekanman.
3 102
Yashasangchi oʻtmishdan arib!
Yoʻl ochiq-ku, nega jilmaysan?
Baxt kelmaydi seni axtarib,
Boriladi baxtga – bilmaysan.
Sevgi – mardlar umriga ziynat,
Qay yoʻsinda hayotin tarzi...
Soʻng bor aytay: «Faqat muhabbat
Topshirmoqqa taqdirni arzir».
Qalb falagin toqidan zim-zim
Betoqat nur sochgan oʻsha – baxt.
Beyuraklar ne desa desin,
Baxt degani asli – muhabbat.
Usmon Azim
| @asarcha
3 102
Ha deb men sheʼr tashlayveramanmi? Qani sizlarni didinglarni ham koʻraylikchi...
Izohda oʻzingizga eng yoqqan sheʼrni ulashib keting:
3 102
Sizlarga ham Turk tili qandaydir goʻzal til boʻlib tuyuladimi? 🌚
Man shu goʻzal tilni oʻrganish boʻyicha qiziqarli challange boshlanyapti ekan. Bir qiziqib koʻringlar: Turk tili challange
3 102
Eng yomoni - hayotdagi eng muhim karyera farzand tarbiyasi va oila ekanligini tushungan vaqtingiz yoshingiz 30 dan oshgan va hali turmush qurmagan ho'latda bo'lishingiz.
3 102
Osmon – qoʻl, yer – oyoq yetmas afsona,
Ne sirdir ularga daxldorliging?
Shu osmon ostida, shu yer ustida
Menga taskin berar sening borliging!
Mirzo Kenjabek
| @asarcha
3 102
Uzoqroq yo’lga taksida ketyapman. Mashina orqasida o’tiribman, deraza tomonda. O’rtada bir yigit narigi tomonda esa bir qiz.
O’rtadagi 20 yosh atrofidagi yigit o’zini qizdan shunday tortib ketyaptiki biz ikkovimiz men tomondagi o’rindiqqa tiqilib ketyapmiz. Uyoqda qiz esa bemalol, kengchilikda ketyapti)
O’ylab ko’rsam men ham o’rtada o’tirib qolganimda ko’p shunaqa qilganman.
Buni nima uchun yozayotganimni bilmayman, lekin bir narsani ayta olaman hamma yigitlar ham shilqim emas. Ko’p o’zbek yigitlari o’zini bosib, tiyib yura oladi.
Ha holda man uchratgan ko’plari shunaqa…
3 102
Farg'onada Bepulga bunaqa Training bo'lar ekan:
👉https://t.me/ieltszonefergana/5615
3 kundan so'ng bo'lar ekan: https://t.me/ieltszonefergana/5658
IELTS ga tayyorlanayotganlarga foydali bolsa kerak, qatnashinglar.
3 102
Vodiylik ,IELTS ga tayyorlanayotganlar yoki IELTS sertifikati olganlar bormi bizni kanalda?
3 102
Vodiylik IELTS ga tayyorlanayotganlar yoki IELTS sertifikati olganlar bormi bizni kanalda?
