uk
Feedback
6 245
Підписники
+324 години
+447 днів
+8730 день
Архів дописів
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi
+6
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. "Toshkent-Humo" xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni davlatimiz rahbari kutib oldi. — По приглашению Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева Премьер-министр Республики Индия Нарендра Моди прибыл в нашу страну с государственным визитом. В международном аэропорту «Ташкент-Хумо» высокого гостя встретил глава нашего государства. #Mirziyoyev #tashrif #Hindiston Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Chiroqchida xotin-qizlarning biznes savodxonligini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tizi
+4
Chiroqchida xotin-qizlarning biznes savodxonligini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi viloyat filiali hamda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamkorligida xotin-qizlar va yoshlar uchun Yangiqishloq mahallasida qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etildi. Kurs davomida xotin-qizlar va yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, ularning innovatsion g‘oyalarini amalga oshirish va mustaqil daromad manbaini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. O‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish dasturini yakunlaganliklari to‘g‘risidagi maxsus sertifikatlar tuman hokimining o‘rinbosari, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Nargiza Xushvaqtova tomonidan topshirildi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/chiroqchi_press

O‘ttiz besh yillik mustaqil taraqqiyot yo‘limiz bizga bir haqiqatni o‘rgatdi: xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bo‘lmaydigan marraning o‘zi yo‘q. — За тридцать пять лет независимого развития мы глубоко осознали одну истину: если народ и государство объединят усилия на пути к единой цели, то для них не будет недостижимых рубежей. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#Hashar Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi Мahallalarda "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida ishlar qiz
+2
#Hashar Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi Мahallalarda "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida ishlar qizg'in davom etmoqda. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/chiroqchi_press

FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI Davlat rahbarining Aholi murojaatlari bilan ishlash chora-tadbirlarini takomillashtirish yuzasida
+4
FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI Davlat rahbarining Aholi murojaatlari bilan ishlash chora-tadbirlarini takomillashtirish yuzasidan bergan topshiriqlari ijrosini tumanda ta’minlash maqsadida Chiroqchi tumani hokimi Bahodir Xudoyqulov rahbarligida hokim o‘rinbosarlari Xalq qabulxonasida shaxsiy qabulini o'tkazdi. Qabul davomida o‘z muammolariga yechim izlab kelgan aksariyat fuqarolarning muammolari shu yerning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, yechimi vaqt talab etadigan murojaatlar tegishliligi bo‘yicha mas’ul shaxslarga o‘rganish uchun yuklatildi. Maqsad odamlarning muammosiga yechim topish, ularga yaqindan yordam berishdir. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/chiroqchi_press

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantana
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqiВыступление Президента Шавката Мирзиёева на торжественной церемонии, посвященной 35-летию государственной независимости Республики Узбекистан Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Viloyat hokimi Murotjon Azimov Chiroqchida bo‘ldi Viloyat rahbari tumandagi Amir Temur mahallasining zamonaviy va hashar yo‘l
+9
Viloyat hokimi Murotjon Azimov Chiroqchida bo‘ldi Viloyat rahbari tumandagi Amir Temur mahallasining zamonaviy va hashar yo‘li bilan qurilgan yangi ma’muriy binosi ochilish marosimida ishtirok etdi. So‘ngra, Chiroqchi mahallasida yoshlarning intellektual va madaniy hordiq chiqarishi uchun xizmat qiluvchi mutlaqo yangi qiyofadagi "Kreativ park"ning ochilish marosimida ishtirok etdi. Mazkur "Kreativ park" hududida bepul Wi-Fi zonasi, shinam kutubxona, robototexnika markazi, IT-dasturchilar kovorking xonasi, karving san’ati, ko‘cha rassomchiligi (Street-Art) zonasi o‘z iqtidorlarini namoyish etish maqsadida maxsus Kreativ devorlar va art-hududlar ajratildi. Ochilish marosimidan so‘ng parkda yoshlar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishildi. Viloyat rahbari chiroqchilik yoshlar bilan muloqot qilib, ularning kelajak rejalari bilan qiziqdi. Uchrashuv davomida viloyat hokimi chiroqchilik ijodkor yoshlarga badiiy kitoblar ham sovg‘a qildi. Gov.uz| Telegram| YouTube| FB| Instagram| X

Istiqlolimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram shodiyonasi katta konsert dasturi bilan davom etmoqda. — Торжества по случ
+9
Istiqlolimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram shodiyonasi katta konsert dasturi bilan davom etmoqda. — Торжества по случаю 35-й годовщины независимости продолжаются красочной концертной программой. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Mehnat ahliga ehtirom — inson qadriga e’tibor! Mustaqilligimizning 35-yilligi arafasida obodonlashtirish sohasida mehnat qila
+4
Mehnat ahliga ehtirom — inson qadriga e’tibor! Mustaqilligimizning 35-yilligi arafasida obodonlashtirish sohasida mehnat qilayotgan fidoyi insonlarga ehtirom ko‘rsatildi. Bugun tuman hokimligi tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan 20 nafar obodonlashtirish sohasi xodimlariga oziq-ovqat mahsulotlari to‘plamlari topshirildi. E’tibor va g‘amxo‘rlik — inson qadrini ulug‘lashning eng yuksak ifodasidir. Mehnati bilan tumanimiz obodligiga hissa qo‘shayotgan insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor ezgu an’analarning amaliy ifodasi bo‘lmoqda. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/chiroqchi_press

100 yoshdan oshgan chiroqchilik onaxonga «Shuhrat» medali topshirildi Prezidentimizning Farmoniga ko‘ra, Chiroqchi tumani, Ta
+9
100 yoshdan oshgan chiroqchilik onaxonga «Shuhrat» medali topshirildi Prezidentimizning Farmoniga ko‘ra, Chiroqchi tumani, Tarag‘ay mahallasida istiqomat qiluvchi 100 yoshdan oshgan Saodat ona Yorqulova «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan edi. Bugun viloyat hokimi Murotjon Azimov Saodat onaning xonadonlariga tashrif buyurib, yuksak davlat mukofotini Prezidentimiz nomlaridan tantanali ravishda topshirdi. Saodat onaga uzoq yillik hayotiy tajribasi, yurt va jamiyat hayotidagi munosib o‘rni, ibratli umri uchun samimiy ehtirom bildirildi. Shundan so‘ng viloyat rahbari mahalla "yettiligi" vakillari bilan uchrashib, mahallada aholi daromadini oshirish, yoshlar va xotin qizlar bandligini ta’minlash, mahallani huquqbuzarlik va jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish hamda mahalla infratuzilmasini yaxshilash borasida yettilik tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlar xususida suhbatlashdi. Gov.uz| Telegram| YouTube| FB| Instagram| X

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasini quyidagi havolalar orqali tomo
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasini quyidagi havolalar orqali tomosha qiling: — Смотрите празднование 35-й годовщины государственной независимости Республики Узбекистан по следующим ссылкам: Telegram Youtube Facebook Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#qonun_ijrosi #24_ta_tavsiya #doimiy_komissiyalar_faoliyati 💊 BEPUL BERILADIGAN DORI VOSITALARI TA’MINOTI HAMDA QONUN IJROSI
+4
#qonun_ijrosi #24_ta_tavsiya #doimiy_komissiyalar_faoliyati 💊 BEPUL BERILADIGAN DORI VOSITALARI TA’MINOTI HAMDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI Xalq deputatlari Chiroqchi tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari F. Bobotov, D. Shaymanova, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi J. Ismoilov hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti Huquqiy maslahat byurosi mutaxassisi J. Esanov ishtirokida amaliy o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganishdan asosiy maqsad — Doimiy komissiyalar 19¹-1-moddasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-399-sonli Qonuni ijrosini ta’minlash, shuningdek, aholiga qonunchilikda belgilangan tartibda bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holatini o‘rganishdan iborat bo‘ldi. 🔎 O‘rganish davomida bepul beriladigan dori vositalarining mavjudligi, ularni fuqarolarga yetkazib berish va taqsimlash jarayoni, shuningdek, ushbu xizmatdan foydalanayotgan aholiga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi. 👥 Mas’ullar va fuqarolar bilan suhbatlar davomida dori vositalarini olish jarayonida yuzaga kelayotgan masalalar, mavjud muammolar hamda aholining taklif va murojaatlari tinglandi. 📌 O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda bepul dori vositalari bilan ta’minlash jarayonini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqilishi belgilandi. Shuningdek, aniqlangan muammolar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli deputatlik so‘rovlari yuborish va ularning ijrosini nazoratga olish masalasi ko‘rib chiqildi. 📍 Mazkur o‘rganish — aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning dori-darmon bilan ta’minlanishiga oid qonuniy huquqlarini ta’minlash hamda joylardagi muammolarni aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan. Xalq deputatlari Chiroqchi tumani Kengashi Deputatlik nazorati — qonun ijrosi va xalq manfaatlari ta’minotining muhim kafolati! 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 📱Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube

#LIVE Муротжон Азимов Чироқчи туманидаги Креатив паркнинг очилиш маросимида иштирок этмоқда.

❗️Чироқчидаги шафқатсиз калтаклаш ҳолати бўйича жиноят иши қўзғатилди Ижтимоий тармоқларда Чироқчи туманида фуқаролар ўртасидаги низо ва тан жароҳати етказилгани акс этган видео тарқалган эди. Қашқадарё вилояти Ички ишлар бошқармасини Қашқадарё аҳлига маълум қилишича, ҳолат тўлиқ ўрганилиб, воқеада иштирок этган барча шахслар аниқланган. Мазкур ҳолат юзасидан Чироқчи тумани ИИБ Тергов бўлими томонидан Жиноят кодексининг 277-моддаси 3-қисми «г» банди билан жиноят иши қўзғатилиб, дастлабки тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда. Қайд этилишича, барча иштирокчиларнинг ҳаракатларига ҳуқуқий баҳо берилиб, жазо муқаррарлиги таъминланади.

Муротжон Азимов Чироқчи туманидаги “Амир Темур” МФЙнинг янги биноси очилишида иштирок этди

+1
🇺🇿 100 ёшдан ошган чироқчилик онахонга «Шуҳрат» медали топширилди Давлатимизда инсон қадри, айниқса, кексаларга ҳурмат ва эътибор доимо юксак даражада. Президентимизнинг Фармонига кўра, Чироқчи тумани, Тарағай маҳалласида истиқомат қилувчи 100 ёшдан ошган Саодат она Ёрқулова «Шуҳрат» медали билан тақдирланган эди. Бугун Қашқадарё вилояти ҳокими Муротжон Азимов Саодат онанинг хонадонларига ташриф буюриб, юксак давлат мукофотини Президентимиз номларидан тантанали равишда топширди. Саодат онага узоқ йиллик ҳаётий тажрибаси, юрт ва жамият ҳаётидаги муносиб ўрни, ибратли умри учун самимий эҳтиром билдирилди.

"Kelajak avlodimiz taqdiri, butun millatimiz, xalqimiz, davlatimiz taqdiri muhtaram muallimlarga bog‘liq". O‘zbekiston Respub
"Kelajak avlodimiz taqdiri, butun millatimiz, xalqimiz, davlatimiz taqdiri muhtaram muallimlarga bog‘liq". O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/chiroqchi_press

#PROFILAKTIKA 🟥 Chiroqchi tumanida sodir etilgan yo`l-transport hodisasining muhokamasi bo`lib o`tdi ✅Chiroqchi tumanida, Qa
+9
#PROFILAKTIKA 🟥 Chiroqchi tumanida sodir etilgan yo`l-transport hodisasining muhokamasi bo`lib o`tdiChiroqchi tumanida, Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB boshlig'i hamda tuman hokimligi, tuman Prokuraturasi va tuamn IIB rahbariyati, mahalla faollari, jamoatchilik vakillari va yoshlar ishtirokida, tumanda sodir bo’lgan og'ir oqibatli yo’l-transport hodisasining muhokamasi yuzasidan uchrashuv bo’lib o’tdi. ✅Uchrashuv davomida so'zga chiqqanlar tomonidan, yo’l-transport hodisasining kelib chiqish sababi va oqibati bo’yicha ma’lumotlar berildi. Kelgusida shu kabi holatlarni oldini olish bo’yicha tushuntirish ishlari olib borildi. 🅰Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati

Chiroqchida mehnat faxriylari xolidan xabar olindi Xalqimiz eng ulug‘, eng aziz ayyom — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi
+5
Chiroqchida mehnat faxriylari xolidan xabar olindi Xalqimiz eng ulug‘, eng aziz ayyom — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35-yillik bayramini ulkan bunyodkorlik va yuqori ko‘tarinkilik bilan kutib olmoqda. Mazkur qutlug‘ ayyom arafasida tumanda ko‘p yillar davomida el-yurt ravnaqi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan keksa avlod vakillariga cheksiz hurmat va ehtirom ko‘rsatish tadbirlari izchil davom ettirilmoqda. Chiroqchi tumani hokimi Bahodir Xudoyqulov boshchiligida tuman prokurori Ulug‘bek Ergashev, IIB boshlig‘i Hamza Jamolov hamda tuman “Nuroniy” jamg‘armasi raisi, hokim maslahatchisi Yusuf Shaymanovlar uzoq yillar davlat boshqaruvi tizimida samarali mehnat qilib, bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan nuroniy otaxon va onaxonlarning xonadonlarida bo‘lib, ularning holidan xabar oldilar. Mehnat faxriylari xonadonida bir piyola choy ustida, samimiy ruhda kechgan suhbatlar davomida Chiroqchi tumanining rivojlanish tarixi, o‘tmishdagi mashaqqatli yillar hamda bugungi dorilomon kunlarda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar haqida so‘z bordi. Otaxon va onaxonlar keksalik davrida ko‘rsatilayotgan bunday yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikdan boshlari ko‘kka yetib, yurtimiz tinchligi, osoyishtaligi hamda Chiroqchi zaminining yanada gullab-yashnashini tilab, duoga qo‘l ochishdi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/chiroqchi_press