ch
Feedback
6 238
订阅者
+524 小时
+467
+8230
帖子存档
"Kelajak avlodimiz taqdiri, butun millatimiz, xalqimiz, davlatimiz taqdiri muhtaram muallimlarga bog‘liq". O‘zbekiston Respub
"Kelajak avlodimiz taqdiri, butun millatimiz, xalqimiz, davlatimiz taqdiri muhtaram muallimlarga bog‘liq". O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/chiroqchi_press

#PROFILAKTIKA 🟥 Chiroqchi tumanida sodir etilgan yo`l-transport hodisasining muhokamasi bo`lib o`tdi ✅Chiroqchi tumanida, Qa
+9
#PROFILAKTIKA 🟥 Chiroqchi tumanida sodir etilgan yo`l-transport hodisasining muhokamasi bo`lib o`tdiChiroqchi tumanida, Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB boshlig'i hamda tuman hokimligi, tuman Prokuraturasi va tuamn IIB rahbariyati, mahalla faollari, jamoatchilik vakillari va yoshlar ishtirokida, tumanda sodir bo’lgan og'ir oqibatli yo’l-transport hodisasining muhokamasi yuzasidan uchrashuv bo’lib o’tdi. ✅Uchrashuv davomida so'zga chiqqanlar tomonidan, yo’l-transport hodisasining kelib chiqish sababi va oqibati bo’yicha ma’lumotlar berildi. Kelgusida shu kabi holatlarni oldini olish bo’yicha tushuntirish ishlari olib borildi. 🅰Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati

Chiroqchida mehnat faxriylari xolidan xabar olindi Xalqimiz eng ulug‘, eng aziz ayyom — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi
+5
Chiroqchida mehnat faxriylari xolidan xabar olindi Xalqimiz eng ulug‘, eng aziz ayyom — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35-yillik bayramini ulkan bunyodkorlik va yuqori ko‘tarinkilik bilan kutib olmoqda. Mazkur qutlug‘ ayyom arafasida tumanda ko‘p yillar davomida el-yurt ravnaqi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan keksa avlod vakillariga cheksiz hurmat va ehtirom ko‘rsatish tadbirlari izchil davom ettirilmoqda. Chiroqchi tumani hokimi Bahodir Xudoyqulov boshchiligida tuman prokurori Ulug‘bek Ergashev, IIB boshlig‘i Hamza Jamolov hamda tuman “Nuroniy” jamg‘armasi raisi, hokim maslahatchisi Yusuf Shaymanovlar uzoq yillar davlat boshqaruvi tizimida samarali mehnat qilib, bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan nuroniy otaxon va onaxonlarning xonadonlarida bo‘lib, ularning holidan xabar oldilar. Mehnat faxriylari xonadonida bir piyola choy ustida, samimiy ruhda kechgan suhbatlar davomida Chiroqchi tumanining rivojlanish tarixi, o‘tmishdagi mashaqqatli yillar hamda bugungi dorilomon kunlarda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar haqida so‘z bordi. Otaxon va onaxonlar keksalik davrida ko‘rsatilayotgan bunday yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikdan boshlari ko‘kka yetib, yurtimiz tinchligi, osoyishtaligi hamda Chiroqchi zaminining yanada gullab-yashnashini tilab, duoga qo‘l ochishdi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/chiroqchi_press

Танҳоз дарёси бўйидаги янги гидроиншоот ва Қайирма канали Қишлоқ хўжалиги учун сувнинг ҳар бир томчиси қадрли бўлган бу ҳудуд
+4
Танҳоз дарёси бўйидаги янги гидроиншоот ва Қайирма канали Қишлоқ хўжалиги учун сувнинг ҳар бир томчиси қадрли бўлган бу ҳудудда амалга оширилган ишларнинг аҳамиятини ерга меҳр билан қараётган деҳқон ва фермерларнинг сўзларидан ҳам англаш мумкин. Узоқ йиллардан буён аҳоли томорқалари ва фермер хўжаликлари далаларини суғоришга хизмат қилиб келган Қайирма каналининг 1 минг 685 метр қисми бетонлаштирилди. Танҳоз дарёсидан сув олинадиган бош қисмида янги гидроиншоот барпо этилди. – Илгари сувнинг йўқотилиши юқори бўлгани учун каналнинг охирги қисмларига сув тўлиқ етиб бормасди. Бугун амалга оширилган ишлар натижасида бу муаммо анча бартараф этилди. Канал орқали олти ҳудуддаги қишлоқ хўжалиги ерлари ва аҳоли томорқалари сув билан таъминланади, – дейди туман ирригация бўлими гидротехниги Аҳад Аҳмедов. Мутахассиснинг таъкидлашича, амалга оширилган ишлар натижасида 5 минг 300 гектар майдон, жумладан, 135 та фермер хўжалиги ҳамда 21 та маҳалладаги 9 минг 840 аҳоли томорқаларини сув билан таъминлаш даражаси 62 фоиздан 78 фоизга ошган. Бу рақамлар ортида эса минглаб хонадонларнинг дастурхони, далалардаги ҳосил ва одамларнинг эртанги кунга ишончи мужассам. Манба: ЎзА Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/chiroqchi_press

Мустақиллик туҳфалари: инсон қадри ва обод ҳаёт сари ✅Батафсил ўқиш Ўлмас Баротов, Жамшид Норқобилов (сурат), ЎзА мухбирлари
Мустақиллик туҳфалари: инсон қадри ва обод ҳаёт сари ✅Батафсил ўқиш Ўлмас Баротов, Жамшид Норқобилов (сурат), ЎзА мухбирлари Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/chiroqchi_press

#video:Chiroqchida bir guruh soha vakillariga "O‘zbekiston Mustaqilligining 35-yilligi" esdalik ko‘krak nishonlari tantanali topshirildi Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/chiroqchi_press

QASHQADARYO AXBOROTI | Chiroqchi tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy omillarning oldini olish bo‘yicha 2026-yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” ijrosi muhokama qilindi Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/chiroqchi_press

#fotoreportaj: Chiroqchida bir guruh soha vakillariga "O‘zbekiston Mustaqilligining 35-yilligi" esdalik ko‘krak nishonlari ta
+9
#fotoreportaj: Chiroqchida bir guruh soha vakillariga "O‘zbekiston Mustaqilligining 35-yilligi" esdalik ko‘krak nishonlari tantanali topshirildi Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/chiroqchi_press

Chiroqchida bir guruh soha vakillariga "O‘zbekiston Mustaqilligining 35-yilligi" esdalik ko‘krak nishonlari tantanali topshir
+9
Chiroqchida bir guruh soha vakillariga "O‘zbekiston Mustaqilligining 35-yilligi" esdalik ko‘krak nishonlari tantanali topshirildi Xalqimiz eng ulug‘, eng aziz ayyom — Vatanimiz Mustaqilligining qutlug‘ 35-yillik bayramini ko‘tarinkilik va yuqori shukuh bilan kutib olmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizni taqdirlash an’anasiga muvofiq, Chiroqchi tumani hokimligining majlislar zalida Mustaqilligimizning 35-yilligi esdalik ko‘krak nishonlarini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tantanali tadbirda tumanimiz ravnaqiga va islohotlar samaradorligiga beqiyos hissa qo‘shib kelayotgan 148 nafar soha vakillari — davlat idoralari, korxona va tashkilotlar xodimlari, tadbirkorlar, mehnatkash quruvchilar, sportchilar, fidoiy ta’lim, sport va madaniyat xodimlari hamda keng jamoatchilik faollari ishtirok etdilar. O‘z kasbining haqiqiy fidoyilari bo‘lgan tumandoshlarimizga yuksak mukofotlarni Chiroqchi tumani hokimi B.Xudoyqulov boshchiligida tuman prokurori U.Ergashev, Davlat xavfsizlik xizmati tuman bo‘limi boshlig‘i U. Ochilov hamda Soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Omonovlar tantanali ravishda topshirdilar. Tadbirda so‘zga chiqqanlar yuksak mukofot egalarini qutlab, ularning kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilashdi. O‘z navbatida, davlatning bunday yuksak e’tirofidan qalblari faxrga to‘lgan chiroqchiliklar yaratilgan sharoitlar va ko‘rsatilgan e’tibor uchun minnatdorlik bildirib, tuman rivoji yo‘lida yanada g‘ayrat bilan mehnat qilishlarini ta’kidladilar. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/chiroqchi_press

Бугун Президентимиз Шавкат Мирзиёев Қашқадарё вилояти ҳокими Муротжон Азимовни давлатимизнинг юксак мукофоти - “Фидокорона хи
Бугун Президентимиз Шавкат Мирзиёев Қашқадарё вилояти ҳокими Муротжон Азимовни давлатимизнинг юксак мукофоти - “Фидокорона хизматлари учун” ордени билан тақдирлади. Ушбу юксак мукофот Муротжон Бердиалиевичнинг юртимиз тараққиёти, халқ фаровонлиги, ҳудуднинг ижтимоий-иқтисодий салоҳиятини юксалтириш, янги иш ўринлари яратиш ва аҳоли турмуш шароитини яхшилаш йўлидаги самарали меҳнатининг муносиб эътирофидир. Муротжон Бердиалиевич, юксак мукофот муборак бўлсин! Аъзолик👉 https://t.me/qashxabarlari

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yuksak davlat mukofotlarig
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yuksak davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan bir guruh vatandoshlarimizni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. — С участием Президента Шавката Мирзиёева состоялась церемония награждения группы соотечественников, удостоенных высоких государственных наград в связи с 35-летием независимости нашей страны. #Mirziyoyev #marosim #mustaqillik35 #taqdirlash Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

photo content
+9

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yuksak davlat mukofotlarig
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yuksak davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan bir guruh vatandoshlarimizni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. — С участием Президента Шавката Мирзиёева состоялась церемония награждения группы соотечественников, удостоенных высоких государственных наград в связи с 35-летием независимости нашей страны. #Mirziyoyev #marosim #mustaqillik35 #taqdirlash Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

"Hokim rastasi" arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari yo‘lga qo‘yildi Chiroqchi tumanidagi markaziy dehqon oziq-ovqat bozorida O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari "Hokim rastasi" savdo yarmarkalari orqali aholiga taklif etilmoqda. Mazkur yarmarka aholini kundalik ehtiyojdagi mahsulotlar bilan maqbul narxlarda ta’minlangan, bozorda narxlar barqarorligini saqlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Chiroqchi tumani boshlig‘i Quvonchbek Choriyev markaziy dehqon bozorida oziq-ovqat mahsulotlari narx-navolari bilan yaqindan tanishib, tadbirkorlar bilan suhbatlashishdi. Tuman hokimligi va mas’ul tashkilotlar tomonidan mahsulotlar sifati, vazni va narxlarining asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan doimiy nazorat olib borilmoqda. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/chiroqchi_press

Муротжон Азимов: Доимо бошимизга соғ бўлинг, дунё тургунча туринг. Сиздек Президентимиз борлигидан ҳаммамиз фахрланамиз.

Prezidentimiz davlat mukofotini olgan har bir insonning mehnati va ko‘rsatgan jasorati alohida e’tirofga munosib ekanini ta’k
Prezidentimiz davlat mukofotini olgan har bir insonning mehnati va ko‘rsatgan jasorati alohida e’tirofga munosib ekanini ta’kidladi. Shu kunlarda joylarda unvon, orden va medallarni qabul qilib olayotgan yurtdoshlarimizga ham samimiy tabriklar aytildi. Mukofotlanganlar orasida islohotlarni qo‘llab-quvvatlab, yurtimizga katta-katta sarmoya va zamonaviy texnologiyalarni olib kelayotgan xorijlik hamkorlar borligi qayd etilib, ularga ham minnatdorlik bildirildi. Mamlakatimiz yetakchisi mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.
– Ko‘ksingizga yarashib turgan yuksak unvon, orden va medallarga odamlar havas bilan qaraydi, yoshlarimiz sizlarga o‘xshashga intiladi. Bu sizlarga kelgusi ishlaringizda yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi deb ishonaman,
– dedi davlatimiz rahbari marosim yakunida. Facebook|Instagram|X

Surxondaryolik mehnat faxriysi Abdusattor Qurbonovning cho‘llarni o‘zlashtirib, dehqonchilikni rivojlantirishga qo‘shgan hiss
Surxondaryolik mehnat faxriysi Abdusattor Qurbonovning cho‘llarni o‘zlashtirib, dehqonchilikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi haqiqiy qahramonlik sifatida e’tirof etildi. Bekobod metallurgiya kombinatida uzoq yillardan buyon po‘lat erituvchi vazifasida ishlayotgan G‘ulomjon Turonovning “Xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlangani butun metallurglar mehnatining e’tirofidir. Paxtachilik va g‘allachilikda yuksak natijaga erishib, o‘z maktabini yaratgan namanganlik Ilhom Ziyovuddinov, ipak qurtini bahor, yoz va kuz mavsumida parvarishlab, yuqori hosil olayotgan buxorolik pillakor Jamila Xudoyberdiyeva, chorvachilikda ilg‘or texnologiya va zamonaviy yondashuvlarni joriy qilayotgan qoraqalpog‘istonlik Esenbay Aytimuratov hamda suv yo‘qotishlarini kamaytirishga hissa qo‘shayotgan samarqandlik irrigator Aslanqul Karimqulovning xizmatlari ham munosib baholandi. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasini bezatgan usta-naqqosh Sattorxo‘ja To‘xtaxo‘jayevga “Xizmat ko‘rsatgan quruvchi” faxriy unvoni berildi. Facebook|Instagram|X

Prezidentimiz bugun Yangi O‘zbekistonning ovozi eng nufuzli minbarlarda ham baland yangrayotganini, davlatimizning xalqchil,
Prezidentimiz bugun Yangi O‘zbekistonning ovozi eng nufuzli minbarlarda ham baland yangrayotganini, davlatimizning xalqchil, tinchlikparvar siyosati dunyoda e’tirof etilayotganini ta’kidladi.
Hech shubhasiz, yuqoridagi barcha o‘zgarishlar ko‘p millatli xalqimiz, siz kabi jonkuyar yurtdoshlarimiz mehnati bilan amalga oshmoqda,
– dedi davlatimiz rahbari. Qaysi soha yoki vazifada ishlamasin, o‘z mehnatining munosib e’tirofini ko‘rish har bir inson uchun katta baxt ekani ta’kidlandi. Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashab, sidqidildan mehnat qilayotgan 558 nafar fidoyi inson yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Prezidentimiz har bir mukofotlanganning mashaqqatli mehnat yo‘li, erishgan yutuqlari va yurt taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasini yaxshi bilishini ta’kidladi. Mukofotlanganlar orasida butun umrini bunyodkorlikka bag‘ishlagan xorazmlik otaxon Rustam Sultonov ham bor. U kishi tabarruk yoshda bo‘lsalar-da, viloyat nuroniylariga boshchilik qilib, mahalla va qishloqlarni obod qilishda yoshlarga chinakam ibrat bo‘lib kelmoqda. Facebook|Instagram|X

So‘nggi o‘n yilda xalq bilan hamjihat bo‘lib amalga oshirilayotgan ishlar natijasida iqtisodiyot tez sur’atlarda barqaror o‘s
So‘nggi o‘n yilda xalq bilan hamjihat bo‘lib amalga oshirilayotgan ishlar natijasida iqtisodiyot tez sur’atlarda barqaror o‘sib borayotgani qayd etildi. O‘tgan davrda mamlakatimizga 160 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiya kirdi. Iqtisodiyotimiz 2,5 barobardan ziyod ko‘paydi. Joriy yil yalpi ichki mahsulot hajmi 180 milliard dollardan oshishi kutilmoqda. Sanoat tarmoqlari, servis va qishloq xo‘jaligi sohalarida 5 million 700 ming doimiy ish o‘rni yaratildi. Davlat va xususiy sektor ishtirokida 1 million 500 ming o‘rinli zamonaviy maktab, 342 ming o‘rinli bog‘cha va 62 ming o‘rinli shifoxonalar ishga tushirildi. Odamlarning uzog‘ini yaqin qilish uchun 83 ming kilometr umumiy foydalanishdagi ichki yo‘llar qurildi va ta’mirlandi. Hududlarda 8 million aholi yashaydigan xonadonlarga ilk bor markazlashgan ichimlik suvi kirib bordi, yana 11,5 million aholining suv ta’minoti yaxshilandi. O‘tgan o‘n yilda 650 ming oila yangi zamonaviy uy-joyga ega bo‘ldi. Xalqimizda “Uyli bo‘lish – vatanli bo‘lish” degan naql bor. Shu ma’noda, kamida 2,5 million aholi vatanli bo‘ldi! Facebook|Instagram|X

Prezidentimiz mustaqillikning kuch-qudrati madaniyat, san’at va sportni rivojlantirish yo‘lida xizmat qilayotgan insonlarning
Prezidentimiz mustaqillikning kuch-qudrati madaniyat, san’at va sportni rivojlantirish yo‘lida xizmat qilayotgan insonlarning mahoratida, islohotlar ijrosini har bir mahalla va har bir xonadonga yetkazayotgan davlat xizmatchilarining mehnatida ham namoyon bo‘lishini ta’kidladi. Joylarda odamlarni ezgu maqsadlar yo‘lida birlashtirayotgan nuroniylar va mahalla faollari, xalq osoyishtaligi hamda Vatan tinchligini ta’minlayotgan harbiylar va huquq-tartibot xodimlarining jasorati alohida qayd etildi.
Bir so‘z bilan aytganda, Yangi O‘zbekistonning eng katta natijasi, bu o‘zgargan inson, o‘z kuchiga ishongan fuqaro, ertangi kunga daxldorligini his qilayotgan jamiyatdir!
– dedi mamlakatimiz yetakchisi. Fidoyi va bunyodkor vatandoshlarimiz, mustaqillikning eng katta kuchi va tayanchi bo‘lgan butun xalqimizga chuqur minnatdorchilik bildirildi. Prezidentimiz inson qadri ulug‘langan, adolat va taraqqiyotga tayangan Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidan xalq bilan birgalikda dadil borilayotganini ta’kidladi. Facebook|Instagram|X