es
Feedback
6 237
Suscriptores
+524 horas
+467 días
+8230 días
Archivo de publicaciones
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantana
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqiВыступление Президента Шавката Мирзиёева на торжественной церемонии, посвященной 35-летию государственной независимости Республики Узбекистан Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Viloyat hokimi Murotjon Azimov Chiroqchida bo‘ldi Viloyat rahbari tumandagi Amir Temur mahallasining zamonaviy va hashar yo‘l
+9
Viloyat hokimi Murotjon Azimov Chiroqchida bo‘ldi Viloyat rahbari tumandagi Amir Temur mahallasining zamonaviy va hashar yo‘li bilan qurilgan yangi ma’muriy binosi ochilish marosimida ishtirok etdi. So‘ngra, Chiroqchi mahallasida yoshlarning intellektual va madaniy hordiq chiqarishi uchun xizmat qiluvchi mutlaqo yangi qiyofadagi "Kreativ park"ning ochilish marosimida ishtirok etdi. Mazkur "Kreativ park" hududida bepul Wi-Fi zonasi, shinam kutubxona, robototexnika markazi, IT-dasturchilar kovorking xonasi, karving san’ati, ko‘cha rassomchiligi (Street-Art) zonasi o‘z iqtidorlarini namoyish etish maqsadida maxsus Kreativ devorlar va art-hududlar ajratildi. Ochilish marosimidan so‘ng parkda yoshlar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishildi. Viloyat rahbari chiroqchilik yoshlar bilan muloqot qilib, ularning kelajak rejalari bilan qiziqdi. Uchrashuv davomida viloyat hokimi chiroqchilik ijodkor yoshlarga badiiy kitoblar ham sovg‘a qildi. Gov.uz| Telegram| YouTube| FB| Instagram| X

Istiqlolimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram shodiyonasi katta konsert dasturi bilan davom etmoqda. — Торжества по случ
+9
Istiqlolimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram shodiyonasi katta konsert dasturi bilan davom etmoqda. — Торжества по случаю 35-й годовщины независимости продолжаются красочной концертной программой. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Mehnat ahliga ehtirom — inson qadriga e’tibor! Mustaqilligimizning 35-yilligi arafasida obodonlashtirish sohasida mehnat qila
+4
Mehnat ahliga ehtirom — inson qadriga e’tibor! Mustaqilligimizning 35-yilligi arafasida obodonlashtirish sohasida mehnat qilayotgan fidoyi insonlarga ehtirom ko‘rsatildi. Bugun tuman hokimligi tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan 20 nafar obodonlashtirish sohasi xodimlariga oziq-ovqat mahsulotlari to‘plamlari topshirildi. E’tibor va g‘amxo‘rlik — inson qadrini ulug‘lashning eng yuksak ifodasidir. Mehnati bilan tumanimiz obodligiga hissa qo‘shayotgan insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor ezgu an’analarning amaliy ifodasi bo‘lmoqda. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/chiroqchi_press

100 yoshdan oshgan chiroqchilik onaxonga «Shuhrat» medali topshirildi Prezidentimizning Farmoniga ko‘ra, Chiroqchi tumani, Ta
+9
100 yoshdan oshgan chiroqchilik onaxonga «Shuhrat» medali topshirildi Prezidentimizning Farmoniga ko‘ra, Chiroqchi tumani, Tarag‘ay mahallasida istiqomat qiluvchi 100 yoshdan oshgan Saodat ona Yorqulova «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan edi. Bugun viloyat hokimi Murotjon Azimov Saodat onaning xonadonlariga tashrif buyurib, yuksak davlat mukofotini Prezidentimiz nomlaridan tantanali ravishda topshirdi. Saodat onaga uzoq yillik hayotiy tajribasi, yurt va jamiyat hayotidagi munosib o‘rni, ibratli umri uchun samimiy ehtirom bildirildi. Shundan so‘ng viloyat rahbari mahalla "yettiligi" vakillari bilan uchrashib, mahallada aholi daromadini oshirish, yoshlar va xotin qizlar bandligini ta’minlash, mahallani huquqbuzarlik va jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish hamda mahalla infratuzilmasini yaxshilash borasida yettilik tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlar xususida suhbatlashdi. Gov.uz| Telegram| YouTube| FB| Instagram| X

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasini quyidagi havolalar orqali tomo
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasini quyidagi havolalar orqali tomosha qiling: — Смотрите празднование 35-й годовщины государственной независимости Республики Узбекистан по следующим ссылкам: Telegram Youtube Facebook Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#qonun_ijrosi #24_ta_tavsiya #doimiy_komissiyalar_faoliyati 💊 BEPUL BERILADIGAN DORI VOSITALARI TA’MINOTI HAMDA QONUN IJROSI
+4
#qonun_ijrosi #24_ta_tavsiya #doimiy_komissiyalar_faoliyati 💊 BEPUL BERILADIGAN DORI VOSITALARI TA’MINOTI HAMDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI Xalq deputatlari Chiroqchi tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari F. Bobotov, D. Shaymanova, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi J. Ismoilov hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti Huquqiy maslahat byurosi mutaxassisi J. Esanov ishtirokida amaliy o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganishdan asosiy maqsad — Doimiy komissiyalar 19¹-1-moddasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-399-sonli Qonuni ijrosini ta’minlash, shuningdek, aholiga qonunchilikda belgilangan tartibda bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holatini o‘rganishdan iborat bo‘ldi. 🔎 O‘rganish davomida bepul beriladigan dori vositalarining mavjudligi, ularni fuqarolarga yetkazib berish va taqsimlash jarayoni, shuningdek, ushbu xizmatdan foydalanayotgan aholiga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi. 👥 Mas’ullar va fuqarolar bilan suhbatlar davomida dori vositalarini olish jarayonida yuzaga kelayotgan masalalar, mavjud muammolar hamda aholining taklif va murojaatlari tinglandi. 📌 O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda bepul dori vositalari bilan ta’minlash jarayonini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqilishi belgilandi. Shuningdek, aniqlangan muammolar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli deputatlik so‘rovlari yuborish va ularning ijrosini nazoratga olish masalasi ko‘rib chiqildi. 📍 Mazkur o‘rganish — aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning dori-darmon bilan ta’minlanishiga oid qonuniy huquqlarini ta’minlash hamda joylardagi muammolarni aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan. Xalq deputatlari Chiroqchi tumani Kengashi Deputatlik nazorati — qonun ijrosi va xalq manfaatlari ta’minotining muhim kafolati! 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 📱Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube

#LIVE Муротжон Азимов Чироқчи туманидаги Креатив паркнинг очилиш маросимида иштирок этмоқда.

❗️Чироқчидаги шафқатсиз калтаклаш ҳолати бўйича жиноят иши қўзғатилди Ижтимоий тармоқларда Чироқчи туманида фуқаролар ўртасидаги низо ва тан жароҳати етказилгани акс этган видео тарқалган эди. Қашқадарё вилояти Ички ишлар бошқармасини Қашқадарё аҳлига маълум қилишича, ҳолат тўлиқ ўрганилиб, воқеада иштирок этган барча шахслар аниқланган. Мазкур ҳолат юзасидан Чироқчи тумани ИИБ Тергов бўлими томонидан Жиноят кодексининг 277-моддаси 3-қисми «г» банди билан жиноят иши қўзғатилиб, дастлабки тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда. Қайд этилишича, барча иштирокчиларнинг ҳаракатларига ҳуқуқий баҳо берилиб, жазо муқаррарлиги таъминланади.

Муротжон Азимов Чироқчи туманидаги “Амир Темур” МФЙнинг янги биноси очилишида иштирок этди

+1
🇺🇿 100 ёшдан ошган чироқчилик онахонга «Шуҳрат» медали топширилди Давлатимизда инсон қадри, айниқса, кексаларга ҳурмат ва эътибор доимо юксак даражада. Президентимизнинг Фармонига кўра, Чироқчи тумани, Тарағай маҳалласида истиқомат қилувчи 100 ёшдан ошган Саодат она Ёрқулова «Шуҳрат» медали билан тақдирланган эди. Бугун Қашқадарё вилояти ҳокими Муротжон Азимов Саодат онанинг хонадонларига ташриф буюриб, юксак давлат мукофотини Президентимиз номларидан тантанали равишда топширди. Саодат онага узоқ йиллик ҳаётий тажрибаси, юрт ва жамият ҳаётидаги муносиб ўрни, ибратли умри учун самимий эҳтиром билдирилди.

"Kelajak avlodimiz taqdiri, butun millatimiz, xalqimiz, davlatimiz taqdiri muhtaram muallimlarga bog‘liq". O‘zbekiston Respub
"Kelajak avlodimiz taqdiri, butun millatimiz, xalqimiz, davlatimiz taqdiri muhtaram muallimlarga bog‘liq". O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/chiroqchi_press

#PROFILAKTIKA 🟥 Chiroqchi tumanida sodir etilgan yo`l-transport hodisasining muhokamasi bo`lib o`tdi ✅Chiroqchi tumanida, Qa
+9
#PROFILAKTIKA 🟥 Chiroqchi tumanida sodir etilgan yo`l-transport hodisasining muhokamasi bo`lib o`tdiChiroqchi tumanida, Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB boshlig'i hamda tuman hokimligi, tuman Prokuraturasi va tuamn IIB rahbariyati, mahalla faollari, jamoatchilik vakillari va yoshlar ishtirokida, tumanda sodir bo’lgan og'ir oqibatli yo’l-transport hodisasining muhokamasi yuzasidan uchrashuv bo’lib o’tdi. ✅Uchrashuv davomida so'zga chiqqanlar tomonidan, yo’l-transport hodisasining kelib chiqish sababi va oqibati bo’yicha ma’lumotlar berildi. Kelgusida shu kabi holatlarni oldini olish bo’yicha tushuntirish ishlari olib borildi. 🅰Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati

Chiroqchida mehnat faxriylari xolidan xabar olindi Xalqimiz eng ulug‘, eng aziz ayyom — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi
+5
Chiroqchida mehnat faxriylari xolidan xabar olindi Xalqimiz eng ulug‘, eng aziz ayyom — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35-yillik bayramini ulkan bunyodkorlik va yuqori ko‘tarinkilik bilan kutib olmoqda. Mazkur qutlug‘ ayyom arafasida tumanda ko‘p yillar davomida el-yurt ravnaqi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan keksa avlod vakillariga cheksiz hurmat va ehtirom ko‘rsatish tadbirlari izchil davom ettirilmoqda. Chiroqchi tumani hokimi Bahodir Xudoyqulov boshchiligida tuman prokurori Ulug‘bek Ergashev, IIB boshlig‘i Hamza Jamolov hamda tuman “Nuroniy” jamg‘armasi raisi, hokim maslahatchisi Yusuf Shaymanovlar uzoq yillar davlat boshqaruvi tizimida samarali mehnat qilib, bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan nuroniy otaxon va onaxonlarning xonadonlarida bo‘lib, ularning holidan xabar oldilar. Mehnat faxriylari xonadonida bir piyola choy ustida, samimiy ruhda kechgan suhbatlar davomida Chiroqchi tumanining rivojlanish tarixi, o‘tmishdagi mashaqqatli yillar hamda bugungi dorilomon kunlarda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar haqida so‘z bordi. Otaxon va onaxonlar keksalik davrida ko‘rsatilayotgan bunday yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikdan boshlari ko‘kka yetib, yurtimiz tinchligi, osoyishtaligi hamda Chiroqchi zaminining yanada gullab-yashnashini tilab, duoga qo‘l ochishdi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/chiroqchi_press

Танҳоз дарёси бўйидаги янги гидроиншоот ва Қайирма канали Қишлоқ хўжалиги учун сувнинг ҳар бир томчиси қадрли бўлган бу ҳудуд
+4
Танҳоз дарёси бўйидаги янги гидроиншоот ва Қайирма канали Қишлоқ хўжалиги учун сувнинг ҳар бир томчиси қадрли бўлган бу ҳудудда амалга оширилган ишларнинг аҳамиятини ерга меҳр билан қараётган деҳқон ва фермерларнинг сўзларидан ҳам англаш мумкин. Узоқ йиллардан буён аҳоли томорқалари ва фермер хўжаликлари далаларини суғоришга хизмат қилиб келган Қайирма каналининг 1 минг 685 метр қисми бетонлаштирилди. Танҳоз дарёсидан сув олинадиган бош қисмида янги гидроиншоот барпо этилди. – Илгари сувнинг йўқотилиши юқори бўлгани учун каналнинг охирги қисмларига сув тўлиқ етиб бормасди. Бугун амалга оширилган ишлар натижасида бу муаммо анча бартараф этилди. Канал орқали олти ҳудуддаги қишлоқ хўжалиги ерлари ва аҳоли томорқалари сув билан таъминланади, – дейди туман ирригация бўлими гидротехниги Аҳад Аҳмедов. Мутахассиснинг таъкидлашича, амалга оширилган ишлар натижасида 5 минг 300 гектар майдон, жумладан, 135 та фермер хўжалиги ҳамда 21 та маҳалладаги 9 минг 840 аҳоли томорқаларини сув билан таъминлаш даражаси 62 фоиздан 78 фоизга ошган. Бу рақамлар ортида эса минглаб хонадонларнинг дастурхони, далалардаги ҳосил ва одамларнинг эртанги кунга ишончи мужассам. Манба: ЎзА Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/chiroqchi_press

Мустақиллик туҳфалари: инсон қадри ва обод ҳаёт сари ✅Батафсил ўқиш Ўлмас Баротов, Жамшид Норқобилов (сурат), ЎзА мухбирлари
Мустақиллик туҳфалари: инсон қадри ва обод ҳаёт сари ✅Батафсил ўқиш Ўлмас Баротов, Жамшид Норқобилов (сурат), ЎзА мухбирлари Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/chiroqchi_press

#video:Chiroqchida bir guruh soha vakillariga "O‘zbekiston Mustaqilligining 35-yilligi" esdalik ko‘krak nishonlari tantanali topshirildi Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/chiroqchi_press

QASHQADARYO AXBOROTI | Chiroqchi tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy omillarning oldini olish bo‘yicha 2026-yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” ijrosi muhokama qilindi Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/chiroqchi_press

#fotoreportaj: Chiroqchida bir guruh soha vakillariga "O‘zbekiston Mustaqilligining 35-yilligi" esdalik ko‘krak nishonlari ta
+9
#fotoreportaj: Chiroqchida bir guruh soha vakillariga "O‘zbekiston Mustaqilligining 35-yilligi" esdalik ko‘krak nishonlari tantanali topshirildi Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/chiroqchi_press