uk
Feedback
Omar Xalil

Omar Xalil

Відкрити в Telegram

Shiorimiz: • Ezgulik va taqvo yo'lida hamkor bo‘lish • Solih odamlarning hayotini o'rnak qilish • Samimiylik va muhabbatni tarannum etish • Alloh va rasuliga oshiqlikni targ‘ib qilish Murojaat uchun: @Omar_Xalil_bot

Показати більше

📈 Аналітичний огляд Telegram-каналу Omar Xalil

Канал Omar Xalil (@umarhalil) у мовному сегменті Узбецька є активним учасником. На даний момент спільнота об'єднує 11 981 підписників, посідаючи 7 617 місце в категорії Релігія і духовність та 6 783 місце у регіоні Узбекистан.

📊 Показники аудиторії та динаміка

З моменту свого створення невідомо, проект продемонстрував стрімке зростання, зібравши аудиторію у 11 981 підписників.

За останніми даними від 23 червня, 2026, канал демонструє стабільну активність. Хоча за останні 30 днів спостерігається зміна кількості учасників на -71, а за останні 24 години на -18, загальне охоплення залишається високим.

  • Статус верифікації: Не верифікований
  • Рівень залученості (ER): Середній показник залученості аудиторії становить 33.63%. Протягом перших 24 годин після публікації контент зазвичай збирає 7.51% реакцій від загальної кількості підписників.
  • Охоплення публікацій: В середньому кожен допис отримує 4 032 переглядів. Протягом першої доби публікація в середньому набирає 901 переглядів.
  • Реакції та взаємодія: Аудиторія активно підтримує контент: середня кількість реакцій на один пост – 43.

📝 Опис та контентна політика

Автор описує ресурс як майданчик для висловлення суб'єктивної думки:
Shiorimiz: • Ezgulik va taqvo yo'lida hamkor bo‘lish • Solih odamlarning hayotini o'rnak qilish • Samimiylik va muhabbatni tarannum etish • Alloh va rasuliga oshiqlikni targ‘ib qilish Murojaat uchun: @Omar_Xalil_bot

Завдяки високій частоті оновлень (останні дані отримано 24 червня, 2026), канал підтримує актуальність та високий рівень охоплення публікацій. Аналітика показує, що аудиторія активно взаємодіє з контентом, що робить його важливою точкою впливу в категорії Релігія і духовність.

11 981
Підписники
-1824 години
-397 днів
-7130 день
Архів дописів
So’rovnomani 3-bandi eng ko’p ovoz yiqqan. “kitob o’qishim kerak, lekin qiziqish, motivatsiya yo’q”. Muammoni tahlil qilamiz: Bu yerda muammo shu jumlani o’zida turibdi. Chunki sizlar uchun kitob o’qish tanlov emas, majburiyat sifatida his qilinyapti. Agar sizga hozir hech kim sizdan hech narsa kutmasa, hech narsa talab qilmasa nima qilasiz desam, cho’zilib salqin uyda tinchgina dan olaman, oxiriga yetmagan o’yinimni tugatib qo’yaman, cho’milishga borgan bo’lardim, shopping qilgani boraman, sayohatga chiqaman degan javoblarni aytasiz. Nima deb o’ylaysiz, shu javoblarni berayotganda “qilishim kerakda, borishim kerakda..” degan majburiyatni his qilasizmi? Yo’q, chunki bu sizni tanlovingiz. Tanlov esa ehtiyojdan hosil bo’ladi. Nimani tanlashga turtki beradigan motiv esa ichki istak, nimani istash esa zavq bilan qondirish bu qayta tanlovga, ya’ni odatga sabab bo’ladi. Demak, bu yerda motivatsiya uygʻonmasligi tanlov va majburiyat qarama qarshiligida. Ehtimol, maktabdan boshlab kitobni majburlab o’qitish unga bo’lgan istakni tugʻilmasidanoq o’ldirgan bo’lishi mumkin. Oilada kitobga beparvolik, kitob o’qitish uchun malomat yoki bosim qilish kabilar ham uni majburiyat sifatida muxrlaydi. Keyingi sababi, telefon, ijtimoiy tarmoqlar yengil hazmga o’rgatishi, oson dofamin olishga odatlanish. So’rovnomaning shu bandiga ovoz berganlar telefonini taftish qilib ko’rsin, katta ehtimol sizlar telefonni tartibsiz ravishda ko’p ishlatasizlar. Ha deganda telefonga, ijtimoiy tarmoqlarga kiraverasizlar. Hech qanday maqsadli emas, shunchaki zerikishdan qochish uchun, vaqtni shu bilan o’tkazish uchun. Agar sizda shu odat bo’lsa, bu eng yomon to’siqlardan biri. Chunki, kitob sekin o’qiladigan, tushiniladigan va sabr talab qiladigan jarayon. Matn cho’zilib ketti. Keyingi postda buni qanday o’zgartirish yo’llarini o’rtoqlashaman.

Qur’oni Karim ma’nolarining izohli tarjimasi: 42 - Sho'ro surasi

Qur’oni Karim ma’nolarining izohli tarjimasi: 41 - Fussilat surasi

Eskini unitish yoki yangiga koʻnikish - qaysi biri qiyinroq? Ishq imtihoni - bu munosabatlarni romantizatsiya qiluvchi yoshlar uchun yozilgan kitob. Kitob 14 yoshdan 24 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlik, balogʻat va maksimalizm davridagi yigit-qizlarga tavsiya qilinadi. @taskinkitob da bor.

Qur’oni Karim ma’nolarining izohli tarjimasi: 40 - G'ofir surasi

Soʻrovnomamizni eng koʻp ovoz yiqqan bandi “Oʻqishim kerak, lekin qiziqish, motivatsiya yoʻq” deb kitob oʻqishni hayotining bir boʻlagiga aylantira olmayotganlar soni egallagan. Nima qilamiz, nega qiziqa olmayotganingizni, nima uchun motivatsiya kelmayotganini ochib aniqlab koʻramizmi? Yechim kerakmi oʻzi?

Qur’oni Karim ma’nolarining izohli tarjimasi: 39 - Zumar surasi

Xoʻsh, davom etamiz. Navbat “qaysi kitobdan boshlashni bilmayman” deguvchilarning ichki strukturasini ochishga urunib koʻramiz. Shaxsan meni tajribamda qaysi kitobdan boshlasam boʻlarkin degan tanlov falajligi boʻlmagan. Ilk kitobni mustaqil olib oʻqishim 18 yoshimda boshlangan. Eslayman, oʻshanda oyogʻim sinib uyda zerikib ketganimdan boʻsh vaqtni toʻldirish ehtiyojidan paydo boʻlgan. Ota-onamni xonalariga kirib qiziqib ochgan kitobim “al jome as sahih” boʻlgan. Shu asardan keyin kitob oʻqish bu qiziqarli va kerakli ma’lumotlarni olish odatiga aylana boshlagan. Qaysi kitobdan oʻqish kerak degan dilemma faqat oʻquvchilarimda, muxlislarda kuzatilgan. Demak, ichkarida quyidagicha toʻsiqlar ishlayapti: • agar ochgan kitobim qiziqarli boʻlib chiqmasachi, vaqtim behuda ketadi. (Ikkilanish) • kitoblar koʻp menga foydali kitob qanaqa ekanligini qayerdan bilaman? (Ikkilanish) • birorta tajribali odam tavsiyasiga koʻra oʻqish ma’qul (kechiktirish) Bu fikrlar ichki perfeksionizmdan keladi. Hammasi koʻngildagidek boʻlishi kerak, xato qilishga ruxsat yoʻq degan qoida mutolaaga ham qoʻllaniladi. Natijada ishni boshlolmay turib qoladi yoki kechikib ketish oqibatida buni dangasalik deb talqin qiladi. Yechim: 1. Mustaqil qaror qabul qilishni oʻzingizga topshiring. Qanday kitob oʻqish yoki oʻqimaslik boshqalarning tavsiyasiga mutlaqo bogʻlanib qolmasin. Shunchaki, yangi kitobni sinab koʻring. Tamom, qiziqtirmasa oʻqimang, qiziqsangiz demak topdingiz. 2. Kitobni foydali va foydasizga taqsim qilishni oʻrniga, oʻqishni odatga aylantirishni niyat qiling. Bunga shunchaki jarayon sifatida qarashni boshlang. Yuqorida aytganimdek, yoqsa davom ettirasiz, yoqmasa alishtirasiz. Eng muhimi mutolaa jarayoni toʻxtamasin. Kitob almashaversin. 3. Perfeksionist uchun murakkab ish boshlanmasdan toʻxtaydi. Shu tabiatingizni hisobga olgan holda qisqa va ixcham kitoblarni oʻqishdan boshlang. Shu koʻrsatmalarimga amal qilsangiz, ishonamanki, bir oyda 150 betlik kitobni tugatib qoʻyasiz. Bu esa natija.

Kitob oʻqishni “Qaysi kitobdan boshlashni bilmayman” deyayotganlarni ichki motivlarini ochamizmi? Qiziqmi?

Soʻrovnomada “Vaqtim yoʻq” degan variantni tanlagan 95 nafar odamlar va javob bermasada shu sabab bilan hayotida shaxsiy rivojlanishga vaqt sarflamaydigan odamlarning ichki muammosini ochib beraman. Hozir aytadigan gapim, sizlarni hursand qilmaydi, achchiq haqiqat boʻlib yetib boradi. Agar oʻzingiz bilan samimiy boʻlishni istasangiz mudofaga oʻtmasdan muammoni tan olishdan boshlashingiz kerak. Nega sizlarda vaqti yoʻq? Chunki, kitob oʻqish va umuman kitob sizlar uchun muhim va shoshilinch ish emas. Bir sutkalik hayotingizda telefonda sizga foydasi umuman boʻlmagan narsalarga vaqt ajratasiz, lekin kitobga emas. Muammo vaqt masalasi emas, muammo sizni nimaga vaqtni taqsim qilib ajratishingizda. Siz oʻzingiz uchun kitobni boshqa narsalardan muhim ekanini anglab yetmagansiz hali ham. Shu uchun unga vaqt topmaysiz. Aslida vaqt topilganda oʻqish emas, vaqtni ajratish kerak. Huddi, boshqa narsalarga ajratayotganingiz kabi. Sizlarga 3 bosqichli yechim beraman: 1) nega telefonga, ijtimoiy tarmoqlarga vaqt ajrataman, lekin kitobga emas? Shu savolga javob bering. 2) vaqt taqsim qilolmaydiganlarga tizim emas, moslashuvchanlik foydali boʻladi. Kitobni bir vaqtda, bir joyda emas, avtobusda, metroda, uyda, taxida, koʻchada, xiyobonda fursat qilib oʻqib ketaverish. 3) ragʻbatlantirish - bitta kitobni tugatgandan keyin eng sifatli qimmat shokolad bilan oʻzingizni mukofotlang. (Nestle, Россия, Kitkat, Alpen Gold kabi arzon sifatsiz shokoladlar emas. Lindt, RitterSport kamida Milka bilan mukofotlang) Masalan, men shu uch bosqichda ishladim va mutolaani hayotimga qaytardim.

Kitob oʻqishdan ancha qoʻlim chiqib qolgandi. Alhamdulillah, iroda, qat’iyat koʻrsatib yana mutolaani hayotimni bir qismiga q
Kitob oʻqishdan ancha qoʻlim chiqib qolgandi. Alhamdulillah, iroda, qat’iyat koʻrsatib yana mutolaani hayotimni bir qismiga qaytardim. Notiqlik dasturimni rivojlantirish uchun bir yarim yildan beri psixologiyani oʻrganib kelaman. Yaqinda turkiyalik maulliflarning ham psixologik asarlarini oʻqishni boshladim. Amaliy psixologiya mutaxassisi Serhat Yabanjining asari real keyslar misolida yoritilgani uchun ham ancha tushinarli va qiziq boʻldi. Kitobni oʻqishga miyamda juda koʻp toʻsiqlar, bahonalar boʻldi. Men esa bu toʻsiqlarni yenga oldim. Bu tajribalarni qolganlarga ham ulashishni qasd qilib qoʻydim. Shu uchun yuqorida soʻrovnima tashadim. Tez orada soʻrovnoma javoblariga toʻxtalamiz.

Sizni kitob oʻqishdan nima toʻsadi?
Anonymous voting

Qur’oni Karim ma’nolarining izohli tarjimasi: 38 - Sod surasi

Qur’on bilan xulqlanish banda uchun dunyo va oxiratda najotga erishish vositasidir. Qur’onni o‘qishdan, yodlashdan va tadabbur qilishdan maqsad ham shudir. 📚 “Qur'on oshiqlari” - Nozimjon Hoshimjon Narxi: 25 000 soʻm
📱Kitoblarni xarid qilish uchun @kitobdor01 ga yoki @Kitobdoor_bot yozing! 📍Manzil: Xadra maydoni, Toshkent kitob markazi, 1-doʻkon
📦 Oʻzbekiston boʻylab yetkazib berish xizmati mavjud. 🕊Telegram|📱Instagram |📱Facebook

Qamarbooksda yangi kitob taqdimoti boʻlib oʻtadi. 2-may, shanba kuni soat 14:00 da. Millat Umidi universiteti event zoneda. Vaqtingiz boʻlsa, albatta boringlar.

Qur’oni Karim ma’nolarining izohli tarjimasi: 37 - Soffat surasi

“Mubabbat madrasasi” kitobi sotuvda tugagan edi. Qayta yumshoq muqovada nashr boʻlib yana kitob doʻkonlaridagi rastalarga qaytdi. Bu kitobni oʻqigan odam erkak ayol oʻrtasidagi munosabatlarda katta tajribaga, boy materialga ega boʻlishini bot-bot takrorlab kelaman. Asarni qiymatliligi yozuvchi uni falsafiy mulohazalari, subyektiv qarashlari bilan nazariya qilib yozmagan. Real shaxslar, har kimda boʻlishi muqarrar boʻlgan vaziyatlarni, munosabatlarni va muammolarni tahlil qilib javob bergan. Kitobni oʻqib tugatgan har qanday odam yigitlar va erkaklarni, qizlar va ayollarning munosabatlardagi psixologiyasini, xulq atvorini yaxshilab oʻrganib oladi.

Bugun 66-kun va so'ngi eshittirishimiz 🌥 Nabiy alayhissalomdan bir yuz o'ttiz birinchi tarbiyani oʻrganamiz. Audioni eshitganingizdan soʻng, albatta izoh boʻlimiga “Rasulimdan oʻrnak oldim” deb yozib qoʻyishni kanda qilmang. 🕊️

Bugun 65-kun va kechki eshittirishimiz 🌙✨ Nabiy alayhissalomdan bir yuz o'ttizinchi tarbiyani oʻrganamiz. Audioni eshitganingizdan soʻng, albatta izoh boʻlimiga “Rasulimdan oʻrnak oldim” deb yozib qoʻyishni kanda qilmang. 🕊️

Bugun 65-kun va tongi eshittirishimiz 🌥 Nabiy alayhissalomdan bir yuz yigirma to'qqizinchi tarbiyani oʻrganamiz. Audioni eshitganingizdan soʻng, albatta izoh boʻlimiga “Rasulimdan oʻrnak oldim” deb yozib qoʻyishni kanda qilmang. 🕊️