ru
Feedback
Omar Xalil

Omar Xalil

Открыть в Telegram

Shiorimiz: • Ezgulik va taqvo yo'lida hamkor bo‘lish • Solih odamlarning hayotini o'rnak qilish • Samimiylik va muhabbatni tarannum etish • Alloh va rasuliga oshiqlikni targ‘ib qilish Murojaat uchun: @Omar_Xalil_bot

Больше

📈 Аналитический обзор Telegram-канала Omar Xalil

Канал Omar Xalil (@umarhalil) языкового сегмента Узбекский является активным участником. Сейчас сообщество объединяет 11 604 подписчиков, занимая 7 762 место в категории Религия и духовность и 6 802 место в регионе Узбекистан.

📊 Показатели аудитории и динамика

С момента создания невідомо проект демонстрирует стремительный рост, собрав аудиторию из 11 604 подписчиков.

Согласно последним данным от 25 августа, 2026, канал показывает стабильную активность. За последние 30 дней изменение числа участников составило -95, а за последние 24 часа — 0, при этом общий охват остаётся высоким.

  • Статус верификации: Не верифицирован
  • Уровень вовлечённости (ER): Средний показатель вовлечённости аудитории составляет 32.79%. В первые 24 часа после публикации контент обычно набирает 12.45% реакций от общего числа подписчиков.
  • Охват публикаций: В среднем каждый пост получает 3 808 просмотров. В течение первых суток публикация набирает 1 446 просмотров.
  • Реакции и взаимодействия: Аудитория активно поддерживает контент: среднее количество реакций на один пост — 46.

📝 Описание и контентная политика

Автор описывает ресурс как площадку для выражения субъективного мнения:
Shiorimiz: • Ezgulik va taqvo yo'lida hamkor bo‘lish • Solih odamlarning hayotini o'rnak qilish • Samimiylik va muhabbatni tarannum etish • Alloh va rasuliga oshiqlikni targ‘ib qilish Murojaat uchun: @Omar_Xalil_bot

Благодаря высокой частоте обновлений (последние данные получены 26 августа, 2026) канал поддерживает актуальность и высокий уровень охвата публикаций. Аналитика показывает, что аудитория активно взаимодействует с контентом, что делает его важной точкой влияния в категории Религия и духовность.

11 604
Подписчики
Нет данных24 часа
+457 дней
-9530 день
Архив постов
O’zimni kundalik qaydlarim, fikr-muloxazalarimni bo’lishib boradigan yangi blog ochdim. Agar kuzatib borsangiz foydadan holi bo’lmaydi. https://t.me/omar_kundalik

“Payg’ambarning atirgullari” audioasari yana bir egasiga ma’qul bo’lganidan hursandman.
Ва алайкум ассалом. Авваламбор ушбу китобни ёзган ва овозли ҳолатга келтиришда иштирок этган барча азизларимизга ўз миннатдорчилигимни билдираман. Аллоҳ таоло кейинги ишларингизда ҳам Ўзи ёрдамчингиз бўлсин.
Энди китобга келсак жуда ажойиб, олдин ўқиган билган нарсаларимиз яна хотирамизда қайта жонланиб, ўша саодат замонига қайтиб қолгандек бўлдим. Китобдаги воқеалар мусулмон уммати учун катта ўрнак ва намуна бўлиши кераклигини яна бир бор ҳис қилдим. Айниқса воқеаларни тасвирлашда овознинг ҳолатларга қараб мослашиши анча таъсир қиларли бўлган.
Bobur Juraev

Sizlarga yana bir muhim yangilikni e’lon qilib qo’ymoqchiman. Endilikda barcha audiokitoblarimiz bir xil narxda hamyonbop qil
Sizlarga yana bir muhim yangilikni e’lon qilib qo’ymoqchiman. Endilikda barcha audiokitoblarimiz bir xil narxda hamyonbop qilib sotiladi. Inshaalloh, harid qilivchining ichida qimmat degan his o’tmaydi. Siz ham, biz ham rozi. Audiokitoblar haqida ma’lumotni @audiokitob_admin akkauntidan olasiz.

“Payg’ambarning atirgullari” nomli audiokitob haqida tinglovchilarimizdan fikr-muloxaza kelgan ekan. Shuni o’rtoqlashgim keldi.
Ассаламу алейкум
Росулуллох с.а.в.га булган мухаббат бирон бир дуненинг неьматларига булмаган ва ухшамаган ишк. Агар хар бир инсон бу ишкга якинлашишни билса эди, бу ишк тарихи ва суннатга эргашиш учун умрина тикган булармиди.
Китоб укишга вакт тополмаетган инсонларга мана шундай калбларга етиб борувчи аудиоларни тинглашни маслахат берардим. Росулуллох с.а.в. Хакида кеч билган ва кеч калбига мухаббатлари тушганлар канчалик кеч колганини англашиб калблар йиглайди.
Пайгамбар атиргуллари аудиоси мухаббатларини бахам куришга Росулуллохга ва ахли хонадонларига якинлаштиришга таклиф килмокда.
Бу ишкни рад этадиган калблардан килмасин Аллох…
Tinglovchilarga ma’qul bo’layotgani meni hursand qiladi. Yanada ko’proq ijod qilishga undaydi.

Nima deysizlar, biz bilan birga izn so’rab Nabiy alayhissalomning xonadonlariga sayohat qilasizmi?

Yangi audiokitobimiz sotuvga tayyor! Ushbu asarga qancha tavsif bermay baribir hayolingizda yetarli kartina hosil qilolmayman
Yangi audiokitobimiz sotuvga tayyor! Ushbu asarga qancha tavsif bermay baribir hayolingizda yetarli kartina hosil qilolmayman. Undan ko’ra o’zingiz payg’ambar xonadoniga ostona xatlab kiring. Audiokitobni olish uchun @Audiokitob_admin ga “Atirgul” so’zini yozing.

“Payg’ambarning atirgullari” nomli audiokitobni 29-iyulda ovozlashtirishni boshlagandim va bugun 19-avgustda tayyor holda sot
“Payg’ambarning atirgullari” nomli audiokitobni 29-iyulda ovozlashtirishni boshlagandim va bugun 19-avgustda tayyor holda sotuvga chiqariladi. Asarni o’qib hayratlanadigan joyida hayrat, qayg’uli joylarida yig’ladim, hursandchiliklarida sherik bo’ldim, ko’p hollarida bo’g’zimga yig’i tiqilib qiynaldim. Bir muddat Rasulullohning oilalari bilan birga yashadim. Tom ma’noda aytar edikmi, bu kitob Rasululloh alayhissalomning ahli baytlariga ixlos va muhabbatingizni oshirishga xizmat qiladi. Ha, yana bir narsa, buni qog’ozli kitobi sotuvga hech qachon chiqmagan (yana bilmadim). Meni bilasizlarki, odatimga ko’ra kitob holida sotuvda bo’lmagan yangi asarlarni ovozlashtiraman. Audiokitob bugun 19:00 da e’lon qilinadi.

Видеосообщение01:00

O’tgan oydan boshlab shu kungacha “Shaxsiyat” intellektual klubimiz bilan ikki marta safarga chiqdik. Birinchisi Shahrixon tumani, ikkinchisi Marg’ilon shahriga. Ikki safarimizda ham o’sha joydagi kitobxonlar klubi taklifiga binoan bordik. Agar boshqa viloyatlardan ham huddi shunday tashkiliy ishlarni zimmalariga bizni taklif etishsa, albatta boramiz. Birorta kitobxonlik klublari bo’lsa, muhokama va fikr almashinish uchun kitob tanlaymiz va suxbatimiz o’sha asar atrofida qizg’in kechadi. Taklifingiz bo’lsa bemalol chiqavering.

Marg’ilondagi “Sahifa” kitobxonlar klubidagi davra suxbatimizni ham ajoyib tarzda o’tkazib keldik. Mavzu real va qiziq edi. O
+3
Marg’ilondagi “Sahifa” kitobxonlar klubidagi davra suxbatimizni ham ajoyib tarzda o’tkazib keldik. Mavzu real va qiziq edi. O’smirlik yoshidagi ishqiy munosabatlarni qanday sog’lom hal qilish, turmushdagi, ya’ni er-xotin munosabatlarida mehr-muhabbatning o’rni, bu bilan bog’liq muammolar, psixologik mexanizmlar haqida gaplashdik. Ham bilim va tajribalarimizni uka va singillarimiz bilan o’rtiqlashdik, muhokama qildik. Taklif uchun “Sahifa” kitobxonlar klubiga tashakkurimni izhor qilib qolaman. Zo’r suxbat bo’ldi. Mazza qildik 🤝

Uchrashuvimiz bo’lib o’tadigan manzil.

Геолокация

Ertaga, ya’ni shanba kuni soat 14:00 da Marg’ilonga yetib boramiz. Klubimiz a’zolari bilan “Ishq imtihoni” asari ustida suxba
Ertaga, ya’ni shanba kuni soat 14:00 da Marg’ilonga yetib boramiz. Klubimiz a’zolari bilan “Ishq imtihoni” asari ustida suxbat tashkillab taklif etilganmiz. Davra suxbatida ishtirok etish barcha uchun ochiq. Suxbat mavzusi: o’smirlik yoshidagi sevgi munosabatlarini tahlil qilish, maksimalizm paytida sevgini romantizatsiya qilish, turmush o’rtoq tanlashda kerak bo’ladigan qimmatli tajribaviy va psixologik yo’l-yo’riqlar, qisman turmushdan keyingi er-xotin o’rtasidagi ayrim ziddiyatlarni ham tahlil qilamiz. Agar mavzu sizga qiziq bo’lsa, sizga kerakli bo’lsa, albatta kelinglar. Fikr almashamiz.

“Payg’ambarning atirgullari” asarini ovozlashitirishni boshlaganman. Asarni o’qib ovozlashtirar ekanman ko’p joylarida bo’g’z
“Payg’ambarning atirgullari” asarini ovozlashitirishni boshlaganman. Asarni o’qib ovozlashtirar ekanman ko’p joylarida bo’g’zimga yig’i tiqilib qiynalyapman. Asar bunchalik ta’sirli yozilgan deb o’ylamagandim. Muallif so’zlarni, badiiy ifodani maromida, did bilan ishlatganki, marjin shidasidek tergan. Mahorat bilan ifodalagan. Odatda siyrat kitoblarini o’qiganda voqealarni tarixiy jarayon sifatida o’qib ketasiz. Lekin, bu asarni boshqalaridan farqi shundaki, islom tarixidagi voqealarga Rasulullohning xonadonlari ko’zi bilan qarashga undaydi. Qiyinchiliklar, azob va mashaqqatlar, quvonch va dardlar ul zotning zavjalarida, qizlarida qanday aks etgani, ularni hayotida qanday iz qoldirgani mahorat bilan ifodalangan. Ayniqsa, katta qizlari Zaynab va erining o’rtasidagi munosabatlar, Zaynabning tarbiyasi meni lol qoldirdi.

Qur’oni Karim ma’nolarining izohli tarjimasi: 50 - Qof surasi

⚡️SAHIFALAR loyihasida qatnashib kitob o'qishni odatga aylantiring! — 30 kun kitob o'qiymiz — audio orqali sharxlaymiz — o'qi
⚡️SAHIFALAR loyihasida qatnashib kitob o'qishni odatga aylantiring! — 30 kun kitob o'qiymiz — audio orqali sharxlaymiz — o'qishingizni nazorat qilamiz — eng faol kitobxonga bir javon kitoblar sovg'a qilamiz 🎁SIZ ham qatnashing va asosiy sovg'alarimiz: 📚100+ kitoblar va 💻Noutbukka ega bo'ling. Bunday imkoniyatni boy bermang👇 Chellenjga qoʻshilish Chellenjga qoʻshilish Chellenjga qoʻshilish

Navbatdagi suhbat📚 „Sahifa“ kitobxonlik loyihasining navbatdagi suhbati 8-avgust kuni soat 14:00 da „Burhoniddin Marg‘inoniy
Navbatdagi suhbat📚 „Sahifa“ kitobxonlik loyihasining navbatdagi suhbati 8-avgust kuni soat 14:00 da „Burhoniddin Marg‘inoniy“ majmuasidagi kutubxonada bo‘lib o‘tadi. Bu galgi suhbatimiz uchun Muhammad Bo‘zdag‘ning „Ishq imtihoni“ kitobi tanlandi. Suhbatimizning maxsus mehmoni — Omar Xalil. 📌 Suhbatda ishtirok etish mutlaqo bepul. Shuningdek, bu safar oldindan forma orqali ro‘yxatdan o‘tish ham talab etilmaydi — istalgan kitobsevarni mamnuniyat bilan kutib olamiz. Sizni mazmunli suhbat, kitob va samimiy fikrlar almashinuvida kutib qolamiz ✨ Har bir sahifa — yangi ufq

Qur’oni Karim ma’nolarining izohli tarjimasi: 49 - Hujurot surasi

Yangi audiokitob sizlarga manzur bo’ladi degan umiddamiz. Bu kitob orqali Nubuvvat xonadoniga sayr qilamiz. Tez kunlarda e’ti
Yangi audiokitob sizlarga manzur bo’ladi degan umiddamiz. Bu kitob orqali Nubuvvat xonadoniga sayr qilamiz. Tez kunlarda e’tiboringizga havola qilamiz. Hozircha intiq bo’lib turing…)