es
Feedback
Omar Xalil

Omar Xalil

Ir al canal en Telegram

Shiorimiz: • Ezgulik va taqvo yo'lida hamkor bo‘lish • Solih odamlarning hayotini o'rnak qilish • Samimiylik va muhabbatni tarannum etish • Alloh va rasuliga oshiqlikni targ‘ib qilish Murojaat uchun: @Omar_Xalil_bot

Mostrar más

📈 Análisis del canal de Telegram Omar Xalil

El canal Omar Xalil (@umarhalil) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 11 845 suscriptores, ocupando la posición 7 649 en la categoría Religión y espiritualidad y el puesto 6 765 en la región Uzbekistán.

📊 Métricas de audiencia y dinámica

Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 11 845 suscriptores.

Según los últimos datos del 13 julio, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de -192, y en las últimas 24 horas de -8, conservando un alto alcance.

  • Estado de verificación: No verificado
  • Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 32.57%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 10.92% de reacciones respecto al total de suscriptores.
  • Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 3 866 visualizaciones. En el primer día suele acumular 1 296 visualizaciones.
  • Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 33.

📝 Descripción y política de contenido

El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
Shiorimiz: • Ezgulik va taqvo yo'lida hamkor bo‘lish • Solih odamlarning hayotini o'rnak qilish • Samimiylik va muhabbatni tarannum etish • Alloh va rasuliga oshiqlikni targ‘ib qilish Murojaat uchun: @Omar_Xalil_bot

Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 14 julio, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Religión y espiritualidad.

11 845
Suscriptores
-824 horas
-647 días
-19230 días
Archivo de publicaciones
Qur’oni Karim ma’nolarining izohli tarjimasi: 45 - Josiya surasi

📣📣📣 Andijon(Shahrixon)da o’tkazgan ijodiy uchrashuvimizda asar haqida minbarga chiqib muloxaza bildirgan, Omar Xalilga savol bergan qatnashchilarni @narratoruz akkauntiga aloqaga chiqishlarini so’rab qolaman. “Shaxsiyat” klubimiz nomidan ularga hadyalarimiz bor edi.

Kitobxonlar bilan yigʻilishimiz shu manzilda soat 14:00 da bo’lib o’tadi. Kelinglar )

Geolocalización

Mensaje de video00:58

Qur’oni Karim ma’nolarining izohli tarjimasi: 44 - Duxon surasi

Andijonda kitobxonlar klubi bor ekan. Kamina do’stingiz va “Shaxsiyat” klubim a’zolari bilan ushbu ijodiy uchrashuvga taklif
+1
Andijonda kitobxonlar klubi bor ekan. Kamina do’stingiz va “Shaxsiyat” klubim a’zolari bilan ushbu ijodiy uchrashuvga taklif etilganmiz. Qaysi asar haqida suxatlashamiz deyilganida men “Kichkina shahozda” asarini tanladim. Agar siz ham qiziqsangiz suxbatimiz mehmoni bo’lishingiz mumkin.

Qur’oni Karim ma’nolarining izohli tarjimasi: 43 - Zuxruf surasi

So’rovnomani 3-bandi eng ko’p ovoz yiqqan. “kitob o’qishim kerak, lekin qiziqish, motivatsiya yo’q”. Muammoni tahlil qilamiz: Bu yerda muammo shu jumlani o’zida turibdi. Chunki sizlar uchun kitob o’qish tanlov emas, majburiyat sifatida his qilinyapti. Agar sizga hozir hech kim sizdan hech narsa kutmasa, hech narsa talab qilmasa nima qilasiz desam, cho’zilib salqin uyda tinchgina dan olaman, oxiriga yetmagan o’yinimni tugatib qo’yaman, cho’milishga borgan bo’lardim, shopping qilgani boraman, sayohatga chiqaman degan javoblarni aytasiz. Nima deb o’ylaysiz, shu javoblarni berayotganda “qilishim kerakda, borishim kerakda..” degan majburiyatni his qilasizmi? Yo’q, chunki bu sizni tanlovingiz. Tanlov esa ehtiyojdan hosil bo’ladi. Nimani tanlashga turtki beradigan motiv esa ichki istak, nimani istash esa zavq bilan qondirish bu qayta tanlovga, ya’ni odatga sabab bo’ladi. Demak, bu yerda motivatsiya uygʻonmasligi tanlov va majburiyat qarama qarshiligida. Ehtimol, maktabdan boshlab kitobni majburlab o’qitish unga bo’lgan istakni tugʻilmasidanoq o’ldirgan bo’lishi mumkin. Oilada kitobga beparvolik, kitob o’qitish uchun malomat yoki bosim qilish kabilar ham uni majburiyat sifatida muxrlaydi. Keyingi sababi, telefon, ijtimoiy tarmoqlar yengil hazmga o’rgatishi, oson dofamin olishga odatlanish. So’rovnomaning shu bandiga ovoz berganlar telefonini taftish qilib ko’rsin, katta ehtimol sizlar telefonni tartibsiz ravishda ko’p ishlatasizlar. Ha deganda telefonga, ijtimoiy tarmoqlarga kiraverasizlar. Hech qanday maqsadli emas, shunchaki zerikishdan qochish uchun, vaqtni shu bilan o’tkazish uchun. Agar sizda shu odat bo’lsa, bu eng yomon to’siqlardan biri. Chunki, kitob sekin o’qiladigan, tushiniladigan va sabr talab qiladigan jarayon. Matn cho’zilib ketti. Keyingi postda buni qanday o’zgartirish yo’llarini o’rtoqlashaman.

Qur’oni Karim ma’nolarining izohli tarjimasi: 42 - Sho'ro surasi

Qur’oni Karim ma’nolarining izohli tarjimasi: 41 - Fussilat surasi

Eskini unitish yoki yangiga koʻnikish - qaysi biri qiyinroq? Ishq imtihoni - bu munosabatlarni romantizatsiya qiluvchi yoshlar uchun yozilgan kitob. Kitob 14 yoshdan 24 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlik, balogʻat va maksimalizm davridagi yigit-qizlarga tavsiya qilinadi. @taskinkitob da bor.

Qur’oni Karim ma’nolarining izohli tarjimasi: 40 - G'ofir surasi

Soʻrovnomamizni eng koʻp ovoz yiqqan bandi “Oʻqishim kerak, lekin qiziqish, motivatsiya yoʻq” deb kitob oʻqishni hayotining bir boʻlagiga aylantira olmayotganlar soni egallagan. Nima qilamiz, nega qiziqa olmayotganingizni, nima uchun motivatsiya kelmayotganini ochib aniqlab koʻramizmi? Yechim kerakmi oʻzi?

Qur’oni Karim ma’nolarining izohli tarjimasi: 39 - Zumar surasi

Xoʻsh, davom etamiz. Navbat “qaysi kitobdan boshlashni bilmayman” deguvchilarning ichki strukturasini ochishga urunib koʻramiz. Shaxsan meni tajribamda qaysi kitobdan boshlasam boʻlarkin degan tanlov falajligi boʻlmagan. Ilk kitobni mustaqil olib oʻqishim 18 yoshimda boshlangan. Eslayman, oʻshanda oyogʻim sinib uyda zerikib ketganimdan boʻsh vaqtni toʻldirish ehtiyojidan paydo boʻlgan. Ota-onamni xonalariga kirib qiziqib ochgan kitobim “al jome as sahih” boʻlgan. Shu asardan keyin kitob oʻqish bu qiziqarli va kerakli ma’lumotlarni olish odatiga aylana boshlagan. Qaysi kitobdan oʻqish kerak degan dilemma faqat oʻquvchilarimda, muxlislarda kuzatilgan. Demak, ichkarida quyidagicha toʻsiqlar ishlayapti: • agar ochgan kitobim qiziqarli boʻlib chiqmasachi, vaqtim behuda ketadi. (Ikkilanish) • kitoblar koʻp menga foydali kitob qanaqa ekanligini qayerdan bilaman? (Ikkilanish) • birorta tajribali odam tavsiyasiga koʻra oʻqish ma’qul (kechiktirish) Bu fikrlar ichki perfeksionizmdan keladi. Hammasi koʻngildagidek boʻlishi kerak, xato qilishga ruxsat yoʻq degan qoida mutolaaga ham qoʻllaniladi. Natijada ishni boshlolmay turib qoladi yoki kechikib ketish oqibatida buni dangasalik deb talqin qiladi. Yechim: 1. Mustaqil qaror qabul qilishni oʻzingizga topshiring. Qanday kitob oʻqish yoki oʻqimaslik boshqalarning tavsiyasiga mutlaqo bogʻlanib qolmasin. Shunchaki, yangi kitobni sinab koʻring. Tamom, qiziqtirmasa oʻqimang, qiziqsangiz demak topdingiz. 2. Kitobni foydali va foydasizga taqsim qilishni oʻrniga, oʻqishni odatga aylantirishni niyat qiling. Bunga shunchaki jarayon sifatida qarashni boshlang. Yuqorida aytganimdek, yoqsa davom ettirasiz, yoqmasa alishtirasiz. Eng muhimi mutolaa jarayoni toʻxtamasin. Kitob almashaversin. 3. Perfeksionist uchun murakkab ish boshlanmasdan toʻxtaydi. Shu tabiatingizni hisobga olgan holda qisqa va ixcham kitoblarni oʻqishdan boshlang. Shu koʻrsatmalarimga amal qilsangiz, ishonamanki, bir oyda 150 betlik kitobni tugatib qoʻyasiz. Bu esa natija.

Kitob oʻqishni “Qaysi kitobdan boshlashni bilmayman” deyayotganlarni ichki motivlarini ochamizmi? Qiziqmi?

Soʻrovnomada “Vaqtim yoʻq” degan variantni tanlagan 95 nafar odamlar va javob bermasada shu sabab bilan hayotida shaxsiy rivojlanishga vaqt sarflamaydigan odamlarning ichki muammosini ochib beraman. Hozir aytadigan gapim, sizlarni hursand qilmaydi, achchiq haqiqat boʻlib yetib boradi. Agar oʻzingiz bilan samimiy boʻlishni istasangiz mudofaga oʻtmasdan muammoni tan olishdan boshlashingiz kerak. Nega sizlarda vaqti yoʻq? Chunki, kitob oʻqish va umuman kitob sizlar uchun muhim va shoshilinch ish emas. Bir sutkalik hayotingizda telefonda sizga foydasi umuman boʻlmagan narsalarga vaqt ajratasiz, lekin kitobga emas. Muammo vaqt masalasi emas, muammo sizni nimaga vaqtni taqsim qilib ajratishingizda. Siz oʻzingiz uchun kitobni boshqa narsalardan muhim ekanini anglab yetmagansiz hali ham. Shu uchun unga vaqt topmaysiz. Aslida vaqt topilganda oʻqish emas, vaqtni ajratish kerak. Huddi, boshqa narsalarga ajratayotganingiz kabi. Sizlarga 3 bosqichli yechim beraman: 1) nega telefonga, ijtimoiy tarmoqlarga vaqt ajrataman, lekin kitobga emas? Shu savolga javob bering. 2) vaqt taqsim qilolmaydiganlarga tizim emas, moslashuvchanlik foydali boʻladi. Kitobni bir vaqtda, bir joyda emas, avtobusda, metroda, uyda, taxida, koʻchada, xiyobonda fursat qilib oʻqib ketaverish. 3) ragʻbatlantirish - bitta kitobni tugatgandan keyin eng sifatli qimmat shokolad bilan oʻzingizni mukofotlang. (Nestle, Россия, Kitkat, Alpen Gold kabi arzon sifatsiz shokoladlar emas. Lindt, RitterSport kamida Milka bilan mukofotlang) Masalan, men shu uch bosqichda ishladim va mutolaani hayotimga qaytardim.

Kitob oʻqishdan ancha qoʻlim chiqib qolgandi. Alhamdulillah, iroda, qat’iyat koʻrsatib yana mutolaani hayotimni bir qismiga q
Kitob oʻqishdan ancha qoʻlim chiqib qolgandi. Alhamdulillah, iroda, qat’iyat koʻrsatib yana mutolaani hayotimni bir qismiga qaytardim. Notiqlik dasturimni rivojlantirish uchun bir yarim yildan beri psixologiyani oʻrganib kelaman. Yaqinda turkiyalik maulliflarning ham psixologik asarlarini oʻqishni boshladim. Amaliy psixologiya mutaxassisi Serhat Yabanjining asari real keyslar misolida yoritilgani uchun ham ancha tushinarli va qiziq boʻldi. Kitobni oʻqishga miyamda juda koʻp toʻsiqlar, bahonalar boʻldi. Men esa bu toʻsiqlarni yenga oldim. Bu tajribalarni qolganlarga ham ulashishni qasd qilib qoʻydim. Shu uchun yuqorida soʻrovnima tashadim. Tez orada soʻrovnoma javoblariga toʻxtalamiz.

Sizni kitob oʻqishdan nima toʻsadi?
Anonymous voting