cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

O'zbekiston Ekologik partiyasi

Рекламні дописи
17 772
Підписники
-8724 години
+1 3807 днів
-23430 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

01:21
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#Ekopartiya #Jizzax O'zbekiston Ekologik partiyasi a'zolari safi kengaymoqda. Jizzax davlat pedagogika universitetining tabiiy fanlar fakulteti dekani, kimyo fanlari doktori, professor Yaxshiyeva Zuhra Ziyatovna O'zbekiston Ekologik partiyasi a'zoligiga qabul qilindi. Zuhra Ziyatovna kelgusida yurtimizdagi ekologik holatni yaxshilash, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirishda partiya safida turib, bilim va salohiyatini safarbar etishni o'z oldiga maqsad qilib olgan. ✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Показати все...
42.14 MB
🌳 «Oila va TABIAT» gazetasining 2024 yil 6 iyundagi 23-sonida o‘qing: ✅ Umidimiz bolalardan, ular bizni o‘zgartirishi mumkin ✅ Navoiydagi «yashil makon»lar bugun yashilmi? ✅ Shaharlar «o‘pkasi» – yashillik hammaga kerak, katta qurilishlarni to‘xtatmayotgan mutasaddilarga-chi? ✅ Maktabdagi muammolar qachon tizimli hal etiladi? ✅ Qiyshayib o‘sgan daraxtlar siri nimada? Web ilova orqali o‘qishFacebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Показати все...
Oila_va_tabiat_23-son.pdf1.11 MB
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Istiqbolli loyihalar turizm imkoniyatlarini kengaytiradi
2024-yilning 1-may holatiga ko‘ra, 511 ming nafar mahalliy, 121 ming nafar xorijiy turistlar jalb qilinib, turizm xizmatlari eksporti 24,1 mln. AQSH dollariga yetkazildi. Yil yakuniga qadar xorijiy sayyohlar oqimini 500 mingga, mahalliy turistlarni 4 millionga, turizm xizmatlari eksportini 100 mln. dollarga yetkazish maqsad qilingan.
👉 BATAFSIL Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
Показати все...
Suv isrofining oldi olindi ✍️O‘zbekiston Ekologik partiyasi Marg‘ilon shahar Kengashiga Kirgili mavzesining Toshkent ko‘chasidagi 29-uy ro‘parasida toza ichmlik suvi tarmog‘i yorilib suv isrof bo‘layotganligi haqida murojaat kelib tushgan edi. 💦Ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Marg‘ilon shahar Kengashi raisi, shahar Kengashi deputati Matlubaxon Abduraxmonova Farg‘ona viloyati suv ta’minoti AJ. Farg‘ona shahar bo‘limi rahbari Sanjarbek Abdullayev bilan bog‘lanib, mas’ullar yordamida muammoni joyiga borib o‘rgandi va zudlik bilan ushbu muammo bartaraf etildi. ✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Показати все...
Bir tup ko‘chat ham ekologiyamiz uchun muhim O‘zbekiston Ekologik partiyasi Zafarobod tuman partiya tashkiloti hamda tuman Kengashi deputati hamkorligida "Samarqand" MFY da joylashgan 18-maktab hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan ko‘chatlarning holati bo‘yicha jamoatchilik nazorati olib borildi. Maktab hududida 300 ga yaqin mevali va manzarali daraxtlar ekilgan, ammo "Yashil makon" platformasiga ekilgan daraxtlar soni 500 ta, deb kiritilgan. Ko‘chatlar parvarishi uchun mas’ul xodimlar biriktirilgan bo‘lsada sug‘orish tizimi mavjud emas. Daraxtlar parvarishi uchun mas’ul xodimlar biriktirilishiga qaramasdan 100 ga yaqin daraxtlar nobud bo‘lgan. Mas’ullardan e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz. Zero, bir tup ko‘chat ham ekologik barqarorlikni ta’minlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. ✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Показати все...
5-iyun — "Butunjahon atrof-muhit kuni" Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida 5-iyun "Butunjahon atrof-muhit kuni" munosabati bilan “Ona tabiatni asraylik” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari va O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent viloyati Kengashi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi va ekologiya sohasida faoliyat yuritayotgan turli davlat va nodavlat muassasalari, talaba-yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Tadbirda so‘z olgan viloyat partiya tashkiloti vakillari dunyo bo‘ylab kuchayib borayotgan ekologik muammolar va ularning salbiy oqibatlari to‘g‘risida so‘z yuritib, yurtimizda ekologik qoidabuzarliklarning oldini olish maqsadida qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgartirishlar, o‘tkazilayotgan jamoatchilik monitoringi va eshittiruvlari shuningdek, yurtdoshlarimiz ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida olib borilayotgan targ‘ibot tadbirlari va ularning samarasi haqida so‘z yuritib, barcha yurtdoshlarimizni bu borada faollikka chorladi. Tadbirning birinchi qismida Barkamol avlodning tabiat sevar bolajonlari ishtirokida "Tabiat himoyachisi" va "Mening bog‘im" mavzusida sakkiz yosh va o‘n ikki yoshdagi bolalar o‘rtasida rasmlar tanlovi o‘tkazildi. Tadbir yakunida 5-iyun - "Butunjahon atrof-muhit kuni" munosabati bilan o‘tkazilgan "Eng yaxshi ekovideorolik" sherxonlik, fotosuratlar tanlovida g‘olib bo‘lgan yoshlar tantanali tarzda taqdirlandilar. ,,,
Показати все...
01:47
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Axborot 24 | «Ko'ngil ekologiyasi» nomli rasmlar tanlovidan lavha. Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Показати все...
3.mp422.25 MB
#Ekopartiya #Buxoro Barqaror ekologiya — farzandlarimiz kelajagi garovidir! 🌿Ekopartiya rahbari Abdushukur Xamzayevning “Ekologiya va yoshlar” mavzusida Buxoro viloyati Oliy ta’lim muassasalari yoshlari bilan uchrashuvi tashkil etildi. 💧Unda Buxoro viloyatida global iqlim o‘zgarishlari, uning oqibatida hududda yuzaga kelayotgan salbiy ekologik vaziyat — suv resurslariga bo‘lgan yuqori talab, tuproqning kun sayin ortib borayotgan sho‘rlanish darajasi, havo haroratining me’yordan ortiq isishi kabi masalalarning ilmiy yechimlari xususida so‘z yuritildi. 🌾— Biz kundalik hayotimiz, ish faoliyatimiz, shuningdek, yashash tarzimizda ekologik jihatlarga ahamiyat qaratmas ekanmiz, kelajak avlodlar oldidagi insoniy mas’uliyatimizni ado etmagan bo‘lamiz. Farzandlarimizga barqaror ekologik muhit qoldirish eng asosiy maqsadlarimizdan bo‘lmog‘i lozim, — dedi A.Xamzayev. ✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Показати все...
#Ekopartiya #Samarqand Samarqand davlat universitetida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Samarqand viloyat partiya tashkiloti, viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi hamkorligida 5 iyun — "Butunjahon atrof-muhit kuni” munosabati bilan “Atrof-muhitni muhofaza qilishning dolzarb masalalari” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Unda so‘zga chiqqanlar atrof-muhitni muhofaza qilishning dolzarb masalalari, “Yashil makon” umummilliy loyihasi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, ekologik madaniyatni shakllantirish bo‘yicha qilinishi kerak bo‘lgan ishlar haqida so‘z yuritildi. Tadbir so‘ngida bir guruh qatnashchilar viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi va O‘zbekiston Ekologik partiyasi viloyat partiya tashkilotining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. ✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Показати все...
#Buxoro #Anjuman 〽️Anjumanda "Mamlakatimiz ekologik holatini barqarorlashtirishda Ekopartiyaning o'rni" mavzusida ma’ruza qilgan Abdushukur Xamzayev insoniyat uchun eng zarur resurslardan biri kislorod hosil qiluvchi asosiy manba bu dengiz va okeanlar ekanligi, bular mavjud bo‘lmagan mamlakatlarda esa ularning o‘rnini to‘ldiruvchi eng maqbul manbalar o‘rmon va daraxtzorlar ekanligini ta’kidladi. Fikrini aniq dalillar asosida isbotlagan A.Xamzayev "Bir yilda bir inson o'rtacha 740 kg kislorodga ehtiyoj sezishi, 10 metrlik bir tup gujum bir yilda 100 kg kislorod ishlab chiqarishini aytar ekan 2 million aholiga ega bo‘lgan Buxoro viloyatida yashovchi har bir insonning kislorodga to‘yib nafas olishi uchun o‘rtacha hisobda 15 million tup katta yoshli daraxt bo‘lishi kerakligi haqida so‘z yuritdi. 🍃Shuningdek, partiya rahbari viloyatda kuchayib borayotgan boshqa ekologik muammolarga ham to‘xtalib ularning yechimi sifatida o‘zining taklif va tavsiyalarini bildirib o‘tdi. ✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Показати все...