Umar Sadullayev | Blog
Відкрити в Telegram
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad
Показати більше5 143
Підписники
+224 години
-197 днів
-5530 днів
Архів дописів
Hamayli, insof tegib qolar bularga ham.
Ungacha esa do'stimiz Abduazizni kanalidagi ajoyib hazil postni ulashmoqchiman.
Ko'p asrlar ilgari React Vue va Angular bo'lgan emush 😄
Marhamat: https://t.me/AbduazizPy/191
#hazil
@JoshDeveloper
Ha menimcha bu ham haligi IELTS kurslari qiladigan ishga o'xshab, borganingizda 5 yillik tajribangiz bo'lishi kerak desa kerak a ? 🤣
Gap yo'q 👌
#tanqid
@JoshDeveloper
Yangilikni eshitdingizmi ?
0 dan, 3 oyda, professional Web dasturchi bo'lish ? Yana 480$ emish.
Mazzami ?
@JoshDeveloper
Kommentda maslahat bergan hammaga rahmat. Bir ikki variantlarni saqlab qo'ydim. InshaaAlloh dam olishim tugashi bilan birisiga borib ko'raman. Yaxshi joy bo'lsa kanalda ham tavsiya qilarman sizlarga InshaaAlloh.
------------------------
Aytgancha, Frontint.uz kursiga berilgan chegirmani bugun oxirgi kuni.
Ba'zilar shu chegirma narxida sotib olishni kelishib qo'yishyapti oldindan. Sharti 10-Fevralgacha.
Siz ham bugun kelishib qo'ysangiz bo'ladi chegirmada, 10-Fevralgacha to'lash sharti bilan. Ertadan esa o'z narxida sotiladi yana.
Ulgurmaganlar bo'lsa deb aytyapman-da 🌚
@JoshDeveloper
Toshkentda bir inson uchun alohida xonali Coworking zonalar bormi ?
Kim bilsa kommentni yoqib qo'ydim shu postga, qoldirsin manzilini yoki saytini.
Uyda ishlab bo'lmay qoldi. Yaxshi ishlash uchun tinchroq joy qidirmasam bo'lmaydi. 😢
Rahmat.
@JoshDeveloper
Tepadagi postda gap Backend kodlar haqida ketmayotganini tushunayotgan bo'lsangiz kerak deb umid qilaman.
Backend qismida ish ko'p. Unga tanqid qilinmayapti.
Tanqiddan maqsad tayyor olingan Telegram UI qismi va yana ba'zi narsalar.
Bu narsa rostan ham uyatli narsa xolos. Backendni shuncha qiynalib qilganlarga UI'ni Telegramdan shunchaki ko'chirish yarashmaydi.
Tanqid kompaniya yoki kompaniya ishchilariga emas, mahsulotga yo'naltirilgan. O'zingizga olib yurmang shuyerda ishlasangiz. Ishdan ketgandan keyin kulib qo'yadigan narsa xolos bu.
Tanqidni to'g'ri qabul qila oladiganlarga rahmat. 👋
@JoshDeveloper
G'oya 💡
E, Telegramni open-source kodlarini olib, nomini o'zgartirib, yangi messenjer qildik deb chiqamizmi ?
Kim ham bilib o'tiribdi, nomi o'zgarganku a ? Zato, shuncha million soqqa qilamiz. Yana bir ikki "jiddiy" narsalar ham qilamiz. Masalan, .......... hamayli, jiddiyroq ekan, aytmay qo'ya qolay.
Asosiysi hali bunday ajabtovur g'oyani bizda hech kim qilmagan.
Ha nima, qilganmi yoki ? 🧐
To'xtangchi 🤨 -
https://t.me/xushnudbek/18080
#tanqid
@JoshDeveloper
Bugun ajoyib bir saytni ulashishdi.
Sizlarga ham ulashyapman.
grep.app - Yarim million "Github repo"lar ichidan, siz so'ragan kodlarni "Search" qiladigan sayt.
Mazza 🌚
Share ✈
@JoshDeveloper
Shogirdlarimdan biri, Frontint.uz da o'qigan, ishga kiribdilar.
Yoqimli holat ustoz sifatida bunday xabarlarni olish.
MaashaaAlloh
Ustoz bo'lishni eng zavqli onlaridan biri, kimgadir foydangiz tegayotganini his qilish bo'lsa kerak. ☺️
@JoshDeveloper
Har ehtimolga qarshi Recruiter opalani kontaktlarini yig'ib yurish zarar qilmaydi. 😄
Hazil.
Bu lay-off'lar Itransition'da emas, ishlayotgan loyihamda. Agar ishchi 🪓 bo'lsa ham loyihadan, boshqa loyiha qidirishadi unga Itransition. Outsourcing & Outstaffing kompaniyalarni yaxshiroq jihatlaridan biri mana shunda.
Agar topa olishmasachi deysizmi ? Unda tepadagi kontaktlar asqotib qolishi mumkin.
Shunaqa gaplar.
@JoshDeveloper
Lay-offs
Ishlayotgan loyihamda ham "lay-off"lar boshlandi.
Kecha bir QA Tester'imizga bu oy oxirgi oy ekanligini aytishibdi. Juda yoqimsiz holat. Internetda o'qiganingiz boshqa ekan, ko'rganingiz boshqa ekan. Juda xafa bo'ldim u uchun.
Endi dasturchilarni ko'rib chiqishayotgan ekan. Ko'ramiz natijalarni endi nima bo'lar ekan, inshaaAlloh. 🌚
#layoffs
@JoshDeveloper
Kommentni o'chirib yaxshi qilibman.
Hozir kommentda jang boshlangan bo'lar edi. 😄
Hazillashamanda. Asosiysi JS va Frontend o'zini yaxshi bilish kerak. Freymvork hech narsa emas bo'lib qoladi shunda. Qayerdan o'rganaman deysizmi ? (demasangiz ham aytaman🌚)
Frontint.uz saytida mavzular bo'limi bor. JS va Frontendga aloqador mavzular yozilgan. Kim xohlasa shularga qarab o'zi o'rgansin. Bo'lmasa esa pastroqda boshqa yo'lini narxlari bor. 🌚
@JoshDeveloper
Nuxt va Vue'chilar uchun maxsus master-class bo'layotgan ekan.
Kimga qiziq bo'lsa, marhamat: https://t.me/colearninguz/740
Angular baribir kuchli, adashmang!
(Hazil edi. Adashavering😁.)
@JoshDeveloper
Yaxshi gaplar aytibdi Arslan aka.
Mazmuni:
Shuncha katta kompaniyalarda minglab ishchilarini ishdan bo'shatishdi.
Biznes shunday, o'zgarib turadi, o'zgarganda esa ishchilarga "ruhsat" berishadi.
Maslahatim, hech qaysi bir ishi joyingizga o'rganib qolmang.
Hardoim Ustingizda ishlash uchun yo'llarni qidiring va yangi imkoniyatlarni qidirib yuring. ...
#maslahat
@JoshDeveloper
Eslatib o'taman, Frontint.uz kursimizga berilgan chegirmalar tugashiga oz qoldi.
Fevralgacha ulgurib qoling.
Narxlar
Classic: 690 000 so'm (Chegirmada 621 000 so'm)
Pro: 750 000 so'm (Chegirmada 675 000 so'm)
Premium: 850 000 so'm (Chegirmada 765 000 so'm)
Batafsil ma'lumot va bog'lanish uchun: Frontint.uz
@JoshDeveloper
Repost from Uz Javascript Meetup
Biz qaytdik👋
UzJS Community Meetup'ning 2-sonida sizni kutyabmiz!
Tajribali speaker'lar va zamonaviy texnologiyalarga oid bo'lgan mavzularni kutib oling:
▫️ Unit testing va Jest
▫️ Graphics programming on Web
▫️ Graphql from zero to hero
📌 Tadbir so'ngida foydali networking qilish imkoniyatiga ega bo'lasiz, hamda dasturchilarimizga sizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin:)
O'tkazilish vaqti: 28-yanvar, 10:00
Manzil: Mohirdev ofisi (IT Park, Mirzo Ulug’bek yonida).
📍 https://yandex.uz/maps/-/CCUzRTfeOB
Ro'yxatdan o'tish uchun: https://forms.gle/BPQQYAGSB86vvhUw6
UzJSCommunity bilan birgalikda rivojlaning 🚀
👉🏻 @jsmeetupuz
Tagged Template Literals
Ushbu mavzuga quyida video dars yozdim. Marhamat.
https://youtu.be/zrdGOFdRGTs
@JoshDeveloper
Poll natijalari:
Hozir 665 ta ovoz to'plandi. 281 insonga maqola shaklida ilm ulashish ma'qul bo'lsa, 384 insonga videodarslik ma'qul kelibdi.
Shaxsiy fikrim shuki, maqola o'qiy olishlik aslida juda ham yaxshi qobiliyat. Ammo, ko'pchilik bu darajadan uzoqlashib bormoqda. Ayniqsa hozirgi davrda, juda dangasalashib ketyapmiz.
Videodars esa ayni muddao. Ko'rib o'tiraverasiz 😄
Demak, hammani fikrini hisobga olib, mavzuni katta-kichikligiga qarab ikkisida ham ilm ulashishga harakat qilaman. inshaaAlloh
@JoshDeveloper
Maqola qulaymi yoki videodarslikmi ?
(Ikkisiga vaqt ajratish qiyin)
