Umar Sadullayev | Blog
Відкрити в Telegram
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad
Показати більше5 143
Підписники
+224 години
-197 днів
-5530 днів
Архів дописів
Kanalimiz endi ochilganda qo'yilgan kanal rasmini topib oldim. 😄
Ko'p maqolalar yozib turar edim. Biroz to'xtab qoldi.
Endi inshaaAlloh biroz chuqurroq tushuntirib maqola yozishdi davom etaman.
Avval va'da qilganimdek, Tagged Template literals haqida maqola yozmoqchiman. Oson mavzu, ammo ko'pchilik bilmaydi. Balki video ham olarman. InshaaAlloh
#stayTuned
@JoshDeveloper
Frontint.uz kursimizda kurs o'quvchilarga qanchalik ma'qul kelgani haqida so'rovnoma o'tkazdik.
Natija rasmdagidek, 34 ta inson fikrini bildirgan. 31 ta insonga darslar ma'qul kelgan. 3 ta inson "Bo'ladi"ni tanlagan.
0 ta insonga yoqmagan.
Kursni sotib olishga ikkilanayotganlar bo'lsa dedimda 🙃
Batafsil: Frontint.uz
@JoshDeveloper
String'lardagi toUpperCase() va toLowerCase() metodlari Time Complexity bo'yicha quyidagi qaysi Big O turiga kiradi ?
Repost from Umar Sadullayev | Blog
Design patterns
Design patterns bu dasturlarda tez-tez uchraydigan muommolarga umumiy yechimlar.
/* - - - Buyerda design patterns haqida ajoyib ma'lumotlar bo'lishi mumkin edi. - - - */
Hozircha ushbu video pleylistni tavsiya qila olaman(hammasi o'rgatilmagan). O'zim bir zamonlar ancha foyda olgandim. Esimdan chiqibdi katta qismi. Shu pleylistni sizlarga ham ulashyapman, to'liq emas, ammo bu boshlab olish uchun yaxshi.
marhamat:
https://www.youtube.com/playlist?list=PLZlA0Gpn_vH_CthENcPCM0Dww6a5XYC7f
Ushbu sayt ham juda foydali(to'liq): https://refactoring.guru/design-patterns
@JoshDeveloper
React intervyulariga tayyorgarlik kursi ochildi. Frontint kursimiz davomi sifatida.
Qiziqqanlar: https://t.me/nurmukhamedoff_dev/1009
@JoshDeveloper
Kod yozib, uni git commit qilayotganda, uni tushunarli va toza ekanligiga ahamiyat berasizmi ?
Repost from MOCKINT.UZ
Yangilik 🎉
Mockint.uz loyihamizda mutaxassislar soni yana bittaga ko'paydi.
VueJS va Angular bo'yicha Senior Software Engineer, Doniyor aka Yusupov safimizga qo'shildilar.
Senior darajasiga Vue va Angulardan endilikda intervyu topshirish imkoningiz mavjud.
O'z joyingizni band qilib qoling. 😉
#interviewer
Rasmiy telegram manzilimiz: @MockInt
Google'ga ishga kirish nega qiyin bilasizmi ?
Chunki ular nimani "Google" qilganingiz va qilayotganingizni bilishadi. 😅
#joke
@JoshDeveloper
Postdagi "XX daqiqa" degan joydagi XX'ni rim raqamida o'qimanglar tag'in 😄
U shunchaki, raqamni yashirish uchun edi 😄
Unday bo'lsa, tahminan 100 000 000 so'm bo'lib ketar ekanda. 🤷♂️
@JoshDeveloper
Birinchi daromadim... 💸
Bundan 3 yil oldin, 200 000 so'mga bir saytni "Responsive" qilish uchun buyurtma olganman. 😄 Naqt 2 hafta ishlaganman shu vazifa ustida.
Buyurtma qanday chiqqan ?
Buning uchun, o'zimni borligimni bildirganman iloji boricha hamma yerga. Ish kerakligini aytib e'lonlar berganman, hatto OLX'ga ham e'lon bergan ekanman 😂
Shundan keyin sekin sekin daromadga kirib ketgandim. 200 000 so'm boshlab olish uchun juda ajoyib summa. Harxolda shu yillarda shunday edi. (Yangi O'zbekiston hali uncha qurilmagandida #tanqid)
Buni aytishimdan maqsad, hozirda ko'pchilik o'zini borligini bildirishni bilmaydi. Yana boshqalar esa, arzonga ish chiqsa, "Vey, shu ham pulmi ?" deydi. Shu xatolarni to'g'irlash kerak. Odamlarga dasturchi ekanligingizni, ish qidirayotganingizni bildiring. Tanish-bilishlarga ayting, xullas "ovoza" qiling. Daromadga chiqish kasbimizda o'ylagandan ko'ra qiyinroq. Ayniqsa hozirgi davrda. Harakatni yaxshi qilmasangiz, 3-4 yilda ham daromadga chiqmay yuraverasiz. Ammo, shuni ham bilingki, yaxshi harakat qilgan inson natijasini albatta oladi inshaaAlloh.
"Motivassa" uchun aytaman, tepadagi 200 000 so'mni hozir XX daqiqada topaman. Alhamdulillah, Allohni fazli bilan. O'sha davrlarda, bu oylikni hatto orzu ham qilmaganman. Karyeramni eng ochilishiga sabab bo'lgan ishni ham, guruhlarda ish so'rab topganman. Alloh natijasini bergan.
Shunaqa gaplar 🙂
@JoshDeveloper
Repost from Umar Sadullayev | Blog
Qachon va qaysi kodga TEST yozishim kerak ? 🤔
Test yozishda asosiy qoidalardan biri: "Action, expected result".
Ya'ni, biror jarayon sodir bo'lganda, kutilgan natija nima bo'lishi.
Testlar umuman shu narsani tekshiradi. Masalan, biror tugmada "click" jarayoni sodir bo'lganda(tugma bosilganda), natija HTTP so'rov yuborilishi bo'ladi.
Bu holatda, testimiz tugma bosilganda HTTP so'rov ketdimi yo'qmi tekshiradi. Keyingi testimiz esa, HTTP so'rov ketganda natija kelishini tekshiradi. Yoki, biror funksiya ishlaganda, biror qiymat o'zgarishi kerak va hokazo.
E'tibor bersangiz, hammasi bitta oddiy qoidaga bo'ysunishyapti, "Action, expected result" (Jarayon, kutilgan natija)
Test yozishga qiynalayotgan bo'lsangiz, shu qoidani yodlab oling. "Jarayon, kutilgan natija".
Shu xolos.
Umid qilamanki post foydali bo'ldi.
Ulashishni unutmang 😉
@JoshDeveloper
Poll natijasidan ko'rinib turibdiki, oramizda yolg'on gapiradiganlar ko'p ekan-a ? 😄
Hozir, "Kasbingizni yaxshi ko'rishingiz kerak, pul uchun kirmang biror kasbga" deyishimni kutayotgan bo'lsangiz kerak)
Yo'q. Unday demayman. Yaxshi ko'rsangiz juda yaxshi, ammo yaxshi ko'rmasangiz-u, yaxshi va halol daromat qilayotgan yoki qilish niyatida bo'lsangiz, shuni o'zi ham kifoya.
Ko'pchilik rost belgilaganiga ishonmayman. Chunki, agar oyiga 15 000$ lik ish chiqsa, aniq bilaman katta qismi yoqtirgan ishini tashlab ketadi. Ba'zi rostan yaxshi ko'radiganlardan tashqari.
Ko'pchilikni yaxshi ko'rgan kasbidan ko'ra ko'proq yaxshi ko'rganlari, og'irroq sharoitdagi oilasi bor. Oilasi uchun halol va serdaromad kasbni tanlash, oilasiga qiyinchilik qilib, yoqtirgan kasbida yurgandan yaxshiroq. Yaxshi ko'rish ham o'zi nisbiy tushuncha. Qalb esa o'zgaruvchan.
Shunday ekan, yaxshi ko'rasizmi yo'qmi, modomiki ishingiz yaxshi va halol ekan, "gazini bosavering" )
@JoshDeveloper
Frontint.uz kursimizga yozayotganlar ko'pchiliki bo'lib berishga so'rayotgani sabab, bir yangilikni e'lon qilmoqchiman.
Endilikda Frontint.uz kursini ikki xil ko'rinishda sotib olish imkoni bor:
1. Kurs to'liq narxi. (-10% chegirma Fevralgacha)
2. Ikki bo'lib to'lash. (50% shu zahoti, 50% 1 oy ichida)
Kurs mavzulari, shakli va narxlari qiziqmi ?
Unda Frontint.uz saytimizdan barcha ma'lumotlarni olishingiz mumkin.
@JoshDeveloper
Daftar ishlating.
Shogirdlarimga eng ko'p maslahat beradigan gapim shu. Yangi texnologiya o'rganyapsizmi ? Bir daftar yoki jurnal tuting va hamma narsani chiroyli qilib yozib yuring. Nega aynan daftar ? Notion yoki shu kabi dasturlarchi ? Daftar bo'lishi iloji boricha shart. Chunki daftardan o'qish oson, dangasalik qilish kamroq bo'ladi, yana kompyuterdan turgan paytingiz ham bemalol o'qib, yodlab, o'rganib yurasiz. Va hkz.
Bu ikkisini sinab ko'rganman va siz ham sinab ko'rsangiz nima deyotganimni tushunasiz.
#maslahatcha
@JoshDeveloper
Hey, Frontend yo'nalishida qiyin mavzular-u atamalarni, intervyuda tushadigan osondan qiyingacha bo'lgan savollarni va ularga to'g'ri javoblarni qanday o'rgansam ekan deyapsizmi ?
Unda sizga ajoyib yangilik bor. 🌚
FRONTINT - Frontend intervyularga tayyorgarlik videokursimiz sotuvga chiqdi. 🎉
Kursda hozirda ITransition kompaniyasida Strong Middle darajasida Frontend Dasturchi bo'lib ishlayotgan @JoshDeveloper mentorlik qilgan.
Kurs mavzulari, shakli va narxlari qiziqmi ?
Unda Frontint.uz saytimizdan barcha ma'lumotlarni olishingiz mumkin.
Fevral oyigacha barcha uchun 10% chegirma mavjud.
Nimani kutyapsiz ? 😉
♟ "Chess Engines", algoritmlar, kompyuter qanday shaxmat o'ynaydi ❔
Ushbu postda kompyuter bizga qarshi qanday shaxmat o'ynashini ko'rib chiqamiz.
Davomi
@JoshDeveloper
Bugun Frontint.uz kursimizni oxirgi darsi yozib olinadi. Sentabrda boshlangan kursimiz bugun o'z nihoyasiga yetadi.
Sotuvga chiqadimi ?
- Albatta inshaaAlloh. Yaqin kunlarda sotuv e'loni va chegirmalar haqida post joylayman inshaaAlloh. Frontend bo'yicha O'zbek tilidagi eng yaxshi kurslardan biri bo'lishidan umidvormiz. Kursda intervyularda tushadigan juda ko'p mavzularni dars ko'rinishida o'tdik. Ko'p qismini amalda ham ko'rsatib berildi.
Xullas, #StayTuned :)
@JoshDeveloper
Repost from Umar Sadullayev | Blog
ChatGPT va boshqa AI'lar dasturchilarni ishini olib qo'yadimi ?
Albatta yo'q. U AI tool'lar shunchaki dasturchini ishini yengillashtiradi xolos. Baribir asosiy ishni dasturchi qiladi. U yozib bergan kodni dasturchi o'qiydi, to'g'irlaydi, joylaydi va ishlatadi.
Xullas, motivatsiyani yo'qotmasdan "gazini bosaveringlar".
AI'lar haqida yana ham eshitmoqchi bo'lsangiz, bu borada mutaxassis Anvar aka Narzullayev bilan qilgan suhbatimizni qayta eshitishni maslahat beraman. Link.
#munosabat
@JoshDeveloper
