uk
Feedback
#archive

#archive

Відкрити в Telegram

Natural, Neutral, Nonsense by @e_ceo

Показати більше
999
Підписники
Немає даних24 години
Немає даних7 днів
Немає даних30 днів
Архів дописів
Repost from N/a
➡️ 🔡🔡🔡🔡🔡🔡🔡🔡 👥 📍 t.me/magazines_english (1.9k) 📍 t.me/zoirbeks (private) 📍 t.me/intizone (not in process) 📍 @Turdiev_lessons (not in process) 👤 me - @z_l08, @M1stake_maker, @Gregory_House ... 💳 9860 0401 1801 9062

We're done!

👨‍💻 Endi prezentatsiyalar tayyorlashni ham siz uchun AI'ning o'zi bajaradi ℹ️ Tome - har qanday matnni vizuallashtirilgan taqdimotlarga aylantirish uchun maxsus platforma. Faqat kerakli fayllarni yuklaysiz, tavsif qo'shasiz - va DALL-E2 asosidagi AI sizga eng yaxshi natijalarni beradi. 💸 Bepul versiyada neyrotarmoq ishlashi bo'yicha cheklov mavjud (500 kredit). Obuna (oyiga $8) bilan hech qanday cheklov yo'q, shuningdek, jamoaviy ish uchun ish maydoni va taqdimotlarni pdf formatiga eksport qilish kabi afzalliklar qo'shiladi. ➡️ #ai | Birinchi IT-Blog

Repost from Outer mind
Bugun Stanford universiteti tomonidan oʻtkazilgan bir qiziq tadqiqotga* koʻzim tushib qoldi. Unga koʻra tanga uloqtirilganda ikki tarafning ham tushish ehtimolligi 50/50 emas, aksincha 51/49 (aniqrogʻi 50.8/49.2) foizni tashkil qilar ekan. Siz tangani qaysi tarafini yuqoriga qaratib uloqtirsangiz shu tarafining qaytib tushish ehtimolligi 1% ga ortiq boʻladi. Demak, endi bahslarda nima qilishni bilasiz)) *Dynamical Bias in the Coin Toss - Stanford Statistics

Repost from Aziz Rahimov
Diqqat qilishni o'rganasiz. 15 minut ham diqqat qila olmayman. Menga diqqat yetishmayapti deb o’ylaysiz. Bir soat Youtube video ko’rasiz. Umuman chalg’imaysiz. Muammo diqqat emas, zerikish ekanligini tushunasiz. Qiziq narsalarga diqqat bor. Zerikarlilarga yo’q. Zerikishini bilmaymiz. Yolg’iz kiradigan xonaga ham telefon olib kiradiganlarni taniyman. Telefonni tashlab yurib keling. Faqat qog’oz, qalam bilan ishlab ko’ring. Bir kun internetsiz yashang. Qorong’u xonada o’tirib ko’ring. Zerikishni o’rganing. Diqqat qilishni ham o’rganasiz. @azizrakhimov_blog

Kitobxonlar, sovg‘a 🫴 Elektron va audio kitoblar xarid qilishingiz uchun 14 000 so‘mlik kupon beramiz. Asaxiy Books ilovasin
Kitobxonlar, sovg‘a 🫴 Elektron va audio kitoblar xarid qilishingiz uchun 14 000 so‘mlik kupon beramiz. Asaxiy Books ilovasini yuklab oling, kuponni aktivlashtiring va mutolaani boshlang. Kupon kodi: HIMOYACHI Ilovani yuklab olish: onelink.to/nxtyp6 @asaxiybooks

Repost from Outer mind
Ta'lim haqida gap ketganda siyqasi chiqib ketgan bir xulosani juda koʻp bor eshitamiz: Hayot saboqlaridan koʻp dars olgan "aqlli" insonlar: "Nega bu, bu va bu kabi bilimlarni maktabda oʻrgatishmagan? Nega buni oʻrniga hayotda biron marta qoʻllanilmaydigan sin, cos va yana qandaydir tushunarsiz son va chizmalarni oʻrganganmiz? Nega bizni hayotga, muvaffaqiyatsizliklarga tayyorlashmagan? Nega...nega..va yana negalar..." Oʻrinli gap soʻzlar, qoʻshilaman, biroq: okay xoʻp hamma "aqlli" insonlar shu fikrda ekan qani biror joyda qachondir shu boʻyicha tajriba (experiment) oʻtkazib koʻrilganmi? Taxminan 30 ta oʻquvchini bir guruhga aylantirib, maktabga borishni boshlaganda toki uni bitirguncha boʻlgan muddatda xuddi shu hamma oʻqitilishini talab qiladigan hayotiy bilimlar bilan tarbiyalangan oʻquvchilar bormi? Oʻtkazilgan boʻlsa dunyoni ostin ustun qilib yuboradigan natijalar koʻrsatishganmi? Umuman soʻngi bir necha asr davomida shu gaplar qayta qayta takrorlanadi, ammo bironta shunaqa tajribani nahotki hech kim oʻtkazmagan boʻlsa? Oʻtkazilgan boʻlsa natija muvaffaqiyatsiz boʻlgani uchun sas sadosiz yoʻq boʻlib ketganmi? Yoki faqat man eshitmaganmanmi? Nima demoqchiman: Odamlar ta'lim tizimini bu yerini oʻzgartirish kerak, mana bu yerini oʻzgartirish kerak, mana bu narsalar qoʻshish kerak deb gapirishadi. Ularning fikricha bu "qoʻshimchalar" ta'lim tizimini rivojlanishiga, oʻquvchilarda katta oʻsishga olib keladi. Ammo bu fikrlarning bari nimaga asoslangan? Kimdir shu ishni qilgan va natijasi ijobiy boʻlgani uchun aytyapsizmi yoki tasavvuringizda shunday qilsa toʻgʻri boʻladi degan fikrlaringizga asoslanibmi? Agar birinchisi boʻlsa oʻsha asoslarni koʻrsata olasizlarmi? Kimdir shunday tajriba oʻtkazilgani haqida maʼlumotga ega boʻlsa komentlarda yozib qoldirsin. P.s: Bu yerda birgina oʻzbekiston taʼlim tizimini nazarda tutmayapman.

So‘nggi haftalarda ko‘plab mamlakatlarda COVID-19 bilan kasallanish holatlari ko‘paygani sababli Jahon sog‘liqni saqlash tash
So‘nggi haftalarda ko‘plab mamlakatlarda COVID-19 bilan kasallanish holatlari ko‘paygani sababli Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti odamlarni yana niqob taqish va vaksina olishga chaqirdi. https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/06/masks/?utm_source=push&utm_medium=telegram Kanalga obuna bo‘ling 👉 @gazetauz_ozb

Toshkentda havo ifloslanishi yuqori darajaga yetdi. Shu sabab ushbu so‘rovnomada poytaxt va unga yaqin hududlarda yashovchilarning fikri o‘rganilmoqda. Sizda shu kunlarda qisqa yo‘tal kechyaptimi? Agar yo‘tal bor bo‘lsa, bunga nima sabab deb o‘ylaysiz?
Anonymous voting

Baxt tushunchasi hamma uchun har xil Kimnidir instagramda qandaydir qiliqlarini ko'rasizda: "uyalmasmikan shunaqa qilishdan, man hechqachon qilmas" - edim deysiz. Ha, siz qilmas edingiz, ammo u siz emas, u umuman boshqa odam. U boshqa muhitda katta bo'lgan. Unda boshqacha orzulari bor. Siz uni hechqachon tushunmaysiz. "3 yilini sarflab Amerikaga universitetga tayyorlanguncha, o'zimizni Westda o'qib qo'ysayam bo'laverardi" - deysiz. Lekin u shunchaki o'qib qo'ymoqchi emas. U agar US da o'qimasa o'qishidan naf yo'q. U shuni orzu qilgan. Uni olovini o'chirib, istalgan universitetga oborganingiz bilan u xursand yashamaydi. "Mashina olsa bo'lmaydimi, shuncha pul topib taksida yuradi" - deysiz. Balki u odamga umuman mashinada yurish yoqmas. Siz uchun mashinada yurish baxti unda yo'qdir. "Shu birgina kabobxonasi bilan 10 yildan beri yashayabdi, kengaytirishni ham istamaydi" - deysiz, u kengaytirmaydi ham. Uning baxti sizga o'xshab boy bo'lish emas, oilasi bilan ko'proq vaqt o'tkazish. "Shu qizni qayeri yoqar ekan unga" - deysiz. Ammo u dunyo go'zali bilan ham baxtli bo'lolmaydi. "Hayotini xavf ostiga qo'yib osmondan parashutda sakrashi shartmi? dunyoda shuncha ko'ngilochar ishlar bor" - deysiz. Ammo u burgutday uchish uchun tug'ilgan. Bir marta tug'ilgan. Bir marta o'ladi. Osmondan o'zini tashlamasa ham mashina urib ketib o'lishi mumkin. U uchun shu baxt. Sizning baxt tushunchangiz boshqacha bo'lsa bu hamma ham shunday baxtli bo'ladi degani emas. Insonlarni baxtli yashashga qo'yib bering. Hammamiz borganda o'zimiz uchun javob beramiz. O'zingiz baxtli yashang. Oilangizni baxtli bo'lishiga yordam bering.

Repost from Zoirbek LIVE
Shu qatori ayrim web-saytlarni ham aytib o'tish kerak. M-n: https://uz-konkurzs.space/ ushbu sahifa. 😝 Birinchidan, lo'x bo'lishni istamasangiz qaysidur kompaniya yubileyini nishonlayotgani haqidagi ma'lumotni o'sha kompaniya rasmiy sahifalaridan fact-checking qilib olishga erinmang. 😝 Ikkinchidan, nafsni ozgina tiyib turli xil saytlar yoki shu kabi scam manbaalar talab qilayotgan parollar, sms va telegram kodlarni ko'r-ko'rona berib yuborishdan avval kod kelgan xabarni sinchiklab o'qib to'g'ri joyga yo'llayotganingizga amin bo'ling. 😝 Uchinchidan, referral havolalar o'zida turli xil id yoki foydalanuvchining yakkalik kodini o'z ichiga olishi kerak bo'ladi. Masalan http://t.me/anonaskbot?start=638615136 havolasi o'zida mening shaxsiy telegram id raqamimdan(638615136) siz yo'llaydigan xabar aynan meni tanib olish uchun foydalangan, ya'ni mening telegramdagi manzilim desa ham bo'ladi. Ovoz yig'ayotgan yoki berayotgan paytda ba'zan shu kabi hollarga e'tibor berish kifoya. ⚠️ Shaxsiy ma'lumotlarni firibgarlardan ehtiyotlang. Tekin ovqat faqat qarmoqda bo'ladi. Oddiy passport ma'lumotlaringiz orqali bo'yningizga bankdan kredit ilib ketishlari mumkin. Uyingizni hech qulflamay qoldirmaganingizdek, ma'lumotlarga ham shunday e'tibor bering, qadriyatda moddiyatning hukmronligi allaqachon tugagan. Ko'proq e'tiborli bo'ling, yaqinlaringizni ham ogohlantirishni unutmang. 🔩 @e_ceo

Repost from Aziz Rahimov
Yaxshilikni muddati har xil bo’ladi Institutda gigiyena o’qituvchimiz bahoimni oson qo’yib bergandi. Yaxshilik qilyapti deb o’ylagandim o’sha payt. Farmatsevtika qiynagandi. Yodlatgandi. Chizdirgandi. Talab qilib qo’ygan edi. Dorilarni hammasi hali ham yodimda turibdi. Yillar o’tib ular kattaroq yaxshilik qilganlarini tushunib yetdim. Bola yig’lagani uchun shokolad olib bergan ota - yaxshilik qildi. Olib bermay, yomon ko’rinib - sabrga, hamma narsaga ham yetishib bo’lmasllika o’rgatgan ota kattaroq yaxshilik qildi. Onam bolalar bilan kompyuterxonaga chiqarmas edilar. Otam kitob o’qishga majburlar edilar. Yaxshiliklarini katta bo’lib tushunib yetdim. Eng katta yaxshiliklar uzoq muddatli yaxshiliklar bo’ladi. Faqat ularni paytida bilmas ekansiz. Eng yaxshilar sizga yomon ko’rinib bo’lsa ham yaxshilik qiladi. Ularga yaxshi ko’rinish emas, yaxshi bo’lishingiz muhimroq bo’ladi. @azizrakhimov_blog

Repost from N/a
➡️ Projects 👥 📍 t.me/intizone (not processing) 📍 t.me/zoirbeks (private) 📍 t.me/magazines_english (1.2 k) 📍 @Turdiev_lessons (not processing) 👥 gorizont_portfolio.t.me 👤 me - @z_l08

Repost from SUBYEKTIV
Kichik qishloqdan GIGANT kompaniyalargacha — Kremniy vodiysidagi oʻzbeklar ⚡️ Subyektivchilar! Nihoyat yangi koʻrsatuvimiz ch
Kichik qishloqdan GIGANT kompaniyalargacha — Kremniy vodiysidagi oʻzbeklar ⚡️ Subyektivchilar! Nihoyat yangi koʻrsatuvimiz chiqdi. Quyidagi havola orqali oʻtib uni tomosha qilishingiz mumkin 👇🏼 Tomosha qiling 👉🏼 https://youtu.be/aitLkJ_VYMw?si=zpeMm3W_cI7jSPO8

Biz juda koʻp kitob sotib olamiz Biz juda koʻp seminarlarda qatnashamiz. Juda koʻp darslar olamiz. Behisob kitoblar sotib olamiz. Sanoqsiz podkastlarni tinglaymiz. Juda koʻp mashgʻulotlarga qatnashamiz. Lekin hammasi behuda! Agar oʻrganayotgan narsamiz asli nima ekanini aniq bilmasak, barcha harakatlarimiz behuda. Oʻrganish — qatnashish, tinglash yoki oʻqish emas. Bu shunchaki bilim olish ham emas. Oʻrganish, asli, toʻgʻri amal haqidagi bilimni shu bilimga asoslangan harakatga aylantirishdir. Boshqacha aytganda, u oʻzgarishni anglatadi. Doimo yodda tuting: oʻrganish oʻzgarish demakdir. Agar oʻzgarmagan boʻlsak, demak, oʻrganmabmiz. Siz bugun nima oʻrgandingiz? @asaxiybooks

Talabalarning qishki taʼtilga chiqib ketishi va qaytib kelishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. Jumladan, Transport vazirligi bilan hamkorlikda talabalar uchun qoʻshimcha yoʻlovchi poyezdlar hamda avtobuslar yoʻnalishlari va Talabalar shaharchasida sayyor kassalar tashkil etildi. Hurmatli talabalar, agarda hududlarga chiqib ketishda transport vositalari bilan bogʻliq muammolar yuzaga kelsa, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqarma boshligʻi Nodir Qosimov (+998909249679), Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori oʻrinbosari Fozilbek Farhodov (+998900033434)larga murojaat qilishingiz mumkin.

Repost from Zoirbek LIVE
FAROSAT VA SHARQ. 🪴Usmoniylar davlati davrida: – Deraza oldida sariq gul turgan bo‘lsa, bu uyda kasal kishi bor. Uy oldida va hattoki bu ko‘chada shovqin-suron qilma degan ma’noni bildirgan... – Deraza oldida qizil gul turgan bo‘lsa, bu uyda turmushga chiqish yoshiga yetgan, bokira qiz bor. Uy oldidan o‘tayotganingda gap-so‘zingga e’tiborli bo‘l, haqorat so‘zlarni gapirma degan ma’noni bildirgan... – Qizga sovchi bo‘lib kelgan yigitning namozxon ekanligini yoki benamoz ekanligini bilish uchun shimining tizzasiga e’tibor berishgan... – Mehmonga qahvaning yonida suv ham keltirilar edi... Agar mehmon to‘q bo‘lsa, avval qahvani, aksincha och bo‘lsa, avval suvni olardi. Shunga qarab mehmonga dasturxon yozib taom tayyorlanardi yoki meva keltirilardi... – Eshik ustida ikkita to‘qmoq bo‘lardi. Biri yo‘g‘on, ikkinchisi ingichka. Kelgan kishi ayol bo‘lsa, eshikni ingichka to‘qmoq bilan taqillatardi. Shundan kelib chiqib, xonadon sohibasi eshikni ochardi. Agar erkak kishi bo‘lsa, yo‘g‘on to‘qmoq bilan taqillatardi. Xonadon sohibasi eshikni parda bilan to‘sib ochardi yoki biror mahrami (eri va h.k.) ochardi. – Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning 63 yoshda vafot etganlari e’tiboridan 63 yoshdan oshgan ulug‘larimizdan yoshlari so‘ralganda: “Haddan oshdik”, deyishardi... – Yo‘lda kichiklar kattalarning oldiga tushib yurmas edi... – Fitr sadaqasi, Zakot mollari Ramazondan avval – Sha’bon oyida berilardi, “Faqiru fuqaro Ramazonga to‘qlik bilan kirsin”, deyishardi. – Yigitlar kelishilgan, unashtirilgan yoki yoqtirgan qizlar bilan uchrashuvga borganlarida hadiya sifatida oyna olib borishardi. Bu: “Senga o‘zingdan yanada go‘zalroq beriladigan hadya yo‘q”, degani edi. Yana "biz tarixda hozirgi holatimizdanda yuksakroq edik" desam ko'zlaring chaqchayadi.