cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

#archive

Natural, Neutral, Nonsense by @e_ceo

Більше
Рекламні дописи
999
Підписники
-324 години
-387 днів
-8730 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Repost from N/a
➡️ 🔡🔡🔡🔡🔡🔡🔡🔡 👥 📍 t.me/magazines_english (1.9k) 📍 t.me/zoirbeks (private) 📍 t.me/intizone (not in process) 📍 @Turdiev_lessons (not in process) 👤 me - @z_l08, @M1stake_maker, @Gregory_House ... 💳 9860 0401 1801 9062
Показати все...
We're done!
Показати все...
01:10
Відео недоступнеДивитись в Telegram
👨‍💻 Endi prezentatsiyalar tayyorlashni ham siz uchun AI'ning o'zi bajaradi ℹ️ Tome - har qanday matnni vizuallashtirilgan taqdimotlarga aylantirish uchun maxsus platforma. Faqat kerakli fayllarni yuklaysiz, tavsif qo'shasiz - va DALL-E2 asosidagi AI sizga eng yaxshi natijalarni beradi. 💸 Bepul versiyada neyrotarmoq ishlashi bo'yicha cheklov mavjud (500 kredit). Obuna (oyiga $8) bilan hech qanday cheklov yo'q, shuningdek, jamoaviy ish uchun ish maydoni va taqdimotlarni pdf formatiga eksport qilish kabi afzalliklar qo'shiladi. ➡️ #ai | Birinchi IT-Blog
Показати все...
file.mp47.36 MB
Repost from N/a
Bugun Stanford universiteti tomonidan oʻtkazilgan bir qiziq tadqiqotga* koʻzim tushib qoldi. Unga koʻra tanga uloqtirilganda ikki tarafning ham tushish ehtimolligi 50/50 emas, aksincha 51/49 (aniqrogʻi 50.8/49.2) foizni tashkil qilar ekan. Siz tangani qaysi tarafini yuqoriga qaratib uloqtirsangiz shu tarafining qaytib tushish ehtimolligi 1% ga ortiq boʻladi. Demak, endi bahslarda nima qilishni bilasiz)) *Dynamical Bias in the Coin Toss - Stanford Statistics
Показати все...

Repost from Aziz Rahimov
Diqqat qilishni o'rganasiz. 15 minut ham diqqat qila olmayman. Menga diqqat yetishmayapti deb o’ylaysiz. Bir soat Youtube video ko’rasiz. Umuman chalg’imaysiz. Muammo diqqat emas, zerikish ekanligini tushunasiz. Qiziq narsalarga diqqat bor. Zerikarlilarga yo’q. Zerikishini bilmaymiz. Yolg’iz kiradigan xonaga ham telefon olib kiradiganlarni taniyman. Telefonni tashlab yurib keling. Faqat qog’oz, qalam bilan ishlab ko’ring. Bir kun internetsiz yashang. Qorong’u xonada o’tirib ko’ring. Zerikishni o’rganing. Diqqat qilishni ham o’rganasiz. @azizrakhimov_blog
Показати все...
Repost from Asaxiy Books
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Kitobxonlar, sovg‘a 🫴 Elektron va audio kitoblar xarid qilishingiz uchun 14 000 so‘mlik kupon beramiz. Asaxiy Books ilovasini yuklab oling, kuponni aktivlashtiring va mutolaani boshlang. Kupon kodi: HIMOYACHI Ilovani yuklab olish: onelink.to/nxtyp6 @asaxiybooks
Показати все...
Repost from N/a
Ta'lim haqida gap ketganda siyqasi chiqib ketgan bir xulosani juda koʻp bor eshitamiz: Hayot saboqlaridan koʻp dars olgan "aqlli" insonlar: "Nega bu, bu va bu kabi bilimlarni maktabda oʻrgatishmagan? Nega buni oʻrniga hayotda biron marta qoʻllanilmaydigan sin, cos va yana qandaydir tushunarsiz son va chizmalarni oʻrganganmiz? Nega bizni hayotga, muvaffaqiyatsizliklarga tayyorlashmagan? Nega...nega..va yana negalar..." Oʻrinli gap soʻzlar, qoʻshilaman, biroq: okay xoʻp hamma "aqlli" insonlar shu fikrda ekan qani biror joyda qachondir shu boʻyicha tajriba (experiment) oʻtkazib koʻrilganmi? Taxminan 30 ta oʻquvchini bir guruhga aylantirib, maktabga borishni boshlaganda toki uni bitirguncha boʻlgan muddatda xuddi shu hamma oʻqitilishini talab qiladigan hayotiy bilimlar bilan tarbiyalangan oʻquvchilar bormi? Oʻtkazilgan boʻlsa dunyoni ostin ustun qilib yuboradigan natijalar koʻrsatishganmi? Umuman soʻngi bir necha asr davomida shu gaplar qayta qayta takrorlanadi, ammo bironta shunaqa tajribani nahotki hech kim oʻtkazmagan boʻlsa? Oʻtkazilgan boʻlsa natija muvaffaqiyatsiz boʻlgani uchun sas sadosiz yoʻq boʻlib ketganmi? Yoki faqat man eshitmaganmanmi? Nima demoqchiman: Odamlar ta'lim tizimini bu yerini oʻzgartirish kerak, mana bu yerini oʻzgartirish kerak, mana bu narsalar qoʻshish kerak deb gapirishadi. Ularning fikricha bu "qoʻshimchalar" ta'lim tizimini rivojlanishiga, oʻquvchilarda katta oʻsishga olib keladi. Ammo bu fikrlarning bari nimaga asoslangan? Kimdir shu ishni qilgan va natijasi ijobiy boʻlgani uchun aytyapsizmi yoki tasavvuringizda shunday qilsa toʻgʻri boʻladi degan fikrlaringizga asoslanibmi? Agar birinchisi boʻlsa oʻsha asoslarni koʻrsata olasizlarmi? Kimdir shunday tajriba oʻtkazilgani haqida maʼlumotga ega boʻlsa komentlarda yozib qoldirsin. P.s: Bu yerda birgina oʻzbekiston taʼlim tizimini nazarda tutmayapman.
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
So‘nggi haftalarda ko‘plab mamlakatlarda COVID-19 bilan kasallanish holatlari ko‘paygani sababli Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti odamlarni yana niqob taqish va vaksina olishga chaqirdi. https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/06/masks/?utm_source=push&utm_medium=telegram Kanalga obuna bo‘ling 👉 @gazetauz_ozb
Показати все...
Toshkentda havo ifloslanishi yuqori darajaga yetdi. Shu sabab ushbu so‘rovnomada poytaxt va unga yaqin hududlarda yashovchilarning fikri o‘rganilmoqda. Sizda shu kunlarda qisqa yo‘tal kechyaptimi? Agar yo‘tal bor bo‘lsa, bunga nima sabab deb o‘ylaysiz?Anonymous voting
  • Menda yo‘tal yo‘q.
  • Yo‘tal bor, shamollaganim uchun bo‘lsa kerak.
  • Yo‘tal bor, havoning iflosligidan bo‘lsa kerak.
  • Men Toshkentda yoki unga yaqin joyda emasman.
0 votes
Baxt tushunchasi hamma uchun har xil Kimnidir instagramda qandaydir qiliqlarini ko'rasizda: "uyalmasmikan shunaqa qilishdan, man hechqachon qilmas" - edim deysiz. Ha, siz qilmas edingiz, ammo u siz emas, u umuman boshqa odam. U boshqa muhitda katta bo'lgan. Unda boshqacha orzulari bor. Siz uni hechqachon tushunmaysiz. "3 yilini sarflab Amerikaga universitetga tayyorlanguncha, o'zimizni Westda o'qib qo'ysayam bo'laverardi" - deysiz. Lekin u shunchaki o'qib qo'ymoqchi emas. U agar US da o'qimasa o'qishidan naf yo'q. U shuni orzu qilgan. Uni olovini o'chirib, istalgan universitetga oborganingiz bilan u xursand yashamaydi. "Mashina olsa bo'lmaydimi, shuncha pul topib taksida yuradi" - deysiz. Balki u odamga umuman mashinada yurish yoqmas. Siz uchun mashinada yurish baxti unda yo'qdir. "Shu birgina kabobxonasi bilan 10 yildan beri yashayabdi, kengaytirishni ham istamaydi" - deysiz, u kengaytirmaydi ham. Uning baxti sizga o'xshab boy bo'lish emas, oilasi bilan ko'proq vaqt o'tkazish. "Shu qizni qayeri yoqar ekan unga" - deysiz. Ammo u dunyo go'zali bilan ham baxtli bo'lolmaydi. "Hayotini xavf ostiga qo'yib osmondan parashutda sakrashi shartmi? dunyoda shuncha ko'ngilochar ishlar bor" - deysiz. Ammo u burgutday uchish uchun tug'ilgan. Bir marta tug'ilgan. Bir marta o'ladi. Osmondan o'zini tashlamasa ham mashina urib ketib o'lishi mumkin. U uchun shu baxt. Sizning baxt tushunchangiz boshqacha bo'lsa bu hamma ham shunday baxtli bo'ladi degani emas. Insonlarni baxtli yashashga qo'yib bering. Hammamiz borganda o'zimiz uchun javob beramiz. O'zingiz baxtli yashang. Oilangizni baxtli bo'lishiga yordam bering.
Показати все...
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.