XIVANOMA
Відкрити в Telegram
Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Xiva tuman bo‘linmasi.
Показати більше1 614
Підписники
-1924 години
-1107 днів
-1 03230 день
Архів дописів
1 614
Repost from XIVA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
+3
🇺🇿⚽️ Хивалик мухлислар миллий терма жамоамизни қўллаб-қувватламоқда
Футбол ишқибозлари миллий байроқлар ва ватанпарварлик руҳи билан терма жамоамизга омад тилаб, қизғин мухлислик қилмоқдалар.
Мазкур баҳс Ўзбекистон миллий терма жамоасининг жаҳон чемпионатидаги илк учрашувларидан бири бўлиб, бутун мамлакат қатори Хива тумани аҳолиси ҳам бу тарихий онларга бефарқ эмас. Мухлисларнинг ягона тилаги — терма жамоамизнинг муносиб ўйин намойиш этиб, юртимиз шарафини ҳимоя қилишидир. Ўзбекистон миллий терма жамоаси бугун Колумбияга қарши ЖЧ-2026 гуруҳ босқичидаги тарихий баҳсини ўтказмоқда.
Олға, Ўзбекистон! 🇺🇿
1 614
#yangiruhiyat
#ibrat_maktabi
🌸 Mengnor momo – ahillik va mehnat timsoli
Surxondaryo vohasining tabarruk onaxonlaridan biri — Angor tumanida istiqomat qiluvchi Mengnor momo bugun 85 yoshni qarshiladi. Umrini halol mehnat, oilaviy qadriyatlar va farzandlar tarbiyasiga bag‘ishlagan onaxon bugun ham mahalla ahli va yaqinlari orasida katta hurmatga sazovor. 11 nafar farzand, 45 nafar nabira va ahil xonadon baxti ortida Mengnor momoning sabri, oqilaligi va mehr-muhabbati mujassam. Pillachilikdagi ko‘p yillik tajribasi, mehnatsevarligi va hayotiy nasihatlari bilan u nafaqat oilasi, balki butun mahalla uchun ibrat maktabi bo‘lib kelmoqda. Bunday fidoyi va oqila onaxonlar bor ekan, oilalarda fayz-baraka, jamiyatimizda esa mehr-oqibat va milliy qadriyatlar bardavom bo‘ladi.✅Bizni kuzatishda davom eting! https://t.me/Janub_javohiri
1 614
#JCH_2026
⚽️ O’zbekiston va Kolumbiya terma jamoalari muxlislari qalblardagi faxr va ishonchni yuqori darajada namoyon etishmoqda!
Olg‘a, O‘zbekiston!
Meksikada bo’lib turgan Markaz delegatsiyasi u yerdagi qaynoq kayfiyat, zavqi onlar, eksklyuziv tasvirlarni taqdim etib boradi!
Rasmiy sahifalarimiz👇
🚨telegram | 📎Facebook
📺YouTube | 👚Instagram
1 614
Prezident Administratsiyasi rahbarining murojaatnomasi e’lon qilindi
Saida Mirziyoyeva: - Bu kurashda chetda tomoshabin bo‘lib turishga hech kimning haqqi yo‘q. Zero, juda ko‘p narsa o‘zimizga — ota-onalarga, maktab va mahallaga hamda yon-atrofidagi hodisalarga befarq bo‘lmagan har bir insonga bog‘liq.Unda giyohvandlik moddalari inson hayoti, oilalar va bolalar salomatligini barbod qilishi, bu — mamlakat genofondi hamda uning kelajagiga berilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba ekani ta’kidlandi. Rasmiy sahifalarimiz👇 🚨telegram | 📎Facebook 📺YouTube | 👚Instagram
1 614
#Ustoz📚
Yoshlar ustozlar etagini mahkam tutsinlar, ustoz bor joyda — hayot bor! Men doimo bugungi yoshlar bilan hamqadam, hamnafas bo‘lgim keladi. Ularni ishda, oilada, jamiyat ishlarida kelajak rejalarini yaxshilab anglagim keladi.🎙Ushbu film ustoz ijodkor Ibrohim G‘afurov xotirasiga bag'ishlanadi To'liq film Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
1 614
Эркинлик ёки меъёр, блогосферадаги бемаънилик - ҳафта мавзулари таҳлили
- Тошкентда "Салқин ичимликлар" номи остида ўтказилган пиво фестивали жамоатчиликнинг кенг муҳокама ва кескин танқидига сабаб бўлмоқда;
- Туризм қўмитаси тадбирни молияламагани, ташкилотчилар қаторида эмаслигини билдирган. Kun.uz билан суҳбатлашганлар фикрича, бу кўпчиликнинг ҳуқуқлари бузилиши ва аҳоли турмуш тарзига ноқулайликлар яратмоқда. Олима Жамила Шермуҳаммедовага кўра, бу ўйланмаган ва бизнес айёрлигига уланган фестивал;
- Москвада бемаъни ҳаракатлари ортидан ўзбек блогери қўлга олинди. Унинг аудиторияси эса блогерни Россияда ушлаб қолишни сўраб изоҳлар қолдирмоқда;
📹 СУҲБАТНИ ТЎЛИҚ ТОМОША ҚИЛИНГ
1 614
#22_son
Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.
Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.
🌍Biz bilan kuzatib boring!
🕊Telegram | 📸Instagram
1 614
+9
🤝🌍 “Xiva Gulshani” oromgohida — “Millatlar hamdo‘stligi” kuni! 🌍🤝
Bugungi kun do‘stlik, bag‘rikenglik va xalqlar o‘rtasidagi ahillik g‘oyalari ostida ko‘tarinki ruhda nishonlandi. 💚
“Millatlar hamdo‘stligi” kuni davomida bolajonlar turli millatlarning urf-odatlari, madaniyati, milliy liboslari va an’analari bilan tanishib, dunyo xalqlarining rang-barang va boy merosini yaqindan his etdilar. ✨
Qiziqarli chiqishlar, milliy raqslar, qo‘shiqlar va ijodiy dasturlar tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. 🌿
Turli millat vakillarining do‘stlik va hamjihatlikda yashashi yurtimizning eng katta boyliklaridan biri ekanligi yana bir bor namoyon bo‘ldi. ☀️
Bugungi tadbir bolajonlarning qalbida o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va insoniy qadriyatlarga bo‘lgan e’tiborni yanada mustahkamladi. 💫
📸 Har bir suratda — do‘stlik ifodasi
🌏 Har bir lahzada — birlik va hamjihatlik
💚 Har bir yurakda — tinchlik va mehr tuyg‘usi
“Turli millatlar — bir oila, turli madaniyatlar — bir maqsad, bir yurak!” 🇺🇿✨
1 614
+4
🛠️✨ “Xiva Gulshani” oromgohida — “Mohir qo‘llar va kasblar” kuni! ✨👩🔧👨🍳
Bugungi kun mehnatga hurmat, kasb-hunarga qiziqish va ijodkorlik ruhida mazmunli hamda qiziqarli tarzda o‘tdi. 💚
“Mohir qo‘llar va kasblar” kuni davomida bolajonlar turli kasb egalari faoliyati bilan tanishib, o‘zlarining qobiliyat va qiziqishlarini namoyon etdilar. 🌿
Ijodiy ishlar, amaliy mashg‘ulotlar va qiziqarli chiqishlar orqali har bir ishtirokchi mehnatning qadri va kasb-hunarning ahamiyatini yanada chuqurroq his etdi. ✨
Bugungi tadbir bolalarning kelajakdagi orzulari va intilishlariga yangi ilhom bag‘ishladi. ☀️
Har bir kasb ortida katta mehnat, sabr va mahorat yashiringanini anglagan holda, bolajonlar bugungi kunni katta qiziqish va quvonch bilan o‘tkazdilar. 💫
📸 Har bir suratda — mehnat zavqi
🧵 Har bir lahzada — mahorat va ijod
💚 Har bir yurakda — kelajak kasbiga ishonch
1 614
O‘zbekiston futbolida yangi sahifa ochildi. 34 yil davomida muxlislar qalbida yashagan eng ulug‘ orzu — Jahon chempionatiga chiqish maqsadi nihoyat ushaldi. Endi O‘zbekiston milliy terma jamoasi dunyoning eng nufuzli turnirida yurtimiz sha’nini himoya qiladi.
Ushbu tarixiy lahzalarning shukuhini o‘zida mujassam etgan qo‘shiqni sizga taqdim etamiz.
Ma’naviyat va ma’rifat markazi bastakor Qosim Muinzoda, shoir Suhrob Ziyo, xonanda Hojiakbar Ro‘zmetov bilan hamkorlikda yaratgan “Oq bo‘rilar” qo‘shig‘i yillar davomida futbolimiz bilan yashagan xalqning orzulari, ishonchi va g‘alaba sari bosib o‘tilgan mashaqqatli yo‘l haqidagi hikoyadir.
O‘zbekiston terma jamoasi mundialdagi ilk yurishini 18-iyun kuni Kolumbiya termasiga qarshi boshlaydi.
Keling, bir yoqadan bosh chiqarib, yigitlarimizni qo‘llab-quvvatlaylik. Chunki bugun maydonga faqat futbolchilar emas, balki butun O‘zbekiston chiqadi!
Qo‘shiqni bu yerda tinglashingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=Zk0jw5ravk8
@otabek_khasanov
1 614
➡️ Jaholatga qarshi kurashishda birgalikda kurashamiz!
👥 Videorolik Buxoro davlat universiteti talabalari tomonidan tayyorlandi.
📚 Jaholatga qarshi ma’rifatni targ‘ib qilish – bu nafaqat insoniyatni yuksaltirish, balki jamiyatni rivojlantirishning asosiy yo‘lidir.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
1 614
“Biz ham madaniyat boyligiga oʻzimiznikini olib borib qoʻshaylik” – Germaniyada oʻqigan va Turkiyada qolgan jadid
Sayidali Usmonxoʻja yoshligidayoq oʻz iqtidori bilan jadidlarning eʼtiboriga tushgan. Abdulhamid Choʻlpon “Tabiatga” nomli sheʼri ostiga “Sayidali Xoʻjaga bagʻishlab” deya yozishi shundan darak beradi.
Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/4765
Вже доступно! Дослідження Telegram за 2025 — головні інсайти року 
