XIVANOMA
Ir al canal en Telegram
Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Xiva tuman bo‘linmasi.
Mostrar más3 096
Suscriptores
-524 horas
-287 días
-11830 días
Archivo de publicaciones
3 096
+4
Xiva tumanida yoshlar ma’naviyati va barqaror muhitga e’tibor
Xiva tumanidagi 42-sonli umumta’lim maktabida yoshlar o‘rtasida barqaror ma’naviy muhitni shakllantirish, ularni turli yot va zararli g‘oyalardan asrash, mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbati davomida yoshlarning ongiga milliy qadriyatlar, Vatanga muhabbat, ajdodlar merosiga hurmat, tinchlik va osoyishtalikni qadrlash kabi ezgu tushunchalarni singdirish, internet va ijtimoiy tarmoqlarda uchraydigan turli zararli axborotlarning salbiy ta’siridan himoyalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yoshlarni yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishining oldini olish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda hayotiy maqsadlarini aniq belgilashga ko‘maklashish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
3 096
+4
“Birlashib, buyuk tarix yaratamiz”
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida targ‘ibot seminari tashkil etildi.
Tadbir Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xiva tumani bo‘linmasi hamda Nuroniylar jamg‘armasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
Targ’ibot tadbiri davomida Prezidentimiz tomonidan Mustaqilligimizning 35 yilligi doirasida belgilab berilgan 7 ta ustuvor yo‘nalish, ularning mazmun-mohiyati va jamiyat hayotidagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, davlatimiz rahbarining xalqimizga yo‘llagan bayram tabrigi mazmuni, unda ilgari surilgan ezgu g‘oyalar va mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari haqida fikr almashildi.
Tadbir davomida mustaqillik yillarida erishilgan ulkan yutuqlar, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xalqimizning bunyodkorlik salohiyati hamda tinchlik va totuvlikning qadr-qimmati alohida takidlandi.
3 096
Repost from XORAZMIYLAR
#tanlov
📚Kitobxon yoshlar! Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi va Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan “Kitobxon davlat xizmatchisi” tanlovi o'tkaziladi.
Tanlovda ishtirok qilmoqchi bo‘lgan talabgorlar tashkilotlar tomonidan tavsiya qilingan 20 ta badiiy, siyosiy tafakkurga oid, milliy o'zlik, boshqaruvga oid kitoblarni o‘qib chiqishlari talab qilinadi.
Ishtirokchilar 2 ta shart bo'yicha bellashadilar:
1-shart. Test
2-shart. Tezkor savol-javob
❗️Tanlovning o'tkazilish tartibi bo'yicha quyidagi havola👉🏻 (nizom) orqali batafsil maʼlumot olasiz.
🗓 Tanlov 2026-yil dekabr oyida bo'lib o'tadi. Tanlov g'oliblari
1-o‘rin - Xorazm viloyati hokimi kubogi va 30 million so‘m,
2-o‘rin - 20 million so‘m,
3-o‘rin - 10 million so‘m pul mukofoti
Faol ishtirokchilarga tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar topshiriladi.
Qo'shimcha ma'lumot bo'yicha quyidagi +998880919696 raqamga bog'lanishingiz mumkin.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
| Telegram | Youtube| Instagram|
3 096
#35_son
Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.
Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.
#uzb35 #mustaqillik35
🌍Biz bilan kuzatib boring!
🕊Telegram | 📸Instagram
