uk
Feedback
hujayra.uz

hujayra.uz

Відкрити в Telegram

Bu kanalda biologiyaning turli sohalariga oid xabarlar, kashfiyotlar, faktlar hamda umuman ilm-fan haqida yozib boriladi. Kanal Dr. Baxtiyor Sheraliyev tomonidan yuritiladi.

Показати більше
4 263
Підписники
-724 години
-157 днів
-5030 день
Архів дописів
Kecha Xalqaro baliqlar katalogi (Eschmeyer's Catalog of Fishes) baliqlarning tur soniga oid ma'lumotlar bazasi yangilanganlig
Kecha Xalqaro baliqlar katalogi (Eschmeyer's Catalog of Fishes) baliqlarning tur soniga oid ma'lumotlar bazasi yangilanganligini e'lon qildi. Unga binoan 2026-yilning 7-iyul kungi holatiga ko’ra, sayyoramizda 37 678 valid baliq turi mavjud. Bundan avvalgi yangilanish o‘tgan oy 10-iyun kuni bo‘lgan edi. O‘tgan 28 kun davomida baliqlarning umumiy valid turlar soni 24 turga ko‘paygan. Umumiy holda 2026-yil boshidan beri qayd etilgan yangi baliq turlari soni esa 174 tani tashkil etdi.
Yuqoridagi rasmda iyun oyi oxirida Xitoyning Hunan provinsiyasidagi Lishui daryosining yuqori oqimidan tavsiflangan karpsimonlar (Cypriniformes) turkumi karplar (Cyprinidae) oilasiga mansub yangi tur - Acrossocheilus zhangjiajiensis tasvirlangan. Yangi baliq turining kashf etilishi haqida batafsil xalqaro Zoosystematics and Evolution jurnalidan o‘qishingiz mumkin.
@hujayrauz

1-iyul Xalqaro ko'p tukli chuvalchanglar kuni Halqali chuvalchanglar tipiga mansub ko'p tukli chuvalchanglar (Polychaeta) sin
1-iyul Xalqaro ko'p tukli chuvalchanglar kuni Halqali chuvalchanglar tipiga mansub ko'p tukli chuvalchanglar (Polychaeta) sinfi parafiletik kelib chiqishga ega bo'lgan, asosan dengizlarda tarqalgan chuvalchanglardir. Ushbu chuvalchanglarning har bir tana qismida parapodiylari va ularda xitindan tashkil topgan ko'plab tuklar joylashgan. Sinf o'z ichida 10 mingdan ortiq turlarni jamlaydi. Atigi 168 turi (umumiy ko'p tuklilarning sal kam 2% ga yaqini) chuchuk suvlarda yashashi qayd etilgan. Eng keng tarqalgan turlaridan ko'pchilikka tanish bo'lgan nereida (Nereis virens) ni ko'rsatish mumkin (uzunligi 60-70 sm gacha keladi, rasmga qarang). Ushbu sinf vakillari ekologik jihatdan turli ekologik tokchalarda yashashi, simbioz yashashning bir necha ko'rinishlariga egaligi, qolaversa taksonomiyasining o'ziga xosligi, parafiletik kelib chiqishga ega ekanligi, eng dastlabki qazilma holdagi vakillari kembriy davri yotqiziqlaridan topilganligi bilan biologlarni azaldan qiziqtirib keladi. O'zining 60 yillik umrini ko'p tukli chuvalchanglarni o'rganishga bag'ishlagan Kristian Fauchald (1935-2015) sharafiga uning tug'ilgan kunini 2015-yilda uning vafotidan so'ng Xalqaro ko'p tukli chuvalchanglar kuni sifatida nishonlash taklif qilingan. Ushbu olim ko'p yillar Vashingtondagi Tabiat tarixi milliy muzeyida ko'p tukli chuvalchanglar bo'limi kuratori sifatida faoliyat yuritgan. U ko'p tukli chuvalchanglarning biologiyasi, ekologiyasi, ko'payishi hamda filogeneyasiga oid ko'plab tadqiqotlarni amalga oshirgan. @hujayrauz

O‘zbekiston universitetlari nima uchun THE World University Rankings ga kira olmayapti? Buning sabablari aslida juda oddiy. Haqiqiy top 1000 talikka kirish 18 ta mezon asosida baholanadi. Bu mezonlar orqali baholanishdan avval universitet so‘nggi besh yilda 1000 ta, har yili kamida 100 ta Web of Science va Scopus bazasidagi nufuzli jurnallarda maqola chop etgan bo‘lishi kerak. Mana shu talab bajarilgachgina keyingi mezonlar ko‘rib chiqiladi. Bizning universitetlar hozircha mana shu ilk talabni bajara olganicha yo‘q. Xo‘sh, bu talabni bajarish uchun bizga nimalar to‘sqinlik qilmoqda? 1) O‘zbekistondagi aksariyat (barchasi desak ham bo‘ladi) universitetlar o‘qitish muassasalari hisoblanadi. Bizda ilmiy tadqiqotlarga asoslangan universitetlar deyarli yo‘q hisobida. Bizda OTM professor-o‘qituvchilarining asosiy yuklamasini o‘qitish tashkil etadi. 2) Bizdagi universitetlarda ilmiy-tadqiqot ishlari deyarli moliyalashtirilmaydi. Ayni vaqtdagi top-100 talikdagi universitetlarning boshidagilar bir yilda ilmiy-tadqiqot ishlariga mlrd lab dollar sarmoya kiritadi, tabiiyki bu o‘z mevasini bermay qolmaydi. 3) Yuqori iqtibosli nashrlar ko'pincha xalqaro mualliflar bilan birgalikda yoziladi. Bunday tarmoqlar yoki madaniyat O'zbekistonda hali yetarlicha rivojlanmagan yoki endi-endi rivojlanmoqda. 4) Zamonaviy laboratoriyalar, ma'lumotlar bazalariga obuna, ilmiy jihozlar — bularning barchasi yuqori sifatli tadqiqot uchun zarur, ammo qimmat. Qisqacha aytganda, asosiy muammo — O‘zbekistonda universitetlar o'qitish muassasasi sifatida shakllangan, tadqiqot markazi sifatida emas. Bu tuzilmaviy o'zgarish bo'lib, bir-ikki yilda emas, o'n yillarda yechiladi. Shu bois mingtalikka kirishni istasak professor-o‘qituvchilarga majburiy xalqaro maqola chiqarish talabini qo‘yishdan maʼni yo‘qligini ertaroq tushunishimiz kerak. Bir-ikki yillik bosim ostida chiqarilgan Q3-Q4 dagi vaqtinchalik Scopus jurnallarda chiqarilgan maqolalar bilan baribir dastlabki talabni bajara olmaymiz. Toki universitetlarimiz tadqiqot markazlariga aylanmas ekan, ilmiy-tadqiqot ishlari universitet tomonidan moliyalashtirilmas ekan mingtalikka kirishimiz orzuligicha qolaveradi. @hujayrauz

Men albatta negativ bo‘lmoqchi emasman, lekin bu xabar biroz g‘alati talqin qilingan. Kun.uz top-1000 talik deyayotgan ro‘yxa
Men albatta negativ bo‘lmoqchi emasman, lekin bu xabar biroz g‘alati talqin qilingan. Kun.uz top-1000 talik deyayotgan ro‘yxat aslida dunyoning kuchli top 1000 talik universitetlari ro‘yxati emas. Bu BMTning "Barqaror rivojlanish maqsadlari" (SDG)ga asoslangan alohida ro‘yxat va bu universitetlarning akademik salohiyatini baholashga ixtisoslashmagan, aksincha universitet siyosati SDGga qay daraja mosligini baholaydigan reyting. Qolaversa bu reyting to‘la aʼzolikka asoslangan. Times Higher Education (THE)ning 2026-yil uchun eʼlon qilgan dunyoning top 1000 talik universitetlari qatoriga O‘zbekistonning faqat bir dona universiteti — Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (501-600) kiritilgan xolos. Boshqa biror universitetimiz mingtalikka kira olmagan. Haqiqiy mingtalikdagi top universitetlar SDGga asoslangan reytingda deyarli qatnashishmaydi, chunki ular uchun bu umuman qiziq emas. Bu ro‘yxatda asosan rivojlanayotgan davlatlarning universitetlarini ko‘rish mumkin. Men mamlakatimiz universitetlarini bu kabi reytinglardan ko‘ra chinakam kuchli top-1000 talik reytinglarga kirishga harakat qilishlarini istar edim. Biroq top-1000 talikka buyruqbozlik, topshiriqbozlik bilan kirib bo‘lmaydi. Uzoq yillik ishlaydigan reja, sharoit va resurs kerak. @hujayrauz

Repost from 1000KITOB
#tashabbuslar_marafoni Vodiy gavhari Farg‘onada uchrashamiz! “Devon” ma’rifiy muloqotlari yakuniga yetib bormoqda. Bu safar a
#tashabbuslar_marafoni Vodiy gavhari Farg‘onada uchrashamiz! “Devon” ma’rifiy muloqotlari yakuniga yetib bormoqda. Bu safar amerikalik adabiyotshunos Maykl Rayanning “Adabiyot nazariyasi” asari haqida suhbatlashamiz. Ushbu kitob dunyoning ko‘plab universitetlarida adabiyot nazariyasiga kirish qo‘llanmasi sifatida o‘qitiladi, tavsiya etiladi. Loyihamiz doirasida chop etilgan bir qator kitoblar ilmiy muharriri, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Baxtiyor Sheraliyev muloqotda ishtirok etadi. Tadbir 22-iyun soat 17:00 da boshlanadi. Manzil: Farg‘ona shahri, Ahmad al-Fargʻoniy bog‘i Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

19-iyun Xalqaro albatroslar kuni Albatroslar (Diomedeidae) oilasi vakillari o'z ichiga 13-24 turdagi qushlarni birlashtiradi.
19-iyun Xalqaro albatroslar kuni Albatroslar (Diomedeidae) oilasi vakillari o'z ichiga 13-24 turdagi qushlarni birlashtiradi. Ushbu oilaning aniq tur soni ornitologlar orasida hanuzgacha bahs mavzusi hisoblanadi. Deyarli barcha turi Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan. Ular dengiz va okeanlar yuzasida uchib suvdagi baliq, kalmar va boshqa suv hayvonlarini ovlaydi. Suvga 5-13 metrgacha sho'ng'iy oladi. Hid bilishi boshqa qushlarnikiga nisbatan ancha yaxshi rivojlangan. O'ljasini hidi orqali topa oladi. @hujayrauz

Hurmatli tadqiqotchilar, "Ilmiy maqola yozishni o'rganamiz" kursimizning iyun oyidagi darslari bugun soat 20:00 da boshlanadi. Kurs haqida mana bu yerda batafsil ma'lumot berilgan. Tabiiy fanlar sohasidagi doktorant, magistr va mustaqil izlanuvchilar kursda ishtirok etishlari mumkin. Kursda ishtirok etish bo'yicha @hujayrauz_bot ga yozishingiz mumkin.

photo content

Ertaga "Ilmiy maqola yozishni o‘rganamiz" kursimiz boshlanadi. Sanoqli joylar qoldi. Kurs haqida batafsil bu yerda maʼlumot berilgan. Kursda ishtirok etishni istaganlar @hujayrauz_bot ga murojaat qilishlari mumkin.

bir necha kun avval Xalqaro baliqlar katalogi (Eschmeyer's Catalog of Fishes) baliqlarning tur soniga oid ma'lumotlar bazasi
bir necha kun avval Xalqaro baliqlar katalogi (Eschmeyer's Catalog of Fishes) baliqlarning tur soniga oid ma'lumotlar bazasi yangilanganligini e'lon qildi. Unga binoan 2026-yilning 10-iyun kungi holatiga ko’ra, sayyoramizda 37 654 valid baliq turi mavjud. Bundan avvalgi yangilanish o‘tgan oy 19-may kuni bo‘lgan edi. O‘tgan 23 kun davomida baliqlarning umumiy valid turlar soni 24 turga ko‘paygan. Umumiy holda 2026-yil boshidan beri qayd etilgan yangi baliq turlari soni esa 148 tani tashkil etdi.
Yuqoridagi rasmda iyun oyi boshida Xitoyning Dafang hududidan yer osti daryosidan tavsiflangan karpsimonlar (Cypriniformes) turkumi daryo yalangbaliqlari (Nemacheilidae) oilasiga mansub yangi tur - Triplophysa dafangensis tasvirlangan. Yangi baliq turining kashf etilishi haqida batafsil xalqaro ZooKeys jurnalidan o‘qishingiz mumkin.
@hujayrauz

O‘rtoqlar "Ilmiy maqola yozishni o‘rganamiz" kursining iyundagi darslari kelasi haftadan boshlanadi. Kursga yozishni istaganlar @hujayrauz_bot ga murojaat qiling. Kurs haqida bu yerda batafsil yozganman. @hujayrauz_bot

"Ilmiy maqola yozishni o'rganamiz" kursimizning boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi. Agar siz tabiiy fanlar yo'nalishidagi doktorant, magistrant yoki mustaqil izlanuvchi bo'lsangiz bu kurs aynan siz uchun!
Kursda siz: 👉 Tadqiqotingizga gipoteza qo'yish; 👉 Tadqiqot metodikasini shakllantirish; 👉 Adabiyotlarni qanday sharalash va tahlil qilish; 👉 Tadqiqot natijalarini qanday qilib xalqaro darajadagi ilmiy maqolaga aylantirish; 👉 Xalqaro IMRAD qoidalari; 👉 Jurnal tanlash kabi muhim jihatlarni o'rganasiz.
Kursni Scopus va WoS bazasidagi jurnallarda 20 ga yaqin maqolalarini chop qildirgan, ushbu nufuzli bazalardagi ZooKeys, Acta Ichthyologica et Piscatoria, CheckList kabi jurnallarning muharriri bo'lib faoliyat yuritayotgan Dr. Baxtiyor Sheraliyev o'tadi. Kurs bo'yicha batafsil bu yerda ma'lumot berib o'tilgan. Kursga yozilish uchun @hujayrauz_bot ga murojaat qiling.

5-iyun Xalqaro atrof-muhit kuni @hujayrauz
5-iyun Xalqaro atrof-muhit kuni @hujayrauz

"Ilmiy maqola yozishni o'rganamiz" kursida hamma maqola turlarini yozish o'rgatiladimi deb so'rashmoqda. O'zi ilmiy maqolanin
"Ilmiy maqola yozishni o'rganamiz" kursida hamma maqola turlarini yozish o'rgatiladimi deb so'rashmoqda. O'zi ilmiy maqolaning turlari bo'ladimi? Ha, albatta, ilmiy maqolaning bir qancha turlari mavjud va ularning har biri bir-biridan farq qiladi. Kurs davomida sizga avvalo maqola turlarini batafsil farqlab, misollar bilan tushuntirib beriladi. Maqolaning asosiy tuzilishi esa Research Article misolida o'rgatiladi. Kurs haqida batafsil bu yerda ma'lumot berilgan. Kursga qatnashish uchun @hujayrauz_bot ga yozing.

Maqolangiz "Kirish" qismining o‘zidayoq rad etilishini xohlamaysizmi? ​Ko‘pchilik yosh tadqiqotchilar maqolaning Introduction (Kirish) qismiga shunchaki "umumiy ma’lumotlar yig‘indisi" sifatida qaraydi. Aslida esa, muharrir yoki taqrizchi (reviewer) aynan shu qismni o‘qib, maqolani davom ettirish yoki "rad etish" haqida qaror qabul qiladi (o'zim "ZooKeys", "Check List" va "Acta Ichthyologica et Piscatoria" jurnallarida muharrir sifatida o'zimga berilgan qo'lyozmalarni dastlabki tekshiruvdan o'tkazish jarayonida ularning kirish qismi qay darajada to'g'ri yozilganiga e'tibor beraman. Odatda kirish qismi to'g'ri shakllantirilgan qo'lyozmaning qolgan qismi ham yaxshi bo'ladi. Kirish qismi "dabdala" bo'lsa qolganini o'qishga vaqt sarflashga hojat yo'q, yuqori ehtimol bilan rad etish (desk rejection) qilishga to'g'ri keladi). ​
Eng keng tarqalgan 4 ta xato:Olam yaralishidan boshlash: Mavzuga aloqasi bo‘lmagan yoki juda uzoq umumiy gaplar bilan sahifani to‘ldirish; ❌ "Research Gap"ning yo‘qligi: Avvalgi tadqiqotlarda nima ochiq qolgani va siz nimani yechayotganingizni ko‘rsata olmaslik; ❌ Mantiqsiz zanjir: Adabiyotlar tahlili, muammo va maqsad o‘rtasida bog‘liqlikning yo‘qligi (eng keng tarqalgan xato!). ❌ To‘ydan oldin nog‘ora: Kirishdayoq tadqiqot natijalarini berish hamda uni talqin va tahlil qilish (o'zbek tadqiqotchilari eng ko'p yo'l qo'yadigan kamchilik).
​15-iyundan boshlanadigan "Ilmiy maqola yozishni o‘rganamiz" kursimizda aynan shu kabi xatolarni bartaraf etish, mavzuni to‘g‘ri tanlash va ilmiy ishga professional yondashish sirlarini ochib beraman. Kurs haqida batafsil 👉 bu yerda 👈 maʼlumot berilgan. Kursga yozilish uchun @hujayrauz_bot ga yozing.

Yuqoridagi so'rovnoma asosida 2026-yil uchun yozgi "Ilmiy maqola yozishni o'rganamiz" kursimizni e'lon qilaman. 👨‍🎓 Kurs tabiiy fanlar yo'nalishidagi ilmiy tadqiqot qilmoqchi, ilmiy maqola yozishni o'rganmoqchi, xalqaro darajadagi jurnallar (Scopus va WoS tarkibidagi) uchun maqola yozmoqchi bo'lib turgan magistrantlar, doktorantlar hamda mustaqil tadqiqotchilar uchun mo'ljallangan.
Kursda nimalar o'rgatiladi? 👉 Tadqiqot gipotezasini shakllantirish, tadqiqotni tashkil etish; 👉 Xalqaro IMRAD yo'nalishidagi maqolaning tarkibiy qismlari bilan tanishish; 👉 Maqolaning "Kirish" (Introduction) qismini qanday yozish kerak, u nima bilan boshlanib nima bilan tugaydi? 👉 Maqolaning "Material va metodika" (Materials and Methods) qismi nimalardan tashkil topgan bo'lishi lozim? 👉 Maqolaning "Natijalar" (Results) qismiga aynan nimalarni yozish lozim, mana shu bo'limda eng ko'p yo'l qo'yiladigan xatoliklar. 👉 Maqolaning "Muhokama" (Discussion) qismi nima va nima uchun muhim? 👉 Scopus va WOS tarkibidagi jurnallar ichidan maqola uchun munosib jurnal qanday saralanadi? 👉 Xalqaro darajadagi mashhur va tekin (!) jurnallarga maqola qanday yuboriladi? 👉 Maqolani yuborayotganda tadqiqotchilar yo'l qo'yadigan eng ko'p uchraydigan xatoliklar nimalardan iborat? 👉 Maqola taqrizi (Peer Review) nima va u nima uchun muhim? 👉 Taqrizlangan va taqrizlanmagan maqolaning farqi nima? 👉 Impakt faktor (IF) nima, soxta impakt faktorlarni qanday aniqlash mumkin? 👉 OAK jurnallari uchun maqola tayyorlash usullari. 👉 "Yirtqich nashrlar" nima va ulardan nega saqlanish lozim?
💻 Kurs qayerda bo'lib o'tadi? - ZOOM platformasida - Telegramda yopiq guruhda muhokama - Kurs 5 ta pulli va 1 ta bonus darsdan iborat. Har bir dars 90 daqiqa davom etadi. 💳 Kursning narxi qancha? - 1 mln so'm 📅 Kurs qachon boshlanadi? - 2026-yil 15-iyun dushanba kuni Kursga qatnashishni istovchilar quyidagi manzilga yozishi mumkin: - @hujayrauz_bot

"Ilmiy maqola yozishni o'rganamiz" kursini o'qigan shogirdlarimizdan Sharofiddin Xalimov va Murodjon Raxmonovlar tayyorlagan va Scopus bazasida indeksatsiyalangan jurnalda chop etgan maqolani hukmingizga havola qilaman. Ushbu kursni o'qigach mana shunga o'xshash maqolani qanday yozishni o'rganib olasiz. @hujayrauz

So'nggi kunlarda "Ilmiy maqola yozishni o'rganamiz" kursini tashkil etish bo'yicha so'rashmoqda. Kurs pulli va u doktorant, magistr va mustaqil izlanuvchilar uchun mo'ljallangan. Iyun oyining ikkinchi yarmida tashkil etilsa qatnashasizmi?
Anonymous voting

1-iyun Xalqaro dinozavrlar kuni Dinozavrlar sudralib yuruvchilarga mansub, bundan 243 mln yil avval Mezozoy erasidan paydo bo
1-iyun Xalqaro dinozavrlar kuni Dinozavrlar sudralib yuruvchilarga mansub, bundan 243 mln yil avval Mezozoy erasidan paydo bo'lib, Yer yuzida hukmronlik qilgan va era so'ngida tamoman qirilib ketgan ulkan kaltakesaklardir. Ayni vaqtgacha paleontologlar tomonidan 1000 dan ortiq turi aniqlangan. Evolutsion va filogenetik jihatdan dinozavrlarga eng yaqin hayvonlar bu qushlardir. Qushlar va dinozavrlar filogenetik daraxtning bitta kladasidan (shoxidan) o'rin olgan. Agar qushlarni dinozavr yoki dinozavrning avlodi desangiz ham biologik nuqtai nazardan xato hisoblanmaydi (kommentdagi kladogrammaga qarang). Dinozavr so'zini ilk marotaba 1841-yilda Richard Ouen tomonidan qo'llanilgan. U qazilma holdagi juda yirik kaltakesak suyak qoldiqlari uchun "dinozavr", ya'ni "dahshatli kaltakesak" deb nomni qo'llagan. O'zbekistondan ham bir necha dinozavrlarning turlari topilgan. Happy International Dinosaur Day 🦖🦕 @hujayrauz

Bugun Xalqaro baliqlar katalogi (Eschmeyer's Catalog of Fishes) baliqlarning tur soniga oid ma'lumotlar bazasi yangilanganlig
Bugun Xalqaro baliqlar katalogi (Eschmeyer's Catalog of Fishes) baliqlarning tur soniga oid ma'lumotlar bazasi yangilanganligini e'lon qildi. Unga binoan 2026-yilning 19-may kungi holatiga ko’ra, sayyoramizda 37 630 valid baliq turi mavjud. Bundan avvalgi yangilanish o‘tgan oy 14-aprel kuni bo‘lgan edi. O‘tgan 35 kun davomida baliqlarning umumiy valid turlar soni 46 turga ko‘paygan. Umumiy holda 2026-yil boshidan beri qayd etilgan yangi baliq turlari soni esa 126 tani tashkil etdi.
Yuqoridagi rasmda may oyi boshida Yaponiya shimolidagi Shiretoko yarimoroli yaqinidagi chuqur dengiz hududidan tavsiflangan berikssimonlar (Beryciformes) turkumi kitbaliqlar (Cetomimidae) oilasiga mansub yangi tur - Gyrinomimus amaokai tasvirlangan. Yangi baliq turining kashf etilishi haqida batafsil xalqaro ZooKeys jurnalidan o‘qishingiz mumkin.
@hujayrauz