hujayra.uz
Открыть в Telegram
Bu kanalda biologiyaning turli sohalariga oid xabarlar, kashfiyotlar, faktlar hamda umuman ilm-fan haqida yozib boriladi. Kanal Dr. Baxtiyor Sheraliyev tomonidan yuritiladi.
Больше4 155
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
+230 дней
Архив постов
4 155
Kuni kecha Xalqaro baliqlar katalogi (Eschmeyer's Catalog of Fishes) baliqlarning tur soniga oid ma'lumotlar bazasi yangilanganligini e'lon qildi. Unga binoan 2026-yilning 21-sentabr kungi holatiga ko’ra, sayyoramizda 37 772 valid baliq turi mavjud. Bundan avvalgi yangilanish o‘tgan oy 13-avgust kuni bo‘lgan edi. O‘tgan 39 kun davomida baliqlarning umumiy valid turlar soni 42 turga ko‘paygan. Umumiy holda 2026-yil boshidan beri qayd etilgan yangi baliq turlari soni esa 275 tani tashkil etdi.
Yuqoridagi rasmda sentabr oyi boshida Gabondagi Ogooué daryosidan tavsiflangan soxta sixlidsimonlar (Cichliformes) turkumi sixlidlar (Cichlidae) oilasiga mansub yangi tur - Rubricatochromis gabonensis tasvirlangan. Yangi baliq turining kashf etilishi haqida batafsil xalqaro Fishes jurnalidan o‘qishingiz mumkin.@hujayrauz
4 155
O‘zbekiston24 telekanalining "Davra" podkastida ilm-fan, yurtimizda baliqlarning o‘rganilish jarayoni, ilmiy tadqiqot ishlariga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida subbatlashdik. Suhbat bugun 20:10 da efirga uzatildi. O‘zim ham kechroq ko‘rib qolibman.
Suhbatning takrori ertaga soat 20:10 da berilar ekan. Bugun ko‘ra olmaganlar ertaga shu vaqtda ko‘rishlari mumkin.
Suhbatga taklif qilishgani uchun jurnalist Aziza opa Qurbonovaga, meni taklif qilish g‘oyasini ilgari surganlari uchun Prezident administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Akrom aka Fozilov hamda suhbat jarayonidagi qo‘llab-quvvatlov uchun Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Jahongir aka Ahmedovga o‘zimning minnatdorchiligimni bildirib qolaman. Juda samimiy va maroqli suhbat bo‘ldi. 😊
@hujayrauz
4 155
Repost from Bir kuni men...
O‘zbekistonda odamni yeydigan baliq bormi yoxud ilmiy metodologiya qanday ishlaydi?
“Nma gap” podkastida men o‘zimning salkam yigirma yillik ixtiologik tajribam asosida O‘zbekiston suv havzalarida odamni yutib yuboradigan yoki odam bilan oziqlanadigan baliq, yana ham aniqrog‘i, laqqa borligi haqida ishonchli ilmiy ma’lumot yo‘qligini aytdim.
Instagramdagi shu mavzudagi rilslar ostida mingga yaqin izoh yozildi. Ko‘pchilik bunaqa baliqlar borligi, ayniqsa Amudaryo, Sirdaryo va bir qancha suvomborlarida ulkan baliqlar uchrashi, ular suv ostida yotishi, odamni tortib olib ketishi haqida yozishdi.
Eng qiziq joyi, fikr bildirayotganlar orasida mening ixtiologik kompetensiyamga shubha bildirganlar ham yetarlicha bo‘ldi. 😊
Men shu yerda ilmiy metodologiyadagi muhim bir prinsipni, kezi kelganda, aytib o‘tmoqchiman.
Ilmda kimdir biror narsaning mavjudligiga da’vo qilsa, bu da’voni asoslash uchun dalil keltirish mas’uliyati, avvalo, da’voni ilgari surayotgan tomon zimmasida bo‘ladi. Uni rad etayotgan odam esa o‘z-o‘zidan da’voning noto‘g‘riligini isbotlashga majbur emas.
Bu fikrni 1952-yilda faylasuf Bertrand Russell juda mashhur misol bilan tushuntirgan.
Russell Yer va Mars orbitalari oralig‘ida Quyosh atrofida juda kichik, teleskoplar yordamida ham aniqlashning imkoni bo‘lmaydigan chinni choynak aylanib yuribdi, deb tasavvur qiladi.
Endi men: “U choynak bor”, desam, siz uning yo‘qligini isbotlay olmaganingiz uchun mening da’vomni qabul qilishingiz kerakmi?
Albatta, yo‘q.
Chunki bu yerda da’voni ilgari surgan odam uning mavjudligini asoslovchi dalil keltirishi kerak.
Bu mantiqiy tamoyil “isbotlash yukining” — burden of proof — kimning zimmasida ekanligi bilan bog‘liq.
Shuningdek, ilmiy metodologiyada ko‘p ishlatiladigan yana bir muhim fikr bor:
“Absence of evidence is not necessarily evidence of absence.”
Ya’ni:
“Dalilning topilmagani har doim ham narsa yoki hodisaning mavjud emasligini isbotlamaydi.”
Bu “hech qanday dalil topilmasa ham, istalgan narsaga ishonish mumkin” degani emas. Aksincha, da’voning qanchalik ishonchli ekanini baholash uchun uning dalillari, ularni olish usuli va mustaqil tasdiqlanishi muhim.
Shuning uchun kimdir O‘zbekiston suv havzalarida odam bilan oziqlanadigan, odamni tortib ketadigan yoki yutib yuboradigan ulkan baliq borligini da’vo qilayotgan bo‘lsa, bu da’voni tasdiqlovchi aniq va tekshiriladigan dalilni keltirish uning zimmasida.
“Men ko‘rganman”, “falonchi aytgan”, “bobom ham bilgan” kabi hikoyalar esa ilmiy dalil bilan bir xil narsa emas.
Ilm-fan ana shunaqa ishlaydi. 😊
@birkunimen
4 155
Repost from N/a
🇨🇳 2027 CAS–ANSO SCHOLARSHIP: Xitoyda Magistratura va PhD Uchun To‘liq Grantga Tayyorgarlikni Hozirdan Boshlang!
Xitoyda Magistratura yoki PhD bosqichida 100% to‘liq grant asosida o‘qishni va dunyoning eng nufuzli ilmiy markazlarida tadqiqot olib borishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
📢 2027-yilgi rasmiy qabul hali e’lon qilinmagan, ammo oldingi yillardagi xronologiyani hisobga olsak, yangi chaqiruv yaqin oylarda (oktabr oyi o'rtalarida) boshlanishi kutilmoqda. Raqobat kuchli bo‘lgani sababli, g‘oliblik imkoniyatini oshirish uchun hujjatlarni hozirdanoq tayyorlash shart.
🎓 CAS–ANSO Scholarship O‘zi Nima?
Bu dastur Xitoy Fanlar Akademiyasi (Chinese Academy of Sciences — CAS) hamda ANSO (Alliance of International Science Organizations) tomonidan xalqaro talabalar uchun taqdim etiladigan eng nufuzli va eng yuqori stipendiyali grant dasturidir.
Ushbu grant orqali siz:
• University of Chinese Academy of Sciences (UCAS)
• University of Science and Technology of China (USTC)
• Hamda Xitoy Fanlar Akademiyasining 100 dan ortiq ilmiy-tadqiqot institutlarida eng zamonaviy laboratoriyalarda tahsil olish imkoniga ega bo‘lasiz.
Har yili dastur doirasida dunyo bo‘ylab taxminan:
• 🎓 100–200 nafar magistratura talabasi
• 🔬 300 nafar PhD talabasi to‘liq moliyalashtiriladi.
💰 Grant Nimalarni Qoplaydi? (2026-yilgi shartlar asosida)
• O‘qish to‘lovi — 100% bepul
• Ariza topshirish to‘lovi (Application fee) — qoplanadi
• Tibbiy sug‘urta va xalqaro safar xarajatlari uchun yordam puli
• Birinchi viza va yashash ruxsatnomasi (Residence Permit) xarajatlari
• 💵 Oylik stipendiya:
• Magistratura: 3 000 RMB/oy (36 oygacha)
• PhD: 6 000 – 7 000 RMB/oy (48 oygacha)
⚠️ Eslatma: 2027-yil uchun stipendiya miqdori va yakuniy shartlar rasmiy call chiqqach qayta tekshiriladi.
📑 HOZIRDAN NIMALARNI TAYYORLASH KERAK? (7 ta Muhim Qadam)
1. Academic CV: Ta’lim, ilmiy tajriba, konferensiyalar, maqolalar va loyihalaringizni xalqaro standartga keltiring.
2. Diplom va Transcriptlar: Hujjatlarni ingliz tiliga rasmiy tarjima va notarial tasdiqlashni oldindan hal qiling.
3. English Proficiency: IELTS, TOEFL yoki universitet mos keladigan boshqa til sertifikatini tayyorlang.
4. Motivation Letter / Study Plan: Nega aynan Xitoy, nima uchun aynan shu yo‘nalish va ilmiy maqsadingiz nimaligini asoslab beruvchi kuchli matn yozing.
5. Research Proposal (Faqat PhD uchun): Kelajakdagi tadqiqot rejangizni aniq shakllantiring.
6. SUPERVISOR (Ilmiy Rahbar) Qidirish: UCAS tizimida supervisorni oldindan topish majburiy bo‘lmasa-da, professorlardan Acceptance Letter olish sizni raqobatchilaringizdan 10 qadam oldinga olib chiqadi. Professorga qisqa, professional email, CV va research interests yuborishni hozirdan boshlash kerak.
7. Recommendation Letters: Oxirgi kunlarda shoshilib qolmaslik uchun sizga tavsiyanoma bera oladigan 2 nafar professor bilan hozirdanoq gaplashib qo‘ying.
📅 Taxminiy muddatlar: O'tgan yili qabul 15-oktabrda ochilib, 31-yanvarda yopilgan. Vaqt juda kam!
🚀 ANSO Grantini Yutishni Va UCAS Talabasi Bo‘lishni Xohlaysizmi?
Ushbu murakkab jarayonni yolg'iz bosib o'tish shart emas. Men CAS-ANSO stipendiyasini yutib, UCAS’da muvaffaqiyatli tahsil olishingiz uchun Individual Mentorlik Kursini ochmoqdaman!
Ushbu individual kursda siz bilan birma-bir ishlaymiz:
• 🎯 Yo‘nalishingizga mos CAS institutlari va professorlarni aniqlaymiz.
• ✍️ Professorlar rad eta olmaydigan Academic CV va Cold Email shablonlarini tuzamiz.
• 📝 Study Plan va Research Proposal hujjatlaringizni xalqaro talablarga moslab tahrirlaymiz.
• 💬 Professorlar bilan bo‘ladigan intervyu (suhbat) bosqichiga tayyorlanamiz va xatosiz ariza topshiramiz.
Hujjatlar poygasida vaqtni boy bermang. Kursda joylar soni juda cheklangan (chunki har bir nomzod bilan individual ishlanadi).
📥 Kurs formati, narxi va ro‘yxatdan o‘tish uchun menga shaxsiy xabar (DM) yuboring!
Telegram:
@Akbarjon_Rozimov
https://t.me/EvolutionaryGenomics
4 155
Repost from Bir kuni men...
Haa, bu voqea kechagidek yodimda. Bobom rahmatlikni davolanish, doktorga murojaat qilishi uchun noanʼanaviy metodni sinab ko‘rgandim. Tabiiyki, metod zo‘r ish bergandi 😄😆
"Nma gap"dagi suhbatda shu kabi qiziq-qiziq voqealarni eslashdik.
https://m.youtube.com/watch?v=wXNpW6-Q5MM
@birkunimen
4 155
Repost from Bir kuni men...
"Nma gap" podkastidagi suhbatimiz videosi youtubega qo‘yilibdi. O‘sha kuni yigitlar bilan uch soat qanday o‘tganini sezmay ham qoldim.
Suhbatda har xil mavzular haqida gaplashganmiz. Qiziqqanlar tomosha qilishlari mumkin.
https://m.youtube.com/watch?v=wXNpW6-Q5MM
@birkunimen
4 155
Farg'ona davlat universiteti biologiya fanlari ixtisosliklaridagi PhD va DSc doktorantlari hamda mustaqil izlanuvchilari diqqatiga!
2026-yil 3-sentabr payshanba kuni soat 10:00 da Prof. Amael Borzee bilan ilmiy uchrashuv bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Uchrashuvda Dr. Borzee o'z ilmiy izlanishlari, shu bilan birga yosh o'zbek tadqiqotchilari uchun ilmiy-tadqiqot olib borish bo'yicha o'z tajribalari bilan bo'lishadi. Barchangiz ushbu uchrashuvga taklif qilaman.
Amael Borzee TMXIning amfibiyalar bo'yicha dunyodagi eng yirik mutaxassis kuratorlaridan biri bo'lib, Scopus bazasidagi jurnallarda 200 ga yaqin ilmiy maqolasi chop etilgan (Scopus h-index = 25), amfibiyalar bo'yicha qator kitoblar muallifi.
Barcha yosh ilmiy tadqiqotchilarni ushbu uchrashuvga taklif qilib qolaman.
📌 Manzil: FarDU Tabiiy fanlar fakulteti 320-auditoriya
@hujayrauz
4 155
Mustaqillik kuni muborak bo‘lsin, aziz vatandoshlar!
Barchangizni bugungi ayyom bilan chin dildan tabriklayman. Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! 🎉🎉🎉
@hujayrauz
4 155
Qirg‘iziston Markaziy Osiyodagi tog‘ daryolariga eng boy mamlakat hisoblanadi. Ayni vaqtda Qirg‘izistonning qo‘l yetmagan hududlaridagi tog‘ daryolarini tadqiq etmoqdamiz.
Dengiz sathida 3300 metrdan baland hududlardagi daryolarning ixtiofaunasi shaxsan men uchun juda qiziq. Ayniqsa u yerdan nomlarini faqat maqolalardagina o‘qigan turlaringni topsang jarayon yanada zavqli bo‘lar ekan.
Ekspeditsiyamiz davomida ajoyib videolar oldim. Yaqin orada ularni birlashtirib, sizlar bilan bo‘lishaman.
Rasmda bepoyon, uzundan uzun Norin daryosi bo‘yidaman. Tog‘li manzara shunchaki dahshat. His qilgan hissiyotni kamera yetkazib bera olmas ekan.
@hujayrauz
4 155
Bir necha kun avval Xalqaro baliqlar katalogi (Eschmeyer's Catalog of Fishes) baliqlarning tur soniga oid ma'lumotlar bazasi yangilanganligini e'lon qildi. Unga binoan 2026-yilning 7-iyul kungi holatiga ko’ra, sayyoramizda 37 730 valid baliq turi mavjud. Bundan avvalgi yangilanish o‘tgan oy 7-iyul kuni bo‘lgan edi. O‘tgan 37 kun davomida baliqlarning umumiy valid turlar soni 52 turga ko‘paygan. Umumiy holda 2026-yil boshidan beri qayd etilgan yangi baliq turlari soni esa 217 tani tashkil etdi.
Yuqoridagi rasmda avgust oyi boshida Hindistonning Bihar viloyatidan tavsiflangan soxta ugorsimonlar (Synbranchiformes) turkumi Chaudhuriidae oilasiga mansub yangi urug' va tur - Gangaichthys indonepalicus tasvirlangan. Yangi baliq turining kashf etilishi haqida batafsil xalqaro ZooKey jurnalidan o‘qishingiz mumkin.@hujayrauz
4 155
O‘tgan hafta va bu hafta davomida Qirg‘izistonning janubiy hududlaridagi daryolar ixtiofaunasini o‘rgangani borgandik. Ekspeditsiya va uning tafsilotlari haqida hozircha indamay turishni rejalashtirgandik, lekin Qirg‘iziston va O‘zbekiston axborot saytlar shuncha qilganimizni "tuuuut" qilishibdi 😂.
Qisqasi, Qirg‘izistonning 24.kg va o‘zimizning kun.uz ekspeditsiyamiz haqida, olingan natijalar va rejalarimiz haqida hammayoqqa jar solishibdi (manba1, manba2).
Atigi bir martagina 'hujayrauz'dagilarga indamay, "tyomniy" qilib ekspeditsiyaga chiqqandim, aksiga olib buni hamma bilib o‘tiribdi 😆.
@hujayrauz
4 155
Farg'ona davlat universitetida qand kasalligiga qarshi kurashadigan fito-choy ishlab chiqarilmoqda
Cheksiz sahro... Qumlar bag‘rida asrlar davomida yashirinib kelgan bir sir. Cistanche mongolica — xalq orasida "Sahro iloncho‘pi", "Cho‘l jensheni" nomi bilan tanilgan noyob o‘simlik. Uning siri endi ochilmoqda. Farg‘ona davlat universiteti olimlari zamonaviy laboratoriyalarda tabiat yashirib kelgan haqiqatni ilm orqali kashf etmoqda. Bu shunchaki o‘simlik emas... Bu tabiat va ilm-fan uchrashgan tarix.
Batafsil You Tubeda tomosha qiling
🔗FarDU rasmiy sahifalari
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Twitter | Website
4 155
Kecha Xalqaro baliqlar katalogi (Eschmeyer's Catalog of Fishes) baliqlarning tur soniga oid ma'lumotlar bazasi yangilanganligini e'lon qildi. Unga binoan 2026-yilning 7-iyul kungi holatiga ko’ra, sayyoramizda 37 678 valid baliq turi mavjud. Bundan avvalgi yangilanish o‘tgan oy 10-iyun kuni bo‘lgan edi. O‘tgan 28 kun davomida baliqlarning umumiy valid turlar soni 24 turga ko‘paygan. Umumiy holda 2026-yil boshidan beri qayd etilgan yangi baliq turlari soni esa 174 tani tashkil etdi.
Yuqoridagi rasmda iyun oyi oxirida Xitoyning Hunan provinsiyasidagi Lishui daryosining yuqori oqimidan tavsiflangan karpsimonlar (Cypriniformes) turkumi karplar (Cyprinidae) oilasiga mansub yangi tur - Acrossocheilus zhangjiajiensis tasvirlangan. Yangi baliq turining kashf etilishi haqida batafsil xalqaro Zoosystematics and Evolution jurnalidan o‘qishingiz mumkin.@hujayrauz
4 155
1-iyul Xalqaro ko'p tukli chuvalchanglar kuni
Halqali chuvalchanglar tipiga mansub ko'p tukli chuvalchanglar (Polychaeta) sinfi parafiletik kelib chiqishga ega bo'lgan, asosan dengizlarda tarqalgan chuvalchanglardir. Ushbu chuvalchanglarning har bir tana qismida parapodiylari va ularda xitindan tashkil topgan ko'plab tuklar joylashgan. Sinf o'z ichida 10 mingdan ortiq turlarni jamlaydi. Atigi 168 turi (umumiy ko'p tuklilarning sal kam 2% ga yaqini) chuchuk suvlarda yashashi qayd etilgan. Eng keng tarqalgan turlaridan ko'pchilikka tanish bo'lgan nereida (Nereis virens) ni ko'rsatish mumkin (uzunligi 60-70 sm gacha keladi, rasmga qarang).
Ushbu sinf vakillari ekologik jihatdan turli ekologik tokchalarda yashashi, simbioz yashashning bir necha ko'rinishlariga egaligi, qolaversa taksonomiyasining o'ziga xosligi, parafiletik kelib chiqishga ega ekanligi, eng dastlabki qazilma holdagi vakillari kembriy davri yotqiziqlaridan topilganligi bilan biologlarni azaldan qiziqtirib keladi.
O'zining 60 yillik umrini ko'p tukli chuvalchanglarni o'rganishga bag'ishlagan Kristian Fauchald (1935-2015) sharafiga uning tug'ilgan kunini 2015-yilda uning vafotidan so'ng Xalqaro ko'p tukli chuvalchanglar kuni sifatida nishonlash taklif qilingan. Ushbu olim ko'p yillar Vashingtondagi Tabiat tarixi milliy muzeyida ko'p tukli chuvalchanglar bo'limi kuratori sifatida faoliyat yuritgan. U ko'p tukli chuvalchanglarning biologiyasi, ekologiyasi, ko'payishi hamda filogeneyasiga oid ko'plab tadqiqotlarni amalga oshirgan.
@hujayrauz
4 155
O‘zbekiston universitetlari nima uchun THE World University Rankings ga kira olmayapti?
Buning sabablari aslida juda oddiy. Haqiqiy top 1000 talikka kirish 18 ta mezon asosida baholanadi. Bu mezonlar orqali baholanishdan avval universitet so‘nggi besh yilda 1000 ta, har yili kamida 100 ta Web of Science va Scopus bazasidagi nufuzli jurnallarda maqola chop etgan bo‘lishi kerak. Mana shu talab bajarilgachgina keyingi mezonlar ko‘rib chiqiladi.
Bizning universitetlar hozircha mana shu ilk talabni bajara olganicha yo‘q. Xo‘sh, bu talabni bajarish uchun bizga nimalar to‘sqinlik qilmoqda?
1) O‘zbekistondagi aksariyat (barchasi desak ham bo‘ladi) universitetlar o‘qitish muassasalari hisoblanadi. Bizda ilmiy tadqiqotlarga asoslangan universitetlar deyarli yo‘q hisobida. Bizda OTM professor-o‘qituvchilarining asosiy yuklamasini o‘qitish tashkil etadi.
2) Bizdagi universitetlarda ilmiy-tadqiqot ishlari deyarli moliyalashtirilmaydi. Ayni vaqtdagi top-100 talikdagi universitetlarning boshidagilar bir yilda ilmiy-tadqiqot ishlariga mlrd lab dollar sarmoya kiritadi, tabiiyki bu o‘z mevasini bermay qolmaydi.
3) Yuqori iqtibosli nashrlar ko'pincha xalqaro mualliflar bilan birgalikda yoziladi. Bunday tarmoqlar yoki madaniyat O'zbekistonda hali yetarlicha rivojlanmagan yoki endi-endi rivojlanmoqda.
4) Zamonaviy laboratoriyalar, ma'lumotlar bazalariga obuna, ilmiy jihozlar — bularning barchasi yuqori sifatli tadqiqot uchun zarur, ammo qimmat.
Qisqacha aytganda, asosiy muammo — O‘zbekistonda universitetlar o'qitish muassasasi sifatida shakllangan, tadqiqot markazi sifatida emas. Bu tuzilmaviy o'zgarish bo'lib, bir-ikki yilda emas, o'n yillarda yechiladi. Shu bois mingtalikka kirishni istasak professor-o‘qituvchilarga majburiy xalqaro maqola chiqarish talabini qo‘yishdan maʼni yo‘qligini ertaroq tushunishimiz kerak. Bir-ikki yillik bosim ostida chiqarilgan Q3-Q4 dagi vaqtinchalik Scopus jurnallarda chiqarilgan maqolalar bilan baribir dastlabki talabni bajara olmaymiz. Toki universitetlarimiz tadqiqot markazlariga aylanmas ekan, ilmiy-tadqiqot ishlari universitet tomonidan moliyalashtirilmas ekan mingtalikka kirishimiz orzuligicha qolaveradi.
@hujayrauz
4 155
Men albatta negativ bo‘lmoqchi emasman, lekin bu xabar biroz g‘alati talqin qilingan.
Kun.uz top-1000 talik deyayotgan ro‘yxat aslida dunyoning kuchli top 1000 talik universitetlari ro‘yxati emas. Bu BMTning "Barqaror rivojlanish maqsadlari" (SDG)ga asoslangan alohida ro‘yxat va bu universitetlarning akademik salohiyatini baholashga ixtisoslashmagan, aksincha universitet siyosati SDGga qay daraja mosligini baholaydigan reyting. Qolaversa bu reyting to‘la aʼzolikka asoslangan.
Times Higher Education (THE)ning 2026-yil uchun eʼlon qilgan dunyoning top 1000 talik universitetlari qatoriga O‘zbekistonning faqat bir dona universiteti — Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (501-600) kiritilgan xolos. Boshqa biror universitetimiz mingtalikka kira olmagan.
Haqiqiy mingtalikdagi top universitetlar SDGga asoslangan reytingda deyarli qatnashishmaydi, chunki ular uchun bu umuman qiziq emas. Bu ro‘yxatda asosan rivojlanayotgan davlatlarning universitetlarini ko‘rish mumkin.
Men mamlakatimiz universitetlarini bu kabi reytinglardan ko‘ra chinakam kuchli top-1000 talik reytinglarga kirishga harakat qilishlarini istar edim. Biroq top-1000 talikka buyruqbozlik, topshiriqbozlik bilan kirib bo‘lmaydi. Uzoq yillik ishlaydigan reja, sharoit va resurs kerak.
@hujayrauz
4 155
Repost from 1000KITOB
#tashabbuslar_marafoni
Vodiy gavhari Farg‘onada uchrashamiz!
“Devon” ma’rifiy muloqotlari yakuniga yetib bormoqda. Bu safar amerikalik adabiyotshunos Maykl Rayanning “Adabiyot nazariyasi” asari haqida suhbatlashamiz. Ushbu kitob dunyoning ko‘plab universitetlarida adabiyot nazariyasiga kirish qo‘llanmasi sifatida o‘qitiladi, tavsiya etiladi.
Loyihamiz doirasida chop etilgan bir qator kitoblar ilmiy muharriri, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Baxtiyor Sheraliyev muloqotda ishtirok etadi.
Tadbir 22-iyun soat 17:00 da boshlanadi.
Manzil: Farg‘ona shahri, Ahmad al-Fargʻoniy bog‘i
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
4 155
19-iyun Xalqaro albatroslar kuni
Albatroslar (Diomedeidae) oilasi vakillari o'z ichiga 13-24 turdagi qushlarni birlashtiradi. Ushbu oilaning aniq tur soni ornitologlar orasida hanuzgacha bahs mavzusi hisoblanadi. Deyarli barcha turi Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.
Ular dengiz va okeanlar yuzasida uchib suvdagi baliq, kalmar va boshqa suv hayvonlarini ovlaydi. Suvga 5-13 metrgacha sho'ng'iy oladi. Hid bilishi boshqa qushlarnikiga nisbatan ancha yaxshi rivojlangan. O'ljasini hidi orqali topa oladi.
@hujayrauz
