uk
Feedback
Yoshlar ishlari agentligi

Yoshlar ishlari agentligi

Відкрити в Telegram

Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi • info@yoshlar.gov.uz • ☎️ 1093 • Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy • gov.uz/yoshlar Ijtimoiy tarmoqlarda biz: http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi

Показати більше

📈 Аналітичний огляд Telegram-каналу Yoshlar ishlari agentligi

Канал Yoshlar ishlari agentligi (@yoshlaragentligi) у мовному сегменті Узбецька є активним учасником. На даний момент спільнота об'єднує 228 942 підписників, посідаючи 327 місце в категорії Освіта та 140 місце у регіоні Узбекистан.

📊 Показники аудиторії та динаміка

З моменту свого створення невідомо, проект продемонстрував стрімке зростання, зібравши аудиторію у 228 942 підписників.

За останніми даними від 02 липня, 2026, канал демонструє стабільну активність. Хоча за останні 30 днів спостерігається зміна кількості учасників на -16 814, а за останні 24 години на -516, загальне охоплення залишається високим.

  • Статус верифікації: Верифікований (Офіційно підтверджено Telegram)
  • Рівень залученості (ER): Середній показник залученості аудиторії становить 9.29%. Протягом перших 24 годин після публікації контент зазвичай збирає 6.41% реакцій від загальної кількості підписників.
  • Охоплення публікацій: В середньому кожен допис отримує 21 274 переглядів. Протягом першої доби публікація в середньому набирає 14 674 переглядів.
  • Реакції та взаємодія: Аудиторія активно підтримує контент: середня кількість реакцій на один пост – 52.

📝 Опис та контентна політика

Автор описує ресурс як майданчик для висловлення суб'єктивної думки:
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi • info@yoshlar.gov.uz • ☎️ 1093 • Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy • gov.uz/yoshlar Ijtimoiy tarmoqlarda biz: http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi

Завдяки високій частоті оновлень (останні дані отримано 03 липня, 2026), канал підтримує актуальність та високий рівень охоплення публікацій. Аналітика показує, що аудиторія активно взаємодіє з контентом, що робить його важливою точкою впливу в категорії Освіта.

228 942
Підписники
-51624 години
-3 2747 днів
-16 81430 день
Архів дописів
⚡️ Sirdaryo viloyatidagi o‘rganishlar davom etmoqda: Xovos yoshlari bilan ochiq muloqot Birozdan so‘ng Xovos tumani hokimligi binosida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ishtirokida tuman yigit-qizlari bilan ochiq muloqot boshlanadi. Ushbu yuzma-yuz uchrashuvda yoshlarning taklif hamda g‘oyalari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalarga amaliy yechim izlanadi. Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan e’lon qilingan yangi imtiyoz va tashabbuslarni bevosita hayotga tatbiq etish yo‘nalishlari muhokama qilinadi. Jarayonlarni kuzatib boring! 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt

⚡️ Yangi imkoniyatlar mahallagacha 🇺🇿Davlatimiz rahbarining 30-iyun — Yoshlar kunidagi uchrashuvida e’lon qilingan yangi ta
+6
⚡️ Yangi imkoniyatlar mahallagacha 🇺🇿Davlatimiz rahbarining 30-iyun — Yoshlar kunidagi uchrashuvida e’lon qilingan yangi tashabbuslarni hududlarda amaliyotga tatbiq etish hamda bevosita yoshlarga yetkazish bo‘yicha tuzilgan Respublika ishchi guruhining o‘rganishlari davom etmoqda. Bugun ishchi guruh a’zolari Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida bo‘lib, hududdagi yigit-qizlar bilan samimiy muloqotlar o‘tkazdi. Tashrif doirasida tumanda yoshlarni kasb-hunar va tillarga o‘qitayotgan bir qator o‘quv markazlarining faoliyati bilan ham yaqindan tanishildi. Maqsad — yoshlarning intilish va muammolarini eshitish, ularning faoliyatini kengaytirishga ko‘maklashishdir. Eng muhimi, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan yangi imtiyozlarni har bir yigit-qizga sodda qilib tushuntirish hamda ularni o‘z maqsadlari sari dadil qadam tashlashida qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa sifatida belgilandi. O‘rganishlar qizg‘in davom etmoqda. 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt

⚡️Yoshlar uchun xalqaro ta’lim imkoniyatlari Yigit-qizlarimizning zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan sohalarda xalqaro darajad
+3
⚡️Yoshlar uchun xalqaro ta’lim imkoniyatlari Yigit-qizlarimizning zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan sohalarda xalqaro darajadagi bilim olishi uchun keng sharoitlar yaratilmoqda. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan xalqaro Farmatsevtika Texnik Universiteti (PTU) ham shunday imkoniyatlar markazidir. Ushbu davlat oliygohida darslar to‘liq ingliz tilida olib boriladi va bitiruvchilarga Buyuk Britaniyaning nufuzli “De Montfort University” va “University of Sunderland” Janubiy Koreyaning "Yonsei" oliygohlarining diplomi beriladi. Talabalar 1-kursdanoq xalqaro almashinuv dasturlariga jalb qilingan. Asosiy yo‘nalishlar: Xalqaro farmatsiya, Biokimyo, Biotibbiyot, Sanoat farmatsiyasi va Kosmetika, Biznes menejment va Data analitika. Keyingi yillardan Germaniyaning 1-raqamli universiteti - Myunhen Texnika Universiteti dasturlari ham yo'lga qo'yiladi. Muhim qulaylik shundaki, IELTS 5.0 yoki CEFR 48 sertifikatiga ega abituriyentlar kirish imtihonidan ozod etiladi. 👉 Batafsil ma’lumot 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt

Respublika ishchi guruhi Sirdaryoda 🇺🇿Bugun davlatimiz rahbarining 30-iyun — “Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar bilan
+9
Respublika ishchi guruhi Sirdaryoda 🇺🇿Bugun davlatimiz rahbarining 30-iyun — “Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar bilan o‘tkazgan tarixiy uchrashuvida belgilangan vazifalar, yangi tashabbus va imtiyozlarni joylarda joriy etish maqsadida Sirdaryo viloyatiga amaliy tashrif tashkil etildi. Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi Xovos tumani misolida berilgan topshiriqlar ijrosini o‘rgandi. Tashrifdan maqsadi — Xovos tumani yoshlari orasida tadbirkorlikni kengaytirish, sun’iy intellekt va raqamlashtirish loyihalariga yigit-qizlarni keng jalb etish hamda uchrashuvda e’lon qilingan yangi imkoniyatlarni har bir mahallaga yetkazishdan iboratdir. Muloqotlar davomida dastlab Guliston shahridagi “Madinabonu” xususiy o‘quv markazi faoliyati, uning qamrovi va mavjud imkoniyatlari tahlil qilindi. Ishchi guruhning keyingi manzili Xovos tumanidagi 1-sonli politexnikum bo‘ldi. 1987-yilda qurilgan, 600 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu maskanda hozirda 491 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Oliygohda uchrashuvda belgilangan xususiy sektor ishtirokini kengaytirish va litsenziya talablarini soddalashtirish orqali muassasa faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, tumanda yoshlar uchun barcha zamonaviy sharoitlarga ega bo‘lgan “Yoshlar markazi” faoliyati bilan ham yaqindan tanishildi. Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan har bir vazifa mamlakatimizning eng chekka hududlaridagi o‘g‘il-qizlar hayotida ham o‘z aksini topishi uchun tizimli ishlar davom ettiriladi. 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt

Yosh iqtisodchilar oromgohiga qabul ochildi! Ayrim sabablarga ko‘ra yoz mavsumiga qoldirilgan Yosh iqtisodchilar oromgohi uchun qabul jarayoni yana boshlandi. 🎉 🏕 Oromgohga yo‘llanma olish uchun quyidagi mezonlar asosida saralash amalga oshiriladi:
1) Hududlarda faol va samarali ishlagan jamoa a’zolari 2) Tadbirlarda faol ishtirok etib ball to‘plagan ishtirokchilar 3) Hozircha ballari mavjud bo‘lmagan, ammo jamoamizga qo‘shilish va faoliyat yuritish istagidagi yangi a’zolar
Oromgoh Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar jamg‘armasi va “Financopedia” loyihasi hamkorligida Toshkent viloyati Yoshlar oromgohida 13-19 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Ro‘yxatdan o‘tish: fncp.uz rasmiy sayt orqali ariza to’ldiring Ariza topshirish muddati 5-Iyulgacha 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt

🇺🇿 2-iyul — Davlat gerbi qabul qilingan kun! Bugun mamlakatimiz mustaqilligi, xalqimizning shonli tarixi va yorqin kelajagi
🇺🇿 2-iyul — Davlat gerbi qabul qilingan kun! Bugun mamlakatimiz mustaqilligi, xalqimizning shonli tarixi va yorqin kelajagini o‘zida mujassam etgan muqaddas timsollardan biri — O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun. Gerbimizdagi har bir chizgida chuqur ma’no va o‘ziga xoslik bor: baland tog‘lar uzra charaqlab turgan quyosh, rizq-ro‘zimiz bo‘lgan bug‘doy va paxta boshoqlari, shuningdek, baxt, himmat va umid ramzi bo‘lgan afsonaviy Humo qushida el-yurtimizning ulug‘vor maqsadlari hamda ezgu niyatlari aks etgan. Barcha yoshlarni va xalqimizni ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy muborakbod etamiz! Vatanimiz timsollari hamisha yuksaklarda porlayversin! 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt

Olimpiya shaharchasidagi unutilmas kun: “Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi!” ⚡️Kecha poytaxtimizdagi muhtasham Olimpiya shah
+9
Olimpiya shaharchasidagi unutilmas kun: “Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi!” ⚡️Kecha poytaxtimizdagi muhtasham Olimpiya shaharchasida 30-iyun — “Yoshlar kuni” munosabati bilan minglab yigit-qizlarni bir maydonga jamlagan katta gala-konsert va bayram dasturi bo‘lib o‘tdi. Ushbu oqshom chinakam yoshlik, shijoat va do‘stlik tantanasiga aylandi. Taniqli san’atkorlarning chiqishlari, yorqin shou-dasturlar hamda yoshlarimizning jo‘shqin energiyasi bayramga o‘zgacha fayz kiritib, unutilmas xotiralarga boy bo‘ldi. 👏Tadbirlarda faol ishtirok etgan barcha yoshlarga samimiyat va qaynoq taassurotlar uchun tashakkur! Yangi marralar sari doim shunday baland kayfiyatda olg‘a qadam tashlang! #Yoshlar #30iyun 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt

Faol yoshlar Islom sivilizatsiyasi markazida 🇺🇿Kuni kecha Davlatimiz rahbari bilan bo‘lib o‘tgan tarixiy muloqotdan unutilm
+6
Faol yoshlar Islom sivilizatsiyasi markazida 🇺🇿Kuni kecha Davlatimiz rahbari bilan bo‘lib o‘tgan tarixiy muloqotdan unutilmas taassurotlar va ulkan motivatsiya olgan yigit-qizlar Islom sivilizatsiyasi markazi majmua bo‘ylab sayohat qilishdi. Tashrif davomida yoshlar yurtimiz zaminidan yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlar, alloma va muhaddislarning jahon ilm-fani hamda islom madaniyati rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu ulkan ma’naviyat va ma’rifat maskani yoshlarda ajdodlarimizning boy ilmiy merosiga nisbatan yuksak faxr tuyg‘usini uyg‘otish bilan birga, ularning zimmasidagi mas’uliyatni ham yana bir bor yodga soldi. Zotan, uchrashuvda ta’kidlanganidek, vorislik nafaqat faxrlanish, balki Uchinchi Renessans poydevorini yaratish yo‘lidagi ulkan sharaf va fidoyilikdir. #Yoshlar #30iyun 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt

Davlatimiz rahbari yoshlarni giyohvandlikka murosasiz, ota-onalarni farzand tarbiyasiga mas’uliyatli bo‘lishga chaqirdi. #Yoshlar #30iyun 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt

Iqtidorli talabalar uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi davlat stipendiyasi va “Muhandis qizlar” stipendiyasi ta’sis etiladi. #Yoshlar #30iyun 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt

Yoshlarni muvaffaqiyatli biznes sari yetaklaydigan yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi. #Yoshlar #30iyun 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt

🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev:
"Vazir va hokimlar yoshlarga ishonch bildirib, mas’uliyatli lavozimga qo‘yishdan qo‘rqmasligi kerak”.
#Yoshlar #30iyun 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt

Oliygoh bitiruvchisini ishga olgan tadbirkorga yosh mutaxassis uchun daromad va ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilanadi. #Yoshlar #30iyun 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt

Ehtiyojmand oilalardagi 85 ming ishsiz yoshlar xususiy o‘quv markazida kasb egallashi uchun bepul “vaucher” taqdim etiladi. #Yoshlar #30iyun 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt

Har yili 500 ming o‘g‘il-qizni zamonaviy kasbga ega bo‘lishini ta’minlaydigan “Kelajak bilimlari ekotizimi” yo‘lga qo‘yiladi. #Yoshlar #30iyun 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt

Prezident Shavkat Mirziyoyev:
"Yurtimizda yoshlar bilan ishlash muhiti tubdan o‘zgardi".
#Yoshlar #30iyun 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt

🇺🇿Yangi O‘zbekistonning shijoatli, bilimga tashna va yangilikka intiluvchan yoshlari – Uchinchi Renessans poydevorini yaratadigan kuchdir. #Yoshlar #30iyun 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt

🇺🇿“Oq bo‘rilar” poytaxda! Milliy terma jamoamiz vakillari Toshkent 3-Terminal aeroportida tantanali kutib olinmoqda @yoshlaragentligi

🇺🇿Milliy terma jamoamiz Toshkentda @yoshlaragentligi

🔥Kayfiyat avjida @yoshlaragentligi