ar
Feedback
Yoshlar ishlari agentligi

Yoshlar ishlari agentligi

الذهاب إلى القناة على Telegram

Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi • info@yoshlar.gov.uz • ☎️ 1093 • Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy • gov.uz/yoshlar Ijtimoiy tarmoqlarda biz: http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi

إظهار المزيد

📈 نظرة تحليلية على قناة تيليجرام Yoshlar ishlari agentligi

تُعد قناة Yoshlar ishlari agentligi (@yoshlaragentligi) في القطاع اللغوي Uzbek لاعباً نشطاً. يضم المجتمع حالياً 302 280 مشتركاً، محتلاً المرتبة 184 في فئة التعليم والمرتبة 95 في منطقة Uzbekistan.

📊 مؤشرات الجمهور والحراك

منذ تأسيسه في невідомо، حقق المشروع نمواً سريعاً وجمع 302 280 مشتركاً.

بحسب آخر البيانات بتاريخ 29 يوليو, 2026، تحافظ القناة على نشاط مستقر. خلال آخر 30 يوماً تغيّر عدد الأعضاء بمقدار 70 596، وفي آخر 24 ساعة بمقدار 2 260، مع بقاء الوصول العام مرتفعاً.

  • حالة التحقق: موثّقة (مؤكدة رسمياً من تيليجرام)
  • معدل التفاعل (ER): يبلغ متوسط تفاعل الجمهور 15.39‎%. وخلال أول 24 ساعة من النشر يحصد المحتوى عادةً 10.29‎% من ردود الفعل نسبةً إلى إجمالي المشتركين.
  • وصول المنشورات: يحصل كل منشور على متوسط 46 381 مشاهدة. وخلال اليوم الأول يجمع عادةً 31 006 مشاهدة.
  • التفاعلات والاستجابة: يتفاعل الجمهور بانتظام؛ متوسط التفاعلات لكل منشور يبلغ 149.

📝 الوصف وسياسة المحتوى

يصف المؤلف القناة بأنها مساحة للتعبير عن الآراء الذاتية:
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi • info@yoshlar.gov.uz • ☎️ 1093 • Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy • gov.uz/yoshlar Ijtimoiy tarmoqlarda biz: http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi

بفضل وتيرة التحديث المرتفعة (أحدث البيانات بتاريخ 30 يوليو, 2026) تحافظ القناة على حداثتها ومستوى وصول مرتفع. وتُظهر التحليلات تفاعلاً نشطاً من الجمهور، ما يجعلها نقطة تأثير مهمة ضمن فئة التعليم.

302 280
المشتركون
+2 26024 ساعات
+5 4437 أيام
+70 59630 أيام
أرشيف المشاركات

⚡️Diqqat, tanlov! Xotin-qizlarning bilim va savodxonligini oshirishga qaratilgan “WikiAyollar” onlayn tanlovi WikiMarafon ham
⚡️Diqqat, tanlov! Xotin-qizlarning bilim va savodxonligini oshirishga qaratilgan “WikiAyollar” onlayn tanlovi WikiMarafon hamda Qizlar Akademiyasi loyihalari doirasida tashkil etilmoqda. Tanlov 30-iyuldan 23-avgustgacha davom etadi. Shartlar juda oddiy: @WikiTanlov_bot orqali ro‘yxatdan o‘tasiz, 22-avgustga qadar “Qizlar Akademiyasi”ning istalgan kursini tugatib, sertifikatni botga yuklaysiz. 23-avgust kuni esa 30 ta test savoliga javob berasiz. Test savollari ayollarga oid maxsus maqolalar va “Qizlar Akademiyasi” kurslari asosida tuziladi. Yakuniy natijalar 25-avgustga qadar rasmiy kanalimizda e’lon qilinadi. Barchaga omad yor bo‘lsin! Batafsil — Tanlov nizomi 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt

⚡️Dizayner va ijodkor yoshlar diqqatiga: “Uzbek Gift Contest” tanloviga marhamat! O‘zbekistonning milliy ruhini aks ettiruvchi, zamonaviy va ixcham turistik sovg‘alar yaratish qo‘lingizdan keladimi? Unda ushbu imkoniyat aynan siz uchun! Turizm qo‘mitasi, “Hunarmand” uyushmasi va Badiiy akademiya hamkorligida ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovi tashkil etilmoqda. Eng yaxshi esdalik sovg‘asi namunasini yaratgan har bir g‘olib 5 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi. ✔️Onlayn ro‘yxatdan o‘tish: 1. Dizaynerlar: 2. Hunarmandlar: O‘z ijodingizni butun dunyo sayyohlariga ko‘rsatish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Tanlov nizomi va talablari havola orali batafsil tanishishingiz mumkin! 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida “Kelajak o‘yinlari” uchinchi xalqaro musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi. #Mirziyoyev #tashrif #Qozogiston #Kelajakuyinlari 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt

⚡️Strategik kuch — 2026 🇺🇿Mamlakatimizning ertangi qiyofasi yoshlarimizning bugungi intilishlariga bog‘liq. Ular Vatan taraqqiyotining eng ishonchli strategik kuchi hisoblanadi. An’anaga aylangan “Strategik kuch” hujjatli filmini Agentlikning YouTube sahifasida tomosha qiling! 📹 https://youtu.be/JrinMz-0oCw

🔶Yirik kitobxonlik loyihalarida ishtirok etishni xohlaysizmi? Ko‘plab iqtidorli yoshlarimiz “Mutolaa” loyihasida ishlashga k
🔶Yirik kitobxonlik loyihalarida ishtirok etishni xohlaysizmi? Ko‘plab iqtidorli yoshlarimiz “Mutolaa” loyihasida ishlashga katta qiziqish bildiradi. Aynan shu maqsadda, yosh iste’dodlarni kashf etish va ularga imkoniyat yaratish uchun “Oltin ovozlar” loyihasi ishga tushirildi. Loyiha orqali siz taniqli dublyaj ustalaridan sir-asrorlarni o‘rganishingiz, audiokitoblar yaratish jarayonida bevosita qatnashishingiz va eng asosiysi — loyiha jamoasining bir qismiga aylanishingiz mumkin. Marhamat, jamoaga qo‘shiling! ✔️Batafsil: @oltinovozlaruz

Germaniyada o‘qish uchun birinchi qadamni nimadan boshlash kerak? Yevropada ta’lim olishni maqsad qilgan yoshlar uchun bu sav
Germaniyada o‘qish uchun birinchi qadamni nimadan boshlash kerak? Yevropada ta’lim olishni maqsad qilgan yoshlar uchun bu savol doim dolzarb. Jomadan” loyihasining ushbu sonida qahramonimizning muvaffaqiyat sirlari hamda Germaniyadagi talabalik hayoti haqida batafsil bilib olasiz. 📹 YouTube sahifasida tomosha qiling

RASMIY MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarda “Tirik kitob” taxallusi ostida faoliyat yuritayotgan bloger Xayrulla Asatovga o‘rnatib berilgan kitob do‘koni yopilganligi haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz: Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Xayrulla Asatovning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘rnatib berilgan zamonaviy kitob do‘koni yopilmagan. Do‘kon hozirgi kunda ham o‘z faoliyatini to‘liq va uzluksiz davom ettirmoqda. Barcha yoshlar va kitobsevarlar o‘zlariga qulay bo‘lgan har ikkala manzilga tashrif buyurib, bemalol kitob xarid qilishlari mumkinligini bildiramiz. 📹Batafsil videoda 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt

⚡️O‘zbekiston yoshlari Microsoft va Adobe bo‘yicha jahon chempionatiga yo‘l oldi! Joriy yilning 26–29-iyul kunlari AQShning K
⚡️O‘zbekiston yoshlari Microsoft va Adobe bo‘yicha jahon chempionatiga yo‘l oldi! Joriy yilning 26–29-iyul kunlari AQShning Kaliforniya shtatida “Microsoft Office Specialist” hamda “Adobe Certified Professional” xalqaro musobaqalari bo‘lib o‘tadi. Unda milliy chempionatda g‘olib bo‘lgan iqtidorli yoshlarimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi. Mazkur nufuzli musobaqada 100 dan ortiq davlatdan kelgan yoshlar Microsoft (Word, Excel, PowerPoint) va Adobe (Photoshop, Illustrator, InDesign) dasturlari bo‘yicha o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazadi. 🇺🇿Davlatimiz rahbari Yoshlar kuniga bag‘ishlangan uchrashuvda xalqaro professional sertifikatlarni ommalashtirish va zamonaviy kasblarni rivojlantirishni ustuvor yo‘nalish sifatida ta’kidlagan edi. Ushbu chempionat yoshlarimizning global mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini namoyish etish uchun muhim qadamdir. Shuningdek, safar doirasida o‘tkaziladigan “2026 Global Partner Summit” xalqaro sammiti vakillarimizga qator imkoniyatlarni taqdim etadi: ✔️dunyoning eng kuchli raqamli mutaxassislari bilan bellashish; ✔️global texnologik kompaniyalar ekspertlari bilan tajriba almashish; ✔️mamlakatimizda xalqaro professional sertifikatlash tizimini yanada rivojlantirish. 👏Jamoamizga ulkan zafarlar tilaymiz! 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt

🇺🇿“O‘zbek orzusi” maxsus hujjatli filmini o‘tkazib yubormang! Mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar — shaffof ta’lim tizimi, yoshlarning ishlashi uchun qulay sharoitlar, foizsiz ta’lim kreditlari hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari ko‘plab yigit-qizlarning hayotida muhim burilish yasamoqda. Yoshlar siyosati natijasida ro‘yobga chiqqan maqsadlar va tengdoshlarimiz taqdiridagi ijobiy o‘zgarishlar haqida hikoya qiluvchi “O‘zbek orzusi” maxsus filmida tomosha qiling. Premyerani bugun soat 15:15 da “O‘zbekiston 24” telekanalida tomosha qiling. #Mirziyoyev #PresidentUZ #NewUzbekistan 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt

⚡️Strategik kuch — 2026 🇺🇿Mamlakatimizning ertangi qiyofasi yoshlarimizning bugungi intilishlariga bog‘liq. Ular Vatan taraqqiyotining eng ishonchli strategik kuchi hisoblanadi. An’anaga aylangan “Strategik kuch” hujjatli filmida bu yil ham yurtimizning eng shijoatli va yorqin qahramonlari bilan yuzlashamiz! Filmda joriy yilda yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalangan, katta mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib, yurt ravnaqi yo‘lida izchil harakat qilayotgan iqtidorli yigit-qizlarning hayot yo‘li va erishgan natijalari yoritiladi. Premyerani bugun, 24-iyul kuni: 📹 9:20 da“O‘zbekiston 24”; 📹 10:50 da “Mening yurtim”; 📹 15:10 va 20:30 da“Yoshlar”; 📹 18:30 da “Toshkent”; 📹 18:00 da “Renessans” hamda hududiy telekanallarda tomosha qilishingiz mumkin! #Mirziyoyev #PresidentUZ #NewUzbekistan #StrategikKuch #YoshlarSiyosati

+7
🇺🇿Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin, Hurmatli Prezident! #Mirziyoyev #PresidentUZ #NewUzbekistan 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt