uk
Feedback
Samarqand viloyati FVB/ O‘zingizni asrang!

Samarqand viloyati FVB/ O‘zingizni asrang!

Відкрити в Telegram

🌐 Samarqand viloyati FVB matbuot xizmati rasmiy telegram kanali 📬Murojat uchun: @Ilhomboqiyev 📰 Eng so‘ngi sohaga oid yangiliklar ✍ Tahliliy maqolalar ☝️ Ibratli so‘zlar 🛍 E'lonlar 🌤 Оb-havo ma'lumotlari

Показати більше
4 477
Підписники
+324 години
-187 днів
-60530 день
Архів дописів
Avlodlar uchrashuvi – tajriba va saboq maktabi Avval xabar berganimizdek, Samarqand viloyati FVB hamda FVV Akademiyasi huzuri
+7
Avlodlar uchrashuvi – tajriba va saboq maktabi Avval xabar berganimizdek, Samarqand viloyati FVB hamda FVV Akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi hamkorligida “Yoshlar oyligi” doirasida yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi. Festival doirasida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etilib, unda faxriylar, amaldagi xodimlar hamda yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida hayotiy va kasbiy tajribalar haqida so‘z yuritilib, yoshlarni Vatanga sadoqat, fidoyilik hamda yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, avlodlar o‘rtasidagi samimiy muloqot va fikr almashuvda faol ishtirok etdilar. 🔰Boshqa yangiliklar👇 📱Veb-sayt | 📱Facebook |📱Telegram | 📱instagram | 📱Youtube

Ishlab chiqarish korxonasida profilaktik tadbir va o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi Samarqand viloyati FVB tomonidan Urgut tumani
+9
Ishlab chiqarish korxonasida profilaktik tadbir va o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi Samarqand viloyati FVB tomonidan Urgut tumanidagi yirik ishlab chiqarish korxonasida ishchi-xodimlar ishtirokida profilaktik tadbir hamda amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Tadbir davomida yong‘in xavfsizligi qoidalari, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish tartibi, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, taqiqlangan hududlarda cho‘milishning ayanchli oqibatlari hamda suv havzalarida xavfsizlik qoidalariga rioya etish zarurligi yuzasidan ma’lumotlar yetkazildi. Amaliy o‘quv mashg‘ulotida esa shartli yong‘in sodir bo‘lganda harakatlanish, evakuatsiya tadbirlarini amalga oshirish hamda yong‘inni dastlabki vositalar yordamida bartaraf etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar mustahkamlandi. 🔰Boshqa yangiliklar👇 📱Veb-sayt | 📱Facebook |📱Telegram | 📱instagram | 📱Youtube

#Kun_xabarlari Toyloq tumanida FVB xodimlari tomonidan yoz mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar tafsiloti 🔰Boshqa yangiliklar👇 📱Veb-sayt | 📱Facebook |📱Telegram | 📱instagram | 📱Youtube

#Yoshlar_oyligi 🔴Live | Ayni damda Samarqand viloyati FVB hamda FVV Akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi hamkorlig
+9
#Yoshlar_oyligi 🔴Live | Ayni damda Samarqand viloyati FVB hamda FVV Akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi hamkorligida “Yoshlar oyligi” doirasida yoshlar festivali bo‘lib o‘tmoqda. Festival yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, qutqaruvchi kasbiga qiziqishini oshirish hamda favqulodda vaziyatlar sohasiga oid bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan. Festival dasturidan ko‘rgazmali chiqishlar, sport musobaqalari, ijodiy chiqishlar, uchrashuvlar hamda yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirishga qaratilgan qator tadbirlar o‘rin olgan. Mazkur festivalda tizimga biriktirilgan yoshlar, “Jasorat maktabi” o‘quvchilari hamda Favqulodda vaziyatlar tizimida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar faol ishtirok etmoqda. 🔰Boshqa yangiliklar👇 📱Veb-sayt | 📱Facebook |📱Telegram | 📱instagram | 📱Youtube

#Foydali_tavsiyalar Ushbu videorolikda g‘alla maydonlarida xavfsizlik qoidalariga amal qilish bo‘yicha tavsiyalar ko‘rsatilgan. Yuqorida aytib o‘tilgan tavsiyalarga amal qiling va hosilni yong‘in hamda boshqa favqulodda vaziyatlardan asrang. — Ушбу видеороликда ғалла майдонларида хавфсизлик қоидаларига амал қилиш бўйича тавсиялар кўрсатилган. Юқорида айтиб ўтилган тавсияларга амал қилинг ва ҳосилни ёнғин ҳамда бошқа фавқулодда вазиятлардан асранг. 🔰Boshqa yangiliklar👇 📱Veb-sayt | 📱Facebook |📱Telegram | 📱instagram | 📱Youtube

Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida tizimga biriktirilgan, otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash samarado
+7
Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida tizimga biriktirilgan, otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish maqsadida o‘quv seminari tashkil etildi. Batafsil... — Самарқанд вилояти Фавқулодда вазиятлар бошқармасида тизимга бириктирилган, оталиққа олинган ёшлар билан ишлаш самарадорлигини ошириш мақсадида ўқув семинари ташкил этилди. Батафсил... 🔰Boshqa yangiliklar👇 📱Veb-sayt | 📱Facebook |📱Telegram | 📱instagram | 📱Youtube

#Tezkor_axborot Samarqandda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan b
#Tezkor_axborot Samarqandda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 13-15 iyun kunlari kutilayotgan yomg‘ir yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, Jumladan, Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. ❗️Shu o‘rinda Samarqand viloyati FVB tog‘li va tog‘oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raydi. Viloyat hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin. 🔰Boshqa yangiliklar👇 📱Veb-sayt | 📱Facebook |📱Telegram | 📱instagram | 📱Youtube

#NO_COMMENT Respublika yoshlar komissiyasi tomonidan Samarqand viloyatida o‘rganish ishlari amalga oshirildi. Jarayonda “Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Tashabbuslar marafoni”da Samarqand viloyati FVB volontyorlari va tizimga biriktirilgan yoshlarning turli tashabbus va loyihalari bilan tanishildi. — Республика ёшлар комиссияси томонидан Самарқанд вилоятида ўрганиш ишлари амалга оширилди. Жараёнда “Янги Ўзбекистонни ёшлар қуради!” шиори остида ўтказилаётган “Ташаббуслар марафони”да Самарқанд вилояти ФВБ волонтёрлари ва тизимга бириктирилган ёшларнинг турли ташаббус ва лойиҳалари билан танишилди. 🔰Boshqa yangiliklar👇 📱Veb-sayt | 📱Facebook |📱Telegram | 📱instagram | 📱Youtube

Diqqat !!! Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ogohlantiradi ! Membrana qoplamali sun’iy suv havzalarida cho‘milish taqiqlanadi — hayotingizni xavf ostiga qo‘ymang! Videoni diqqat bilan tomosha qiling, tegishli xulosa chiqaring va yaqinlaringizga ham ulashing. 🔰Boshqa yangiliklar👇 📱Veb-sayt | 📱Facebook |📱Telegram | 📱instagram | 📱Youtube

Samarqandda “Yosh qutqaruvchi-2026” musobaqasining respublika bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi. Musobaqa tafsilotlari ushbu ko‘rsatuvda. Batafsil 👉https://youtube.com/watch?v=drkJTkWIjc8&si=_ufQZGPSQyo1dn9Y

#Yoshlar_oyligi Urgut va Kattaqo‘rg‘on tumanlaridagi qutqaruv qismlarida “Yoshlar oyligi” doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tad
+3
#Yoshlar_oyligi Urgut va Kattaqo‘rg‘on tumanlaridagi qutqaruv qismlarida “Yoshlar oyligi” doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari tashkil etildi. Tadbir davomida yoshlar qutqaruv xizmati faoliyati bilan yaqindan tanishib, xodimlarning kundalik xizmat jarayoni hamda mavjud zamonaviy texnika va jihozlar bilan tanishtirildi. Mazkur tadbir yoshlar orasida qutqaruv kasbiga qiziqishni oshirish, xavfsizlik madaniyatini shakllantirish hamda profilaktik bilimlarni mustahkamlashga xizmat qildi. 🔰Boshqa yangiliklar👇 📱Veb-sayt | 📱Facebook |📱Telegram | 📱instagram | 📱Youtube

Suv havzalarida xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali o‘quv seminar o‘tkazildi Samarqand viloyati FVB tomonidan “
+9
Suv havzalarida xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali o‘quv seminar o‘tkazildi Samarqand viloyati FVB tomonidan “Suv havzalarida insonlarning suvga cho‘kishi bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar va ularning oldini olish choralari” mavzusida hamkor tashkilotlar ishtirokida ko‘rgazmali o‘quv seminar tashkil etildi. Batafsil... --- Сув ҳавзаларида хавфсизлик масалаларига бағишланган кўргазмали ўқув семинар ўтказилди Самарқанд вилояти ФВБ томонидан “Сув ҳавзаларида инсонларнинг сувга чўкиши билан боғлиқ бахтсиз ҳодисалар ва уларнинг олдини олиш чоралари” мавзусида ҳамкор ташкилотлар иштирокида кўргазмали ўқув семинар ташкил этилди. Батафсил... 🔰Boshqa yangiliklar👇 📱Veb-sayt | 📱Facebook |📱Telegram | 📱instagram | 📱Youtube

Haydovchi-qutqaruvchilarning malaka darajasini oshirish va maxsus agregatlardan foydalanish huquqini berish bo‘yicha o‘quv-me
+9
Haydovchi-qutqaruvchilarning malaka darajasini oshirish va maxsus agregatlardan foydalanish huquqini berish bo‘yicha o‘quv-metodik seminar oʻtkazildi. Batafsil... --- Ҳайдовчи-қутқарувчиларнинг малака даражасини ошириш ва махсус агрегатлардан фойдаланиш ҳуқуқини бериш бўйича ўқув-методик семинар ўтказилди. Батафсил... 🔰Boshqa yangiliklar👇 📱Veb-sayt | 📱Facebook |📱Telegram | 📱instagram | 📱Youtube

#Yoshlar_kuni Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i G‘. Muxamedov tomonidan tizimga biriktirilgan yo
+5
#Yoshlar_kuni Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i G‘. Muxamedov tomonidan tizimga biriktirilgan yoshlar, yosh harbiy xizmatchilar, xodimlar hamda talaba-yoshlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Batafsil... --- #Ёшлар_куни Самарқанд вилояти Фавқулодда вазиятлар бошқармаси бошлиғи Ғ. Мухамедов томонидан тизимга бириктирилган ёшлар, ёш ҳарбий хизматчилар, ходимлар ҳамда талаба-ёшлар иштирокида “Раҳбар ва ёшлар” учрашуви ташкил этилди. Батафсил... 🔰Boshqa yangiliklar👇 📱Veb-sayt | 📱Facebook |📱Telegram | 📱instagram | 📱Youtube

#Bu_qiziq FVV qutqaruv texnikalari haqida eksklyuziv rolik. — #Это_интересно Эксклюзивный ролик о спасательной технике МЧС. ➡️Boshqa yangiliklar 📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com

#Kun_xabarlari Bulung‘ur tumanida FVB xodimlari tomonidan yoz mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar tafsiloti 🔰Boshqa yangiliklar👇 📱Veb-sayt | 📱Facebook |📱Telegram | 📱instagram | 📱Youtube

Viloyatimiz aholisi va mehmonlari!!! G'alla maydonlari oldidan o'tayotganingizda tamaki qoldiqlarini tashlamang va dala yaqin
Viloyatimiz aholisi va mehmonlari!!! G'alla maydonlari oldidan o'tayotganingizda tamaki qoldiqlarini tashlamang va dala yaqinida turli xil chiqindilarni yoqmang! G'alla maydonlarida yong'in yoki tutun ko'rsangiz, zudlik bilan 112 qisqa raqamlariga qo'ng'iroq qilish orqali xabar berishingizni so'raymiz. 🔰Boshqa yangiliklar👇 📱Veb-sayt | 📱Facebook |📱Telegram | 📱instagram | 📱Youtube

“Vaziyat” gazetasining navbatdagi sonlarida Samarqand viloyati FVB faoliyatiga oid maqolalari chop etildi. 📌O‘qish uchun: ht
+4
“Vaziyat” gazetasining navbatdagi sonlarida Samarqand viloyati FVB faoliyatiga oid maqolalari chop etildi. 📌O‘qish uchun: https://gov.uz/oz/fvv/sections/gazetalar 🔰Boshqa yangiliklar👇 📱Veb-sayt | 📱Facebook |📱Telegram | 📱instagram | 📱Youtube

Hurmatli fuqarolar! Yurtimizda 1-iyundan “Suv havzalarida xavfsizlik oyligi” boshlandi. Ushbu tadbirlarda faol ishtirok etish
Hurmatli fuqarolar! Yurtimizda 1-iyundan “Suv havzalarida xavfsizlik oyligi” boshlandi.
Ushbu tadbirlarda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.
Ҳурматли фуқаролар! Юртимизда 1-июндан “Сув ҳавзаларида хавфсизлик ойлиги” бошланди.
Ушбу тадбирларда фаол иштирок этишингизни сўраймиз.
🔰Boshqa yangiliklar👇 📱Veb-sayt | 📱Facebook |📱Telegram | 📱instagram | 📱Youtube

#FVV_Faxriylari
Fidoyilik va jasorat namunasi
Radjabov Fayoziddin Suyarkulovich 35 yildan ortiq vaqt davomida Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida samarali xizmat qilib kelmoqda. U xizmat faoliyati davomida 10 mingga yaqin yong‘inni bartaraf etishda ishtirok etib, 1000 ga yaqin inson hayotini saqlab qolishga hissa qo‘shgan. Batafsil...
Фидойилик ва жасорат намунаси
Раджабов Фаёзиддин Суяркулович 35 йилдан ортиқ вақт давомида Самарқанд вилояти Фавқулодда вазиятлар бошқармасида самарали хизмат қилиб келмоқда. У хизмат фаолияти давомида 10 мингга яқин ёнғинни бартараф этишда иштирок этиб, 1000 га яқин инсон ҳаётини сақлаб қолишга ҳисса қўшган. Батафсил... ➡️Boshqa yangiliklar 📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com