ru
Feedback
Samarqand viloyati FVB/ O‘zingizni asrang!

Samarqand viloyati FVB/ O‘zingizni asrang!

Открыть в Telegram

🌐 Samarqand viloyati FVB matbuot xizmati rasmiy telegram kanali 📬Murojat uchun: @Ilhomboqiyev 📰 Eng so‘ngi sohaga oid yangiliklar ✍ Tahliliy maqolalar ☝️ Ibratli so‘zlar 🛍 E'lonlar 🌤 Оb-havo ma'lumotlari

Больше
4 328
Подписчики
+124 часа
-127 дней
-2930 дней
Архив постов
#Munosabat Ishtixon tumanida “ZIL” yuk avtomobilida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot Bugun, 20-sentyabr kuni soat 1
#Munosabat Ishtixon tumanida “ZIL” yuk avtomobilida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot Bugun, 20-sentyabr kuni soat 13:27 da Ishtixon tumani “G‘ofur G‘ulom” MFY, G‘ofur G‘ulom ko‘chasida harakatlanayotgan “ZIL” rusumli yuk avtomobili va uning yukxonasidagi somon toylari yonayotgani haqida viloyat FVBga xabar kelib tushgan. Xabarga asosan, yong‘in-qutqaruv ekipajlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, yong‘inni qisqa fursatda to‘liq bartaraf etgan. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi hamda moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Veb-sayt |Facebook |Telegram |instagram |Youtube

Is gazi hayot uchun xavfli Yaqin kunlarda mamlakatimizning ayrim joylarida, xususan, tog‘li va tog‘oldi hududlarida yashovchi fuqarolar tomonidan isitish qozonlaridan bosqichma-bosqich foydalanish boshlanadi. Ushbu videoda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan muhim tavsiyalar berilgan. Mazkur videoni yaqinlaringizga yuboring. — Угарный газ опасен для жизни Уже в ближайшие дни в отдельных локациях страны, в частности в горных и предгорных районах, люди начнут поэтапно пользоваться отопительными котлами. В этом ролике прозвучали важные рекомендации, к которым необходимо прислушаться. Отправьте это видео своим близким. Boshqayangiliklar 📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱instagram | 📱X.com

#MarkaziyTV “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi doirasida Samarqand shahri va Toyloq tumanida o‘tkazilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlar tafsilotlari “O‘zbekiston 24” telekanalida yoritildi. Veb-sayt | Facebook |Telegram | instagram | Youtube

Pastdarg‘om tumanida FVB xodimlari tomonidan volontyorlar ishtirokida “mahallabay” va “xonadonbay” tamoyili asosida kuchaytir
+7
Pastdarg‘om tumanida FVB xodimlari tomonidan volontyorlar ishtirokida “mahallabay” va “xonadonbay” tamoyili asosida kuchaytirilgan profilaktik tadbirlar olib borilmoqda Tadbirlar davomida kuz-qish mavsumida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, xususan, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi, yong‘inlar va boshqa noxush holatlarning oldini olish bo‘yicha aholi o‘rtasida tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Jarayonda volontyorlar ham bevosita ishtirok etib, fuqarolarga xavfsizlik qoidalarini tushuntirmoqda hamda zarur ma’lumotlar aks etgan eslatmalar tarqatmoqda. O‘rganishlar davomida mutaxassislar tomonidan aholi xonadonlaridagi dudburonlar tozalanib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda. Veb-sayt | Facebook |Telegram | instagram | Youtube

Tarix saboqlari va ma’naviy hordiq uyg‘unlashdi Samarqand viloyati FVB shaxsiy tarkibining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil eti
+5
Tarix saboqlari va ma’naviy hordiq uyg‘unlashdi
Samarqand viloyati FVB shaxsiy tarkibining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, madaniy hordiq chiqarishi uchun zarur sharoit yaratish hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda bir guruh harbiy xizmatchilar va xizmatchilar oila a’zolari bilan birgalikda Samarqand shahridagi “Sharq” kinoteatriga tashrif buyurib, buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temurning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan tarixiy filmni tomosha qildilar. Film namoyishi davomida Amir Temurning yurt tinchligi, davlat ravnaqi va xalq farovonligi yo‘lidagi faoliyati, uning jasorati, qat’iyati va Vatanga sadoqati aks ettirildi. Bunday tadbirlar shaxsiy tarkibning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bilan birga, jamoada sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhitni mustahkamlash hamda Vatanga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
Veb-sayt | Facebook |Telegram | instagram | Youtube

Repost from Rasmiy axborot
🔔Orolbo‘yida tibbiyot kadrlarini tayyorlashning yangi imkoniyatlari yaratilmoqda ⚡Sifatli tibbiy xizmat, avvalo, zamonaviy b
+2
🔔Orolbo‘yida tibbiyot kadrlarini tayyorlashning yangi imkoniyatlari yaratilmoqda ⚡Sifatli tibbiy xizmat, avvalo, zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassisga bog‘liq. Shu nuqtai nazardan, Qoraqalpog‘iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasining tashkil etilishi Orolbo‘yi uchun muhim ahamiyatga ega. ✅Akademiya Orolbo‘yining ekologik, demografik va tibbiy xususiyatlarini inobatga olgan holda, tibbiyot xodimlarini xalqaro standartlar asosida, raqamli va amaliyotga yo‘naltirilgan usulda tayyorlashga ixtisoslashadi. 🎓 Akademiyaning quvvati: 🔷yiliga 3 ming nafar shifokor; 🔷6 ming 800 nafar o‘rta tibbiyot va farmasevtika xodimi malakasini oshirish; 🔷Orolbo‘yidan 100 nafarga yaqin klinik ordinator tayyorlash. 🏙️ Uzoq hududlardan keladigan mutaxassislar uchun 72 o‘rinli mehmonxona ham tashkil etilgan. Akademiyada nazariyadan ko‘ra amaliyotga yaqinlashtirilgan ta’limga alohida e’tibor berilmoqda. 8 ta simulyasion xonada 50 dan ortiq yo‘nalish bo‘yicha raqamli va simulyasion ta’lim yo‘lga qo‘yilib, 100 dan ziyod tibbiy amaliyot bo‘yicha xalqaro standartlar asosida tayyorgarlik ko‘rish imkoni yaratilgan. 💼 Yana bir e’tiborli jihat — akademiyada “Edge Medical” jarrohlik roboti o‘rnatilgan. U simulyasion mashg‘ulotlardan tashqari real klinik sharoitda masofaviy operatsiyalarni yuqori aniqlikda bajarish imkonini beradi. ➕ Akademiyaning faoliyati ta’lim bilan cheklanmaydi. Bu yerda ilm-fan, klinik amaliyot va raqamli texnologiyalar o‘zaro uyg‘unlashtiriladi. 📌 Xususan, Orolbo‘yi ekotizimining aholi salomatligiga ta’siri, respirator va onkologik kasalliklar, xavfsiz ichimlik suvi, nutrisiologiya, reproduktiv salomatlik va ekologik epidemiologiya kabi hudud uchun dolzarb yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlar olib borish ko‘zda tutilgan. 🌎 Shuningdek, Pittsburg va Frayburg universitetlari kabi xorijiy ta’lim va tibbiyot markazlari bilan hamkorlik, xalqaro o‘quv kurslari, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, telemedisina va raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish rejalashtirilgan. Akademiyaning asosiy vazifasi — shunchaki zamonaviy ta’lim berish emas. Orolbo‘yi uchun zamonaviy bilimga ega mutaxassis tayyorlash, uni real klinik holatga kirishidan oldin xavfsiz muhitda sinash va ilg‘or tibbiy tajribani hududga olib kirish. Zero, tibbiyotda eng katta investisiya — bino yoki texnologiya emas, ulardan samarali foydalana oladigan malakali mutaxassisdir. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

#MarkaziyTV “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi doirasida Payariq tumani va Samarqand shahrida o‘tkazilgan maxsus-taktik o‘quv mashqlari tafsilotlari “O‘zbekiston 24” telekanalida yoritildi. Veb-sayt | Facebook |Telegram | instagram | Youtube

Bulung‘urda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha vazifalar belgilandi Bulung‘ur tumanida favqulodda vaziyatlarning
+3
Bulung‘urda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha vazifalar belgilandi
Bulung‘ur tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning oqibatlarini bartaraf etish hamda aholi va hududlar xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishga tuman hokimi — Fuqaro muhofazasi boshlig‘i Samandar Astonov raislik qildi. Unda Bulung‘ur tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i, mayor J. Qudratov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 8-sentabrdagi tegishli Farmoyishi ijrosi yuzasidan axborot berildi. Yig‘ilish davomida Farmoyishda belgilangan vazifalar, shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilib, mas’ullarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
 Veb-sayt | Facebook |Telegram | instagram | Youtube

#Kun_xabarlari 🦺Volontyorlar — favqulodda vaziyatlarda aholiga ko‘mak berishga tayyor! Batafsil videoda. Veb-sayt | Facebook |Telegram | instagram | Youtube

Hurmatli samarqandliklar va mehmonlar diqqatiga! Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ogohlantiradi! ✅Elektr
Hurmatli samarqandliklar va mehmonlar diqqatiga! Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ogohlantiradi! ✅Elektr energiyasidan foydalanishda quyidagi yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya qiling: ❌- Elektr tarmog‘iga ulangan elektr qurilmalari va jihozlarini qarovsiz qoldirmang; ❌- nosozligi bo‘lgan elektr jihozlaridan foydalanmang; ❌- himoya qobig‘i shikastlangan yoki himoyalash xususiyatini yo‘qotgan elektr kabel va simlardan foydalanmang; ❌- elektr tarmog‘ining yuklamasini ruxsat etilgan me’yoridan oshirmang; ❌- shikastlangan (nosoz) elektr rozetkalaridan, rubilniklardan, himoya vositalaridan, elektr simlari qutilaridan va boshqa elektr qurilmalardan foydalanmang. Ushbu qoidalariga rioya qilsangiz sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarni oldini olgan bo‘lasiz. Veb-sayt | Facebook |Telegram | instagram | Youtube

#Munosabat Samarqand tumanidagi ochiq dala maydonida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma'lumot Bugun, 17-sentyabr kuni soat
#Munosabat Samarqand tumanidagi ochiq dala maydonida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma'lumot Bugun, 17-sentyabr kuni soat 21:45 da Samarqand tumani, “O‘zbekkenti” MFY hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining aylanma qismi yoqasidagi dala maydonida quruq o‘t-o‘lan va xas-xashaklar yongani to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushdi. Xabarga asosan, yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, yong‘inni qisqa fursatda o‘rab olib, to‘liq bartaraf etgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari va zarari aniqlanmoqda. Veb-sayt |Facebook |Telegram |instagram |Youtube

Toyloqda mahallabay va xonadonbay profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda Toyloq tumanida “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kompani
+8
Toyloqda mahallabay va xonadonbay profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda Toyloq tumanida “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kompaniyasi doirasida FVB xodimlari tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda mahallabay va xonadonbay profilaktik tadbirlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, Baxshitepa mahallasida xonadonlarda yong‘in xavfsizligi holati o‘rganilib, fuqarolarga isitish pechlarini to‘g‘ri o‘rnatish va ulardan xavfsiz foydalanish, mo‘rilarni soz holatda saqlash, elektr va gaz jihozlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan fuqarolarga tegishli tavsiyalar berilib, kuz-qish mavsumini yong‘in va is gazidan xoli o‘tkazish bo‘yicha profilaktik targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Veb-sayt | Facebook |Telegram | instagram | Youtube

Psixologik sog‘lomlashtirish oyligi doirasida davra suhbatlari o‘tkazilmoqda Samarqand viloyati FVB mas’ul xodimi tomonidan “
+3
Psixologik sog‘lomlashtirish oyligi doirasida davra suhbatlari o‘tkazilmoqda Samarqand viloyati FVB mas’ul xodimi tomonidan “Psixologik sog‘lomlashtirish oyligi” doirasida tarkibiy tuzilmalarning harbiy xizmatchilari va xizmatchilari bilan davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Suhbatlarda “O‘zingga va kelajagingga ishon!”, “Hayot — bebaho ne’mat!”, “Hech qachon unutma, ortingda oilang kutmoqda!” kabi mavzularda fikr-mulohazalar bildirilib, xodimlarning ruhiy barqarorligini mustahkamlash, hayotga ijobiy munosabatini shakllantirish hamda sog‘lom psixologik muhitni ta’minlash masalalariga e’tibor qaratilmoqda. Veb-sayt | Facebook |Telegram | instagram | Youtube

“Vaziyat” gazetasining navbatdagi sonida Samarqand viloyati FVB faoliyatiga oid maqolalari chop etildi. 📌O‘qish uchun: https
+2
“Vaziyat” gazetasining navbatdagi sonida Samarqand viloyati FVB faoliyatiga oid maqolalari chop etildi. 📌O‘qish uchun: https://gov.uz/oz/fvv/sections/gazetalar Veb-sayt | Facebook |Telegram | instagram | Youtube

Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni: profilaktik tadbirlar o‘tkazildi Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni munosabati bilan
+2
Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni: profilaktik tadbirlar o‘tkazildi Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni munosabati bilan Samarqand viloyati FVB mas’ul xodimlari tomonidan Oqdaryo va Pastdarg‘om tumanlari FVB hamda FVV huzuridagi Malaka oshirish markazida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi. Tadbirda xizmat intizomini yanada mustahkamlash, huquqbuzarliklar, xususan, korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xodimlarga xizmat faoliyatida halollik, shaffoflik va qonuniylik tamoyillariga qat’iy amal qilish zarurligi bo‘yicha tegishli tavsiya va ogohlantirishlar berildi. Shuningdek, harbiy xizmatchilar o‘rtasida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, xizmat davomida xavfsizlik qoidalariga rioya etish, shuningdek, turli jinoyat va huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi. Veb-sayt | Facebook |Telegram | instagram | Youtube

#Samarqand_yangiliklari Talabalar turar joylarida xavfsizlik — muhim vazifa Samarqand viloyati FVB tomonidan oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirokida kuz-qish mavsumida talabalar turar joylarida yong‘in va is gazidan zaharlanishning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan seminar-yig‘ilish o‘tkazildi. Seminarda muhokama qilingan masalalar — videoda. Veb-sayt | Facebook |Telegram | instagram | Youtube

🔥 ISITISH PECHLARINI TO‘G‘RI O‘RNATDINGIZMI? Kuz-qish mavsumida xonadonlarda isitish pechlaridan foydalanishda xavfsizlik qo
🔥 ISITISH PECHLARINI TO‘G‘RI O‘RNATDINGIZMI? Kuz-qish mavsumida xonadonlarda isitish pechlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish — yong‘in va is gazidan zaharlanishning oldini olishning muhim sharti. 👉 Pechlarni o‘rnatishda qaysi masofalarga rioya qilish kerak? 👉 Nimalarni qilish qat’iyan taqiqlanadi? 👉 Xavfsizlik uchun nimalarga e’tibor berish lozim? 📌 Javoblar — infografikada! 📲 Shunday foydali va hayotiy xavfsizlik tavsiyalarini muntazam olish uchun @samarqandfvb kanaliga obuna bo‘ling. 🔄 Infografikani yaqinlaringizga ham ulashing! Veb-sayt | Facebook |Telegram | instagram | Youtube

Samarqanddagi “Boqiy shahar” markazi amfiteatrida 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Veb-sayt | Facebook |Telegram | instagram | Youtube

Yong‘in — e’tiborsizlikni kechirmaydi! 📻 FM-105.2 | “Bugunning gapi” eshittirishida Nurobod va Payariq tumanlari hamda Samarqand shahrida FVB xodimlar tomonidan “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kompaniyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda fuqarolar uchun zarur tavsiyalar haqida ma’lumot berildi. 🎧 Tinglang va yaqinlaringizga ham ulashing! Veb-sayt | Facebook |Telegram | instagram | Youtube