Samarqand viloyati FVB/ O‘zingizni asrang!
Ir al canal en Telegram
🌐 Samarqand viloyati FVB matbuot xizmati rasmiy telegram kanali 📬Murojat uchun: @Ilhomboqiyev 📰 Eng so‘ngi sohaga oid yangiliklar ✍ Tahliliy maqolalar ☝️ Ibratli so‘zlar 🛍 E'lonlar 🌤 Оb-havo ma'lumotlari
Mostrar más4 361
Suscriptores
-1224 horas
-67 días
-2330 días
Archivo de publicaciones
Samarqand viloyat mexanizatsiyalash yig‘ma komandasi to‘liq shay holatga keltirildi.
Jarayon davomida har bir tuzilmaning belgilangan vazifalari, ularning ixtiyorida mavjud bo‘lgan kuch va vositalari ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilar tomonidan mavjud imkoniyatlar tahlil qilinib, zarur tavsiyalar berildi.
Veb-sayt | Facebook |Telegram | instagram | Youtube
Repost from Rasmiy axborot
✍ “Ватаннинг обрўси — бизнинг обрўйимиз”: Америкадаги 500 ватандошдан Президентга мактуб келди
АҚШ ва Канадада яшаётган 500 нафар ўзбекистонлик Президент Шавкат Мирзиёевга мурожаат йўллаб, Янги Ўзбекистондаги ўзгаришлар ва мамлакатнинг халқаро майдондаги нуфузи юксалаётганини алоҳида эътироф этди.
Мурожаатда сўнгги йилларда давлатнинг очиқлиги, хориждаги ватандошлар билан муносабат мутлақо янги босқичга кўтарилгани, улар билан мулоқот қилиш, фикрини эшитиш ва Ватан билан алоқаларини мустаҳкамлашга катта эътибор қаратилаётгани қайд этилган.
🇺🇸🇺🇿 Айниқса, Ўзбекистон ва АҚШ муносабатларининг янги босқичга кўтарилаётгани ватандошларда катта умид уйғотаётгани таъкидланган. Улар Президент Шавкат Мирзиёевнинг Дональд Трамп билан бўлажак бевосита ва ишончли мулоқоти, олий даражадаги учрашувлар, шунингдек, АҚШ ҳукумати, Конгресси ва ишбилармон доиралари билан кенгайиб бораётган ҳамкорлик Ўзбекистон учун янги имкониятлар очишига ишонч билдирган.
🔷“Сиз олиб бораётган сиёсат бизга нафақат янги имкониятлар яратмоқда, балки зиммамизга катта масъулият ҳам юкламоқда. Биз хорижда яшаётган ватандошлар Ўзбекистоннинг муносиб вакиллари бўлишимиз, Ватанимизнинг ҳақиқий қиёфасини кенг жамоатчиликка етказишимиз керак”, — дейилади мурожаатда.Ватандошлар америкалик тадбиркор ва инвесторларни Ўзбекистонга жалб қилиш, янги технологиялар, билим ва тажрибаларни Ватанга олиб бориш, таълимий ва маданий алоқаларни кучайтиришга ҳисса қўшишга тайёр эканини билдирган. Мурожаатда яна бир муҳим фикр алоҳида урғуланган:
🔷“Ватаннинг обрўси — бизнинг обрўйимиз. Ўзбекистоннинг ютуғи — бизнинг ютуғимиз. Ўзбекистон байроғининг дунё майдонида баланд кўтарилиши — ҳар бир ватандошимиз учун фахр ва ифтихордир”.Мактуб якунида ватандошлар Президент Шавкат Мирзиёевни ва Ўзбекистон халқини яқинлашиб келаётган Мустақиллик байрами билан табриклаб, мамлакат тинчлиги, халқ фаровонлиги ва Янги Ўзбекистон тараққиёти йўлидаги ислоҳотларга муваффақият тилаган. Мурожаат “Vatan Global Alliance” жамияти раиси Озод Солиев, Ўзбекистон халқ артистлари Эркин Малаков ва Муҳаббат Шамаева, Ватан Филадельфия жамияти раиси Саидулло Аҳмедов, Ватан Нью-Йорк жамияти раиси Бахтиёр Қодиров ҳамда Америкада яшаётган 500 нафар ватандош номидан йўлланган. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Favqulodda vaziyatlar vazirligida “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajakni yaratamiz!” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali bayram tadbiri tafsilotlari ushbu videorolikda.
—
Фавқулодда вазиятлар вазирлигида “Ягона Ватан, ягона халқ бўлиб, янги ҳаёт ва келажакни яратамиз!” шиори остида Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг 35 йиллигига бағишлаб ўтказилган тантанали байрам тадбири тафсилотлари ушбу видеороликда.
➡️Boshqa yangiliklar
📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com
+9
Favqulodda vaziyatlar vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali bayram tadbiri boʻlib oʻtdi
“Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajakni yaratamiz!” shiori ostida oʼtkazilgan ushbu tadbir Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.I.Ikramovning faxriylar, harbiy xizmatchilar va xizmatchilarga bayram tabrigi bilan boshlandi. Batafsil...
—
Фавқулодда вазиятлар вазирлигида Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали байрам тадбири бўлиб ўтди
“Ягона Ватан, ягона халқ бўлиб, янги ҳаёт ва келажакни яратамиз!” шиори остида ўтказилган ушбу тадбир Фавқулодда вазиятлар вазири генерал-майор А.И.Икрамовнинг фахрийлар, ҳарбий хизматчилар ва хизматчиларга байрам табриги билан бошланди. Батафсил...
➡️Boshqa yangiliklar
📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yuksak davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan bir guruh vatandoshlarimizni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
—
С участием Президента Шавката Мирзиёева состоялась церемония награждения группы соотечественников, удостоенных высоких государственных наград в связи с 35-летием независимости нашей страны.
#Mirziyoyev #marosim #mustaqillik35 #taqdirlash
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+6
“Samarqand kitobxonlari” — bilim va ma’rifat bellashuvi
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Samarqand shahar hokimligi tomonidan davlat xizmatchilari o‘rtasida “Samarqand kitobxonlari” tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — davlat xizmatchilarining tarixiy bilimlarini oshirish, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish hamda kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etishdan iborat.
Tanlov ishtirokchilari tariximiz, ajdodlarimiz merosi va kitobxonlik borasidagi bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Tanlov nizomiga ko‘ra, g‘oliblar tegishli tartibda diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.
Veb-sayt | Facebook |Telegram | instagram | Youtube
Kattaqo‘rg‘on suv omborida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan
Fuqarolarning suv havzalarida xavfsizligini ta’minlash hamda suvda baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida Samarqand viloyati FVB tomonidan Kattaqo‘rg‘on suv omborida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.
Suv ombori hududida xavfli zonalar va cho‘milish joylarini ko‘rsatuvchi ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatilgan, qutqaruv vositalari bilan ta’minlangan hamda videokuzatuv tizimlari yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, dam olish maskanlarida qutqaruvchilar navbatchiligi tashkil etilib, suv transporti vositalaridan xavfsiz foydalanish ustidan nazorat kuchaytirilgan.
Ayni vaqtda dam oluvchilar o‘rtasida suvda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, belgilanmagan joylarda cho‘milmaslik, bolalarni nazoratsiz qoldirmaslik hamda ehtiyot choralariga amal qilish yuzasidan muntazam ravishda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Veb-sayt | Facebook |Telegram | instagram | Youtube
Bayram tadbirlarida xavfsizlik — muhim vazifa
“Assalom, Samarqand!” teleko‘rsatuvida Samarqand viloyati FVB Axborot xizmati boshlig‘i Ilhom Boqiyev ishtirok etib, Mustaqillikning 35 yilligi hamda Bilimlar kuni tadbirlarini xavfsiz o‘tkazish, favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
Veb-sayt | Facebook |Telegram | instagram | Youtube
#Sayyor_qabul
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tomonidan Qurolli Kuchlar tizimidagi vazirlik va idoralar bilan Samarqand viloyati, Samarqand shahrida harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari hamda soha faxriylarini ijtimoiy himoya qilish, har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, mavjud muammolarni joylarga chiqqan holda oʻrganib, hal qilinishini taʼminlash maqsadida, ommaviy sayyor qabul oʻtkaziladi.
📊 Qabul 2026-yil 27-avgust kuni soat 11:00 da Samarqand shahar, "Xazora" MFY, "Spitamen" shoh ko‘chasi, 157-uy manzilida joylashgan Samarqand garnizoni Ma'naviyat va ma'rifat markazi binosida boshlanadi.Shu munosabat bilan, murojaatlaringiz boʻyicha ushbu ommaviy sayyor qabulda ishtirok etish uchun taklif etamiz. Veb-sayt | Facebook |Telegram | instagram | Youtube
+9
Samarqand viloyat mexanizatsiyalash yig‘ma komandasi to‘liq shay holatga keltirildi.
Jarayon davomida har bir tuzilmaning belgilangan vazifalari, ularning ixtiyorida mavjud bo‘lgan kuch va vositalari ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilar tomonidan mavjud imkoniyatlar tahlil qilinib, zarur tavsiyalar berildi.
Veb-sayt | Facebook |Telegram | instagram | Youtube
