QASHQADARYO VILOYATI SOLIQ BOSHQARMASI
Відкрити в Telegram
Soliq_sohasiga_oid_yangiliklar Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali. https://www.facebook.com/qashvsb Murojaat uchun @@Firdavsiy_soliq_pressa telefonlar: 📞75 225-10-82, 📞 91 460-38-34
Показати більше1 585
Підписники
+224 години
-17 днів
-430 день
Архів дописів
#yashirin_iqtisodiyot
📌 Qashqadaryoda 10 mingdan ortiq ishchi-xodimning faoliyati qonuniylashtirildi
Viloyatda norasmiy ish o‘rinlarini soyadan chiqarish hamda fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish borasida tizimli tushuntirish va targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.
Olib borilgan chora-tadbirlar natijasida, 2026-yilning o‘tgan davri mobaynida viloyat bo‘yicha jami 10 049 nafar ishchi-xodimning faoliyati qonuniy asosda rasmiylashtirilishiga erishildi.
⚠️ Soliq kodeksining 223-moddasiga muvofiq:
▪️Xodimlar sonini yashirish;
▪️Ularning oylik ish haqlarini hujjatlarda kamaytirib ko‘rsatish holatlari soliq bazasini yashirish deb e'tirof etiladi.
❌ Bu kabi qonunbuzilish holatlari yashirilgan soliq bazasi summasining 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
✍️ Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi
Telegram | Facebook
Repost from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#hamkorlik
O‘zbekiston delegatsiyasi soliq ma’muriyatchiligida sun’iy intellekt bo‘yicha ilg‘or yechimlarni o‘rgandi
Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan Yevropa soliq ma’muriyatlari tashkiloti (IOTA)ning 30-General assambleyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi delegatsiyasi soliq organlari uchun sun’iy intellekt zamonaviy texnologiyalari va raqamli yechimlar bilan tanishdi.
IOTA General assambleyasi doirasida tashkil etilgan maxsus ko‘rgazmada yetakchi xalqaro kompaniyalarning soliq ma’murchiligi samaradorligini oshirish, soliq qonunbuzarliklarini aniqlash va soliq to‘lovchilar bilan o‘zaro munosabatlarni takomillashtirishga qaratilgan zamonaviy ishlanmalari namoyish etildi.
Tadbir davomida QQS sohasida firibgarliklarga qarshi kurashishda sun’iy intellektdan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Qator Yevropa davlatlarida bunday tizimlar elektron hisobvaraq-fakturalar, bank operatsiyalari va boshqa manbalardagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida tahlil qilib, shubhali operatsiyalar, soxta korxonalar va noqonuniy soliq chegirishlarini aniqlash imkonini bermoqda. Bu esa qonunbuzarliklarning oldini olish va nazorat tadbirlarini yuqori xavfga ega subyektlarga yo‘naltirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, elektron hisobvaraq-fakturalarni avtomatik tahlil qilish yechimlari ham katta qiziqish uyg‘otdi. Zamonaviy texnologiyalar hujjat rasmiylashtirilgan zahoti ehtimoliy xatolar, soliq xavflari va shubhali operatsiyalarni aniqlash imkonini berib, soliq to‘lovchilarga muammolarni qonunbuzarlikka aylanishidan oldin bartaraf etishga yordam beradi.
Xalqaro tajribani o‘rganish O‘zbekiston soliq tizimini raqamli transformatsiya qilish doirasida Soliq qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan uyg‘un. Ayni paytda soliq tushumlarini prognoz qilish, soliq xavflarini aniqlash va nazorat ishlari samaradorligini oshirish maqsadida sun’iy intellekt asosidagi yechimlarni ishlab chiqish ishlari olib borilmoqda.
Bunday texnologiyalarni joriy etish soliq ma’muriyatchiligi sifatini oshirish, qonunbuzarliklarning oldini olish, davlat, fuqarolar va biznes o‘rtasidagi munosabatlarni yanada qulay va shaffof qilishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Tadbir yakunlari bo‘yicha Soliq qo‘mitasi raqamlashtirish va sun’iy intellekt sohasida ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish hamda amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha xorijiy tashkilotlar bilan o‘zaro aloqalarni davom ettiradi.
Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads
Repost from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
Repost from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
📸 KUN FOTOSI
Fiskal chek – qonuniy savdo va isteʼmolchi huquqlari kafolati
Fiskal chek xaridor va sotuvchi oʻrtasidagi hisob-kitobning rasmiy tasdigʻi hisoblanadi. U xarid amalga oshirilganini tasdiqlaydi, isteʼmolchi huquqlarini himoya qiladi hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan tushumlarning toʻliq hisobga olinishini taʼminlaydi.
Fiskal chekni oling va saqlang – bu siz uchun ham, jamiyat uchun ham muhim!
Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads
Repost from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#soliq_oliy_maktabi
🎓 Soliq oliy maktabi — soliq tizimi uchun malakali kadrlar maskani
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-maydagi PF–95-son Farmoni hamda 2026-yil 16-iyundagi PQ–227-son qaroriga asosan Soliq oliy maktabi tashkil etildi.
Mazkur oliy ta’lim muassasasi soliq tizimi uchun zamonaviy bilim, amaliy ko‘nikma va kasbiy kompetensiyalarga ega mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan.
📚 Oliy maktabda quyidagi yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlanadi:
🔹 Soliqlar va soliqqa tortish
🔹 Raqamli soliq ma’murchiligi
🔹 Soliq huquqi va moliyaviy nazorat
🔹 Buxgalteriya hisobi
Bakalavriat ta’limi kamida 3 yillik dastur asosida tashkil etiladi. Ta’lim jarayonida nazariy bilimlar amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtiriladi.
📌 2026/2027-o‘quv yili uchun abituriyentlar Soliqlar va soliqqa tortish hamda Buxgalteriya hisobi yo‘nalishlariga 25-iyunga qadar my.uzbmb.uz saytlari orqali hujjat topshirishlari mumkin.
✅ Eng yuqori natija qayd etgan 50 nafar abituriyent davlat granti asosida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Soliq oliy maktabida zamonaviy o‘quv kampuslari, texnik vositalar bilan jihozlangan auditoriyalar, axborot-resurs markazi, sport zali, stadion hamda qariyb 1000 o‘rinli talabalar turar joyi mavjud.
Bitiruvchilar davlat namunasidagi diplom bilan birga soliq maslahatchisi va auditor malaka sertifikatlarini olish uchun maxsus o‘quv kurslarini tamomlaganlik to‘g‘risidagi hujjatga ham ega bo‘ladilar.
📍 Manzil: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Kichik halqa yo‘li, 3A-uy.
☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 1198
Soliq oliy maktabi — kelajak soliq tizimi mutaxassislarini tayyorlaydigan zamonaviy ta’lim maskani.
Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads
#Jahon_chempionati
Futbol—birdamlik, hamjihatlik, tinchlik, do‘stlik bayrami!
Bugun futbol bo‘yicha AQSh, Kanada va Meksika davlatlari mezbonlik qilayotgan 2026 yilgi Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi Kolumbiya terma jamoasiga qarshi ilk uchrashuvni o‘tkazdi.
34 yil orziqib kutilgan ushbu tarixiy bellashuvni Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati va xodimlari Qarshi shahridagi Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida o‘rnatilgan katta ekranda tomosha qildilar. Millat faxri, yurtimiz iftixori bo‘lgan futbolchilarimizni qo‘llab-quvvatladilar.
Olg‘a, xalqimiz siz bilan!
✍️ Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi
Telegram | Facebook
Repost from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#yer_soligʻi
Jismoniy shaxslar uchun hisoblangan uch karra yer solig‘i bekor qilindi
❗️Yer uchastkalaridan hujjatsiz foydalanganlik uchun uch karrali soliq hisoblash tartibi jismoniy shaxslar uchun 2020-yil 1-yanvardan 2024-yil 1-iyunga qadar bekor qilindi.Endilikda soliq organlari tomonidan yuqoridagi muddat uchun avval hisoblangan soliqlar qayta hisob-kitob qilinadi. 👉O‘RQ-1153-son, 15.06.2026-y. 🎞 Batafsil videoyozuvda Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads
Repost from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
+4
#futbol #jahon_chempionati
🇺🇿Oʻzbekiston terma jamoasining Kolumbiya termasi bilan ilk oʻyinini soliq xizmati organlari xodimlari ham katta qiziqish va yuksak hayajon bilan tomosha qilishdi.
Ular futbolchilarimizni har soniya qoʻllab-quvvatlab, jamoamizning muvaffaqiyatiga katta umid bogʻlashdi.
Biroq bu – futbol. Bu – sport, sportda esa gʻalaba ham, magʻlubiyat ham boʻladi. Bugun omad raqib tomonda boʻlgan boʻlsa-da, bu bizning ishonchimizni susaytirmaydi.
Biz Oʻzbekiston terma jamoasi bilan faxrlanamiz va ularni qoʻllab-quvvatlashda davom etamiz.
Biz doimo terma jamoamiz bilan birgamiz!
Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads
Repost from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
📸 KUN FOTOSI
Jamoaviy hamjihatlik – yuqori natijalar garovi
Soliq tizimida har bir yutuq ortida bilim, masʼuliyat va jamoaviy hamkorlik mujassam. Har bir hujjatni puxta oʻrganish, har bir masalaga xolis yondashish va har bir qarorni qonun ustuvorligi asosida qabul qilish – samarali faoliyatning muhim mezonidir.
Fidoyi va malakali xodimlarning oʻzaro tajriba almashishi, fikr-mulohazalarni birgalikda muhokama qilishi xizmat sifati va natijadorligini yanada oshiradi.
Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads
Repost from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
Repost from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
Oʻzbekiston Yevropaning yana bir tashkiloti — IOTAga aʼzo boʻldi
Shu kunlarda Budapesht shahrida Yevropa soliq maʼmuriyatlari tashkiloti (IOTA)ning 30-Bosh assambleyasi boʻlib oʻtmoqda. Unda Soliq qoʻmitasi raisi F. Poʻlatov boshchiligidagi Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.
Bosh assambleyaning yopiq yalpi majlisi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining IOTAga assotsiatsiyalangan aʼzo sifatida qoʻshilish boʻyicha arizasi koʻrib chiqildi.
Plenar majlisda soʻzga chiqqan F. Poʻlatov Oʻzbekistonda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev rahbarligida amalga oshirilayotgan soliq islohotlarining asosiy yoʻnalishlari haqida maʼlumot berdi. Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda mamlakatda xavfga qaratilgan yondashuv va soliq majburiyatlariga ixtiyoriy rioya qilishni qoʻllab-quvvatlash, maʼlumotlar tahlili, raqamli xizmatlarga asoslangan texnologik va mijozlarga yoʻnaltirilgan zamonaviy soliq tizimi izchil shakllantirilmoqda.
Soliq ma’muriyatchiligining raqamli ekotizimini, avtomatlashtirilgan xavflar tahlilni, shuningdek, soliqlarni proaktiv hisoblashni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur chora-tadbirlar ma’muriy to‘siqlarni qisqartirish, soliq tizimi shaffofligini oshirish hamda milliy va xorijiy investorlar uchun bashorat qilsa bo‘ladigan ishbilarmonlik muhitini yaratishga qaratilgani ta’kidlandi.
IOTA Bosh assambleyasining yopiq yalpi majlisida, yashirin ovoz berish yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston Yevropaning ushbu nufuzli tashkilotiga aʼzo sifatida qabul qilindi.
IOTAga aʼzolik Oʻzbekistonga Yevropa davlatlari soliq maʼmuriyatlari bilan kasbiy tajriba almashinuvini yanada faollashtirish, soliq maʼmurchiligi, raqamlashtirish, risklarni boshqarish va komplayens sohalaridagi ilgʻor xalqaro amaliyotlarni joriy etish, shuningdek, soliq tizimini keng koʻlamli raqamli transformatsiya qilish boʻyicha oʻz tajribasi bilan boʻlishish imkonini beradi.
Davom etayotgan Bosh Assambleya doirasida ishtirokchilar soliq ma’muriyatchiligida sun’iy intellekt va xulq-atvor tahlilini qo‘llashning dolzarb masalalari, intellektual komplayens vositalarini rivojlantirish, xatarlarni boshqarish, avtomatlashtirilgan qarorlar shaffofligi hamda soliq ma’muriyatchiligining 2030-yilgacha bo‘lgan istiqboldagi modellarini muhokama qilmoqda.
Oʻzbekistonning IOTAga qabul qilinishi mamlakatning soliq tizimini modernizatsiya qilish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va zamonaviy soliq maʼmuriyatlarining professional hamjamiyatiga integratsiyalashuv yoʻlidagi izchil siyosati tasdigʻi boʻldi.
Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads
Repost from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#QQS
QQSning 6 foizlik stavkasiga o‘tish uchun uchta shart
Soddalashtirilgan QQS tartibini qoʻllash huquqi qo‘yidagi shartlar bir vaqtning oʻzida bajarilganda yuzaga keladi:
1) korxonaning asosiy faoliyat turi – savdo, umumiy ovqatlanish yoki xizmatlar koʻrsatish;
2) korxona yirik soliq toʻlovchilar jumlasiga kirmaydi;
3) ustav fondida davlat ulushi – mavjud emas yoki 50%dan kam.
👉 PF-100-son 5-b.
Shartlar QQS boʻyicha soliq davri – oy yakunlariga koʻra tekshiriladi.
Batafsil
____________
#НДС
Переход на НДС 6%: три важных условия
Право на упрощенный порядок НДС возникает при одновременном выполнении следующих условий:
1) основной вид деятельности предприятия – торговля, общественное питание или оказание услуг;
2) предприятие не относится к крупным налогоплательщикам;
3) доля государства в уставном фонде – отсутствует или менее 50%.
👉 п.5 №УП-100
Условия проверяются по итогам месяца, являющегося налоговым периодом по НДС.
Подробнее
Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads
Repost from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Soliq qo‘mitasi huzurida Soliq oliy maktabi tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga muvofiq Soliq qo‘mitasi huzurida Soliq oliy maktabi tashkil etildi. Yangi oliy ta’lim muassasasi soliq organlari uchun zamonaviy kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, soliq sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
👉PQ-227-son, 16.06.2026-yil.
Soliq oliy maktabi soliq sohasida fundamental hamda ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib boruvchi, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha respublikaning bazaviy ilmiy-metodik markazi sifatida faoliyat yuritadi.
Muassasada qonunchilik hujjatlariga muvofiq akademik, moliyaviy va tashkiliy mustaqillik tamoyillari joriy etiladi.
2026/2027 o‘quv yilidan boshlab o‘qish muddati kamida uch yil bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga talabalar qabul qilinadi.
2027/2028 o‘quv yilidan boshlab magistratura hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichlari yo‘lga qo‘yiladi.
Soliq oliy maktabida soliqlar va soliqqa tortish, raqamli soliq ma’murchiligi, soliq huquqi hamda moliyaviy nazorat yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.
Bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplom bilan bir qatorda soliq maslahatchisi va auditor malaka sertifikatlarini olish uchun zarur o‘quv kurslarini tamomlaganligi to‘g‘risidagi hujjat ham beriladi.
Shuningdek, buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi xalqaro sertifikatlarga (ACCA, DipIFR, CAP/CIPA, CIA, ACA) ega talabalar uchun mazkur sertifikatlarni olish bo‘yicha o‘quv xarajatlari Soliq oliy maktabi tomonidan qoplanadi.
2026/2027 o‘quv yilidan boshlab Soliq oliy maktabi uchun har yili davlat granti asosida 50 tagacha o‘rin hamda qabul kvotalari ajratiladi. Bundan tashqari, “Soliqlar va soliqqa tortish” yo‘nalishi bo‘yicha davlat buyurtmasi ustuvor ravishda mazkur ta’lim muassasasiga yo‘naltiriladi.
Soliq oliy maktabining tashkil etilishi soliq tizimi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashning zamonaviy va samarali tizimini shakllantirishda muhim qadam bo‘ladi.
Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads
Repost from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#eʻlon #futbol #jahon_chempionati
⚽️ Ertaga – 18-iyun kuni futbol bo‘yicha jahon chempionati bahslarida O‘zbekiston Milliy terma jamoasi Kolumbiya termasiga qarshi ilk o‘yinini o‘tkazadi.
Terma jamoamizning dastlabki o‘yini 2026-yil soat 07:00 da qo‘mita katta majlislar zalida yirik monitorda to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya orqali namoyish etiladi.
Shu munosabat bilan Markaziy apparat shaxsiy tarkib xodimlari 100 foiz maxsus formada ertalab 07:00 da katta majlislar zalida bo‘lishi shart.
Oq bo‘rilarning Jahon chempionatidagi ilk yurishini barchamiz katta hayajon bilan qo‘llab-quvvatlaylik! Albatta, biz g‘alaba qozonamiz!
Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads
Repost from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#onlayn_seminar
«Uch karra soliq hisoblash bekor qilindi: qayta hisob-kitob qanday amalga oshiriladi?» mavzusida onlayn muloqot boshlandi.
🎞Ushbu havola orqali ishtirok eting!
_______
#онлайн_семинар
Начался онлайн семинар «Трёхкратное начисление налога отменено: как будет производиться перерасчёт?».
🎞Примите участие по ссылке
Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads
Repost from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#qabul2026
🎓 SOLIQ OLIY MAKTABI
Soliq oliy maktabi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-maydagi PF-95-sonli Farmoni asosida tashkil etilgan bo‘lib, soliq tizimi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega malakali mutaxassislarni tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilib olgan.✔️ Soliq oliy maktabi soliq tizimiga kadrlarni yetkazib beruvchi tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. 2026/2027 o‘quv yilidan bakalavriatning quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul amalga oshiriladi: 🔴 Soliqlar va soliqqa tortish 🔴 Buxgalteriya hisobi Shuningdek, istiqbolda quyidagi yangi yo‘nalishlarni joriy etish rejalashtirilgan: 🟢 Raqamli soliq ma’murchiligi 🟢 Soliq huquqi va moliyaviy nazorat 🔺 Oliy maktabda ta’lim jarayoni yuqori malakali xorijiy va mahalliy professor-o‘qituvchilar hamda amaliyotchi mutaxassislar ishtirokida tashkil etiladi.
Talabalar uchun yangi ta’mirdan chiqarilgan zamonaviy o‘quv binolari, Axborot-resurs markazi, sport zali, stadion hamda 1000 o‘rinli talabalar turar joyi kabi barcha zarur sharoitlar yaratilgan.🔺 Soliq oliy maktabi — bu nafaqat oliy ta’lim muassasasi, balki kelajakda soliq tizimi va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida faoliyat yuritadigan professional mutaxassislar maktabidir. ⚡️ Kelajagingizni Soliq oliy maktabi bilan bunyod eting! 📌 Hujjatlar topshirish joriy yilning 25-iyun sanasiga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi. 📞 Murojaat uchun qisqa raqam: 1198 Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Manzil
Repost from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#qabul2026
🔴 Soliq oliy maktabi — soliq tizimiga kadrlarni yetkazib beruvchi tayanch oliy ta’lim muassasasi sifatida zamonaviy bilim, amaliy tajriba va professional rivojlanish imkoniyatlarini birlashtiradi.
Bugungi iqtisodiyot sharoitida soliq sohasida chuqur bilimga ega mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Soliq oliy maktabida esa talabalar nafaqat nazariy bilimlarni, balki kelgusidagi kasbiy faoliyatlari uchun zarur amaliy ko‘nikmalarni ham egallaydilar.📖 Ta’lim yo‘nalishlari: – Soliqlar va soliqqa tortish; – Buxgalteriya hisobi; – Raqamli soliq ma’murchiligi; – Soliq huquqi va moliyaviy nazorat. 📌 Hujjatlar topshirish joriy yilning 25-iyun sanasiga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi. ⚡️ Bugun tanlagan yo‘lingiz ertangi muvaffaqiyatingiz poydevoriga aylanishi mumkin. 📞 Murojaat uchun qisqa raqam: 1198 Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Manzil
Repost from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#qabul2026
🎓 SOLIQ OLIY MAKTABI
✔️ Soliq tizimiga kadrlarni yetkazib beruvchi tayanch oliy ta’lim muassasasi bo‘lgan Soliq oliy maktabi zamonaviy ta’lim muhiti, malakali professor-o‘qituvchilar va amaliy bilimlarni uyg‘unlashtirgan holda kelajak mutaxassislarini tayyorlaydi.
Bugungi iqtisodiyot sharoitida soliq sohasida chuqur bilimga ega mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Soliq oliy maktabida esa talabalar nafaqat nazariy bilimlarni, balki kelgusidagi kasbiy faoliyatlari uchun zarur amaliy ko‘nikmalarni ham egallaydilar.📚 Ta’lim yo‘nalishlari: – Soliqlar va soliqqa tortish; – Buxgalteriya hisobi; – Raqamli soliq ma’murchiligi; – Soliq huquqi va moliyaviy nazorat. 📌 Hujjatlar topshirish joriy yilning 25-iyun sanasiga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi. 🔴 Kelajagingizni bilim, mas’uliyat va professional rivojlanish bilan bog‘lashni istasangiz, Soliq oliy maktabi sizni kutmoqda. 📞 Murojaat uchun qisqa raqam: 1198 Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Manzil
Repost from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#qabul2026
✔️ Soliq oliy maktabi — soliq tizimiga kadrlarni yetkazib beruvchi tayanch oliy ta’lim muassasasi sifatida yoshlarning kasbiy va intellektual salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
⚡️ Ushbu dargohda bilim tajriba bilan, nazariya amaliyot bilan, maqsad esa imkoniyat bilan uchrashadi.
📖 Ta’lim yo‘nalishlari:
– Soliqlar va soliqqa tortish;
– Buxgalteriya hisobi;
– Raqamli soliq ma’murchiligi;
– Soliq huquqi va moliyaviy nazorat.
Kelajakdagi muvaffaqiyat bugungi tanlovdan boshlanadi.📌 Hujjatlar topshirish joriy yilning 25-iyun sanasiga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi. 📞 Murojaat uchun qisqa raqam: 1198 Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Manzil
Repost from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#qabul2026
🔴 Soliq oliy maktabi — soliq tizimiga kadrlarni yetkazib beruvchi tayanch oliy ta’lim muassasasi sifatida zamonaviy bilim, amaliy tajriba va professional rivojlanish imkoniyatlarini birlashtiradi.
📖 Ta’lim yo‘nalishlari:
– Soliqlar va soliqqa tortish;
– Buxgalteriya hisobi;
– Raqamli soliq ma’murchiligi;
– Soliq huquqi va moliyaviy nazorat.
📌 Hujjatlar topshirish joriy yilning 25-iyun sanasiga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
⚡️ Bugun tanlagan yo‘lingiz ertangi muvaffaqiyatingiz poydevoriga aylanishi mumkin.
📞 Murojaat uchun qisqa raqam: 1198
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Manzil
Вже доступно! Дослідження Telegram за 2025 — головні інсайти року 
