cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

Рекламні дописи
92 012
Підписники
-124 години
+1427 днів
+1 26530 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

#qonun_loyihasi Senatning 52-yalpi majlisida “Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi Qonun bilan Soliq kodeksiga fiskal huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun qo‘llaniladigan moliyaviy sanksiyalar kamaytirilishini nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilmoqda. Jumladan, Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasida belgilangan huquqbuzarliklar birinchi marta sodir etilganda jarima miqdori oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 % (amaldagiga nisbatan qariyb 98 %ga qisqaradi) miqforida qollanilladi. Mazkur huquqbuzarlik moliyaviy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takroran sodir etilsa, jarima miqdori 20 %ni tashkil etishi belgilanmoqda. Mazkur Qonunning qabul qilinishi soliq to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikni yanada maqbullashtirishga va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi. Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Показати все...
#qonun_loyihasi Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasida nazarda tutilgan choralarni 98%ga qisqartirish senatorlar tomonidan maʼqullandi Senatning 52-yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi. Mazkur Qonun bilan Soliq kodeksiga fiskal huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun qo‘llaniladigan moliyaviy sanksiyalar kamaytirilishini nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilmoqda. Jumladan, Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasida belgilangan huquqbuzarliklar birinchi marta sodir etilganda jarima miqdori oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 %ini tashkil etadi. Ya’ni fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar uchun qo‘llaniladigan moliyaviy jarima miqdori amaldagiga nisbatan qariyb 98 %ga qisqaradi. Mazkur huquqbuzarlik moliyaviy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takroran sodir etilsa, jarima miqdori 20 %ni tashkil etishi belgilanmoqda. Mazkur Qonunning qabul qilinishi soliq to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikni yanada maqbullashtirishga va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi. Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#jamoatchilik_kengashi Soliq qo‘mitasi Jamoatchilik kengashi a’zolari VM-595-son qarorni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha o‘z takliflarini berdi Soliq qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi 16-may kuni onlayn tarzda bo‘lib o‘tdi. Avvalo, tadbirkorlar onlayn nazorat-NKTlarni erkin tanlashi va soliq organlari tomonidan muayyan bir rusumdagi texnikadan foydalanishga majburlashga yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi dolzarb masala ko‘tarildi. Mutaxassislar Vazirlar Mahkamasining “Soliq to‘lovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘rnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (VMQ-595-son 22.09.2021) qarorida belgilangan normalar bo‘yicha ham fikr almashdi. Ayni paytda mazkur me’yoriy-huquqiy hujjatning tartibga solish ta’siri baholashdan o‘tkazilmoqda. Jamoatchilik kengashi a’zolari mazkur hujjatni takomillashtirish, xususan, QQS guvohnomasini olish va uni bekor qilish tartibini qayta ko‘rib chiqish, soliq xavfi darajasini aniqlash va boshqa talablar bo‘yicha o‘z takliflarini berdi. __________ #общественный_совет Члены Общественного совета при Налоговом комитете дали свои предложения по пересмотру положений ПКМ №595 16 мая в онлайн-формате состоялось очередное заседание Общественного совета при Налоговом комитете. В первую очередь, был затронут актуальный на сегодняшний день вопрос о свободном выборе предпринимателем онлайн-ККТ и недопустимости принуждения со стороны налоговых органов к использованию определенной модели. Специалисты также обменялись мнениями по положениям Постановления Кабинета Министров "О мерах по дальнейшему совершенствованию учета налогоплательщиков и упрощению порядка возмещения НДС" (ПКМ № 595 от 22.09.21 г.). В данное время проводится оценка регуляторного воздействия этого нормативно-правового акта. Членами Общественного совета высказаны предложения по усовершенствованию документа, в частности, пересмотру порядка получения и аннулирования действия свидетельства НДС, определения уровня налогового риска и других требований. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#savol_javob - Men “Yoshlar ittifoqidan” imtiyozli kredit asosida uy-joy olganman. Kredit olishda bankka toʻlangan boshlangʻich to‘lov uchun ham soliq imtiyozi bormi? - Agar yosh oilalar tomonidan ipoteka krediti asosida uy-joy sotib olingan boʻlsa, ularning ushbu kredit va unga hisoblangan foizlarga yoʻnaltirilgan mablagʻlariga daromad soligʻi solinmaydi. 2023-yil 1-yanvardan kreditni soʻndirishga yoʻnaltirilgan summa miqdori yiliga MHTEKMning* 80 baravari (84 mln soʻm)gacha (2022-yilda 15 mln soʻm) etib belgilangan. 👉 Soliq kodeksi 378-modda 16-band *mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – 1 050 000 soʻm. Avval bunday imtiyoz budjetdan ajratilgan subsidiya asosida uy-joy sotib olinganda qo‘llanilgan. 2022-yil 1-yanvardan esa yosh oilalar uchun ushbu talab bekor qilindi. Bunda soliq imtiyozi er-xotin yoki ulardan biri belgilangan yosh (30 yosh)ga toʻlguniga qadar qoʻllaniladi. Ushbu soliq imtiyozi boshlangʻich toʻlov uchun yoʻnaltirilgan daromadlarga qoʻllanilmaydi. __________ #вопрос_ответ - Я получил жилье по льготному кредиту от "Союза молодежи". Есть ли налоговая льгота для первоначального взноса, который я уплатил в банк? - Если молодая семья получает жилье в ипотечный кредит, то освобождаются от налога те доходы, которые она направляет на его погашение. С 1 января 2023 года сумма погашения кредита должна составлять до 80 МРОТ* (84 млн сумов) в год (в 2022 году эта сумма составляла 15 млн сумов). 👉п.16 ст.378 НК * минимальный размер оплаты труда = 1 050 000 сумов Ранее такая льгота предоставлялась только при условии, что жилье приобретено с учетом субсидии из бюджета, а с 1 января 2022 года это требование было отменено. Налоговая льгота применяется до достижения супругами или одним из них установленного возраста (30 лет). Данная налоговая льгота не распространяется на сумму первоначального взноса. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Показати все...
#ochiq_muloqot Soliq qo‘mitasi Raisi ishbilarmonlar bilan uchrashdi Bugun Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyevning “G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zonasi (EIZ)da faoliyat yuritayotgan tadbikorlik subyektlari vakillari bilan yuzma-yuz muloqoti bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimiyati va “G‘ijduvon” EIZ direksiyasi rahbariyati hamda 30 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari, jumladan xorijiy investor va eksportchi korxonalar vakillari qatnashdi. Ochiq va samimiy o‘tgan uchrashuvda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni bartaraf etish hamda investitsiya dasturlari va eksport ko‘rsatkichlarini oshirish yuzasidan fikr almashildi. Tadbirda ishbilarmonlar tomonidan o‘rtaga tashlangan ayrim masalalar shu yerning o‘zida qonuniy yechim topdi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan boshqa murojaatlarni hal etish yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berildi. Maʼlumot o‘rnida. 2024-yil 1-may holatiga “G‘ijduvon” EIZga aʼzo bo‘lgan 43 ta korxonada 2 379 nafar fuqaroning bandligi taʼminlangan. EIZ hududida shu kunga qadar 528,9 mln AQSH dollari qiymatidagi investitsiya loyihalari amalga oshirilib, joriy yilning o‘tgan davrida 274,7 mlrd so‘mlik tovarlar realizatsiya qilindi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Показати все...