cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

SAMARQAND | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL

Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasining rasmiy telegram kanali. 🔴 samvilqurilish.uz 🔴 https://www.facebook.com/samvilqurilish 🔴 https://Instagram.com/samvilqurilish 🔴 Murojaat uchun 👉https://t.me/S_Bobonazaro

Більше
Рекламні дописи
816
Підписники
-1024 години
-197 днів
+3430 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Repost from Zarnews.uz
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Жойларда "Маҳалла сервис компанияси" ташкил қилиш таклиф этилмоқда ———- Joylarda "Mahalla servis kompaniyasi" tashkil qilish taklif etilmoqda Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/nyo Каналга қўшилинг: 👇 Telegram | Facebook | Youtube
Показати все...
02:29
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#BU_MUHIM 🔴 Bino-inshootlar qurilishidan avval loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan o'tkazilmasa nima bo'ladi? Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
Показати все...
video_2024-06-26_13-02-13.mp416.71 MB
#BRIFING 📹 Oxirgi yillarda mamlakatimizda qurilish ishlari ortib, shahar va qishloqlar bunyodkorlik maydoniga aylanib bormoqda. Birgina misol, joriy yilning oʻtgan davrida qurilish ishlari hajmi sal kam 60 trln soʻmga yetib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 107 foizga ortdi. Yana bir jihat. Bugungi kunda 31 mingdan ortiq qurilish-pudrat tashkilotlari roʻyxatga olingan boʻlib, ular tomonidan hududlarda zamonaviy bino-inshootlar barpo etish borasida muayyan ishlar qilinmoqda. Shunga monand ravishda qurilish pudrat tashkilotlariga qulaylik yaratish ham birlamchi vazifaga aylangan. Bilasiz, avvallari qurilish ishlari boʻyicha buyurtmachi va pudratchi tashkilotlar tomonidan imzolangan shartnomaga koʻra bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobot yoki hisobvaraq-fakturalar qogʻoz koʻrinishida, yaʼni turli byurokratik toʻsiqlarga duch kelingan holda rasmiylashtirilardi. Bu esa pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlarini oʻz vaqtida rasmiylashtirish va mablagʻlar ajratilishida sunʼiy toʻsiqlarga sabab boʻlardi. Joriy yil 29-yanvar kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan yigʻilishda Prezidentimiz tomonidan sohada raqamlashtirish jarayonlarini kengaytirish, byurokratik toʻsiqlarni yanada qisqartirish, bu boradagi ish yuritish munosabatlarida shaffoflikni oshirish va moliyalashtirish tizimini takomillashtirish boʻyicha bir qator vazifalar belgilab berildi. 🎚️ Brifingni onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇 ➡️ https://www.facebook.com/share/v/Wh1ZJop8nMUqEtoH/?mibextid=oFDknk Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#BRIFING 📣 DIQQAT! DIQQAT! 📹 Ayni daqiqalarda AOKAda “Qurilish-montaj ishlarini bajarish borasida yaratilayotgan qulayliklar” mavzusida brifing bo‘lib o‘tmoqda. Unda vazirlik axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov ishtirok etmoqda. 🎚️ Brifingni onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇 ➡️ https://www.facebook.com/share/v/Wh1ZJop8nMUqEtoH/?mibextid=oFDknk Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
Показати все...
03:36
Відео недоступнеДивитись в Telegram
📈 Жорий йилнинг ўтган даврида қурилиш ишлари ҳажми салкам 60 трлн сўмга етди (107%) АОКАда ўтказилган брифингда Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги вазирлиги ахборот хизмати раҳбари Саидносир Усмонов қурилиш-монтаж ишларини бажариш борасида яратилаётган қулайликлар ҳақида маълумот берди: Жорий йилнинг 1 октябридан бюджет тизими бюджетлари ҳисобидан молиялаштириладиган объектларда бажарилган қурилиш-монтаж ишлари топширилганда, янги шаклдаги ҳисобварақ-фактура орқали тақдим этилиши белгиланди. 🔵Шу билан бирга: ✅марказлаштирилган манбалар ҳисобига бажарилган қурилиш ишлари бўйича пудрат ташкилотлари ҳисоботларини рақамлаштириш ҳамда амалга оширилган харажатларни молиялаштиришни такомиллаштириш; ✅келгуси йил Ижтимоий ва ишлаб чиқариш инфратузилмасини ривожлантириш дастури доирасида амалга ошириладиган лойиҳалар бўйича лойиҳа-қидирув ишлари, лойиҳа-смета ҳужжатларини кўриб чиқиш ва давлат экспертизасидан ўтказиш билан боғлиқ харажатларни жорий йилда молиялаштириш белгилаб қўйилди. Мазкур электрон ҳисобварақ-фактура пудрат ва буюртмачи ташкилотлар томонидан объектларда бажарилган ишлар ва улар учун марказлашган ҳолда ажратилган маблағларни ўзлаштирилишида шафофликни таъминлашга хизмат қилиб, соҳа ривожига ижобий таъсир кўрсатади. 📌 Батафсил Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Показати все...
tg.mp47.40 MB
#BRIFING 📹 Shundan kelib chiqqan holda qurilish-pudrat tashkilotlari va buyurtmachilar oʻrtasida rasmiylashtiriladigan hujjatlarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilgʻor innovatsion dasturiy taʼminotlarni keng joriy etish orqali qurilish obyektlarida bajarilgan ishlarni hisobga olish, ularga oʻz muddatlarida mablagʻlar ajratilishini taʼminlash maqsadida joriy yilning 12-iyunida “Hukumatning ayrim qarorlariga ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish jarayonlarini samarali tashkil etishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Vazirlar Mahkamkasining qarori qabul qilindi. Mazkur hujjatga asosan Hukumatning tegishli qarori bilan tasdiqlangan “Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni toʻldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Xususan, joriy yilning 1-oktabridan eʼtiboran budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlarda bajarilgan qurilish-montaj ishlari topshirilganda, yangi shakldagi hisobvaraq-faktura orqali taqdim etilishi belgilandi. Shu bilan birga: - markazlashtirilgan manbalar hisobiga bajarilgan qurilish ishlari boʻyicha pudrat tashkilotlari hisobotlarini raqamlashtirish hamda amalga oshirilgan xarajatlarni moliyalashtirishni takomillashtirish; - kelgusi yil Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalar boʻyicha loyiha-qidiruv ishlari, loyiha-smeta hujjatlarini koʻrib chiqish va davlat ekspertizasidan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni joriy yilda moliyalashtirish belgilab qoʻyildi. Mazkur elektron hisobvaraq-faktura pudrat va buyurtmachi tashkilotlar tomonidan obyektlarda bajarilgan ishlar va ular uchun markazlashgan holda ajratilgan mablagʻlarni oʻzlashtirilishida shaffoflikni taʼminlashga xizmat qilib, soha rivojiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari hamda budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan dasturlarni oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirish, sohada samarali nazorat mexanizmlari va zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, loyihalar ishtirokchilari va nazorat qiluvchi idoralarning masʼuliyatini oshirishga olib keladi. 🎚️ Brifingni onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇 ➡️ https://www.facebook.com/share/v/Wh1ZJop8nMUqEtoH/?mibextid=oFDknk Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#BU_MUHIM
QURILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI
🟢 Balandlikda ishlaganda himoya kamarlaridan foydalanish tartibi bilan tanishing! Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
Показати все...
#PRESS_TUR DAHBED SHAHARCHASI SHAHARSOZLIK QOIDALARI ASOSIDA OBOD QILINADI Oqdaryo tumani Qurilishi va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassislari Rahim Ahmedov, Jahongir Ravshanov 2023-yilda bajarilgan ishlar hamda 2024-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma'lumot berdi. Press-tur ishtirokchilari soha mutaxassislariga jumladan, Alisher Navoiy mahallasi Dahbed ko‘chasida olib borilayotgan keng ko‘lamdagi ko‘p qavatli turar-joylar qurilishi va ta’mirlanishiga oid savollarni berishdi. Mutaxassislar berilgan har bir savolga raqamlar asosida javob berishga harakat qilishdi. Rasmiy sahifalarimizga a‘zo bo‘ling 👇👇👇 |Web | Instagram| Facebook |Telegram|
Показати все...
👍 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Statistika 📊 5 oyda Oʻzbekistonda 59,1 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan 🏢 Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra 2024-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston Respublikasida 59,1 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan. ✅ Bu koʻrsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 7,2 % ga oshgan. ✅ 2024-yilning 1-iyun holatiga Oʻzbekistonda qurilish faoliyati bilan shugʻullanayotgan korxona va tashkilotlar soni 31 085 taga yetgan. 📍 Mazkur korxona va tashkilotlarning 7 110 tasi Toshkent shahrida joylashgan. Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
Показати все...
02:02
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#BU_MUHIM ⚡️"QURILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI" YO'RIQNOMASI –  MUHOFAZALANGAN MEHNAT FAOLIYATI! Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
Показати все...
13.56 MB
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.