cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

IMA tizimidagi Oqdaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

IMA tizimidagi Oqdaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Більше
Рекламні дописи
589
Підписники
-224 години
Немає даних7 днів
-130 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Фото недоступнеДивитись в Telegram
#imtihon_2024 #ixtisoslashtirilgan_maktablar 📣📣📣📣📣 🔔 AGENTLIK TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA! ❗️Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari joriy yilning 4-, 5-, 6-iyul kunlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi. ➖ Ushbu maktablarga kvota doirasida kirish imtihonlari bir bosqichda, aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-10-sinflarga o‘tkaziladi. ⏱ Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. ❌ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi. ✅ Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumot ko‘rsatilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin. 📨 Shaxsiy kabinetga ushbu havola orqali kirishingiz mumkin https://ariza.piima.uz/application/cabinet Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показати все...
👍 9
#qabul_2024 #ishchi_guruh YANGI OʻQUV YILIGA TAYYORGARLIK ISHLARI JOYLARGA BORIB OʻRGANILMOQDA Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish, xususan joylarda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlarini haqqoniy oʻrganish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda. Navbatdagi o‘rganishda Agentlikning Samarqand viloyati Oqdaryo tuman 2-son, Pastdargʻom tuman 2-son hamda Nurobod tuman ixtisoslashtirilgan maktablarining shart-sharoitlari ko‘zdan kechirildi. Sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi doirasida yangi oʻquv yilidan STEM fanlarini ingliz tilida oʻqitishni tashkil etish boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktablarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Agentlik direktori oʻrganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan zarur topshiriq va koʻrsatmalar berdi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показати все...
👍 5🔥 3
Assalomu alaykum! Hurmatli ota-onalar! Aziz oʻgʻil-qizlarimiz! Sizlar bilan yana bir muhim xabarni boʻlishmoqchiman.
Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida boks va gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.
Mazkur farmonga koʻra tizimimizda Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi hamda Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi tashkil etildi. Hech shubhasiz, Davlatimiz rahbarining ushbu farmoni Agentligimizga boʻlgan yuksak ishonchni ifodalaydi. Shu bilan bir qatorda, bunday ulkan ishonchni oqlash, ixtisoslashtirilgan sport maktablarini zamon bilan hamnafas, eng soʻnggi ta’lim va sport metodlari hamohangligida ham bilimda ham bilakda baquvvat boʻlgan yoshlarni kamolga yetkazishdek zalvorli mas’uliyatni anglatadi. Qolaversa, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarimiz safiga ixtisoslashtirilgan sport maktablarining qoʻshilgani zimmamizga har tomonlama salohiyatli, xalqaro talablarga mos yosh sportchilarni jahon arenalarida Vatanimiz bayrogʻini yuqori koʻtaradigan, millatimiz faxri boʻlajak yigit-qizlarimizni kashf etishdek jiddiy vazifani yuklaydi. Albatta, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan birgalikda ushbu farmonda koʻrsatib oʻtilgan, oldimizda turgan oʻta mas’uliyatli va shu bilan birga sharafli boʻlgan vazifalarning ijrosini oʻz vaqtida, sifatli bajarish uchun bor kuch-gʻayratimizni sarflaymiz. Endilikda bilimli, iqtidorli, ulkan yutuqlarga erishayotgan oʻgʻil-qizlarimizdan iborat “Oltin fond”imiz Alpomishdek zabardast hamda Toʻmarisdek yovqur sportchi yoshlarimiz bilan ham yanada boyishi shubhasiz. Alisher Ubbiyev, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показати все...
👍 13🔥 1
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor #Yutuqlar ✅ Oqdaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabining o'qituvchi va bir qator o'quvchilari milliy CEFR Multilevel imtihonida sertifikatlarni qo'lga kiritdilar. 📌Mamarajabova Farida C1 (o'qituvchi) 📌Xakimxonova Farangiz B2 (11-sinf) 📌Davronova Dilnoza B2 (10-sinf) 📌Nasimova Shaxruza B2 (10-sinf) 📌Eshmamatova Ruxshona B1 (10-sinf) ✅O'quvchilarimizning bu yutuqlariga erishishlarida mehnatlari singgan ingliz tili fani o'qituvchilariga minnatdorchilik bildiramiz. ✅O'qituvchi va o'quvchilarimizni kelgusi o'qish hamda ishlarida omad tilaymiz! Maktabning rasmiy sahifalariga ulanish Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Показати все...
🎉 24👍 16🤩 4🥰 3🕊 1
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor #Yutuqlar ✅ Oqdaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabining o'qituvchi va bir qator o'quvchilari milliy CEFR Multilevel imtihonida sertifikatlarni qo'lga kiritdilar. 📌Mamarajabova Farida C1 (o'qituvchi) 📌Xakimxonova Farangiz B2 (11-sinf) 📌Davronova Dilnoza B2 (10-sinf) 📌Nasimova Shaxruza B2 (10-sinf) ✅O'quvchilarimizning bu yutuqlariga erishishlarida mehnatlari singgan ingliz tili fani o'qituvchilariga minnatdorchilik bildiramiz. ✅O'qituvchi va o'quvchilarimizni kelgusi o'qish hamda ishlarida omad tilaymiz! Maktabning rasmiy sahifalariga ulanish Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Показати все...
🥰 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Qabul_2024_2025 📣 HURMATLI OTA-ONALAR VA O'QUVCHILAR! ❗️IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI OQDARYO TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI QABUL JARAYONI TUGASHIGA 1️⃣ KUN QOLDI! 📌 ariza.piima.uz sayti arizalar qabul qilishni 20-iyun kuni soat 00:00 da tugatadi. 🏛 Maktabga aniq fanlar yo'nalishida 5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10-sinflarga o'quvchilar qabul qilinadi. 👨‍🎓 Ota-onalar va o'quvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Oqdaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2024-2025-o'quv yili uchun qabul jarayoni yo'lga qo'yildi. 📌 Bizning manzil: ➖Zarafshon MFY, Yangiravot qishloq 6-uy ☎️ Murojaat uchun telefonlar: (93)2388663, (33)5043339, (99)7715917 Maktabning rasmiy sahifalariga ulanish Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Показати все...
👍 6
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ⏰ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga,Ijod maktablariga,Ixtisoslashtirilgan maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjat topshirish muddati tugashiga 2 kun qoldi. 📶 ariza.piima.uz sayti arizalar qabul qilishni 20-iyun kuni soat 00:00da tugatadi. 📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma. ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показати все...
🔥 3👍 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Assalomu Alaykum, aziz yurtdoshlar va qadrli hamkasblar! Siz azizlarni, butun xalqimizni shukronalik, saxovat va mehr-oqibat ayyomi – muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Oilangizga tinchlik va xotirjamlik, baraka hamda farovonlik tilayman. Qalbingizni pok iymon va mehr-oqibat, dasturxoningizni qut-baraka, xonadoningizni fayzu baraka aslo tark etmasin! Barchangizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, oilalaringizga xotirjamlik, fayzu baraka tilayman. 🌙 Qurbon hayiti muborak bo'lsin! Hurmat bilan, Nusrat Sulaymanov, Oqdaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktab direktori.
Показати все...
👍 20🥰 6👏 4🕊 3🎉 2💯 1
Repost from Hilola Umarova
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Qadrli hamkasblar, hurmatli pedagoglar! Avvalo barchangizni chinakam insoniylik, ezgu qadriyatlar, o‘zaro hurmat, mehr-saxovat ayyomi — Qurbon hayiti bayrami bilan samimiy tabriklayman hamda o‘zimning eng ezgu tilaklarimni bildirib qolaman. Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimizda Uchinchi Renesans davrining poydevori aynan ta’lim islohotlari asosida qurilayotganligi va bu jarayonda siz aziz hamkasblarimiz sidqidildan ishtirok etayotganingiz tizim yetakchisi sifatida meni juda xursand qiladi. Bu jarayonlarda sizlar bilan bir safda yelkama-yelka turib xizmat qilish men uchun ham faxr, ham ulkan mas’uliyatdir. Shuni unutmasligimiz kerakki, ta’lim sohasi millatimiz yuksalishi hamda uning kelajak rivojida muhim rol o‘ynaydi. Bu haqiqatni barchangiz teran anglagansiz. Shu boisdan sizlarni hech ikkilanmay ana shu savobli ishlarning mohir muhandislari, deb atasam, mubolag‘a bo‘lmaydi. Aziz do‘stlar, muhtaram ustozlar! Barchangizni muqaddas Qurbon hayiti bayrami bilan yana bir bor muborakbod etaman. Oilangizga xotirjamlik, baxt va omad hamisha hamroh bo‘lishini tilayman. Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Показати все...
9👍 4
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigi Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показати все...
10👍 2🕊 1
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.