Informatika va AT
Відкрити в Telegram
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz. Bog'lanish: @Nursaidovuz Kiberxavfsizlik: @NursaidovX AI muhandislik: @NursaidovAI
Показати більше7 573
Підписники
+524 години
-17 днів
-630 днів
Архів дописів
7 573
Repost from NursaidovX - Kiberxavfsizlik akademiyasi
⚠️ OSINT 7-DARS | Windowsda barcha yashirilgan fayllarni topishni o'rganamiz | 1-qism
Siz hamma narsani o'chirib, o'zingizni xotirjam sezyapsizmi? Adashasiz! Windows - bu dunyodagi eng katta 'sotqin'. Siz ochgan har bir rasm, yozgan har bir hujjatingiz tizimning yashirin burchaklarida muhrlanib qoladi. Bugun windows’ning eng maxfiy 'arxivlarini' topishni o'rganamiz. Tayyor bo'lsangiz, biz boshladik!
📺 https://youtu.be/kOMYtJmED70
@NursaidovX
7 573
Repost from ◆ ◈ ◆ Бобир Исмоилов
Аёллар жамиятга қўшилганлиги ва уларнинг бахтиёрлиги ўзгариши графиги.
7 573
Repost from Nursaidov.uz
🎉 Kutib oling! Word Racer: Uzbekistan Tour - bolalar uchun ingliz tili o‘rgatuvchi 3D poyga o‘yini tayyor!
Farzandingiz o‘ynab turib ingliz tilini o‘rganadimi? Endi - ha! 🎮
Bu bolalar uchun mo‘ljallangan qiziqarli va foydali 3D poyga o‘yini. Mashinani boshqaring, harflarni yig‘ing va yangi inglizcha so‘zlarni o‘rganing!
Mutlaqo bepul yuklab oling va farzandingizning ingliz tili sayohatini boshlang!
🔴Youtubeda ko'rish: https://youtu.be/XGd-h5xUcx0
@Nursaidovuz
7 573
Repost from Nursaidov.uz
🎉 Assalomu alaykum, hurmatli ota-onalar, bolajonlarimiz uchun ajoyib bayram sovg'asi sifatida "Matematik Qahramon" o'yinining mutlaqo yangi talqinini e'tiboringizga havola etamiz.
Dasturning oldingi versiyalardan asosiy farqi shundaki, endilikda o'yin yanada qulay bo'limlarga ajratilgan, oldingi qiyin darajalar ketma-ketligi to'g'rilangan. Mantiqiy va qiziqarli bosqichlar soni jami 80 taga yetkazildi hamda interfeys dizayni butunlay yangilanib, ko'zni quvontiradigan darajaga keltirilgan.
Shuning uchun farzandlaringiz bayramni ham foydali, ham maroqli o'tkazishlari uchun o'yinni hoziroq yuklab oling va ularni chin dildan xursand qiling! O'yin kompyuter windows uchun mo'ljallangan!
@Nursaidovuz
7 573
Repost from NursaidovX - Kiberxavfsizlik akademiyasi
Kiberxavfsizlik bo'yicha PhD darajasi bor, lekin paroli - 12345678.
@NursaidovX
7 573
Odam chet elda ishlab, o‘qib, halol puliga telefon oladi. Uyiga qaytadi. Telefon original, o‘g‘irlanmagan, hech kimga sotmaydi - o‘zi ishlatadi. Lekin o‘z yurtida SIM karta ishlashi uchun yana pul to‘laydi.
Eng alam qiladigani - buni “tartib”, “xavfsizlik”, “rasmiy import” deb oqlashadi.
Men telefonimni halol sotib olgan bo‘lsam, nega o‘z mulkimdan foydalanish uchun yana davlatga pul berishim kerak?
Kontrabandachini ushlang. Soxta telefonni bloklang. O‘g‘irlangan IMEI’ni yoping. Lekin oddiy odamni ham ularning qatoriga qo‘shib, cho‘ntagidan pul olishni “tizim” deb atamang.
7 573
Repost from Uzbekonomics
Bir talaba chet elda o'qiydi va o'sha yerda o'ziga telefon sotib oladi. Koreyada, Rossiyada, Turkiyada yoki Yevropada ishlayotgan o'zbekistonlik ishchi uyiga qaytadi va ishlatib yurgan telefonini olib keladi. Kimdir safarda original telefon sotib oladi, kimdir yaqinidan sovg'a oladi.
Telefon original. IMEI haqiqiy. O'g'irlanmagan. Odam uni tijorat uchun emas, o'zi ishlatish uchun olib kelgan. Nega endi O‘zbekistonga kelgach, bu telefon mobil tarmoqda ishlashi uchun yana alohida IMEI puli to'lashi kerak? “Rasmiy importer olib kirmagan telefon” degani “soxta”, “kontrabanda” yoki “noqonuniy telefon” degani emas-ku.
Maqolada aytilishicha bu tizim tufayli telefonlarning qariyb 95 foizi importerlar orqali kirayotgan ekan, bu esa xorijiy ishlab chiqaruvchilarning O'zbekistonga ishonchini oshirib, rasmiy do'kon va servislar ochilishiga yordam berar ekan. Mana shu argument menga juda tushunarsiz.
Samsung O'zbekistonda ko‘proq faoliyat yuritishi uchun Koreyadan qaytayotgan o'zbekistonlikning shaxsiy telefonini cheklashimiz kerakmi? Apple rasmiy do'kon ochishi uchun chet elda o'qiyotgan talabaning o'zi sotib olgan telefoniga qo‘shimcha to'lov solishimiz kerakmi? Ishlab chiqaruvchi uchun bozor hajmi, aholining xarid qobiliyati, boj va soliqlar, logistika, regulyatsiya, mulk huquqi va biznes muhiti muhimroq omillar.
IMEI tizimi, database o'zi kerak bo‘lishi mumkindir, balki: o'g'irlangan, klonlangan yoki qalbaki telefonlarni aniqlash va bloklash uchun. Lekin shu maqsad oddiy fuqaro chet eldan o'zi uchun olib kelgan original telefon uchun majburiy pul undirishni avtomatik ravishda oqlamaydi.
Ayniqsa g'alati tomoni shuki: davlat ro'yxatdan o‘tishni majburiy qiladi, ro'yxatdan o'tmasangiz telefoningizni mobil tarmoqdan uzadi, keyin esa shu majburiy talabni bajarish uchun sizdan alohida haq oladi. Bu oddiy “xizmat haqi”dan ko‘ra, davlat yaratgan sun'iy kirish to'sig'i uchun undiriladigan majburiy yig'imga ko'proq o'xshaydi.
IMEI telefonni identifikatsiya qilish uchun kerak. Uni shaxsiy importni qimmatlashtirish, rasmiy importerlarni raqobatdan himoya qilish va iste'molchidan qo'shimcha pul undirish vositasiga aylantirish esa boshqa siyosat. Buning iqtisodiy natijasi ham oddiy: kamroq raqobat, iste'molchi uchun yuqoriroq narx va rasmiy importerlar uchun kattaroq renta.
Maqolaga ko'ra, IMEI registratsiyasi va telefonlardan olinadigan bojxona bojini qo'shsa, oxirgi yilda qariyb 700 million dollar yig'ilgan ekan.
Bu pulni ichiga kirmagan inson vaqti ham bor. Uni qo'shsa, bir necha barobar katta raqam bo'lishini bilish qiyin emas. Masalan, Toshkent Xalqaro Aeroportidagi IMEI registratsiya qilish shahobchasiga ko'z tashlash mumkin. Turnaqator navbat. Chet ellik turist ham, Koreyadan kelgan ishchi ham, El-yurti talabasi ham - hamma turibdi, vaqtini shu narsaga sarflab.
@uzbekonomics
7 573
Repost from NursaidovX - Kiberxavfsizlik akademiyasi
⚠️ Ehtiyot bo'ling! (Word) fayllar ortidagi yashirin kiber tuzoq
🗣 https://youtu.be/G9ISfFJiyjM
Do'stlar, bugungi amaliy darsimizda kiberxavfsizlik va ijtimoiy muhandislik (Social Engineering) sohasidagi eng ko'p tarqalgan yashirin xavflardan birini ko'rib chiqamiz. Ko'pincha bizga Telegram yoki turli guruhlardan chiroyli nomlangan Word yoki PDF hujjatlari keladi. Lekin ular har doim ham biz o'ylagan fayl bo'lib chiqadimi? Shuni videoda real ko'ramiz
@NursaidovX
7 573
10 yildan beri gaplashmagan, maktabda informatika fanidan dars beradigan kursdoshim telefon qildi.
Mendan: “Ustama olish uchun kamputerda topshiriqlarni bajarib, sertifikat olsa, ustama qo‘shilar ekan. Shuni olib bera olasanmi, kamputerdan?” deb so‘radi...
7 573
Repost from NursaidovX - Kiberxavfsizlik akademiyasi
🛡 1-dars. Bitta buyruq bilan saytlarga parolsiz kirish | SQL Injection haqida gaplashamiz
Do‘stlar, ko‘rib turganingizdek, bugungi videomiz sarlavhasi: Bitta buyruq bilan saytlarni buzish. Ko‘pchilik buni ishonarsiz yoki shunchaki kino deb o‘ylashi mumkin. Lekin bugun UzCreditBank laboratoriyasida bor-yo‘g‘i bitta buyruq orqali, parolsiz qanday qilib administrator profiliga kirib ketishni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rasiz...
🔴🗣https://youtu.be/5i4Munm8YgA
@NursaidovX
7 573
Repost from NursaidovX - Kiberxavfsizlik akademiyasi
⚠️ Xakerlar usuli: Kompyuterda papkani BUTUNLAY yashirish! 1-qism
🔴🗣 https://youtu.be/VS4uAHAENFY
Kompyuteringizda shunday papkalar borki, ularni boshqalar mutlaqo koʻrmasligi kerak. Toʻgʻrimi? Koʻpchilik buni qanday qiladi? Sichqonchaning oʻng tugmasini bosib, Properties ga kiradi va Hidden qilib qoʻyadi.
Lekin bu usul oʻtmaydi! Kompyuterni bir oz tushunadigan odam Show hidden files ni yoqadi-yu, hamma maxfiy fayllaringizni ochib koʻradi.
Bugun men sizlarga Windows’ning shunday yashirin buyrugʻini koʻrsataman, u orqali yashirilgan papkani nastroykani titkilab ham topib boʻlmaydi. Eng qizigʻi - hech qanday dastur oʻrnatish shart emas!
@NursaidovX
7 573
15 ta odam kerak youtube kanalimizga. Iltimos yordam qilinglar.
https://Youtube.com/c/Nursaidovuz
7 573
15 ta odam kerak youtube kanalimizga. Iltimos yordam qilinglar.
https://Youtube.com/c/Nursaidovuz
