uk
Feedback
TerDU rasmiy kanali

TerDU rasmiy kanali

Відкрити в Telegram

Sayt: www.tersu.uz Facebook: @tersu340 Instagram: @terdu_rasmiy You tube: @Termizdavlatuniversitet Rektor sahifasi: @a_toshqulov Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot ©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali

Показати більше

📈 Аналітичний огляд Telegram-каналу TerDU rasmiy kanali

Канал TerDU rasmiy kanali (@terdu340) у мовному сегменті Узбецька є активним учасником. На даний момент спільнота об'єднує 20 687 підписників, посідаючи 9 538 місце в категорії Освіта та 3 830 місце у регіоні Узбекистан.

📊 Показники аудиторії та динаміка

З моменту свого створення невідомо, проект продемонстрував стрімке зростання, зібравши аудиторію у 20 687 підписників.

За останніми даними від 25 вересня, 2026, канал демонструє стабільну активність. Хоча за останні 30 днів спостерігається зміна кількості учасників на 1 378, а за останні 24 години на -23, загальне охоплення залишається високим.

  • Статус верифікації: Не верифікований
  • Рівень залученості (ER): Середній показник залученості аудиторії становить 30.47%. Протягом перших 24 годин після публікації контент зазвичай збирає 21.94% реакцій від загальної кількості підписників.
  • Охоплення публікацій: В середньому кожен допис отримує 6 310 переглядів. Протягом першої доби публікація в середньому набирає 4 543 переглядів.
  • Реакції та взаємодія: Аудиторія активно підтримує контент: середня кількість реакцій на один пост – 37.

📝 Опис та контентна політика

Автор описує ресурс як майданчик для висловлення суб'єктивної думки:
“Sayt: www.tersu.uz Facebook: @tersu340 Instagram: @terdu_rasmiy You tube: @Termizdavlatuniversitet Rektor sahifasi: @a_toshqulov Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot ©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali”

Завдяки високій частоті оновлень (останні дані отримано 26 вересня, 2026), канал підтримує актуальність та високий рівень охоплення публікацій. Аналітика показує, що аудиторія активно взаємодіє з контентом, що робить його важливою точкою впливу в категорії Освіта.

20 687
Підписники
-2324 години
-837 днів
+1 37830 днів
Архів дописів
🖇 TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi 🟢Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University
+9
🖇 TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi 🟢Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi. 🟢Universitet 2025-yilda jahon reytingida 1024-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2026-yilda 359 pog‘ona yuqorilab, 665-o‘ringa ko‘tarildi. Mazkur natija O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari orasida reyting pozitsiyasining yaxshilanishi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich sifatida qayd etildi.
Universitetda ekologik barqarorlikni ta’minlash va “yashil” kampus infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. TerDUning 5 ta kampusida 77 ming tup daraxt, 50 ming tup buta va 189 ming m² maysazor mavjud bo‘lib, yashil hududlarning yillik kislorod ishlab chiqarish hajmi 8,5 ming tonnani, CO₂ yutilishi esa 2,6 ming tonnani tashkil etadi. Energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish yo‘nalishida umumiy quvvati 3 MWdan ortiq bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalari barpo etilgan. Ularning yillik elektr energiyasi ishlab chiqarish salohiyati qariyb 6 mln kWh bo‘lib, universitetning yillik elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojidan qariyb 3 baravar yuqori. Suv resurslarini samarali boshqarish uchun 4 ta artezian quduq, 6 ta suv minorasi va 3 ta rezervuar faoliyat yuritadi. Yashil hududlarni parvarishlashda tomchilatib va purkab sug‘orish, binolarda esa suv tejovchi texnologiyalar qo‘llanmoqda. Universitetning barcha kampuslarida chiqindilarni saralash va alohida yig‘ish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Barqaror rivojlanish tamoyillari ta’lim va ilm-fan jarayonlariga ham integratsiya qilinib, Barqaror rivojlanish kafedrasi tomonidan ekologiya, iqlim o‘zgarishi, bioxilma-xillik va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yo‘nalishlarida ta’lim hamda ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
🟢UI GreenMetric 2026 natijasi Termiz davlat universitetida ekologik barqarorlik, resurslardan samarali foydalanish va “yashil” universitet modelini shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning xalqaro miqyosdagi e’tirofidir.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Repost from Saida Mirziyoyeva
Nyu-York | sentabr, 2026-yil — Нью-Йорк | сентябрь, 2026 год

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil
+9
O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir. Hududlardagi faoliyatini yanada rivojlantirib, viloyatlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini keng targ‘ib qilishga e’tiborni kuchaytirmoqda. Ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida qiziqarli uchrashuvlar o‘tkazib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, joylarda yuz berayotgan o‘zgarishlarning odamlar hayotini o‘zgartirishdagi ahamiyati haqida atroflicha fikr almashmoqda. Hududlardagi yangilanishlar bilan tanishib, qiziqarli maqolalar, videolavhalar tayyorlamoqda. Yangi loyiha doirasida shu yil mart oyida Xorazm, iyun oyida Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tadbirlar bunga yaqqol dalildir. "O‘zA kunlari"ning maftunkor kuz faslidagi mezboni Surxon vohasi bo‘ldi. Agentlik ijodkorlari janubdagi voha ahli bilan uchrashuvini Termiz davlat universitetidan boshladi. Professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan yuzma-yuz muloqot qildi. Batafsil:https://uza.uz/uz/posts/913898 Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

🇺🇿 26-sentabr — Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari kuni ​Vatanimiz xavfsizligi, yurt tinchligi va barqarorligi yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan barcha DXX xodimlari hamda faxriylarini kasb bayrami bilan muborakbod etamiz.​ Bayramingiz muborak boʻlsin! Telegram | Facebook |  Instagram | Youtube

🇺🇿 26-sentabr — Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari kuni ​Vatanimiz xavfsizligi, yurt tinchligi va barqarorligi yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan barcha DXX xodimlari hamda faxriylarini kasb bayrami bilan muborakbod etamiz.​ Bayramingiz muborak boʻlsin! Telegram | Facebook |  Instagram | Youtube

Repost from Saida Mirziyoyeva
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) bilan birgalikda demografik barqarorlik masalalariga b
+8
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) bilan birgalikda demografik barqarorlik masalalariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazdik. ​O‘zbekistonning eng asosiy kapitali — uning yosh avlodi. Ushbu salohiyat kelgusida demografik dividend manbaiga aylanishi uchun bugundanoq har bir insonning, ayniqsa, ayollar va bolalarning salomatligi, ta’limi hamda xavfsizligiga investitsiya kiritishimiz zarur. ​Bu boradagi sa’y-harakatlarimiz manzilli va uzoq muddatli bo‘lishini ta’minlash maqsadida demografik prognozlash tizimini yo‘lga qo‘yyapmiz hamda “Demografik dividend – 2050” strategiyasini ishlab chiqishni rejalashtiryapmiz. ​Mamlakatimiz kelajagi nafaqat aholi soni, balki eng avvalo ular qanday imkoniyatlarga ega bo‘lishi bilan belgilanadi. — Вместе с Фондом ООН в области народонаселения (ЮНФПА) провели мероприятие, посвящённое вопросам демографической устойчивости. Главный капитал Узбекистана — его молодое население. Чтобы оно стало источником будущего демографического дивиденда, уже сегодня необходимо инвестировать в здоровье, образование и безопасность людей, особенно детей и женщин. Чтобы эти усилия были адресными и долгосрочными, мы будем заниматься демографическим прогнозированием и планируем разработать стратегию «Демографический дивиденд — 2050». Будущее страны определяется не только количеством людей, но прежде всего тем, какими возможностями они будут обладать.

Hududlarda natija, ta’limda imkoniyat, yoshlar masalasida talabchanlik: yangi vazifalar belgilandi Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

🇺🇿 MILLIY QADRIYATLAR TARANNUMI: TERDUDA “OSH FESTIVALI” 🟢Termiz davlat universitetining Yuridik fakultetida milliy qadriy
+9
🇺🇿 MILLIY QADRIYATLAR TARANNUMI: TERDUDA “OSH FESTIVALI” 🟢Termiz davlat universitetining Yuridik fakultetida milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizni targ‘ib etishga qaratilgan “Osh festivali” o‘tkazildi. 🟢Universitetning yettinchi talabalar turar joyida tashkil etilgan festivalda 1-bosqich talabalari ishtirok etib, milliy taomimiz — osh tayyorlash mahoratini namoyish etdilar. 🟢Osh — dasturxondagi taom emas, millatning mehr-oqibati, hamjihatligi va qadriyatlarini birlashtiruvchi timsol! Ko‘tarinki ruhda o‘tgan festival yoshlarni milliy merosga hurmat, do‘stlik va hamjihatlik ruhida birlashtirdi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

🟢ADABIYOT — QALBLARNI BIRLASHTIRUVCHI BUYUK KUCH 🟢Termiz davlat universitetining o‘zbek filologiyasi va jurnalistika fakult
+6
🟢ADABIYOT — QALBLARNI BIRLASHTIRUVCHI BUYUK KUCH 🟢Termiz davlat universitetining o‘zbek filologiyasi va jurnalistika fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati Axborot-kutubxona markazida taniqli shoir, yozuvchi, tarjimon va olim Mirzo Kenjabek tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. 🟢Tadbirda Mirzo Kenjabekning o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan munosib hissasi, serqirra ijodiy faoliyati va boy adabiy merosi haqida so‘z yuritildi. Ishtirokchilar shoirning hayoti va ijod yo‘li, asarlarining mazmun-mohiyati hamda milliy adabiyotimizda tutgan o‘rni haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. 🟢Tadbir davomida Mirzo Kenjabek qalamiga mansub she’rlar ishtirokchilar tomonidan ifodali òqildi, shoir ijodining hikmatliligi va mazmundorligi namoyon etildi. Shuningdek, tadbir doirasida Mirzo Kenjabek asarlari asosida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

🟢Termiz davlat universiteti San’at va ijtimoiy ish fakulteti Milliy libos, kashtachilik, to‘qimachilik kafedrasida Eronlik m
+9
🟢Termiz davlat universiteti San’at va ijtimoiy ish fakulteti Milliy libos, kashtachilik, to‘qimachilik kafedrasida Eronlik mutaxassislar bilan xalqaro tajriba almashinuvi tashkil etildi. 🟢Tadbirda Eron Madaniy meros, hunarmandchilik va turizm vazirligi Hunarmandchilik ta’limi departamenti rahbari Rizo Habibpur hamda Gorgan universiteti professori Hoda Husseini ishtirok etib, talabalarga o‘z tajribalarini o‘rgatdilar. 🟢Uchrashuvda an’anaviy to‘qimachilik, tabiiy bo‘yash va qo‘l hunarmandchiligi haqida ma’lumot berildi. Paxtadan tola olish, uni anor, uzum bargi, yong‘oq po‘stlog‘i, za’faron va piyoz po‘stlog‘i kabi tabiiy bo‘yoqlar bilan bo‘yash, undan mato tayyorlash va zamonaviy hamda milliy uslubdagi liboslar yaratish jarayonlari tushuntirildi. 🟢Mazkur tadbir talabalarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda xalqaro tajriba almashishida muhim ahamiyat kasb etdi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

➡️MILLIYLIGIM — O‘ZLIGIM! 🟢Milliy liboslar — xalqimizning boy tarixi, madaniyati va qadriyatlarini aks ettiradi. 🟢Termiz davlat universitetida ham milliy qadriyatlarni asrash va yoshlar qalbiga singdirish maqsadida “Milliy liboslar kuni” muntazam o‘tkazib kelinmoqda. 🟢Milliy libosdagi qizlarimiz o‘zbekona nafosat va milliy ruhni namoyon etmoqda.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt

🟢QADIMGI TURON SIRI: ILM-FAN, TARIX VA MIFOLOGIYA BIR MAYDONDA! 🟢Xabaringiz bor, bugun Termiz davlat universitetida qadimgi
+9
🟢QADIMGI TURON SIRI: ILM-FAN, TARIX VA MIFOLOGIYA BIR MAYDONDA! 🟢Xabaringiz bor, bugun Termiz davlat universitetida qadimgi Turon xalqlarining diniy qarashlari, mifologik tasavvurlari va madaniy merosini chuqur o‘rganishga bag‘ishlangan “Qadimgi Turon xalqlarining diniy qarashlari va mifologiyasi (an’anaviy)” mavzusidagi xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi. 🟢Anjuman qadimgi sivilizatsiyalar tarixini yangi ilmiy yondashuvlar asosida tadqiq etish, diniy-mifologik qarashlarning shakllanish jarayonlarini o‘rganish hamda Markaziy Osiyoning boy tarixiy-madaniy merosini xalqaro ilmiy hamjamiyatga keng targ‘ib etishga qaratilgan. 🟢Konferensiyada O‘zbekiston, Chexiya, Fransiya, Italiya, Rossiya, Tojikiston kabi davlatlardan olim va tadqiqotchilar, shuningdek, mamlakatimizning yetakchi oliy ta’lim va ilmiy muassasalari vakillari ishtirok etmoqda.
Yalpi majlis va sho‘balarda: 🟢Markaziy Osiyo mifologiyasi; 🟢 qadimgi Turon xalqlarining diniy qarashlari; 🟢 Sopolli va Oks sivilizatsiyalari; 🟢 Baqtriya, Marg‘iyona va Xorazmning qadimiy merosi; 🟢 zardushtiylik va buddaviylikning tarixiy ildizlari; 🟢dafn marosimlari va qadimgi e’tiqodlar; 🟢 arxeologik manbalar va san’atdagi mifologik tasvirlar; 🟢 qadimgi mifologiyani zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida tadqiq etish masalalari muhokama qilinmoqda.
🟢Xalqaro konferensiya doirasida 4 ta ilmiy sho‘ba faoliyat olib borib, tarix, arxeologiya, antropologiya, dinshunoslik va boshqa turdosh fanlar kesishmasida qator ilmiy ma’ruzalar tinglanadi. 🟢Mazkur ilmiy muloqot — ming yillik tarix va zamonaviy ilm-fan tutashgan, qadimiy meros yangi ilmiy nigoh bilan qayta kashf etilayotgan muhim maydondir.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Repost from Edu.uz
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni: navbatdagi muhim uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
+3
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni: navbatdagi muhim uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Jahon savdo tashkiloti (JST) Bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashdi. Muloqot davomida O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni qanday ketayotganini hamda mamlakat oldida turgan yakuniy vazifalar mohokama qilindii.
Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish yo‘lidagi jarayon 2023 yildan boshlab yangi sur’at kasb etdi. Shu davrdan muzokaralar jadallashib, 2026 yil iyul holatiga ko‘ra, JSTga qo‘shilish bo‘yicha Ishchi guruhning 13 ta yig‘ilishi o‘tkazildi. Bugungi kunga qadar JSTga a’zo 35 davlat bilan bozorlarni ochish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar boshlangan bo‘lib, 33 ta davlat bilan muzokaralar yakunlangan. Shuningdek, milliy qonunchilikning qariyb 200 ta hujjati JST qoidalari va tamoyillariga muvofiqlashtirildi.
JSTga a’zolik — yangi imkoniyatlar sari yo‘l. Bu jarayon O‘zbekiston iqtisodiyotining xalqaro savdo tizimiga yanada chuqur integratsiyalashuvi uchun muhim qadamdir. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Magistrlar bilan muhim uchrashuv Termiz davlat universitetida Akademik faoliyat bo‘yicha prorektor O‘. Axmedov hamda Magistra
+5
Magistrlar bilan muhim uchrashuv Termiz davlat universitetida Akademik faoliyat bo‘yicha prorektor O‘. Axmedov hamda Magistratura bo‘limi boshlig‘i K. Yadgarov tomonidan 1–2-bosqich magistratura talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura bosqichida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 500-son qarori hamda magistratura to‘g‘risidagi nizomning mazmun-mohiyati tushuntirildi. Shuningdek, “Yashirin ekspert guruhi”, HEMIS monitoringi, Scopus va Web of Science bazalaridagi ilmiy nashrlar, magistrlik dissertatsiyasi, qo‘shma ta’lim dasturlari hamda magistrlarning huquq va majburiyatlari yuzasidan muhim ma’lumotlar berildi. Yig‘ilish yakunida talabalarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

🟢TerDUda “Qadimgi Turon xalqlarining diniy qarashlari va mifologiyasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook You tube | Sayt

#kun_hikmati “Kitob o‘qish — boshqa insonlarning tajribasidan aql bilan foydalanishdir.” 😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️ Karlos Ruis Safon B
#kun_hikmati
“Kitob o‘qish — boshqa insonlarning tajribasidan aql bilan foydalanishdir.”
😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️ Karlos Ruis Safon
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Repost from Saida Mirziyoyeva
BMT Bosh Assambleyasi minbaridan turib, ziddiyatlar tobora ortayotgan, o‘zaro ishonch esa yo‘qolib borayotgan hozirgi dunyoda
+5
BMT Bosh Assambleyasi minbaridan turib, ziddiyatlar tobora ortayotgan, o‘zaro ishonch esa yo‘qolib borayotgan hozirgi dunyoda O‘zbekistonning qat’iy pozitsiyasi haqida so‘zladim. Tanlagan yo‘limiz aniq — ochiqlik, yaxshi qo‘shnichilik va muloqot. Biz tinchlik, hamkorlik hamda inson qadr-qimmatini e’zozlash tarafdorimiz. Nutqimda Markaziy Osiyodagi tub o‘zgarishlar, O‘zbekistondagi islohotlar, ekologiya va Orol fojiasi, sun’iy intellekt taraqqiyoti, qonun ustuvorligi hamda inson huquqlarini ta’minlash masalalariga to‘xtalib o‘tdim. Bugun hech bir davlat global muammolarni yolg‘iz o‘zi hal eta olmaydi. O‘zbekiston ishonch va o‘zaro hurmatga asoslangan kelajakni barpo etish yo‘lida munosib hissasini qo‘shishga doimo tayyor. — Выступила на 81-й Генеральной Ассамблее ООН. С трибуны этой организации я говорила о позиции Узбекистана в мире, где становится всё больше конфликтов и всё меньше доверия. Наш выбор ясен — открытость, добрососедство и диалог. Мы выступаем за мир, сотрудничество и уважение человеческого достоинства. Говорила о переменах в Центральной Азии, реформах в Узбекистане, экологии и трагедии Арала, развитии искусственного интеллекта, верховенстве закона и правах человека. Сегодня ни одна страна не может справиться с глобальными проблемами в одиночку. Узбекистан готов вносить свой вклад в мир, основанный на доверии и взаимном уважении.

Koreya ta’limi: bilimdan — innovatsiyaga, innovatsiyadan — taraqqiyotga...
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

🇰🇷 🇺🇿 #xalqaro_hamkorlik TerDU va Koreya universitetlari hamkorligi: strategik loyihalar sari Termiz davlat universitetin
+3
🇰🇷 🇺🇿 #xalqaro_hamkorlik TerDU va Koreya universitetlari hamkorligi: strategik loyihalar sari Termiz davlat universitetining Koreya Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi ortidan Surxondaryo delegatsiyasi tarkibida Koreyada bo‘lgan TerDU rektori Abduqodir Toshqulov qator nufuzli universitetlar, xususan, Sejong universiteti rahbariyati bilan uchrashib, ta’lim, ilm-fan va innovatsiya sohalaridagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
Hamkorlik doirasida: 🟢 talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish; 🟢 TerDUda koreys tili ta’lim yo‘nalishini ochish va TOPIK imtihonlarini o‘tkazish markazini tashkil etish; 🟢 Sejong instituti filialini tashkil etish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish; 🟢 professor-o‘qituvchi va talabalar uchun akademik almashinuv hamda malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish; 🟢 sun’iy intellekt, raqamli ta’lim va “Smart Farm” yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish.
Tashrif davomida Sejong universitetining ilmiy laboratoriyalari faoliyati, xususan, grafen materiallari bo‘yicha tadqiqotlar bilan ham tanishildi. Muhimi, TerDU va Koreya universitetlari o‘rtasidagi hamkorlik aniq loyihalar, yangi ta’lim imkoniyatlari va xalqaro tajribani kengaytirishga qaratilmoqda.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt