ch
Feedback
TerDU rasmiy kanali

TerDU rasmiy kanali

前往频道在 Telegram

Sayt: www.tersu.uz Facebook: @tersu340 Instagram: @terdu_rasmiy You tube: @Termizdavlatuniversitet Rektor sahifasi: @a_toshqulov Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot ©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali

显示更多

📈 Telegram 频道 TerDU rasmiy kanali 的分析概览

频道 TerDU rasmiy kanali (@terdu340) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 20 687 名订阅者,在 教育 类别中位列第 9 538,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 3 830 位。

📊 受众指标与增长动态

自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 20 687 名订阅者。

根据 25 九月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 1 378,过去 24 小时变化为 -23,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 30.47%。内容发布后 24 小时内通常能获得 21.94% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 6 310 次浏览,首日通常累积 4 543 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 37。

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Sayt: www.tersu.uz Facebook: @tersu340 Instagram: @terdu_rasmiy You tube: @Termizdavlatuniversitet Rektor sahifasi: @a_toshqulov Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot ©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali”

凭借高频更新(最新数据采集于 26 九月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 教育 类别中的关键影响点。

20 687
订阅者
-2324 小时
-837 天
+1 37830 天
帖子存档
🇺🇿 26-sentabr — Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari kuni ​Vatanimiz xavfsizligi, yurt tinchligi va barqarorligi yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan barcha DXX xodimlari hamda faxriylarini kasb bayrami bilan muborakbod etamiz.​ Bayramingiz muborak boʻlsin! Telegram | Facebook |  Instagram | Youtube

🇺🇿 26-sentabr — Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari kuni ​Vatanimiz xavfsizligi, yurt tinchligi va barqarorligi yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan barcha DXX xodimlari hamda faxriylarini kasb bayrami bilan muborakbod etamiz.​ Bayramingiz muborak boʻlsin! Telegram | Facebook |  Instagram | Youtube

Repost from Saida Mirziyoyeva
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) bilan birgalikda demografik barqarorlik masalalariga b
+8
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) bilan birgalikda demografik barqarorlik masalalariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazdik. ​O‘zbekistonning eng asosiy kapitali — uning yosh avlodi. Ushbu salohiyat kelgusida demografik dividend manbaiga aylanishi uchun bugundanoq har bir insonning, ayniqsa, ayollar va bolalarning salomatligi, ta’limi hamda xavfsizligiga investitsiya kiritishimiz zarur. ​Bu boradagi sa’y-harakatlarimiz manzilli va uzoq muddatli bo‘lishini ta’minlash maqsadida demografik prognozlash tizimini yo‘lga qo‘yyapmiz hamda “Demografik dividend – 2050” strategiyasini ishlab chiqishni rejalashtiryapmiz. ​Mamlakatimiz kelajagi nafaqat aholi soni, balki eng avvalo ular qanday imkoniyatlarga ega bo‘lishi bilan belgilanadi. — Вместе с Фондом ООН в области народонаселения (ЮНФПА) провели мероприятие, посвящённое вопросам демографической устойчивости. Главный капитал Узбекистана — его молодое население. Чтобы оно стало источником будущего демографического дивиденда, уже сегодня необходимо инвестировать в здоровье, образование и безопасность людей, особенно детей и женщин. Чтобы эти усилия были адресными и долгосрочными, мы будем заниматься демографическим прогнозированием и планируем разработать стратегию «Демографический дивиденд — 2050». Будущее страны определяется не только количеством людей, но прежде всего тем, какими возможностями они будут обладать.

Hududlarda natija, ta’limda imkoniyat, yoshlar masalasida talabchanlik: yangi vazifalar belgilandi Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

🇺🇿 MILLIY QADRIYATLAR TARANNUMI: TERDUDA “OSH FESTIVALI” 🟢Termiz davlat universitetining Yuridik fakultetida milliy qadriy
+9
🇺🇿 MILLIY QADRIYATLAR TARANNUMI: TERDUDA “OSH FESTIVALI” 🟢Termiz davlat universitetining Yuridik fakultetida milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizni targ‘ib etishga qaratilgan “Osh festivali” o‘tkazildi. 🟢Universitetning yettinchi talabalar turar joyida tashkil etilgan festivalda 1-bosqich talabalari ishtirok etib, milliy taomimiz — osh tayyorlash mahoratini namoyish etdilar. 🟢Osh — dasturxondagi taom emas, millatning mehr-oqibati, hamjihatligi va qadriyatlarini birlashtiruvchi timsol! Ko‘tarinki ruhda o‘tgan festival yoshlarni milliy merosga hurmat, do‘stlik va hamjihatlik ruhida birlashtirdi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

🟢ADABIYOT — QALBLARNI BIRLASHTIRUVCHI BUYUK KUCH 🟢Termiz davlat universitetining o‘zbek filologiyasi va jurnalistika fakult
+6
🟢ADABIYOT — QALBLARNI BIRLASHTIRUVCHI BUYUK KUCH 🟢Termiz davlat universitetining o‘zbek filologiyasi va jurnalistika fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati Axborot-kutubxona markazida taniqli shoir, yozuvchi, tarjimon va olim Mirzo Kenjabek tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. 🟢Tadbirda Mirzo Kenjabekning o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan munosib hissasi, serqirra ijodiy faoliyati va boy adabiy merosi haqida so‘z yuritildi. Ishtirokchilar shoirning hayoti va ijod yo‘li, asarlarining mazmun-mohiyati hamda milliy adabiyotimizda tutgan o‘rni haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. 🟢Tadbir davomida Mirzo Kenjabek qalamiga mansub she’rlar ishtirokchilar tomonidan ifodali òqildi, shoir ijodining hikmatliligi va mazmundorligi namoyon etildi. Shuningdek, tadbir doirasida Mirzo Kenjabek asarlari asosida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

🟢Termiz davlat universiteti San’at va ijtimoiy ish fakulteti Milliy libos, kashtachilik, to‘qimachilik kafedrasida Eronlik m
+9
🟢Termiz davlat universiteti San’at va ijtimoiy ish fakulteti Milliy libos, kashtachilik, to‘qimachilik kafedrasida Eronlik mutaxassislar bilan xalqaro tajriba almashinuvi tashkil etildi. 🟢Tadbirda Eron Madaniy meros, hunarmandchilik va turizm vazirligi Hunarmandchilik ta’limi departamenti rahbari Rizo Habibpur hamda Gorgan universiteti professori Hoda Husseini ishtirok etib, talabalarga o‘z tajribalarini o‘rgatdilar. 🟢Uchrashuvda an’anaviy to‘qimachilik, tabiiy bo‘yash va qo‘l hunarmandchiligi haqida ma’lumot berildi. Paxtadan tola olish, uni anor, uzum bargi, yong‘oq po‘stlog‘i, za’faron va piyoz po‘stlog‘i kabi tabiiy bo‘yoqlar bilan bo‘yash, undan mato tayyorlash va zamonaviy hamda milliy uslubdagi liboslar yaratish jarayonlari tushuntirildi. 🟢Mazkur tadbir talabalarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda xalqaro tajriba almashishida muhim ahamiyat kasb etdi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

➡️MILLIYLIGIM — O‘ZLIGIM! 🟢Milliy liboslar — xalqimizning boy tarixi, madaniyati va qadriyatlarini aks ettiradi. 🟢Termiz davlat universitetida ham milliy qadriyatlarni asrash va yoshlar qalbiga singdirish maqsadida “Milliy liboslar kuni” muntazam o‘tkazib kelinmoqda. 🟢Milliy libosdagi qizlarimiz o‘zbekona nafosat va milliy ruhni namoyon etmoqda.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt

🟢QADIMGI TURON SIRI: ILM-FAN, TARIX VA MIFOLOGIYA BIR MAYDONDA! 🟢Xabaringiz bor, bugun Termiz davlat universitetida qadimgi
+9
🟢QADIMGI TURON SIRI: ILM-FAN, TARIX VA MIFOLOGIYA BIR MAYDONDA! 🟢Xabaringiz bor, bugun Termiz davlat universitetida qadimgi Turon xalqlarining diniy qarashlari, mifologik tasavvurlari va madaniy merosini chuqur o‘rganishga bag‘ishlangan “Qadimgi Turon xalqlarining diniy qarashlari va mifologiyasi (an’anaviy)” mavzusidagi xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi. 🟢Anjuman qadimgi sivilizatsiyalar tarixini yangi ilmiy yondashuvlar asosida tadqiq etish, diniy-mifologik qarashlarning shakllanish jarayonlarini o‘rganish hamda Markaziy Osiyoning boy tarixiy-madaniy merosini xalqaro ilmiy hamjamiyatga keng targ‘ib etishga qaratilgan. 🟢Konferensiyada O‘zbekiston, Chexiya, Fransiya, Italiya, Rossiya, Tojikiston kabi davlatlardan olim va tadqiqotchilar, shuningdek, mamlakatimizning yetakchi oliy ta’lim va ilmiy muassasalari vakillari ishtirok etmoqda.
Yalpi majlis va sho‘balarda: 🟢Markaziy Osiyo mifologiyasi; 🟢 qadimgi Turon xalqlarining diniy qarashlari; 🟢 Sopolli va Oks sivilizatsiyalari; 🟢 Baqtriya, Marg‘iyona va Xorazmning qadimiy merosi; 🟢 zardushtiylik va buddaviylikning tarixiy ildizlari; 🟢dafn marosimlari va qadimgi e’tiqodlar; 🟢 arxeologik manbalar va san’atdagi mifologik tasvirlar; 🟢 qadimgi mifologiyani zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida tadqiq etish masalalari muhokama qilinmoqda.
🟢Xalqaro konferensiya doirasida 4 ta ilmiy sho‘ba faoliyat olib borib, tarix, arxeologiya, antropologiya, dinshunoslik va boshqa turdosh fanlar kesishmasida qator ilmiy ma’ruzalar tinglanadi. 🟢Mazkur ilmiy muloqot — ming yillik tarix va zamonaviy ilm-fan tutashgan, qadimiy meros yangi ilmiy nigoh bilan qayta kashf etilayotgan muhim maydondir.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Repost from Edu.uz
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni: navbatdagi muhim uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
+3
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni: navbatdagi muhim uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Jahon savdo tashkiloti (JST) Bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashdi. Muloqot davomida O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni qanday ketayotganini hamda mamlakat oldida turgan yakuniy vazifalar mohokama qilindii.
Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish yo‘lidagi jarayon 2023 yildan boshlab yangi sur’at kasb etdi. Shu davrdan muzokaralar jadallashib, 2026 yil iyul holatiga ko‘ra, JSTga qo‘shilish bo‘yicha Ishchi guruhning 13 ta yig‘ilishi o‘tkazildi. Bugungi kunga qadar JSTga a’zo 35 davlat bilan bozorlarni ochish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar boshlangan bo‘lib, 33 ta davlat bilan muzokaralar yakunlangan. Shuningdek, milliy qonunchilikning qariyb 200 ta hujjati JST qoidalari va tamoyillariga muvofiqlashtirildi.
JSTga a’zolik — yangi imkoniyatlar sari yo‘l. Bu jarayon O‘zbekiston iqtisodiyotining xalqaro savdo tizimiga yanada chuqur integratsiyalashuvi uchun muhim qadamdir. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Magistrlar bilan muhim uchrashuv Termiz davlat universitetida Akademik faoliyat bo‘yicha prorektor O‘. Axmedov hamda Magistra
+5
Magistrlar bilan muhim uchrashuv Termiz davlat universitetida Akademik faoliyat bo‘yicha prorektor O‘. Axmedov hamda Magistratura bo‘limi boshlig‘i K. Yadgarov tomonidan 1–2-bosqich magistratura talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura bosqichida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 500-son qarori hamda magistratura to‘g‘risidagi nizomning mazmun-mohiyati tushuntirildi. Shuningdek, “Yashirin ekspert guruhi”, HEMIS monitoringi, Scopus va Web of Science bazalaridagi ilmiy nashrlar, magistrlik dissertatsiyasi, qo‘shma ta’lim dasturlari hamda magistrlarning huquq va majburiyatlari yuzasidan muhim ma’lumotlar berildi. Yig‘ilish yakunida talabalarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

🟢TerDUda “Qadimgi Turon xalqlarining diniy qarashlari va mifologiyasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook You tube | Sayt

#kun_hikmati “Kitob o‘qish — boshqa insonlarning tajribasidan aql bilan foydalanishdir.” 😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️ Karlos Ruis Safon B
#kun_hikmati
“Kitob o‘qish — boshqa insonlarning tajribasidan aql bilan foydalanishdir.”
😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️ Karlos Ruis Safon
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Repost from Saida Mirziyoyeva
BMT Bosh Assambleyasi minbaridan turib, ziddiyatlar tobora ortayotgan, o‘zaro ishonch esa yo‘qolib borayotgan hozirgi dunyoda
+5
BMT Bosh Assambleyasi minbaridan turib, ziddiyatlar tobora ortayotgan, o‘zaro ishonch esa yo‘qolib borayotgan hozirgi dunyoda O‘zbekistonning qat’iy pozitsiyasi haqida so‘zladim. Tanlagan yo‘limiz aniq — ochiqlik, yaxshi qo‘shnichilik va muloqot. Biz tinchlik, hamkorlik hamda inson qadr-qimmatini e’zozlash tarafdorimiz. Nutqimda Markaziy Osiyodagi tub o‘zgarishlar, O‘zbekistondagi islohotlar, ekologiya va Orol fojiasi, sun’iy intellekt taraqqiyoti, qonun ustuvorligi hamda inson huquqlarini ta’minlash masalalariga to‘xtalib o‘tdim. Bugun hech bir davlat global muammolarni yolg‘iz o‘zi hal eta olmaydi. O‘zbekiston ishonch va o‘zaro hurmatga asoslangan kelajakni barpo etish yo‘lida munosib hissasini qo‘shishga doimo tayyor. — Выступила на 81-й Генеральной Ассамблее ООН. С трибуны этой организации я говорила о позиции Узбекистана в мире, где становится всё больше конфликтов и всё меньше доверия. Наш выбор ясен — открытость, добрососедство и диалог. Мы выступаем за мир, сотрудничество и уважение человеческого достоинства. Говорила о переменах в Центральной Азии, реформах в Узбекистане, экологии и трагедии Арала, развитии искусственного интеллекта, верховенстве закона и правах человека. Сегодня ни одна страна не может справиться с глобальными проблемами в одиночку. Узбекистан готов вносить свой вклад в мир, основанный на доверии и взаимном уважении.

Koreya ta’limi: bilimdan — innovatsiyaga, innovatsiyadan — taraqqiyotga...
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

🇰🇷 🇺🇿 #xalqaro_hamkorlik TerDU va Koreya universitetlari hamkorligi: strategik loyihalar sari Termiz davlat universitetin
+3
🇰🇷 🇺🇿 #xalqaro_hamkorlik TerDU va Koreya universitetlari hamkorligi: strategik loyihalar sari Termiz davlat universitetining Koreya Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi ortidan Surxondaryo delegatsiyasi tarkibida Koreyada bo‘lgan TerDU rektori Abduqodir Toshqulov qator nufuzli universitetlar, xususan, Sejong universiteti rahbariyati bilan uchrashib, ta’lim, ilm-fan va innovatsiya sohalaridagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
Hamkorlik doirasida: 🟢 talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish; 🟢 TerDUda koreys tili ta’lim yo‘nalishini ochish va TOPIK imtihonlarini o‘tkazish markazini tashkil etish; 🟢 Sejong instituti filialini tashkil etish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish; 🟢 professor-o‘qituvchi va talabalar uchun akademik almashinuv hamda malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish; 🟢 sun’iy intellekt, raqamli ta’lim va “Smart Farm” yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish.
Tashrif davomida Sejong universitetining ilmiy laboratoriyalari faoliyati, xususan, grafen materiallari bo‘yicha tadqiqotlar bilan ham tanishildi. Muhimi, TerDU va Koreya universitetlari o‘rtasidagi hamkorlik aniq loyihalar, yangi ta’lim imkoniyatlari va xalqaro tajribani kengaytirishga qaratilmoqda.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

🇰🇷Tog‘lar va dengizlar mamlakati — Janubiy Koreya
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook You tube | Sayt

Nimaga 11 yil o‘qitib, bitta kasb yo til o‘rgatmay, bolani keng okeanga qo‘yib yuboryapmiz? Qani mas’uliyat - Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

#ochiq_muloqot #yoshlar_kuni Koreyadan — Surxondaryo yoshlari uchun yangi tashabbuslar Payshanba — yoshlar kuni munosabati bi
+9
#ochiq_muloqot #yoshlar_kuni Koreyadan — Surxondaryo yoshlari uchun yangi tashabbuslar Payshanba — yoshlar kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyati hokimi vohadagi oliy ta’lim muassasalarining yuqori kurs talabalari hamda Koreya Respublikasida tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan vohadosh yoshlar bilan ochiq onlayn muloqoti o‘tkazdi. Zoom platformasi orqali tashkil etilgan  muloqotda ayni kunlarda Koreya Respublikasida bo‘lib turgan Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov, vohadoshimiz — Koreyaning Sejong universiteti professori Otabek Jo‘rayev hamda xorijda istiqomat qilayotgan yoshlar ishtirok etdi. Muloqot davomida TerDU rektori Abduqodir Toshqulov tomonidan voha yoshlari uchun yangi xalqaro imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan qator muhim takliflar ilgari surildi. Jumladan, Koreya, Xitoy, Yaponiya, Malayziya kabi davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida Surxondaryo yoshlarining tahsil olishini kengaytirish, xorijiy universitetlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, zamonaviy bilim va ilg‘or tajribalarni vohaga olib kirish bo‘yicha aniq tashabbuslar bildirildi. Shuningdek, Surxondaryoning mavjud resurs va imkoniyatlaridan samarali foydalanish, hudud rivojiga koreyalik ishbilarmon doira vakillari va malakali mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Mazkur tashabbuslar viloyat hokimi tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, ularni amaliy jihatdan ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Xorijda tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan vohadosh yoshlar esa bunday tashabbuslar ularni yanada ruhlantirayotganini ta’kidlab, Surxondaryo taraqqiyotiga yurtimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shish, yangi loyihalarni amalga oshirish istagini bildirdi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

🇰🇷TerDU va Koreya: yangi imkoniyatlar sari 🟢Termiz davlat universiteti va Koreya Respublikasining nufuzli Sejong universiteti o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. 🟢Ta’lim, ilm-fan, innovatsiya, qo‘shma dasturlar hamda akademik almashinuv yo‘nalishlaridagi hamkorlik — TerDU yoshlari uchun yangi xalqaro imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

TerDU rasmiy kanali - Telegram 频道 @terdu340 的统计与分析