"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti
Відкрити в Telegram
''TIQXMMI'' milliy tadqiqotlar universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti hayotiga oid xabar va media almashinuvi. Creator: Navruz Saidov Admin bilan aloqa: Matbuot kotib @Suxrobbek_Xurshidovich
Показати більше2 035
Підписники
Немає даних24 години
-167 днів
-8030 день
Архів дописів
📣 Buxoro Davlat Texnika Universitetining rasmiy Telegram sahifasi
🔗 https://t.me/bdtu_uz_rasmiy
📚 Universitet yangiliklari, tadbirlar, ilmiy izlanishlar hamda muhim e’lonlardan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘lish uchun kanalimizga obuna bo‘ling!
👥 Do‘stlaringizni ham taklif qiling va bilim olamida birga rivojlanaylik!
#yutuq #yoshlar_parlamenti
Buxoro davlat texnika universiteti "Yer resurslardan foydalanish va davlat kadastrlari" kafedrasi o'qituvchisi, O'zbekiston Liberal demokratik partiyasi nomzodi Bobojonov Saidjon O'tkirovich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a'zoligiga tasdiqlandi!
Jamoamiz nomidan Bobojonov Saidjonning kelgusi ish faoliyatiga omad va zafarlar tilaymiz!
Repost from Yoshlar Parlamenti (Oliy Majlis Senati)
▫️▫️▫️▫️ #faollar_jamoasi
🟦 Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamentining faollari jamoasi safida bo'lishni istaysizmi?
🖐 G'oya va takliflaringizni amaliy harakatga aylantirishga, siyosiy pozitsiyangizni mustahkamlashga, jamiyatdagi muhim siyosiy jarayonlarda ishtirok etishingizga, tashkilotchilik ko'nikmalarini shakllantirishga hamda Yoshlar parlamenti a'zolari bilan yelkama yelka ishlashingizga yordam beramiz.📝 Yoshlar parlamentining faollari jamoasiga qo'shilish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tishingiz hamda savollarga javob berishingiz kerak: 🌍 Havola: https://shorturl.at/a8DCc ⏰ Ro'yxatdan o'tish jarayonlari 15-may, soat 20:00 ga qadar davom etadi. #Senat #yoshlar #parlament #siyosat 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
+4
#Jarayon
🔷 Melioratsiya sohasidagi tadbirlarning loyihalarini, shuningdek ularni moliyalashtirishning aniq manbalarini shakllantirishda tizimli ravishda kompleks yondoshilmayotganligi, suv xo‘jaligi tuzilmalari va suvdan foydalanuvchilar uyushmalarining sust ishlashi keyingi yillarda melioratsiya ishlari hajmlarining kamayishiga, sizot suvlarning darajasi ko‘tarilishiga va minerallashuvi oshib ketishiga olib keldi.
✅Yuqoridagilardan kelib chiqgan holda Buxoro davlat texnika universiteti dotsenti Zaynidin Zaripovich Qodirov hamda magistrant Suxrobbek O‘lmasov amaliy dala maydonida maxsus ajratilgan parcellda tuproq namunalarini olib, keyingi fiziko-kimyoviy tahlillar uchun tayyorladilar. Bu tadbirlar yer unumdorligini aniqlash, meliorativ chora-tadbirlarni rejalashtirish hamda sug‘orish rejimini optimallashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Repost from Jasur Ro’ziqulov
⚡️Maqbullashtirilgan kunduzgi taʼlim shakli ya'ni part-time education haqida batafsil!
Maqbullashtirilgan kunduzgi taʼlim shakli (yoki ingliz tilida: part-time education) — bu o‘qish va boshqa majburiyatlar (ish, oila, shaxsiy sabablar)ni birgalikda olib borishga mo‘ljallangan taʼlim shaklidir. Bu tizim ko‘pincha an’anaviy kunduzgi (to‘liq stavkali) o‘qishdan farqli ravishda moslashtirilgan dars jadvalini o‘z ichiga oladi.📃 Part-time ta’lim bu — oddiy kunduzgi o‘qishga o‘xshaydi, lekin unda siz kamroq darsga borasiz va kamroq fanlar o'qiysiz. Ya'ni yuklama kamroq bo‘ladi, ammo o‘qish muddati biroz cho‘ziladi. Masalan, 3 yillik bakalavr dasturi 6 yilgacha cho‘zilishi mumkin. ■ Asosiy xususiyatlari: ● Dars jadvali: odatda haftasiga 2-3 kun yoki faqat ma’lum soatlarda darslar tashkil etiladi (masalan, kechki payt yoki dam olish kunlari, talabaning vaqtiga qarab). ● O‘qish muddati: yo'nalishlarga qarab 5-6-7 yilgacha davom etadi. ● Dars jarayonlari: haftaning ma'lum bir kunida to'liq yoki 1-2 parani tashkil etadi. Ya'ni talaba shu kunlarda auditoriyaga keladi. Mutaxassislik fanlariga urg'u qaratilgani sababli, umumiy o'quv fanlari nisbatan qisqartirilgan bo'ladi. Dars vaqti, soati, kuni va parasi talaba vaqtiga mos shakllantiriladi. ● Kimlar uchun qulay: ishlayotganlar, bola parvarishlayotganlar, sog'lig'ida muammosi borlar, nogironlar yoki boshqa majburiyatlari borlar uchun. ● Diplom: to‘liq kunduzgi taʼlimga teng kuchga ega bo‘lgan diplom beriladi. Diplomda ta'lim shakli yozilaydi. 🇺🇿O'zbekistonda bu o'qish qanday tashkil etiladi? Bu sirtqi o'rniga joriy etilgan yangi ta'lim shakli hisoblanib, avgust oyiga qadar ilg'or xorijiy tajribalar asosida qaror loyihasi ishlab chiqilishi belgilangan.
Bizni kuzatishda davom etingTelegram I Instagram
Repost from Aslonova Emma Sergeyevna
#Qabul_2025
— Magistratura mutaxassisliklariga qabul (1-iyuldan 30-iyulga qadar)
👉 magistr.edu.uz
— Ikkinchi mutaxassislikka qabul (10-iyuldan 10-avgustga qadar)
👉 my.edu.uz
— O‘qishni ko‘chirish (15-iyuldan 5-avgustga qadar)
👉 transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.
+7
“Sportchi — yurt himoyachisi!” shiori ostida sport oyligi davom etmoqda
Buxoro viloyat bo’ylab May oyi — Sport oyi deb e’lon qilinganligi munosabati bilan, Buxoro davlat texnika universitetida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, universitetning Tabiiy resurslarni boshqarish fakultet talabalari va professor-o‘qituvchilari erta tongdan yig‘ilib, jismoniy tarbiya mashqlari va sport o‘yinlarida faol ishtirok etishmoqda. Tadbir doirasida o‘tkazilgan voleybol bahslari ishtirokchilarga katta kayfiyat ulashdi hamda jamoaviy ruhni mustahkamladi.
Mazkur sport tadbirlari nafaqat sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga, balki yoshlarda vatanparvarlik va jismoniy chiniqish ruhini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Repost from Imomov Shavkat Jakhonovich
🎗 9-may – Xotira va Qadrlash kuni
Buxoro davlat texnika universiteti jamoasi siz, azizlarni 9-may – “Xotira va Qadrlash kuni” bilan chin dildan muborakbod etadi!
Bu sana – tarixiy xotira va insoniy qadriyatlar yuksak e’tirof etiladigan muqaddas kun. Tinchlik va osoyishtalik – har bir inson hayotidagi eng muhim ne’matdir. Tinchlik hukm surgan yurtda taraqqiyot, xotirjamlik va farovonlik bo‘ladi. Azal-azaldan tinchliksevar bo‘lgan xalqimiz bu ulug‘ fazilatni aziz tutib keladi.
Bugun yurtimizda Xotira va Qadrlash kunini umumxalq bayrami sifatida nishonlashimiz – o‘tmishga hurmat, hozirgi avlodga esa saboqdir. Safimizda hali-hanuz mashaqqatli urush yillarini boshidan kechirgan faxriylar, front ortida fidokorona mehnat qilgan mehnatkashlar bor. Ularni qadrlash, o‘tganlarni xotirlash – har birimizning insoniy burchimizdir.
Siz azizlarga, shuningdek, sizlarning timsolingizda barcha oilalaringizga chuqur ehtirom, yuksak hurmat va ezgu tilaklarimizni izhor etamiz.
Hurmat bilan,
Shavkat Imomov
+3
“Buxoro davlat texnika universiteti Tabiiy resurslarni boshqarish fakultetining 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan marhum xodimlarining oilalari holidan xabar olindi. Ushbu tashrif fakultet jamoasi tomonidan tashkil etilib, ularning xotirasi yodga olindi va oila a’zolariga hurmat bajo keltirildi.”
Repost from Aslonova Emma Sergeyevna
❌ Sirtqi ta'lim
✅ Part-time education
Sirtqi ta'lim uchun qabul endi bo'lmaydi. Uning o'rniga yangi Part-time education shakli joriy etilishi kutilmoqda.
Xo'sh, Part-time education nima?
➖ Part-time education — bu darslar haftaning ma’lum kunlarida yoki kechki vaqtlarda o‘tkaziladigan o‘qish shakli. Ayniqsa, ishlayotgan yoki boshqa majburiyatlari bo‘lgan talabalar uchun juda qulay!
Kimlar uchun?
✔️ Ishlayotgan yoshlar
✔️ Oilaviy majburiyatlari borlar
✔️ Moslashuvchan o‘qish jadvalini istovchilar
Xususiyatlari:
▫️ Darslar haftasiga bir necha kun yoki kechki payt bo‘ladi
▫️ O‘qish muddati to‘liq shakldagidan biroz uzoqroq bo‘lishi mumkin
▫️ Mustaqil o‘rganishga ko‘proq e’tibor qaratiladi
Afzalliklari:
✅ Ish va o‘qishni birga olib borish
✅ Tajriba orttirish imkoniyati
✅ O‘qish xarajatlarini o‘zingiz qoplash imkoniyati
✅ Moslashuvchan vaqt va sharoit
🎓Buxorolik talaba – Ulashing va obuna bo‘ling!
Repost from Aslonova Emma Sergeyevna
Ta’limning sirtqi shakliga qabul tugatiladi – Prezident farmoni
2025/2026 o‘quv yilidan boshlab ta’limning sirtqi shakliga qabul tugatilib, kunduzgi ta’limdan boshqa muqobil ta’lim shakllari bo‘yicha qabul kvotalari bosqichma-bosqich oshirib boriladi.
Shuningdek, 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab:
▫️oliy ta’lim tashkilotlarining muqobil ta’lim shakllari bo‘yicha umumiy qabul kvotasini kunduzgi ta’lim shakli qabul natijasining 50 foizidan oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi;
▫️magistratura bosqichida muqobil ta’lim shakllari asosida ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashga ruxsat beriladi;
▫️oliy ta’lim tashkilotlarida muqobil ta’limning kredit-modul tizimiga asoslangan maqbullashtirilgan kunduzgi ta’lim shakli (part-time education) bo‘yicha o‘qitishni yo‘lga qo‘yishga ruxsat beriladi;
▫️muqobil ta’lim shakllariga talabalarni belgilangan me’yordan ortiqcha qabul qilish litsenziya talab va shartlarini qo‘pol ravishda buzish deb baholanadi hamda litsenziyani bekor qilish uchun asos hisoblanadi;
▫️idoraviy mansubligi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar har bir ta’lim tashkiloti tarkibida umumiy shtatlar doirasida ichki ta’lim sifati auditini amalga oshirishga mas’ul ichki ta’lim sifati nazorati bo‘limlari tashkil etiladi.
🎓Buxorolik talaba – Ulashing va obuna bo‘ling!
Repost from Aslonova Emma Sergeyevna
⚡️Rasman: Oila va xotin-qizlar qoʻmitasidan tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi
🇺🇿 Hukumat qaroriga muvofiq mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega boʻlmagan xotin-qizlar davlat oliy taʼlim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinishi belgilangan.
Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi boʻlgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining tavsiyanomasiga ega boʻlishlari lozim.
Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak: ➖ oʻrta maxsus yoki professional taʼlim boʻyicha mutaxassislikka ega boʻlishi (kollej, texnikum diplomiga ega bo‘lishi); ➖ tavsiyanoma olgunga qadar oliy taʼlim olmaganligi yoki olmayotganligi (davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalarida o‘qimayotgan bo‘lishi kerak); ➖oʻrta maxsus yoki professional taʼlim mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yillik mehnat stajiga ega boʻlishi. ▪️Talabgorlar joriy yilning 1-iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan https://xotin-qizlar.uz/ sayti orqali yoki doimiy yashash yoki vaqtincha roʻyxatda turgan joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga murojaat etadilar va quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: ➖ fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi; ➖ mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan koʻchirma; ➖ oʻrta-maxsus yoki professional taʼlim boʻyicha diplom.▪️ Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda 1-7-iyun kunlari koʻrib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qabul qilinadi. 🎓Buxorolik talaba – Ulashing va obuna bo‘ling!
+1
BuxTRBIning "Umumtexnika fanlar" kafedrasi katta o’qituvchisi Jamoliddin Sharofiddinovich Fazliyev 06.01.02-"Melioratsiya va sug'orma dehqonchilik" ixtisosligi bo'yicha texnika fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilgani bilan tabriklaymiz!
Ko’plab yoshlarga ustoz bo’lgan tajribali olim va pedagogni ushbu yutuq bilan qutlaymiz.
Ustozimizning kelgusi faoliyatida ham omad tilaymiz.
Repost from Aslonova Emma Sergeyevna
🎓🎓Talabalar, tayyormisiz? Yilning eng yorqin festivali sizlarni kutmoqda!
⚡️1-maydan 25-maygacha butun O‘zbekiston bo‘ylab millionlab yoshlarni bir maqsad atrofida birlashtiruvchi “Talabalar festivali” bo‘lib o‘tadi.
🎓Abituriyentmisiz? Orzungizdagi oliy ta’lim muassasalari bilan yaqindan tanishing.
🎓Talabamisiz? Iste’dodingizni tanlov va loyihalarda sinab ko‘ring.
🎓Bitiruvchimisiz? Yaxshi kasb tanlash yoki biznes boshlamoqchi bo‘lsangiz, festivalda ishtirok eting!
✅Festivalda ishtirok etish uchun @yoshtanlovibot orqali ro‘yxatdan o‘ting va o‘z yo‘nalishingizni tanlang!
🎓Buxorolik talaba – Ulashing va obuna bo‘ling!
Repost from Edu.uz
#so‘ragan_edingiz
❓SAVOL: Ilmiy-ommabop maqola nima?
✅ JAVOB: Ilmiy-ommabop maqola — bu alohining barcha qatlamlariga moʻljallangan, muayyan ilmiy mavzuda ogʻir ilmiy uslubdan xoli, sodda, tushunarli va qiziqarli tarzda yozilgan maqoladir. Bu turdagi maqolalarning asosiy maqsadi — ilm-fanning yangi yutuqlari, tadqiqotlar va texnologik yangiliklarni keng jamoatchilikka yetkazish, fanga qiziqish uygʻotish va ilmiy savodxonlikni oshirishdan iborat.
Xulosa qilib aytganda, ilmiy-ommabop maqola — bu fanni ommaga yaqinlashtirish vositasidir. U ilm va jamiyat oʻrtasidagi koʻprik vazifasini oʻtaydi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Edu.uz
#TalabaFest
🎓🎓Talabalar, tayyormisiz? Yilning eng yorqin festivali sizlarni kutmoqda!
⚡️1-maydan 25-maygacha butun O‘zbekiston bo‘ylab millionlab yoshlarni bir maqsad atrofida birlashtiruvchi “Talabalar festivali” bo‘lib o‘tadi.
Bu festival — barcha imkoniyatlaringizning boshlanish nuqtasi!
🎓Abituriyentmisiz? Orzungizdagi oliy ta’lim muassasalari bilan yaqindan tanishing.
🎓Talabamisiz? Iste’dodingizni tanlov va loyihalarda sinab ko‘ring.
🎓Bitiruvchimisiz? Yaxshi kasb tanlash yoki biznes boshlamoqchi bo‘lsangiz, festivalda ishtirok eting!
✅Festivalda ishtirok etish uchun @yoshtanlovibot orqali ro‘yxatdan o‘ting va o‘z yo‘nalishingizni tanlang!
🚀 Orzular sari yo‘l shu yerdan boshlanadi. Bu festival aynan siz uchun!
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Edu.uz
4️⃣4️⃣4️⃣ 5️⃣5️⃣5️⃣
⬇️“Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanloviga arizalar qabuli boshlandi
✔️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi sizni “Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanlovida ishtirok etishga chorlaydi!
❗️Tanlovda davlat oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan 35 yoshgacha boʻlgan yosh olimlar, ilmiy izlanuvchilari va talabalar qatnashishlari mumkin.
➡️G‘oliblar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi mukofotlari 🌟bilan taqdirlanadi:
🥇-o‘rin - BHMning 25 baravari miqdorida;
🥈-o‘rin - BHMning 20 baravari miqdorida;
🥉-o‘rin - BHMning 15 baravari miqdorida.
🎚 Arizalar joriy yilning 10-mayga qadar (shu kuni ham) soat 09:00 dan - 18:00 gacha (yakshanbadan tashqari) qabul qilinadi.
📃Tanlov nizomi.
🔖Ariza namunasini yuklab olish.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
tanlovga taqdim etilayotgan material va ularning qachon va qaysi ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilinganligi haqidagi ma’lumot; ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda chop etilgan materialning elektron (pdf) shakli.
Hujjatlarni yuborish 🌐@Maruf3001.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +99899 750 27 01.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Edu.uz
⚡️2025/2026 oʻquv yili uchun texnikumlarga KECHKI taʻlim shaklidagi qabul parametrlari▶️ Respublika bo‘yicha 24 ta texnikumda kechki ta’lim shakli uchun qabul kvotasi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 2 040 nafar kamida umumiy o‘rta ma’lumoti (11-sinf) bo‘lganlar faqat toʻlov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi. 📲 Kvotalar to‘liq 👉@eduuzuniversalbot
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Edu.uz
⚡️2025/2026 oʻquv yili uchun texnikumlarga SIRTQI taʻlim shaklidagi qabul parametrlari▶️ Respublika bo‘yicha 362 ta texnikumda sirtqi ta’lim shakli uchun qabul kvotasi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 29 310 nafar kamida umumiy o‘rta ma’lumoti (11-sinf) bo‘lganlar faqat toʻlov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi. 📲 Kvotalar to‘liq 👉@eduuzuniversalbot
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Edu.uz
⚡️2025/2026 oʻquv yili uchun texnikumlarga KUNDUZGI taʻlim shaklidagi qabul parametrlari▶️ Respublika bo‘yicha 549 ta texnikumda kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul kvotasi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 101 924 nafar kamida umumiy o‘rta ma’lumoti (11-sinf) bo‘lganlar o‘qishga qabul qilinadi. ✔️Shundan: ➖ davlat granti asosida — 49 234 ta; ➖ toʻlov-kontrakt asosida — 52 690 ta. 📲 Kvotalar to‘liq 👉@eduuzuniversalbot
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
