cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

''TIQXMMI'' milliy tadqiqotlar universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti hayotiga oid xabar va media almashinuvi. Creator: Navruz Saidov Admin bilan aloqa: Matbuot kotib @Suxrobbek_Xurshidovich

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
2 248
المشتركون
-124 ساعات
-37 أيام
-3930 أيام
أرشيف المشاركات
Repost from Bakhadir Mirzaev
“Тошкент ирригация ва қишлоқ хўжалигини механизациялаш миуҳандислар институти” Миллий тадқиқот университети Ўзбекистон Олий таълим тизимининг тарихида биринчи бор Жаҳонинг ТОП 550 университетлар қаторидан жой олди https://tiiame.uz/oz/content/toshkent-irrigatsiya-va-qishloq-xojaligini-mexanizatsiyalash-muhandislari-instituti-milliy-1Tiiame.uz | Facebook | Instagram | Telegram | Youtube
إظهار الكل...
🔥 2
Repost from Bakhadir Mirzaev
“Тошкент ирригация ва қишлоқ хўжалигини механизациялаш миуҳандислар институти” Миллий тадқиқот университети Ўзбекистон Олий таълим тизимининг тарихида биринчи бор Жаҳонинг ТОП 550 университетлар қаторидан жой олди https://tiiame.uz/oz/content/toshkent-irrigatsiya-va-qishloq-xojaligini-mexanizatsiyalash-muhandislari-instituti-milliy-1Tiiame.uz | Facebook | Instagram | Telegram | Youtube
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
🏆 “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti O‘zbekiston Oliy ta’lim tizimining tarixida birinchi bor Jahoning TOP 550 universitetlar qatoridan joy oldi Dunyoning eng nufuzli ta’lim tizimidagi tahliliy agentlik Quacquarelli Symonds (QS) world ranking university 2024-yilda dunyoning eng nufuzli universitetlari reytingini e’lon qildi, bu reytingda O‘zbekiston respublikasi Oliy ta’lim muassasalari tarixida birinchi bor TOP 550 ta dunyoning eng nufuzli universitetlari qatoriga O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti reyting natijalariga ko‘ra 547 o‘rini egalladi. “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti 2018-yildan boshlab dunyoning eng nufuzli reyting tizimlarida O‘zbekiston respublikasi OTMlari o‘rtasida eng yuqori ko‘rsatkichlarni QS world university rankings, QS by subjects, QS stars, THE(Times Higher education impact ranking) reyting tizimlarida ko‘rsatib kelmoqda.... batafsil tiiame.uz saytida
إظهار الكل...
👍 1
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#XUSHXABAR #xalqaro_reyting Ilk bor Oʻzbekistonning 2 ta oliygohi dunyoning eng nufuzli universitetlari TOP-1000 taligidan o‘rin egalladi Bugun, 5-iyun kuni Buyuk Britaniyaning nufuzli “QS Quacquarelli Symonds” xalqaro reyting agentligi dunyodagi eng yaxshi universitetlar reytingi – “QS World University Rankings-2025” natijalarini eʼlon qildi. Reytingdan birinchi marta Oʻzbekistonning birvarakayiga ikki oliy taʼlim muassasasi – “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti 547-oʻrin hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti 781–790-oʻrin bilan munosib joy egalladi. “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Akademik nufuz” koʻrsatkichi boʻyicha dunyoning eng yaxshi 300 ta oliy oʻquv yurtlari qatoriga va Markaziy Osiyodagi eng yaxshi universitetlar uchligiga kirdi. Oʻzbekiston milliy universiteti “Chet ellik oʻqituvchilar ulushi” koʻrsatkichi boʻyicha dunyoning 200 ta eng yaxshi universitetlari qatorida boʻlib, Markaziy Osiyo oliy oʻquv yurtlari orasida ikkinchi oʻrinni qayd etdi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu ikki universitet jamoasini oldiga qoʻygan maqsadlariga erishganlari bilan samimiy tabriklaydi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
👍 3🔥 1
04:20
Video unavailableShow in Telegram
#Qabul2024 #Abituriyent2024 ⚡️ 2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi ✅ 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi. 📱 Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda. 📆 Ro‘yxatga olish 2024-yil 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kunlari ham) amalga oshiriladi. 📹 Yuqoridagi videoqo‘llanma orqali ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. ▶️ Youtube orqali ko‘rish (HD formatda) 👉 @ZamStarshiy - baxtli bo'l!
إظهار الكل...
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish - uz~2.mp428.49 MB
👍 1
Repost from Alisher Sadullaev
04:49
Video unavailableShow in Telegram
Aziz yoshlar ushbu rolikni ko'rib, undan chiqargan xulosalaringizni izohlarda yozib qoldiring. Biz jamiyatimizni mehnatimiz va harakatimiz bilan o'zgartira olamizmi? Yaqinlarimizni o'z g'alabamizga ishontira olamizmi? @alisher_sadullaev
إظهار الكل...
IMG_0622.MP425.15 MB
6
#Ovozli_chat Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish bo‘yicha ovozli chat 📆 2024-yil 4-iyun (bugun) kuni 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkaziladi. ✅ Ovozli chat oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha bo‘lib o‘tadi. 🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va ishtirokchilarning savollariga batafsil javob beradi. 🙋‍♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi. ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
41:02
Video unavailableShow in Telegram
#btv #assalombuxoro #damolishdasturi #kayfiyat ⚡️Har tongni Buxoro telekanali bilan birga maroqli qarshi oling! "Assalom, Buxoro!" dam olish dasturi ijodkorlari esa har doim kunni a'lo kayfiyat bilan o‘tkazishga Sizlarni chorlab qolishadi! Institutimizning Tabiiy resurslar muhandisligi fakulteti talabasi Samandarov Samandar Buxoro telvedeniyasiga muhbir sifatida o'z faoliyatini boshladi. 💧"TIQXMMI" MTU BuxTRBI TelegramInstagramYouTubetiiamebb.uz
إظهار الكل...
2.mp4400.23 MB
👍 4😢 4🔥 1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI STIPENDIYASI VA NOMLI DAVLAT STIPENDIYALARI TANLOVIGA HUJJATLAR QABULI BOSHLANDI. 📶Diqqat! Hurmatli talabalar va magistrantlar, 2024-2025-o‘quv yili uchun O‘zR Prezidenti stipendiyasi hamda nomli davlat stipendiyalari (Beruniy, I.Karimov) bo‘yicha tanlov boshlanganini ma‘lum qilamiz. ⏺O‘zR Prezidenti stipendiyasiga 3-bosqich bakalavriat (barcha yo‘nalishlar bo‘yicha) hamda 1-bosqich magistrlar; ⏺ Nomli davlat stipendiyalari (Beruniy, I.Karimov) 2-3 bosqich bakalavriat talabalari hujjat topshirishlari mumkin. ⏺ O‘zR Prezidenti davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalarni tayinlash uchun quyidagi mezonlarni bajarish belgilanadi: - a’lo o‘qish va ilmiy (ijodiy) ishlarda ishtirok etish; - kamida ikkita e’lon qilingan ishlar (asarlar)ning mavjudligi; - tillarni - davlat tilini va bitta xorijiy (MDX mamlakatlari davlat tillaridan tashqari) tilni bilish. ⏺ O‘zR Prezidenti davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlar dastlabki ko‘rib chiqish uchun quyidagilarni taqdim qiladilar: - sinov daftarchasidan ko‘chirma; - dekanat, kafedraning tavsiyanomasi; - ilmiy ish referati; - ilmiy (ijodiy) ish rahbarining fikr-mulohazasi; - ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning bosma nusxalari; - erishilgan qo‘shimcha yutuqlar to‘g‘risida ma’lumotlar (agar mavjud bo‘lsa). 🗂Barcha hujjatlar jildga tikilgan yoki papkaga joylangan holda taqdim etiladi. Muqovada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi yoki nomli davlat stipendiyasining nomi, talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, fakulteti, kursi, guruhi ko‘rsatiladi. 💬 Hujjatlar joriy yil 28-maydan 25-iyungacha qabul qilinadi. 🌐 Batafsil ma'lumotga ega bo'lish uchun, O‘zR Prezidenti stipendiyasi hamda nomli davlat stipendiyalari to‘g‘risidagi nizom bilan tanishib chiqishingizni tavsiya qilamiz. NIZOM👉 https://lex.uz/docs/-1399382 Murojaat uchun:👉 +998 93 963 65 65 @Ibodov65 +998 90 299 36 09 ✈️@BuxTRBI
إظهار الكل...
👍 5🔥 1😱 1
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#E'LON O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-mayda Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida PF-81-son farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra oliy ta’lim bakalavriyatiga qabul 5-iyundan boshlanishi belgilangan, shu sababli iTEP va Attanal Alarabi hamda TOEFL ITP imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish va to‘lovni amalga oshirish 4-iyungacha etib belgilandi. Imtihonlarga ro‘yxatdan o‘tish va to‘lovni amalga oshirish 4-iyun 23:59 gacha davom etadi. iTEP va Attanal Alarabi imtihonlar 13-iyun kuni, TOEFL ITP imtihoni 15-iyun kuniga belgilandi. Imtihon Bilimni baholash agentligi binosida (Toshkent shahri Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uy. Mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati) kompyuterda o‘tkaziladi. Noqulaylik uchun uzr so‘raymiz. 📞 (95) 515-68-68
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
👍 3🔥 1
"Gidrotexnik inshootlar va nasos stansiyalari" kafedrasi professor-oʻqituvchilari D. Homidova va A. Yavov boshligida Gidrotexnika qurilishi (suv xo'jaligida) ta'lim yo'nalishi 2-kurs talabalari Gidrotexnika inshootlari fanidan o'quv tanishuv amaliyot o‘tash uchun "OLOT AMBMKF" tashkilotiga olib borildi. Amaliyot jarayonini boshlashdan oldin Institutda va Olot ABMKF tashkilotida tegishli tartibda texnika xavsizligi qoidalari tushuntirildi.
إظهار الكل...
👍 4
#BMI_himoyalari_boshlandi Institutning 4-bosqich talabalari Bitiruv malakaviy ishlarini himoyalari boshlandi. Talabalar oʻzlari tomonidan tanlangan mavzularga tayyorlanib, bugungi kundagi mavjud muammolarning yechimini topgan holda atroflicha takliflar va ishlanmalar bilan BMI Meliorativ gidrogeologiys yoʻnalishi bitiruvchi talabalari ham ishlab chiqarish korxonalari, ishtirok etmoqdalar. Talabalar tomonidan bildirilgan takliflar DAK aʼzolari tomonidan aʼlo baholarga baholanmoqda. @BuxTRBI
إظهار الكل...
🔥 3👍 1