Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района
Відкрити в Telegram
Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot
Показати більшеКраїна не вказанаКатегорія не вказана
4 728
Підписники
-224 години
-697 днів
-1 73030 днів
Архів дописів
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, iqtisodiy kompleksning barcha rahbarlari Xorazmda qolib, kambag‘allik bilan ishlash tizimini o‘zgartirish bo‘yicha tahlil o‘tkazdi.
Ikki hafta davomida viloyatdagi 81 ming kambag‘al aholi, ya’ni 19 ming oilaning holati o‘rganildi. Ushbu oilalarda 12 ming ishsiz va 10 ming daromadi past aholi borligi aniqlandi.
Ayni paytda Xorazmdagi tadbirkorlar qurilish sohasiga 4 ming, xizmatlar sohasiga 3 ming va sanoatga 2,5 ming ishchi izlamoqda.
Mas’ullarga ishsiz va kam daromadli aholini korxonalar talabi asosida kasbga o‘qitib, ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini ishga solish vazifasi qo‘yildi.
Mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va kasbga tayyorlash imkoniyatlaridan foydalanish orqali kambag‘al oilalardagi 10-15 ming nafar aholi daromadini oshirish mumkinligi qayd etildi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Davlatimiz rahbari ayrim hudud rahbarlari qo‘lidagi tayyor resurslardan samarali foydalanib, odamlarni ishli qilishga bilimi yoki toqati yetmayotganini tanqid qildi.
Ular zamonaviy iqtisodiyotdagi tebranishlar va tezkor o‘zgarishlarni to‘g‘ri anglamayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Hududlarda so‘nggi bir yilda tashkil qilingan 86 ming kichik korxonadan 15 mingtasi, ya’ni 17 foizi faoliyatini to‘xtatgan.
Bankdan kredit olib, biznesini yurgiza olmagan 62 ming aholi kreditni qaytarishga qiynalayotgani qayd etildi.
Buning sababi sifatida atigi 1 mingta mahalladagi hokim yordamchisi va mahalla bankiri “loyihaviy yondashuv” asosida ishlashni bilishi ko‘rsatildi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Yig‘ilishda joylarda natija bo‘lmayotganining asosiy sabablari tahlil qilindi.
“Mahalla yettiligi” uchun mas’ul rahbarlar viloyat, tuman, shahar va mahalladagi xodimlarga qabul qilingan qarorlarni qanday ijro etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar bermayotgani qayd etildi.
Ayrim rahbarlar yaratilgan sharoitlardan to‘g‘ri foydalanish va “yettilik” faoliyatiga xolis baho berishni bilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Tuman va mahallada kambag‘allik hamda ishsizlikka mas’ul xodimlarda hadik borligi, hech kim mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishni istamayotgani tanqid qilindi.
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha 50 yillik tajribaga ega Xitoy ham zamon talabidan kelib chiqib, quyi tizimga doimiy ravishda aniq ko‘rsatmalar berib borishi ta’kidlandi.
– O‘tgan uch yilda mahallalardagi tadbirkorlik loyihalariga 314 trillion so‘m resurs ajratildi. Lekin kreditlarning kambag‘allikni qisqartirishga ta’siri barcha tumanda birdek sezilmayapti,– dedi davlatimiz rahbari. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.
Yil boshida respublikada kambag‘allik darajasi 5,8 foizga tushib, ehtiyojmand aholi soni 2 million 200 ming nafar edi. Hozir bu ko‘rsatkich 1,5 million nafarni tashkil etmoqda.
Ishni to‘g‘ri tashkil qilgan 49 ta tuman va 3 ming 429 ta mahalla ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylanayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Ayni paytda qolgan 159 ta tuman va shahar hamda 5 ming 536 ta mahalladagi mas’ullar faoliyatida natija yetarli emasligi tanqid qilindi.
Davlatimiz rahbari barcha hududlarga bir xil vakolat, resurs va imkoniyat berilganini ta’kidlab, ulardan samarali foydalanish zarurligini qayd etdi.
Facebook|Instagram|X
❗️ Hurmatli “Choshtepa” mahalla ahli!
💡 “O‘zgarish” podstansiyasida rekonstruksiya ishlari olib borilishi sababli, 3-sentabrdan 13-sentabrga qadar, soat 08:00 dan 17:00 gacha mahallaning ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Yangihayot tumani bo‘limi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.
🥳 Yangihayotda “Tashabbusli budjet”ning g‘olib loyihalari ro‘yxati e’lon qilindi
👍 “Ochiq budjet” portalida “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yil 2-mavsumi yakunlari e’lon qilindi.
🇺🇿 Mazkur jarayon doirasida Yangihayot tumanida jami 10 123 ta ovoz berildi. Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra, tumanda 13 ta loyiha g‘olib deb topildi.
📌 G‘olib loyihalar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
👍 Batafsil
😊 Jarayonda faol ishtirok etib, o‘z ovozi bilan loyihalarni qo‘llab-quvvatlagan barcha fuqarolarimizga samimiy minnatdorlik bildiramiz!
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
Repost from DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
Diqqat, Tanlov!
🇺🇿Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi “Jonajon oʻzbek tilim” tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:
• oʻzbek tilining oʻziga xos xususiyatlari, muammo va yechimlari yoritilgan eng yaxshi ilmiy tadqiqot;
• oʻzbek tilini raqamlashtirishga qaratilgan eng yaxshi dasturiy mahsulot;
• oʻzbek tilining boy imkoniyatlari tarannum etilgan eng yaxshi badiiy-ijodiy asar;
• davlat tili boʻyicha ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan eng yaxshi material;
• oʻzbek tili targʻibotiga bagʻishlangan eng yaxshi videorolik;
• oʻzbek tilini xalqaro miqyosida ommalashtirishga xizmat qilayotgan eng yaxshi amaliy ish;
• oʻzbek tilining xorijlik doʻstlari tomonidan yaratilgan eng yaxshi ilmiy-ijodiy ish.
⚠️Tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar o‘zi haqidagi ma’lumotlarni (namuna: Ismi, otaismi, familiyasi, ish joyi yoki o‘qish joyi) ilmiy-ijodiy ishining elektron nusxasini ilova qilgan holda 20-avgustdan 20-sentabrgacha yuborishlari lozim.
Hujjatlar quyidagi manzillarda qabul qilinadi:
• Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi
(Manzil: Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Bobur koʻchasi 21A);
• @Jonajontilim_bot telegram boti;
• Uz_til_jamgarma@umail.uz elektron pochtasi.
G‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdoridagi pul mukofoti, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Mukofotlar 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida topshiriladi.
✈️Telegram | ™️Facebook | 📺 Youtube
+3
📚 Bugun “Bilimlar kuni” munosabati bilan Yangihayot tumani hokimi o‘rinbosarlari tumandagi umumta’lim maktablarida bo‘lib, yuqori sinf o‘quvchilari bilan “Mustaqillik darsi” doirasida samimiy uchrashuvlar o‘tkazdilar.
♻️ Uchrashuvlarda yoshlarning kelajak rejalari, orzu-maqsadlari, kasb tanlash borasidagi intilishlari hamda yurtimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shish istaklari haqida suhbatlashildi.
#Mustaqilligimizning35Yilligi
#XalqlarDoʻstligi
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yangihayot tumani fuqarosi, rus millati vakili Natalya Shevchenko barcha yangihayotliklar va yurtdoshlarimizga o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
🎊 329-maktabda ilk qo‘ng‘iroq sadolari yangradi
👍 Bugun Yangihayot tumanidagi barcha umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan “Bilimlar kuni” tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
👍 Xususan, 329-sonli umumta’lim maktabida ham “Bilimlar kuni”ga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari, tuman hokimining Ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari hamda boshqa mutasaddilar ishtirok etdi.
👍 Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar, ustozlar va ota-onalarga yangi o‘quv yili munosabati bilan ezgu tilaklar bildirildi. Shuningdek, o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar, she’rlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
👍 Tadbir yakunida mas'ullar ilk bor maktab ostonasiga qadam qo‘yayotgan 1-sinf o‘quvchilari bilan suhbatlashilib, ularga yangi o‘quv yilida muvaffaqiyatlar tilandi.
👍 Jarayonlar videomizda
❗️ Hurmatli Yangihayot tumani fuqarolari!
📌 Har hafta belgilangan reja-grafik asosida Xalq qabulxonasida Yangihayot tumani hokimi hamda tuman hokimi o'rinbosarlarining fuqarolar qabullari o'tkaziladi.
👇🏻Quyida ularning qabul kunlari bilan tanishishingiz mumkin:
https://gov.uz/uz/yangihayot/news/view/169713
_____________
❗️ Уважаемые жители Янгихаётского района!
📌 Еженедельно, согласно утверждённому плану-графику, в Народной приёмной проходят приёмы граждан хокимом Янгихаётского района и его заместителями.
👇🏻 Ниже вы можете ознакомиться с днями их приёма:
https://gov.uz/ru/yangihayot/news/view/169713
Тelegram | Instagram |Facebook | YouTube | Web-site
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Birinchi Prezidentimiz xotirasiga ehtirom ko‘rsatildi.
—
Отдана дань уважения памяти Первого Президента нашей страны.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gulchambar qoʻydi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев посетил Научно-просветительский мемориальный комплекс имени Ислама Каримова и возложил венок к подножию памятника Первому Президенту.
#Mirziyoyev #marosim #xotira #BirinchiPrezident
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Rasmiy axborot
📈 O‘zbekistonda xalqaro mehmonxona brendlari tarmog‘i yetti oyda qariyb 28 foizga kengaydi
O‘zbekistonda xalqaro mehmonxona brendlarining ishtiroki tez sur’atlarda ortib bormoqda. 2025-yil oxiridan 2026-yil 1-avgustgacha — atigi yetti oyda — xalqaro tarmoqlarga tegishli mehmonxonalar soni 27,5 foizga, xona fondi 28,4 foizga, o‘rinlar soni esa 29,5 foizga oshdi.
2025-yil 31-dekabr holatida mamlakatda 25 ta xalqaro brendga tegishli 40 ta mehmonxona, jami 5 191 ta xona va 9 340 ta o‘rin mavjud edi. 2026-yil 1-avgustga kelib bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 31 ta brend, 51 ta mehmonxona, 6 664 ta xona va 12 096 ta o‘rinni tashkil etdi. Joriy yilning o‘tgan davrida 11 ta yangi xalqaro brendli mehmonxona faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 2020–2025-yillarda O‘zbekistonda xalqaro brendli mehmonxonalar xona fondi 272 foizga oshgan. Bu Markaziy Osiyodagi eng yuqori ko‘rsatkich: shu davrda Qozog‘istonda o‘sish 52 foiz, Qirg‘izistonda 38 foiz, Tojikistonda esa 33 foizni tashkil etgan. Tadqiqot prognozlariga ko‘ra, yangi loyihalar hisobiga O‘zbekiston yaqin yillarda xalqaro brendlar xona fondi bo‘yicha mintaqada yetakchi pozisiyaga chiqishi mumkin.https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Repost from O'zbekiston 24 ǀ Rasmiy kanal
Repost from Rasmiy axborot
O‘zbekiston Birinchi xonimi Bishkekda ShHT sammiti doirasidagi madaniy tadbirlarda ishtirok etdi. 2026-yil 1-sentabr.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
🎊 Yangihayot tumanidagi maktablarda yangi o‘quv yili boshlandi
🔸 Avvalroq xabar qilganimizdek, bugun Yangihayot tumanidagi barcha umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan “Bilimlar kuni” tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
📍Xususan, 8-sonli umumta’lim maktabida ham “Bilimlar kuni”ga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari, mas’ul rahbarlar ishtirok etib, o‘quvchi-yoshlar, ustoz va ota-onalarni yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan tabrikladi hamda yoshlarga ilm yo‘lida yutuqlar tiladi.
📎 Shuningdek, tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Shundan so‘ng, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari va mas’ul rahbarlar birinchi sinfga qadam qo‘yayotgan jajji og‘il-qizlarning dars jarayonlarini ko‘zdan kechirib, ular bilan suhbatlashdi.
📹 Jarayonlar videomizda
+5
🎊 Yangihayot maktablarida birinchi qo‘ng‘iroq sadosi yangradi
🇺🇿 Bugun Yangihayot tumanidagi barcha umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan “Bilimlar kuni” tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
👍 Xususan, 8-sonli umumta’lim maktabida ham “Bilimlar kuni”ga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda mas’ul rahbarlar ishtirok etib, o‘quvchi-yoshlar, ustoz va ota-onalarni yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan tabrikladi hamda yoshlarga ilm yo‘lida yutuqlar tiladi.
👍 Shuningdek, tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
🇺🇿 Qadrli ustozlar, aziz o‘quvchilar va hurmatli ota-onalar!
👍 Barchangizni yangi o‘quv yilining boshlanishi va Bilimlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman!
👍 Har bir yangi o‘quv yili — bu yangi maqsadlar, yangi orzular va katta imkoniyatlar sari qo‘yilgan muhim qadamdir. Bugun maktablarimiz yana bolajonlarning quvnoq ovozlariga, ustozlarning mehrli nasihatlariga va ilm olishga bo‘lgan intilishlarga to‘lmoqda.
👍 Ayniqsa, ilk bor maktab ostonasiga qadam qo‘yayotgan aziz farzandlarimizni bugungi unutilmas kun bilan alohida tabriklayman. Sizlar hayotingizdagi yangi va muhim bosqichni boshlayapsiz. Maktab sizlarga nafaqat bilim, balki do‘stlik, mehr-oqibat, Vatanga muhabbat va katta hayot sari yo‘l ko‘rsatadigan maskan bo‘lsin.
🎉 Aziz o‘quvchilar!
👍 Sizlarning bugungi izlanishingiz va olgan bilimingiz — ertangi kelajagingizning poydevoridir. Orzu qilishdan, izlanishdan va o‘rganishdan hech qachon to‘xtamang. Oldingizga katta maqsadlar qo‘yib, ularga ishonch va qat’iyat bilan intiling.
👍 Muhtaram ustoz va murabbiylar!
👍 Sizlarning zahmatli va sharafli mehnatingiz jamiyatimiz kelajagini bunyod etadi. Har bir bolaning qalbiga ilmga muhabbat uyg‘otish, uning iste’dodini kashf etish va hayot yo‘lini topishiga ko‘maklashish — ulkan mas’uliyatdir. Ana shunday fidokorona mehnatingiz uchun sizlarga chuqur hurmat va minnatdorlik bildiraman.
👍 Hurmatli ota-onalar!
👍 Farzandlarimizning kelajagi yo‘lida ustoz va ota-onaning hamjihatligi eng katta kuchdir. Ishonamanki, birgalikdagi e’tibor va g‘amxo‘rlik orqali farzandlarimizni bilimli, odobli va Vatanga sadoqatli insonlar etib tarbiyalaymiz.
👍 Yangi o‘quv yili Yangihayot tumanidagi barcha maktablar uchun yangi yutuqlar, o‘quvchilarimiz uchun ulkan muvaffaqiyatlar, ustozlarimiz uchun esa mehnatlarining munosib samaralarini olib kelsin!
👍 Barchangizni Bilimlar kuni va yangi o‘quv yili bilan yana bir bor muborakbod etaman!
✍🏻 Hurmat bilan,
Yangihayot tumani hokimi Xayot Inogamov
