Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района
Открыть в Telegram
Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot
БольшеСтрана не указанаКатегория не указана
4 698
Подписчики
+1524 часа
-57 дней
-15830 дней
Архив постов
+5
🇺🇿 Yangihayotda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda
👍 Bugun 32-sonli umumta’lim maktabida “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi boshlig‘i, mutaxassislar, faol nuroniylar hamda maktabning yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida “Shukronalik” mavzusida "Uch avlod uchrashuvi" tashkil etildi.
🖼 Uchrashuv davomida nuroniylar o‘z hayot yo‘li, yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan yutuqlar va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, Vatanga muhabbat, tinchlik va osoyishtalikni qadrlash haqida so‘zlab, yoshlarga qimmatli tavsiyalarini berishdi.
⚡️ Shuningdek, mutaxassislar O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan so‘zlangan nutqning mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berishdi.
🇺🇿 Tuman hokimi 334-maktabdagi qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi
📌 Yangihayot tumani hokimi va tuman prokurori Yangi Darxon mahallasidagi 334-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, 720 o‘rinli yangi qo‘shimcha o‘quv binosida olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.🏢 Ayni paytda qurilish ishlari deyarli yakuniga yetgan. Binoda ichki va tashqi pardozlash ishlari yakunlanib, maktabni zarur jihozlar bilan ta’minlash jarayonlari boshlangan. 👍 Hokim maktabdagi har bir bosqichni joyida ko‘zdan kechirib, xonalarni jihozlash, muhandislik tarmoqlarini yakunlash hamda obyektdagi ishlarni sifatli tashkil etish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi. 📍 Yangi o‘quv binosini belgilangan talablar asosida sifatli, belgilangan muddatda foydalanishga topshirish lozimligi ta’kidlandi
+3
🇺🇿 Yangihayotda xotin-qizlar balansi shakllantirish jarayonlari o‘rganildi
👍 Bugun Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi mas’ul xodimi Yangihayot tumanida bo‘lib, “Do‘stlik” va “Tashabbus” mahallalarida xonadonbay xatlov asosida shakllantirilayotgan xotin-qizlar balansi hamda ularni tegishli toifalar kesimida aniq va tizimli yuritish holatini o‘rgandi.
👍 O‘rganishlar davomida xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatini o‘rganish va mavjud muammolarini aniqlash maqsadida shakllantirilayotgan xotin-qizlar balansi, undagi ma’lumotlarning haqqoniyligi va to‘liqligi ko‘zdan kechirildi.
📌 Shuningdek, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni aniqlash va ular bilan manzilli ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📍 O‘rganish yakunida mas’ullarga xotin-qizlar balansini shakllantirishda ma’lumotlarni har bir xonadon kesimida chuqur tahlil qilish, aniqlangan muammo va ehtiyojlardan kelib chiqib, xotin-qizlarni tegishli dastur va loyihalarga yo‘naltirish hamda ma’lumotlar bazasini muntazam yangilab borish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Qoraqalpog‘istonda maktabgacha ta’lim qamrovi 84 foizga yetgan. Biroq Amudaryo, Bo‘zatov, Taxiatosh, To‘rtko‘l, Chimboy, Xo‘jayli va Ellikqal’ada bu ko‘rsatkich hali ham pastligi qayd etildi.
Endi Qoraqalpog‘istonda xususiy bog‘cha ochadigan tadbirkorlarga 15 yil muddatga, 5 yillik imtiyozli davr bilan 7 foizli kredit beriladi.
Qolgan viloyatlarda kredit stavkasi markazdan uzoq-yaqinligiga qarab, 7 foizdan 15 foizgacha bo‘ladi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Saida Mirziyoyeva
Prezidentimiz bilan birga Qoraqalpog‘istondagi qator obyektlarda bo‘ldik.
Yangi tibbiyot akademiyasi, sanoat korxonalari hamda intensiv bog‘larni ko‘zdan kechirib, aholi bandligini ta’minlash va odamlar daromadini oshirish borasida yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdik.
Tashrifning asosiy voqeasi energetika, sanoat, transport, tibbiyot, raqamli infratuzilma va boshqa sohalardagi qator yirik loyihalarga start berilgani bo‘ldi.
Ularning aksariyati nufuzli xorijiy hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. Qoraqalpog‘istonga yo‘naltirilayotgan investitsiyalar hajmi ortib, yangi salmoqli loyihalar ko‘paymoqda. Bu — mamlakatimizga bo‘lgan yuksak ishonch hamda tadbirkorlik uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlarning amaliy tasdig‘idir.
Biz yo‘limizda qat’iy davom etamiz: sarmoyalar oqimini yanada kuchaytirish, xalqaro hamkorlar safini kengaytirish va ko‘lami bundan-da ulkan yangi loyihalarni ishga tushirish bosh maqsadimiz bo‘lib qoladi.
—
Вместе с Президентом посетили ряд объектов в Каракалпакстане.
Побывали в новой медицинской академии, на предприятиях и в интенсивных садах, посмотрели, какие условия создаются для работы и повышения доходов людей.
Главным событием стал запуск целого ряда крупных проектов в энергетике, промышленности, транспорте, медицине, цифровой инфраструктуре и других сферах.
Многие из них реализуются вместе с солидными зарубежными партнёрами. Инвестиции в Каракалпакстан растут, появляются новые масштабные проекты. Это говорит о серьёзном доверии к нашей стране и возможностям, которые мы создаём для бизнеса.
Мы намерены двигаться дальше. Привлекать ещё больше инвестиций, расширять круг международных партнёров и запускать проекты всё большего масштаба.
Repost from Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
Shahar — hammamiz uchun umumiy makon.
Har kuni avtobusdan foydalanamiz, suv ichamiz, chiqindi xizmatidan foydalanamiz, avtomobilimizni parkovkaga qo‘yamiz. Bu oddiy kundalik jarayonlarning har biri ortida esa odamlar mehnati, texnika, infratuzilma va xarajatlar turadi.
Xizmatdan foydalanish bilan birga, unga mas’uliyatli munosabat ham shakllanadi. O‘z vaqtida amalga oshirilgan to‘lovlar xizmatlarning barqaror ishlashi, rivojlanishi va shaharimiz yanada qulay bo‘lishiga xizmat qiladi.
Bu borada shahar aholisining o‘zi qanday fikrda?
Videoda toshkentliklardan so‘radik: xizmatdan foydalangan bo‘lsak, uning haqini to‘lashga qanday munosabatdamiz?
Chunki qulay shahar faqat infratuzilma bilan emas, o‘zaro hurmat va mas’uliyat bilan ham yaratiladi.
—
Город — это пространство, которым мы пользуемся вместе.
Каждый день мы ездим на автобусах, пользуемся водой, услугами по вывозу отходов, оставляем автомобили на парковках. За этими привычными вещами стоят труд людей, техника, инфраструктура и постоянные расходы.
Пользование городской услугой предполагает и ответственное отношение к ней. Своевременная оплата помогает сохранять стабильную работу сервисов, развивать их и делать городскую среду комфортнее для всех.
А что думают об этом сами жители?
В нашем видео мы спросили ташкентцев: если мы пользуемся услугой, насколько естественно для нас оплачивать её?
Ведь удобный город создаётся не только инфраструктурой, но и взаимным уважением и ответственностью каждого из нас.
YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Qoraqalpog‘istonda 30 ming gektarda sho‘rga chidamli olxo‘ri va kechki o‘rik plantatsiyalarini tashkil etish bo‘yicha uch yillik dastur amalga oshiriladi.
Prezidentimiz Kegeylidagi 330 gektar sho‘r yerda yaratilayotgan sanoatlashgan bog‘ni ko‘rganini qayd etdi. Yangi dastur doirasidagi 10 ming gektarda ishlar shu yil boshlanadi.
Viloyat hokimlari 500 va 1 ming gektardan bog‘ yaratishga mas’ul bo‘ladi. Andijondan yer bo‘yicha mutaxassis va dehqonlar kelib, Kegeylida ishlarni boshlagan.
Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyat hokimlari va Bog‘dorchilik agentligi o‘rtasida uch tomonlama shartnomalar tuziladi. Ikki haftada har bir viloyat uchun yer ajratilib, kafolatli suv ta’minoti yaratiladi. Agentlik 1-oktabrgacha iqlimga mos ko‘chat navlari va ekish texnologiyalarini taqdim etadi.
Viloyat hokimlari usta dehqon va agronomlarni jalb qilib, ularga uy-joy qurib beradi. Har bir hududda 50 gektardan bog‘ joriy yil, qolgan maydonlarda bahorda barpo etiladi. Qayta ishlash quvvatlari ham shu yerning o‘zida tashkil qilinadi.
Bog‘dorchilikda 20 ming odamni ishli qilish va uch yilda meva eksportini kamida 500 million dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Chorvachilikda yirik komplekslar tashkil etish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.
May oyida chorva bosh sonini ko‘paytirishga 1 trillion 600 milliard so‘m resurs ajratilgan. Amalda 5 milliard so‘mgacha bo‘lgan loyihalarga o‘n yilga 10 foizli kredit berilmoqda.
Qoraqalpog‘istonlik chorvadorlarning 1-2 ming boshli komplekslar tashkil etish uchun kredit miqdorini 50 milliard so‘mgacha oshirish taklifi qo‘llab-quvvatlandi.
Beruniylik chorvadorlar samolyotda qoramol tashish kompensatsiyasining shartlari yengillashtirilsa, 5 ming bosh chorva olib kelishga tayyorligini bildirgan. Endi Qoraqalpog‘istonga samolyotda olib kelinadigan naslli buqalar qiymatining 10 foizi, har bir bosh uchun 4 million so‘mgacha subsidiya qilinadi.
Bir oyda joyi, tashabbuskori va mablag‘i aniq bo‘lgan kamida 100 ming boshli chorva komplekslarining loyihalari shakllantiriladi. Qoramol xaridi uchun kredit ajratish tartibi yengillashtirilib, mablag‘lar tuman shtabi xulosasi asosida beriladi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Yig‘ilishda Qoraqalpog‘istonni kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Qoraqalpog‘istondagi 2 ming tadbirkor uch yilda 2 trillion 145 milliard so‘m kreditni vaqtida qaytarib, banklarning ishonchli mijoziga aylangan. “Mijozni o‘stirish” modeli asosida yana kamida 30-40 ming odamni ishli va daromadli qilish imkoniyati bor.
Hududga mas’ul bank ishonchli mijozlar uchun 16 foiz stavkada 300 milliard so‘mlik kredit liniyasini ochmoqda. Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi 4 foizlik qismini qoplab berishi hisobiga tadbirkor uchun stavka 12 foizga tushadi.
Qolgan 8 ta bankka ham bir oyda shunday qulay mahsulotlarni ishlab chiqish topshirildi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Iqlim o‘zgarishi sharoitida havoga chiqariladigan issiqxona gazlarini kamaytirish dolzarb masala ekani ta’kidlandi.
“Yashil” energiyani “karbon kredit”ga aylantirish Qoraqalpog‘istonga yiliga kamida 50-100 million dollar daromad olib kelishi mumkin.
Mutasaddilarga bir oyda “karbon kredit” mexanizmini Qoraqalpog‘istonda yo‘lga qo‘yish, Yaponiya, Koreya, AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya va Avstraliya kabi yirik importyor davlatlar bilan muzokaralar o‘tkazish topshirildi.
“Karbon kredit” eksportidan tushadigan mablag‘lar infratuzilma uchun ajratilayotgan mablag‘larga qo‘shimcha bo‘ladi va Qoraqalpog‘istonning o‘zida qoladi.
Yirik xorijiy kompaniyalar “o‘rmon karbon krediti” tizimi orqali ekologik vaziyati og‘ir hududlarda daraxt ekishni moliyalashtirish bo‘yicha takliflar bildirmoqda.
Yil yakunigacha Orolning 50 ming gektar maydonida “o‘rmon karbon krediti” dasturini boshlash vazifasi qo‘yildi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Qoraqalpog‘istonning har bir tumanida aholi turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qiladigan loyihalar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.
Bo‘zatovda zamonaviy sanatoriy, Nukusda onkologiya va radiologiya markazi, Qo‘ng‘irotda bolalar shifoxonasi va tug‘uruqxona ishga tushirildi. Amudaryo va To‘rtko‘lda har biri 2 ming o‘rinli amfiteatr, Nukus shahrida gimnastika markazi va Konservatoriya filiali foydalanishga topshirildi.
Osiyo taraqqiyot banki bilan 384 million dollar hisobiga A-380 magistral yo‘lining Qo‘ng‘irotdan o‘tgan 240 kilometri to‘liq beton qoplamaga o‘tkazildi. Kecha yo‘lning To‘rtko‘l, Ellikqal’a va Beruniydan o‘tgan yana 92 kilometrini qurish boshlandi. Mazkur loyihaning qiymati 233 million dollar.
Natijada tranzit 1,5 karra oshadi. To‘rtko‘lga kirgan yuklar Qozog‘iston chegarasiga bir sutka o‘rniga 10 soatda yetib boradi.
Kelasi yil mart oyidan Toshkent – Nukus tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilib, safar vaqti 16 soatdan 7 soatga qisqaradi.
“Tuyamo‘yin” suv tozalash inshootini rekonstruksiya qilish va Qo‘ng‘irotdan Mo‘ynoqqa 100 kilometr ichimlik suv tarmog‘ini tortish boshlanadi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Davlatimiz rahbari mustaqilligimizning 35 yillik bayrami shukuhi davom etayotgan kunlarda Qoraqalpog‘iston ahli bilan yuzma-yuz ko‘rishib turganidan mamnunligini bildirdi.
So‘nggi yillarda hudud uchun katta mablag‘, imtiyoz va sharoitlar yaratildi. Foyda, yer va mol-mulk soliqlari 2 karra, sanoat uchun elektr tarifi 15 foizga pasaytirildi, ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilandi.
O‘tgan yili Qoraqalpog‘istonga 1 milliard 700 million dollar investitsiya kiritildi. Bu 2021-yildagidan 22 karra ko‘p.
Bu yil Qoraqalpog‘iston iqtisodiyoti eng tez o‘sayotgan hududlardan biriga aylandi. Joriy yilning birinchi yarmida iqtisodiyot 10,2 foiz o‘sib, hudud Toshkent shahridan keyingi ikkinchi o‘rinni egalladi.
Facebook|Instagram|X
🇺🇿 Tuman hokimi fuqaro murojaatini joyiga chiqib o‘rgandi
👍 Yangihayot tumani hokimining aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, ularni ijobiy hal etish va fuqarolar bilan ochiq muloqotni ta’minlashga qaratilgan o‘rganishlari davom etmoqda.
👍 Xususan, tuman hokimi hududlardagi o‘rganishlari davomida “Yangiturmush” mahallasida bo‘lib, hududda yashovchi fuqarolar bilan muloqot qildi, ularning muammo va tashabbuslarini tingladi.
📌 O‘rganish davomida ko‘p qavatli uy yerto‘lasidan foydalanish bilan bog‘liq masala joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Masala yuzasidan tegishli mutasaddilarga zarur ko‘rsatmalar berildi.
Repost from Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района
❗️ Hurmatli Yangihayot tumani fuqarolari!
📌 Har hafta belgilangan reja-grafik asosida Xalq qabulxonasida Yangihayot tumani hokimi hamda tuman hokimi o'rinbosarlarining fuqarolar qabullari o'tkaziladi.
👇🏻Quyida ularning qabul kunlari bilan tanishishingiz mumkin:
https://gov.uz/uz/yangihayot/news/view/169713
_____________
❗️ Уважаемые жители Янгихаётского района!
📌 Еженедельно, согласно утверждённому плану-графику, в Народной приёмной проходят приёмы граждан хокимом Янгихаётского района и его заместителями.
👇🏻 Ниже вы можете ознакомиться с днями их приёма:
https://gov.uz/ru/yangihayot/news/view/169713
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
Repost from Rasmiy axborot
❗️"Biz sizni yaxshi ko‘ramiz"
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi 24/7 ishlaydigan ko‘chaga tashrif buyurdi. Prezident korteji ko’chada rejadan tashqari to’xtadi.https://t.me/Rasmiy_axborot_official
🎈 Bolajonlar tuman hokimi bilan Magic Safari’ga sayohat qilishdi
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bir guruh nogironligi bo‘lgan bolalar uchun bugun Magic Safari bog‘iga sayohat tashkil etildi.
🦒 Sayohat davomida tuman hokimi, tuman prokurori va mas’ullar bolalarga hamrohlik qildi. Ular birgalikda park hududidagi afrikacha shoular, hayvonot olami hamda turli tomoshalarni ko‘zdan kechirdi.
🥹 Mazkur sayohat bolalarga yaxshi kayfiyat ulashib, ular uchun unutilmas taassurotlar va quvonchli lahzalarni taqdim etdi.
👍 Jarayonlar lavhamizda
+9
🇺🇿 Yangihayotda oilalar va xotin-qizlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish masalasi muhokama qilindi
🖼 Gap shundaki, bugun Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim boshlig‘i tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i hamda mas’ullar hamrohligida Yangihayot tumanidagi Oila va xotin-qizlar maskanida bo‘ldi.
👍 O‘rganish davomida institut va tuman bo‘limi mas’ullari maskanda xotin-qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularda oilaviy munosabatlar madaniyatini shakllantirish, erta nikoh va oilaviy ajralishlarning oldini olish, shuningdek, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘nalishlarida xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan yaqindan tanishdi.
✨ Shu bilan birga, o‘rganish yakunida mas’ullar maskan faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha oilalar va xotin-qizlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha o‘zaro fikr almashdi.
👍 Shuningdek, mas’ullar maskanda ajrim yoqasidagi oilalar bilan olib borilayotgan suhbatlarda ishtirok etdi. Ular oilalarga ko‘p yillik hayotiy tajriba va mehnat faoliyatidan kelib chiqib, oilani saqlab qolish va muammolarni bartaraf etish yuzasidan maslahat hamda tavsiyalar berdi.
+6
🇺🇿 Bolalar masalalari bo‘yicha tuman komissiyasining yig‘ilishi o‘tkazildi
📌 Bugun Yangihayot tumani hokimligida tuman hokimi boshchiligida Bolalar masalalari bo‘yicha tuman komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman prokurori, mas’ul rahbarlar, tuman hokimi o‘rinbosarlari, mas’ul tashkilotlar vakillari hamda umumta’lim maktablari direktorlari ishtirok etdi.
☑️ Yig‘ilish davomida tuman IIO FMB tomonidan komissiyaga taqdim etilgan voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga oid materiallar ko‘rib chiqildi.
🔵 Shuningdek, umumta’lim maktablarida voyaga yetmaganlarni ta’limga jalb etish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning darslardagi faol ishtirokini ta’minlash masalalari muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
“Davlatimiz rahbari doim inson qadrini birinchi o‘ringa qo‘yish kerakligini ta’kidlaydilar. Biz ham odamlar uchun qulay sharoit yaratishimiz, ularning yo‘lini to‘sadigan, noqulaylik tug‘diradigan holatlarga befarq bo‘lmasligimiz kerak.” — Xayot Inogamov
🇺🇿 Bugun Yangihayot tumani hokimi aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni joyiga chiqqan holda o‘rganish maqsadida tuman prokurori va mas’ullar bilan birgalikda bir nechta mahallalarda bo‘ldi.
📍 Dastlab, tuman hokimi “Choshtepa” mahallasida bo‘lib, hududda yashovchi fuqarolar va “mahalla yettiligi” vakillari bilan muloqot qildi. Shuningdek, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar va shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
👍 Bunda asosiy e’tibor aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, hududni obodonlashtirish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash hamda jamoat joylarini noqonuniy qurilmalardan tozalash masalalariga qaratildi.
✅ O‘rganishlar davomida esa mahalladagi aholi gavjum maskanlarda noqonuniy qurilmalar mavjudligi, ular piyodalar va transport harakatiga xalaqit berayotgani hamda fuqarolarga noqulaylik tug‘dirayotgani aniqlandi. Aniqlangan noqonuniy qurilmalar bo‘yicha demontaj ishlari olib borildi.
👍 Shuningdek, jarayonda mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan tadbirkorlar bilan tushuntirish ishlari olib borilib, noqonuniy qurilmalarni qayta o‘rnatmaslik, belgilangan tartib-qoidalarga rioya etish, hududni obodonlashtirish hamda aholi uchun qulay sharoit yaratish zarurligi bo‘yicha ogohlantirishlar berildi.
